Shokir Tursun qarashlari
5.75K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from OYINA.UZ
Jaholat qurboni bo‘lgan muallima nimaning obrazi, qashqirlar-chi? – Bir mashhur she’r tahlili

She’rning avvalida uni muallima o‘laroq tanidik. Keyin boshida eri borligini bilib oldik. Demak, u xotin, yor. Dugonasidan so‘z ochildi, ayni damda u o‘rtoq ham. Mana endi boladan xabar berilmoqda. Ko‘rinadiki, u ona hamdir. Bo‘lib ham o‘zbek onasi, sharqlik ona.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/2564

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
👍21
Bugun "Kung fu Panda 4" multfilmini koʻrdik.

Oʻzbek tilida (birinchi marta biror asar jahon premyerasidan bir kun oʻtiboq oʻzbek tilida premyera qilinmoqda).

Meni ijodkorlar multfilmdagi falsafani saqlab qola olishganmi? Poda qanday oʻzgarish (oʻsish) boʻlgan? Oʻzbek tiliga tarjima qanday qilingan? kabi savollar qiynagan edi.

Hammasiga javob oldim.

Koʻrishni tavsiya qilaman. Oʻsib boruvchi falsafa toʻxtab qolmagan. Oʻsishda davom etgan.

Oʻzbek tilida koʻrishlar koʻp boʻlishi kerak, shunda boshqa kinoasarlar premyerasi ham oʻzbek tilida boʻladi.

Asar haqida koʻp narsa yozgim kelyapti, ammo keyinroq, chunki koʻrmaganlar koʻp. Hamma oʻz koʻzi va tafakkuri bilan koʻrsin deyman.

P.S. biz asarni "Tashkent City Mall"dagi cinematica.uz kinoteatrida koʻrdik. "Magic City"da ham bor ekan. Boshqa joylarni bilmadim.

@birgap
👍25🔥8
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
kovlamoq
51%
kavlamoq
👍19🤣7
Oʻqituvchi uchun ham raqamlar juda muhimligini bilasizmi?

Oʻqituvchi oʻquvchilarida oʻtkazilgan nazorat ishlari yoki kunlik baholarni koʻrish, bilish, tahlil qilish imkoniga ega boʻlishi kerak. Siz nazorat ishi oʻtkazsangiz-u uning natijalarini tahlil qilmasangiz, nazorat ishi oʻz vazifasini toʻliq bajarmagan boʻladi.

"Sodiq School"da mana shunday raqamlarni toʻplab, umumlashtirib beruvchi xodimlar bor. Ulardan olgan raqamlarimni tahlil qilib, keyingi qadamlarimni belgilashda ishlataman.

Ayni mana shu imkoniyat hamma oʻqituvchida boʻlishi kerak.

P.S. lekin bunday amaliyot yaxshi ishlashi uchun oʻqituvchi akademik erkin (kamida dastur yoki darslikni oʻzi tanlay oladigan) boʻlishi lozim.

@birgap
👍252
Jamiyatimizda hamma bosim ostida yashaydiganday tuyulaveradi. Bunday boʻlishi kerak emas demayman.

Men baʼzilarda bu bosim ortib ketishi haqida gapirmoqchiman. Masalan, oʻqituvchilarda (ularnikidan koʻproq bosimi borlar ham bor). Jamiyatimiz oʻqituvchidan juda ham koʻp narsa kutamiz. U sipo boʻlishi kerak, “maʼnaviyatizm”ning har bir moddasiga mos kelishi shart. Biror joyda oʻynab kulishi mumkin emas. Masalan, mana bu video tarqalgan paytda odamlarni reaksiyasi meni oʻylantirib qoʻygandi. Nima oʻqituvchi xursandchilik qilishga haqli emasmi degandim.

Shu darajaga chiqqanki, oʻqituvchilar jamiyatda tanqid qilinadigan qoʻshiqni sevib eshitishini ham ochiq ayta olmaydi. Oʻzini erkin tuta olmaydi demoqchiman.

Men ham oʻqituvchiman, menga turli rangdagi, rasmchalari bor paypoqlarni kiyish yoqadi. Buni aytishdan uyalmayman ham. Toʻgʻri, bu “maʼnaviyatizm”ga mos kelmas, lekin men shunaqa paypoqlarda oʻzimni xursand his qilaman.

@birgap
👍57😁1816❤‍🔥1🥰1🥴1
Narsa yoki biror joyning ustidan qarshi tomoniga sakrab oʻtish ma'nosini beruvchi soʻz qaysi?
Anonymous Quiz
69%
hatlamoq
31%
xatlamoq
👍30🎉8
Bir darsda oʻquvchilarimdan biri: “ustoz, universitetda ona tilida oʻqisa, nima ish qilsa boʻladi?” – deb soʻradi.

Boshqa bir darsda esa, adabiyotda oʻqisa nima ish qilish mumkinligi haqida soʻrashgandi.

Ochigʻi ularga tayinli javob bera olmadim. Keyinroq oʻyladim. Ishlar ancha koʻp ekan:
1. Oʻqituvchilik
2. Tarjimonlik (albatta, boshqa biror tilni ham oʻrganish kerak)
3. Muharrirlik
4. Musahhihlik
5. Kontent menejer
6. Matn yaratuvchi (kopirayter)

Ona tili va adabiyotdan xabardor boʻlish sizga ikkita ustunlik beradi: savodxon boʻlasiz, dunyoqarashingiz kengroq boʻladi.

Hozir bozor shu ahvolga keldiki, har qanday sohada savodli odamning qadri baland. Chunki koʻpchilikning savodi yaxshi emas. Biror nima yozsa oʻn gapda oʻn bir xato bilan yozadiganlar qalashib ketgan. Qaysi sohada ishlasangiz ham savodli boʻlsangiz narxingiz bir bosh baland boʻlaveradi.

P.S. oʻquvchilarim shu yoʻnalishda oʻqishni oʻylab koʻrayotgani meni quvontiradi

@birgap
👍62🔥17👏2💯21
Va'da qilingan kurslar boshlanmoqda!

Koʻpchilik talabiga koʻra birinchi navbatda "Attestatsiya uchun pedagogika" kursidan boshlashga qaror qildim.

Roʻyxatdan oʻtish 22-mart kuni yakunlanadi.

Jami 40 ta ishtirokchi qabul qilinadi (har bir guruhga 20 tadan).

Qolgan barcha savollarga javobni hamda roʻyxatdan oʻtish va toʻlovni amalga oshirish haqida quyidagi saytdan bilib olasiz:

https://sites.google.com/view/attestatsiyauchunpedagogika/bosh-sahifa

P.S. roʻyxatdan oʻtishdan oldin yaxshilab oʻylang, toʻlov amalga oshirilgandan soʻng uni qaytarish imkoni mavjud emas.

@birgap
🔥10👍7
Shokir Tursun qarashlari pinned «Va'da qilingan kurslar boshlanmoqda! Koʻpchilik talabiga koʻra birinchi navbatda "Attestatsiya uchun pedagogika" kursidan boshlashga qaror qildim. Roʻyxatdan oʻtish 22-mart kuni yakunlanadi. Jami 40 ta ishtirokchi qabul qilinadi (har bir guruhga 20 tadan).…»
Shokir Tursun qarashlari
Va'da qilingan kurslar boshlanmoqda! Koʻpchilik talabiga koʻra birinchi navbatda "Attestatsiya uchun pedagogika" kursidan boshlashga qaror qildim. Roʻyxatdan oʻtish 22-mart kuni yakunlanadi. Jami 40 ta ishtirokchi qabul qilinadi (har bir guruhga 20 tadan).…
Kurs uchun toʻlovni amalga oshirayotganlar diqqatiga!

Iltimos, toʻlov qilishda anonim shaklda emas, ism, familiyangiz kiritib toʻlov qiling. Aks holda toʻlov kimdan ekanini aniqlash imkonsiz boʻlib qoladi.

Masalan, bugun 13:24 da toʻlovni amalga oshirgan ushbu odamning kimligini aniqlash qiyin.

Kurs haqida batafsil ushbu saytdan oʻqishingiz mumkin.

@birgap
👍61
Kreativlikni aniqlashning bir necha usullari bor. Shulardan biri Torrens testlari hisoblanadi.

Suratda koʻrib turganingiz ham ana shunday testlardan biri. Bunda testda ishtirok etuvchilarga 3 xil topshiriqdan biri beriladi:

Qoʻllang. Biror shakl beriladi. Test topshiruvchi faqatgina shu shakldan foydalanib nimadir yaratishi lozim.

Birlashtiring. Turli shakllar beriladi. Test topshiruvchi berilgan shakllarni oʻzi istagan usulda birlashtirib nimadir yaratishi lozim.

Yakunlang. Shunchaki yakunlanmagan rasm beriladi. Test topshiruvchi oʻzi istaganday yakunlab qoʻyishi lozim.

Pedagogikaga oid kitoblarda Torrens testi haqida ma'lumotlar uchraydi. Bizda bu testdan malaka oshirish institutlarida foydalanib ham turishadi.

Attestatsiya uchun tavsiya etilgan kitobda ham shu test haqida ma'lumotlar bor ekan. Kursda oʻqiganlar shu va shunga oʻxshash ma'lumotlarni qisqa shaklda olishlari mumkin boʻladi.

Kurs haqida batafsil ma'lumotni ushbu yoʻnaltmadan olishingiz mumkin.

@birgap
👍25
Attestatsiya jarayonlari 26-martdan boshlanishi haqidagi xabarlarning notoʻgʻri ekanini mana bu kanalda yozishgan ekan.

Agar attestatsiya jarayonlari rostdan ham 26-mart kunidan boshlansa, kursga toʻlov qilganlarning mablagʻlari toʻliq qaytariladi, kurs boʻlmaydi.

Agar, attestatsiya boshlangunga qadar kurs oʻz nihoyasiga yetmay qolsa, qolib ketgan darslarning puli qaytarib beriladi.

@birgap
👍9😢2
Nega amaldagi darslik emas?

Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun attestatsiya testlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya qilinadigan kitoblar roʻyxatini eʼlon qilishdi. Bir narsa qiziq, nega 6-sinf “Ona tili” darsligining 2017-yilgi, amaldan chiqarilgan nusxasi tavsiya etilyapti?

Bu borada savollar koʻproq oʻzi.
1. Nega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 5- va 6-sinf darsliklari ham tavsiya qilinyapti?

2. Agar boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ham ona tili yuzasidan umumtaʼlimda beriladigan grammatika va qoidalarni bilishi kerak boʻlsa, nega faqat 6-sinfgacha berilyapti?

3. Nega amaldagi darslik emas?

4. Nega faqat ona tili fanidan 6-sinf darsligi tavsiya qilinyapti, matematikadan unday emas?

Amaldagi darslik emas, eskiroq darslik tavsiya qilinganidan bir xayol boshimdan ketmay qoldi:
Nima, bular eski testlardan foydalanmoqchimi?

@birgap
👍21🤯102
Fonetik hodisalar haqida savollarim bor edi...

1. Nima deb oʻylaysiz, fonetik hodisalarni bilish bizga (odamga) nima beradi? Hayotining qayerida ishlatadi?

2. 5-sinf darsligida fonetik hodisalar berilishi toʻgʻrimi? Nega?

Javob berib koʻringlar-chi.

@birgap
6👍4
Agar siz oʻqituvchi, direktor, maktab ochgan tadbirkor (taʼlimga aloqasi bor har kim) boʻlsangiz, shu kitobni oʻqib chiqishingiz shart. Bu kitobdagi gʻoya juda muhim.

@birgap
👍3210🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktablardagi milliy gvardiya masalasi Navroʻz bayrami tadbirida ham tilga olindi.

Mana endi Milliy gvardiyaning maktabga oyoq bosishi sababi haqidagi taxminlarim isbotini topdi.

Sababini allaqachon tushungandim. Lekin aytolmayman, ichki senzura bor.


Aytsam uyim kuyar, aytmasam dilim.

Video manbasi: https://t.me/FaxriddinTuropov2

@birgap
😁26😢8👍6🗿3🔥1
Kecha attestatsiyaning repititsiyasi ochildi. Ochildi-yu yuklamani koʻtara olmay oʻtirib qoldi.

Onlayn repititsiya sayti bilan birga vazirlikning sayti ham oʻtirib qoldi.

Yana bir qiziq narsa, onlayn repititsiya sayti nomi "MNO Test portal" ekan. MNO? Nega MNO?

MNO bu - xalq taʼlimi vazirligining ruscha nomimi? "Ministerstvo narodnogo obrazovaniya" deganining qisqartmasimi? Shuni MMTV desa nima boʻlardi?

@birgap
😁16👍14
"Attestatsiya uchun pedagogika" nomli kursimizga roʻyxatdan oʻtish muddati tugamoqda.

Darslar 24-martdan boshlanadi.
Darslar davomida pedagogika yuzasidan tavsiya etilgan kitoblarning mazmun-mohiyati, mavzulari tushuntiriladi. Onlayn testlar orqali oʻzingizni sinab olish imkoniyati beriladi.

Kurs haqida batafsil quyidagi yoʻnaltmadan oʻqisangiz boʻladi:
https://sites.google.com/view/attestatsiyauchunpedagogika/bosh-sahifa

Kursga roʻyxatdan oʻtish yoʻnaltmasi:
https://forms.gle/dM4NKS4tTcJyeawR8

Kursga toʻlov qilish yoʻnaltmasi:
https://tirikchilik.uz/ShokirTursun

@birgap
👍5