Shokir Tursun qarashlari
5.77K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Dars davomida quyidagilarning qaysi biridan foydalanib turasiz?

Bir nechta javobni tanlash mumkin.
Anonymous Poll
26%
Kahoot
8%
Bamboozle
20%
Quizlet
7%
Blooket
62%
Bularning nimaligini bilmayman
👍3
Taqlid soʻzlar.pptx
243.3 KB
Taqlid soʻzlar mavzusida taqdimot.

PDF nusxasi izohlarda turibdi.

Meni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun:

https://tirikchilik.uz/shokirtursun

@birgap
👍132🫡1
#imlochi_006.docx
16.6 KB
Taqlid soʻzlar mavzusini mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Bu topshiriqlarni A5 formatda, orqa-oldi qilib chiqarsa, bitta oq qogʻoz ikki oʻquvchiga yetadi.

Meni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun:

https://tirikchilik.uz/shokirtursun

@birgap
👍211🫡1
Biron bir mavzu atrofida sun'iy ravishda yaratilgan shov-shuv ma'nosini beradigan soʻz qaysi?

#test
Anonymous Quiz
46%
xayp
54%
hayp
👍10
Bir narsaga tushunmayman:

Nega emaktab.uz saytiga ota-onalarning kirishi maktab tomonidan nazorat qilinadi?

Masalan, farzandining baholari, davomati bilan qiziqmagan ota-ona uchun oʻqituvchi balogardon. U gaplashib, yalinib, pul toʻlatishi kerak.

Agar ota-onaning kirib turishi majburiy boʻlsa, unda bepul boʻlsin. Majburiy boʻlmasa, oʻqituvchiga osilishmasin.

Ochigʻi, shunaqa qilaverishgani uchun vazirlik emaktab.uz platformasining ishlab chiquvchilari choʻntagiga pul tushirishga majbur shekilli deb oʻylayapman.

Toʻgʻri, bolasining natijalarini bilishi uchun arzimagan summa toʻlab qoʻysa nima qilibdi, dersiz. Ammo ularning kirishi bizga kerak boʻlsa, bepul qilib berishimiz kerak-da.

@birgap
👍52👏8😁4
Men oʻqituvchilar uchun turli kichik kurslar tashkillashni reja qildim. Hozircha uchta mavzu aniq. Talabga qarab uchalasidan birini tez orada boshlamoqchiman.

1. Ta’limiy platformalar bilan ishlash (ta’lim jarayonida qoʻllasa boʻladigan turli platformalar bilan ishlash va ularni darsda samarali qoʻllash oʻrgatiladi)

2. Attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik doirasida pedagogika (pedagogika boʻlimi boʻyicha attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan asarlar tahlili+topshiriqlar)

3. Topshiriqlar va imtihon varaqalarini tayyorlash metodikasi (mustaqil ravishda turli kreativ va samarali topshiriqlarni ishlab chiqish hamda nazorat ishlari uchun mustaqil ravishda sifatli material tayyorlash oʻrgatiladi)

Kurslarning oʻquv dasturlarini ularga ehtiyoj bor ekanini aniqlagach joylamoqchiman.

Ushbuni yozishimdan maqsad shuki, agar men turli mavzularda kichik kurslar tashkil etsam (albatta, onlayn), qatnashadiganlar bormi?

Kurslar pulli boʻladi 100 000 – 150 000 atrofida. Kurslar oʻzini rivojlantirish tipida boʻlib, bitiruvchilarga sertifikat yoki diplom berilmaydi (oʻzi shaxslar, turli telegram kanallar tomonidan beriladigan sertifikatlar qiymatsiz hisoblanadi). Bepul qilishni ham oʻyladim, ammo bepul qilsam uzoqqa ham bormaydi, sifatli ham boʻlmaydi. Chunki men kurslarga quvvat va intellekt sarflar ekanman, oʻrnini qoplashim kerak (bozor iqtisodiyoti deganday).

Talabga qarab kurslar qoʻshib boraveriladi.

Quyida uchta kurs nomini qoldiraman, ovoz berib ketishingiz mumkin. Men tez orada boshlamoqchiman.

@birgap
👍48
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
87%
kulimsiramoq
13%
kulumsiramoq
👍11🥴73
Hijriy 1445-yil, milodiy 2024-yilning ramazon oyi taqvimi.

Jadvaldagi vaqt Toshkent shahri uchun boʻlib, qolgan hududlarning farqi chap tomonda berilgan.

@birgap
👍211🥰1
Ular seni oʻldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber...

@birgap
😢83👍4
Maqtanib qoʻyay

Toshkent shahri "Zakovat" klubining 2-liga oʻyinlarida oʻynaydigan jamoamiz bilan muddatidan avval birinchi oʻrinni naqd qildik.

Meni quvontiradigani tarkibimizda 3 ta oʻquvchimiz ham bor. Ular biz bilan tengma-teng hissa qoʻshishadi.

@birgap
👍52🔥7👏4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Charchagan o'qituvchilar, charchagan o'quvchilar ...

Ta'limga oid bugungi yangilik - Marg‘ilondagi maktabda o‘qituvchi ruxsatsiz hojatxonaga chiqqan o‘quvchining boshini telefon bilan urib yorgani. Bundan oldinroq Xorazmda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o'quvchilarini urgan edi. Chinozda esa o‘qituvchi o‘quvchining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazgan edi. Navoiyda o'qituvchi ikki o'quvchini kaltaklagan edi. O'quvchilarni sport zaliga yig'ib sochini oldirish voqeasi ham Navoiyda sodir bo'lgan edi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bunday xabarlarga xushi kelsa, munosabat bildiryapti, xushi kelmasa - yo'q. Lekin muammoning sabablarini va yechimlarini kimdir o'rganyaptimi?

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilik - stress yuqori bo'lgan kasblardan biri. Stressni o'rgangan olimlarning fikricha, ish talabi (job demands: workload, deadlines, etc) yuqori, mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati (decision latitude: autonomy and control) past bo'lgan ishlarda stress xavfi yuqori bo'ladi. (Bizning o'qituvchilarda aynan shunday - ish hajmi ko'p, hamma tomondan nazorat, bir qadam o'ngga yoki so'lga og'ishsang - tamom). Shuningdek, ishda talab qilinadigan harakat (effort) ishdan keladigan mukofotdan (reward - ish haqi, ijtimoiy himoya, ishda o'sish imkoniyatlari va h.z.) yuqori bo'lgan holatlarda ham stress xavfi yuqori bo'ladi. (Bizda o'qituvchilarning aksariyati o'rtachadan past oylikka ishlaydi, ijtimoiy kafolatlar ham yo'q, ishda o'sish imkoniyatlari esa deyarli 0ga teng).

Eng yomoni, tadqiqotchilar fikricha, stressning "yuqumli"ligi - stressdan zo'riqqan o'qituvchining o'quvchilari ham emotsional portlashga moyil bo'ladi. O'rganish jarayoni o'quvchilar uchun qulay (comfortable) muhit yaratilgan sinflarda sodir bo'ladi. Buning uchun esa o'qituvchining ijtimoiy va emotsional kompetensiyasiga hamda uning xotirjamligiga (well-being) ham alohida e'tibor berish kerak. Ta'lim tizimi boshqaruvchilarida buning uchun tegishli strategiya bo'lishi lozim. Lekin bormi?
👍39💯5
Jalilov. Qaydlar
Photo
Komil aka jarayonlarga eng toʻgʻri tashxisni qoʻyyapti. Men bu fikrga kelganimga 2 yilcha boʻlgan. Ammo mana 2 yildirki, vazirlikdan biror qadam koʻrmadim. Aksincha, u har ikki tarafni (oʻqituvchini ham, oʻquvchini ham) battar stressga tushirish bilan band.

@birgap
👍13
Ayting-chi, sizdagi stressni kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?

Vazirlik qanday qadamlar tashlasa, stresslaringiz kamayadi?

Menda gʻoyalar bor, ammo sizlardan ham bilgim keldi.

@birgap
🔥8
Forwarded from OYINA.UZ
Jaholat qurboni bo‘lgan muallima nimaning obrazi, qashqirlar-chi? – Bir mashhur she’r tahlili

She’rning avvalida uni muallima o‘laroq tanidik. Keyin boshida eri borligini bilib oldik. Demak, u xotin, yor. Dugonasidan so‘z ochildi, ayni damda u o‘rtoq ham. Mana endi boladan xabar berilmoqda. Ko‘rinadiki, u ona hamdir. Bo‘lib ham o‘zbek onasi, sharqlik ona.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/2564

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
👍21
Bugun "Kung fu Panda 4" multfilmini koʻrdik.

Oʻzbek tilida (birinchi marta biror asar jahon premyerasidan bir kun oʻtiboq oʻzbek tilida premyera qilinmoqda).

Meni ijodkorlar multfilmdagi falsafani saqlab qola olishganmi? Poda qanday oʻzgarish (oʻsish) boʻlgan? Oʻzbek tiliga tarjima qanday qilingan? kabi savollar qiynagan edi.

Hammasiga javob oldim.

Koʻrishni tavsiya qilaman. Oʻsib boruvchi falsafa toʻxtab qolmagan. Oʻsishda davom etgan.

Oʻzbek tilida koʻrishlar koʻp boʻlishi kerak, shunda boshqa kinoasarlar premyerasi ham oʻzbek tilida boʻladi.

Asar haqida koʻp narsa yozgim kelyapti, ammo keyinroq, chunki koʻrmaganlar koʻp. Hamma oʻz koʻzi va tafakkuri bilan koʻrsin deyman.

P.S. biz asarni "Tashkent City Mall"dagi cinematica.uz kinoteatrida koʻrdik. "Magic City"da ham bor ekan. Boshqa joylarni bilmadim.

@birgap
👍25🔥8
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
kovlamoq
51%
kavlamoq
👍19🤣7
Oʻqituvchi uchun ham raqamlar juda muhimligini bilasizmi?

Oʻqituvchi oʻquvchilarida oʻtkazilgan nazorat ishlari yoki kunlik baholarni koʻrish, bilish, tahlil qilish imkoniga ega boʻlishi kerak. Siz nazorat ishi oʻtkazsangiz-u uning natijalarini tahlil qilmasangiz, nazorat ishi oʻz vazifasini toʻliq bajarmagan boʻladi.

"Sodiq School"da mana shunday raqamlarni toʻplab, umumlashtirib beruvchi xodimlar bor. Ulardan olgan raqamlarimni tahlil qilib, keyingi qadamlarimni belgilashda ishlataman.

Ayni mana shu imkoniyat hamma oʻqituvchida boʻlishi kerak.

P.S. lekin bunday amaliyot yaxshi ishlashi uchun oʻqituvchi akademik erkin (kamida dastur yoki darslikni oʻzi tanlay oladigan) boʻlishi lozim.

@birgap
👍252
Jamiyatimizda hamma bosim ostida yashaydiganday tuyulaveradi. Bunday boʻlishi kerak emas demayman.

Men baʼzilarda bu bosim ortib ketishi haqida gapirmoqchiman. Masalan, oʻqituvchilarda (ularnikidan koʻproq bosimi borlar ham bor). Jamiyatimiz oʻqituvchidan juda ham koʻp narsa kutamiz. U sipo boʻlishi kerak, “maʼnaviyatizm”ning har bir moddasiga mos kelishi shart. Biror joyda oʻynab kulishi mumkin emas. Masalan, mana bu video tarqalgan paytda odamlarni reaksiyasi meni oʻylantirib qoʻygandi. Nima oʻqituvchi xursandchilik qilishga haqli emasmi degandim.

Shu darajaga chiqqanki, oʻqituvchilar jamiyatda tanqid qilinadigan qoʻshiqni sevib eshitishini ham ochiq ayta olmaydi. Oʻzini erkin tuta olmaydi demoqchiman.

Men ham oʻqituvchiman, menga turli rangdagi, rasmchalari bor paypoqlarni kiyish yoqadi. Buni aytishdan uyalmayman ham. Toʻgʻri, bu “maʼnaviyatizm”ga mos kelmas, lekin men shunaqa paypoqlarda oʻzimni xursand his qilaman.

@birgap
👍57😁1816❤‍🔥1🥰1🥴1