Shokir Tursun qarashlari
5.76K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Elektron kitoblarni qogʻoz kitoblardan koʻra deyarli 1 barobar sekin oʻqirkanman.

Mayli, miyalaringni portlatmayman. 2 barobar sekin oʻqirkanman demoqchiman.

@birgap
💯28👍18😁4
Bugun adabiyot darsida berilgan asar tahlilidan keyin biroz vaqt ortib qoldi. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga qoʻshayotgan hissamni oshirish maqsadida bir savol berdim:

Bolalar, hozir men bir qoʻshiqqa ishlangan klipdan parcha qoʻyaman. Klipning oʻsha joyini koʻrdim-u izohlarga: "Professionalroq klipmeyker ishlatmabsizlar-da", deb yozdim. Sizlar nega shunaqa deb yozganimni topishingiz kerak.

Klip shu:

https://youtu.be/ljHEg503RQQ?si=btNIqjo3v2pRAkkd

Men klipning 1:11-soniyasidayoq xulosa qilib boʻlgan edim. Keyin oʻquvchilar bilan yarmigacha koʻrdik. Boshqa kamchiliklarni ham topishdi.

Sizlar ham urinib koʻringlar.

P.S. hamma oʻqituvchilar shunaqami, yurgan yoʻlida uchragan narsadan darsda qanday foydalansam ekan deb yuradigan. Bu klipni ham YouTubeda shunchaki koʻrib qolgan edim. Abdujalil Qoʻqonovning mashhur qoʻshiqlaridan birini qanday kover qilgan ekan deb koʻrgandim.

@birgap
👍18❤‍🔥4😢1
Oʻzbekistonda blogerlarni qoʻllab-quvvatlash uchun "Tirikchilik" nomli platforma ishga tushibdi.

Oʻzingiz doim kuzatib boradigan blogerni choychaqa berish orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin ekan.

Masalan, quyidagi havolaga oʻtib, turli toʻlov tizimlari orqali menga choychaqa uzatishingiz mumkin:

https://tirikchilik.uz/shokirtursun

Choychaqaning minimal miqdori 5000 soʻm ekan.

Ushbu xizmatga ulanish orqali men ham kanalim faoliyatini yaxshilashni niyat qilganman. Oʻqituvchilar uchun koʻproq foydali qilmoqchiman. Oʻzim darslarda ishlatadigan topshiriqlar, taqdimotlar, darslik boʻyicha qoʻshimcha manbalar, nazorat ishlarini ulashib bormoqchiman. Bundan tashqari, oʻzim oʻqigan pedagogikaga oid kitoblar, turli tadqiqotlarning xulosalarini ham berib boraman. Darslarimni jonli yoyinda koʻpaytirish ham niyat qilingan (lekin buning uchun oʻquvchilarimdan ruxsat olish kerak).

Choychaqa berish majburiy emas.

P.S. sinab koʻrdim, hech qanday xavfli tomoni yoʻq, kartangiz firibgarlar qoʻliga oʻtmaydi. Faqat yuqorida koʻrsatilgan havola orqali kirishingiz kerak.

@birgap
👍30👏10👎3
Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy, ma'nosini beruvchi soʻz qanday yoziladi?
Anonymous Quiz
41%
baynalminal
55%
baynalmilal
4%
baynalmina'l
👍15😱7🔥2
Erkin Malik 7-A sinf.pdf
30.3 MB
Menimcha, ushbu asarni hamma oʻqituvchilar, ayniqsa, maktabdagi rahbar xodimlar oʻqishi shart.

Bloeg egasiga choychaqa qoldirish uchun havola:
https://tirikchilik.uz/shokirtursun

@birgap
👍15🔥2
Shokir Tursun qarashlari
Bugun adabiyot darsida berilgan asar tahlilidan keyin biroz vaqt ortib qoldi. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga qoʻshayotgan hissamni oshirish maqsadida bir savol berdim: Bolalar, hozir men bir qoʻshiqqa ishlangan klipdan parcha qoʻyaman. Klipning…
Javob

60 yoshlardagi vrach oldiga hamshira kiradi, bemor sizni tanirkan, soʻrayapti deydi. Vrach borib qarasa, yoshlikdagi suygani. Keyin vrach eslay ketadi. Tanishgan kunlarini. Taxminan 25 yoshligini.

Demak, voqealar 1989-1990-yillarda boʻlyapti. Chunki 60-25=35; 2024-35=1989.

Yigit va qiz kutubxonada bir-biriga urilib ketadi. Kutubxona javonlarida esa 2021-, 2023-yillarda chiqqan kitoblar.

Yigitning qoʻlida iWatch soatlar.

Qizning onasida smartfon avlodiga tegishli telefon.

Xullas, shunaqa qoʻl uchida ishlangan klip.

Oʻquvchilarga qoʻyib berganimki, ularning tanqidiy, tahliliy fikrlashini oʻssin. Turli mediamahsulotlarga baho berishni oʻrgansin.

@birgap
👍57🔥6👏4
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sayt ishga tushibdi.

Saytdan Bobur haqidagi hamma narsani topish mumkinga oʻxshayapti:

- Kutubxona boʻlimida qoʻlyozmalar, ilmiy izlanishlar, mediamahsulotlar;
- Shajara boʻlimida Boburning shajarasi;
- Virtual sayohat boʻlimida Boburga aloqador joylarga virtual sayohat qilish.

https://baburid.uz/

@birgap
👍44👏5🤔2😢1
Oʻz joyi, vatanidan haydash, quvish, surgun qilish yoki oʻz vatanidan haydalgan, surgun qilingan ma'nolarini beruvchi soʻz qaysi?
Anonymous Quiz
84%
quvgʻin
14%
quvgʻun
2%
qugʻin
👍21🤯6
#kitobtavsiya
"Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatida" – barcha, ayniqsa, oʻqituvchi va jurnalistlar oʻqishi shart boʻlgan asar.

Janni Rodari nega mashhur emasligini hamon tushuna olmayman.

Undan ham koʻproq tushunmaydiganim – bu asarning tarjimasi oʻsha davr senzurasidan qanday oʻtgan?

@birgap
😁309👍4👏4👎1
Kanalda bugundan boshlab har kuni ikkita test chiqadi. Bitta test soʻzlar izohiga oid, ikkinchi test imlova savodxonlikka oid. Testlardan olingan bilim hayotingizda bir marta boʻlsa-da kerak boʻlib qolishi mumkin.

@birgap
👍60🔥72👌2
Yuz berayotgan voqea hodisalarga befarq qarovchi; begʻam ma'nosini beruvchi soʻz qaysi?

#test
Anonymous Quiz
24%
payrvoyi palak
43%
parvoyi falak
9%
parvoyi-falak
11%
parvoyi-palak
8%
parvoyifalak
6%
parvoyipalak
👍24🤔18👨‍💻3🤓2
Shokir Tursun qarashlari pinned «Oʻzbekistonda blogerlarni qoʻllab-quvvatlash uchun "Tirikchilik" nomli platforma ishga tushibdi. Oʻzingiz doim kuzatib boradigan blogerni choychaqa berish orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin ekan. Masalan, quyidagi havolaga oʻtib, turli toʻlov tizimlari…»
Tovuqni part qilib, patini yulish kerak.

Ushbu gapdagi part qilmoq soʻzi qanday ma'noni anglatadi? #test
Anonymous Quiz
13%
soʻymoq, oʻldirmoq
23%
kallasini uzmoq
60%
qaynoq suvda kuydirmoq
5%
qurbonlikka atab soʻymoq
👍17
"Alohida mavzu" loyihasining navbatdagi sonidan ba'zi iqtiboslar:

Axborot yetkazishda erkinlik (soʻz erkinligi) boʻlmas ekan, ta'lim rivojlanmay qolaveradi. Chunki soʻz erkinligi yoʻq joyda hech kim biror sohada tadqiqot ham qilmaydi.

Ilmni diniy va dunyoviyga ajratishimiz notoʻgʻri. Biz har qanday ilmni musulmon oʻlaroq qanday talqin qilamiz degan masalani koʻrsak bas.

Bizning ajdodlarimiz naql bilan oʻrganiladigan bilim (dinga oid) va aql bilan oʻrganiladigan bilim (fanga oid)ni bir oʻzanga olib kela olganlari uchun buyuk edi.

Ulamolarimiz aytgan, mudarris va masjid imomlari jamiyatdagi oʻrta tabaqadan yaxshiroq yashashi kerak. Shunda ilmga qiziqish ortadi.

Islom ulamolarining bir ta'rifi bor: kishi olim boʻlishi uchun hamma fandan nimadir bilishi kerak va bitta fandan hamma narsani bilishi kerak.

Oʻqituvchining oyligi masalasida gap ketsa, ularning yetarli miqdorda koʻp oylik olishi doimiy orzuligicha qoladimi deyman-da.

Oʻqituvchining oyligini $1000 qilamiz deyishgan edi, endi $1000 yetmaydi.

@birgap
👍13
Dars davomida quyidagilarning qaysi biridan foydalanib turasiz?

Bir nechta javobni tanlash mumkin.
Anonymous Poll
26%
Kahoot
8%
Bamboozle
20%
Quizlet
7%
Blooket
62%
Bularning nimaligini bilmayman
👍3
Taqlid soʻzlar.pptx
243.3 KB
Taqlid soʻzlar mavzusida taqdimot.

PDF nusxasi izohlarda turibdi.

Meni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun:

https://tirikchilik.uz/shokirtursun

@birgap
👍132🫡1
#imlochi_006.docx
16.6 KB
Taqlid soʻzlar mavzusini mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Bu topshiriqlarni A5 formatda, orqa-oldi qilib chiqarsa, bitta oq qogʻoz ikki oʻquvchiga yetadi.

Meni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun:

https://tirikchilik.uz/shokirtursun

@birgap
👍211🫡1
Biron bir mavzu atrofida sun'iy ravishda yaratilgan shov-shuv ma'nosini beradigan soʻz qaysi?

#test
Anonymous Quiz
46%
xayp
54%
hayp
👍10
Bir narsaga tushunmayman:

Nega emaktab.uz saytiga ota-onalarning kirishi maktab tomonidan nazorat qilinadi?

Masalan, farzandining baholari, davomati bilan qiziqmagan ota-ona uchun oʻqituvchi balogardon. U gaplashib, yalinib, pul toʻlatishi kerak.

Agar ota-onaning kirib turishi majburiy boʻlsa, unda bepul boʻlsin. Majburiy boʻlmasa, oʻqituvchiga osilishmasin.

Ochigʻi, shunaqa qilaverishgani uchun vazirlik emaktab.uz platformasining ishlab chiquvchilari choʻntagiga pul tushirishga majbur shekilli deb oʻylayapman.

Toʻgʻri, bolasining natijalarini bilishi uchun arzimagan summa toʻlab qoʻysa nima qilibdi, dersiz. Ammo ularning kirishi bizga kerak boʻlsa, bepul qilib berishimiz kerak-da.

@birgap
👍52👏8😁4
Men oʻqituvchilar uchun turli kichik kurslar tashkillashni reja qildim. Hozircha uchta mavzu aniq. Talabga qarab uchalasidan birini tez orada boshlamoqchiman.

1. Ta’limiy platformalar bilan ishlash (ta’lim jarayonida qoʻllasa boʻladigan turli platformalar bilan ishlash va ularni darsda samarali qoʻllash oʻrgatiladi)

2. Attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik doirasida pedagogika (pedagogika boʻlimi boʻyicha attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan asarlar tahlili+topshiriqlar)

3. Topshiriqlar va imtihon varaqalarini tayyorlash metodikasi (mustaqil ravishda turli kreativ va samarali topshiriqlarni ishlab chiqish hamda nazorat ishlari uchun mustaqil ravishda sifatli material tayyorlash oʻrgatiladi)

Kurslarning oʻquv dasturlarini ularga ehtiyoj bor ekanini aniqlagach joylamoqchiman.

Ushbuni yozishimdan maqsad shuki, agar men turli mavzularda kichik kurslar tashkil etsam (albatta, onlayn), qatnashadiganlar bormi?

Kurslar pulli boʻladi 100 000 – 150 000 atrofida. Kurslar oʻzini rivojlantirish tipida boʻlib, bitiruvchilarga sertifikat yoki diplom berilmaydi (oʻzi shaxslar, turli telegram kanallar tomonidan beriladigan sertifikatlar qiymatsiz hisoblanadi). Bepul qilishni ham oʻyladim, ammo bepul qilsam uzoqqa ham bormaydi, sifatli ham boʻlmaydi. Chunki men kurslarga quvvat va intellekt sarflar ekanman, oʻrnini qoplashim kerak (bozor iqtisodiyoti deganday).

Talabga qarab kurslar qoʻshib boraveriladi.

Quyida uchta kurs nomini qoldiraman, ovoz berib ketishingiz mumkin. Men tez orada boshlamoqchiman.

@birgap
👍48