Shokir Tursun qarashlari
5.76K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Hisobot uchun hisob...mi?

Va nihoyat Ta'limni rivojantirish respublika ilmiy-metodik markazining saytini ochishga muyassar bo'ldim. Qiziq ma'lumotlar qo'shilibdi. Shunday diqqatga savozor ma'lumotlardan biri - markaz xodimlari tomonidan e'lon qilingan ilmiy maqolalar ro'yxati. Bu - oldingi postlardan birida ko'tarilgan "Markaz xodimlari xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda, konferensiyalarda e'lon qilgan 50dan ortiq ilmiy maqolalar bilan markazning rasmiy manbalarida tanishish imkoni bormi?" degan savolga javobanmi yoki bu maqolalar ro'yxatini saytda oldindan bormidi, bilmadim. Xullas, 50ta bo'lmasa ham, 10ta maqola ro'yxati berilibdi.

"Xalq ta'limi info" kanali e'lon qilgan videohisobotda markaz xodimlari e'lon qilgan ilmiy maqolalar "ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilghan ishlar" sifatida taqdim etilgan edi. Qizig'i, markaz saytidagi ro'yxatda keltirilgan 10ta maqoladan 8tasining, tushunishimcha, ta'limga aloqasi yo'q. Bu maqolalar:

- nanokatalizatorlarning elektrokatalitik oksidlanishi haqida (maqola hammuallifining ish (yoki tadqiqot) joyi (affiliation) sifatida TRM emas, Andijon davlat pedagogika universiteti va Yangi O'zbekiston universiteti ko'rsatilgan),

- qora tuynuk atrofidagi gravitatsion kuchsiz linzalashish haqida (maqola 2022-yilda, TRM tashkil topshidan bir yil oldin e'lon qilingan),

- qora tuynuklar atrofidagi kvazidavriy tebranishlar haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan),

- fotonlar harakati haqida (bu maqola mualliflari affiliationida ham negadir TRM yo'q),

- Lesli-Gauer tipidagi diffuzion yirtqich-o'lja modeli haqida;

- elektron to'lov tizimlarida yuzni tanish orqali autentifikatsiya qilish haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan va mualliflar affiliation'ida, tabiiyki, TRM yo'q);

- chakana savdo logistikasida katta ma'lumotlar simulyatsiyasi haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan va mualliflar affiliation'ida, tabiiyki, TRM yo'q);

- tarmoqni aniqlash tizimlarida Aho-Korasik algoritmlar haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan).

Ro'yxatdagi ta'limga aloqador 2ta maqoladan bittasi "American Journal of Interdisciplinary Research and Development" degan jurnalda e'lon qilingan ekan. Nomi "American" bo'lsa ham, tahrir hay'atining (editorial board) mutlaq ko'pchiligi O'zbekistonliklardan iborat bu jurnal asosan yurtdoshlarimizning maqolalarini chop qilishga ixtisoslashgan shekilli. Masalan, TRM ro'yxatidagi, lekin muallif affiliation'i sifatida TATU ko'rsatilgan maqola e'lon qilingan 2023-yil 23-sonida ham faqat O'zbekistonlik mualliflarning ta'limdan tortib tibbiyotgacha, iqtisodiyotdan tortib tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslikkacha maqolalari e'lon qilingan. (Bizga yaqinda bir ilmiy seminarda bunday xususiyatlar, masalan, har qanday sohadan maqola e'lon qilish "qaroqchi" jurnallarga ("predatory journals") xos deb o'rgatishgandi).

Va TRM ro'yxatdagi ta'limga aloqador 2ta maqoladan 2chisida ham negadir bironta muallifning TRMga aloqadorligi qayd etilmagan.

Sarlavhaga chiqarilgan savolga qaytamiz: Hisobot uchun bo'laveradi...mi? Ta'limga va (yoki) TRMning o'ziga aloqasi yo'q, hatto tashkilot tuzilishidan oldin chop qilingan maqolalarni tashkilot tomonidan "ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilghan ishlar" sifatida o'z ro'yxatiga kiritib e'lon qilish ... qay darajada etikaga to'g'ri keladi?
👍15🔥3😁2
Xushnudbek Xudoyberdiyevning YouTube kanalidagi suhbatlarning biri PISA natijalari haqida boʻldi. Shu sonda chiqish qilgan Behzod Hoshimov PISAning maʼlumotlarini turli usullarda tahlil qilayotganini aytib, bir juda qiziq maʼlumotni boʻlishdi:
Agar Oʻzbekistondan faqatgina rus tilli sinflarda oʻqiydigan bolalar PISA testi topshirganda oʻrnimiz 10 pogʻonacha yuqori boʻlishi, hatto 81 davlat ichida 60-oʻrinlarda joylashishimiz mumkin ekan.


Shu maʼlumotni eshitganimdan oʻzimga savollar beryapman, qanday qilib?

Oxiri tushunganlarim shu boʻldi:

1. Rus tilli sinflar odatda kunning birinchi yarmida oʻqiydi, (ikki smenali rus tilli maktablar ancha kam) ularda kunning ikkinchi yarmida qoʻshimcha shugʻullanish uchun doim vaqt bor. Bu oʻqituvchilarga qoʻshimcha akademik erkinlik ham beradi.

2. Rus tilli sinfda oʻqiydigan oʻquvchilardan aksarining ota-onasi farzandining maktabdagi qoʻshimcha faoliyatiga investitsiya koʻproq kiritadi.

3. Rus tilli sinflar uchun har bir fandan qoʻshimcha maʼlumotlar juda ham koʻp. Ular jahon standartlari asosida tayyorlangan, tasdiqdan oʻtgan manbalardan bemalol foydalana olishadi. Yaʼni alternativ darsliklar mavjud. Oʻzbek tilli sinflarda dars oʻtadigan oʻqituvchilarda bunday imkon mavjud emas. Oʻqituvchi qoʻshimcha manbani avval oʻzbekchaga oʻgirib chiqishi lozim. Bu qoʻshimcha yuklama hisoblanadi.

Ayni mana shu 3 sabab rus tilli sinflarda oʻqiydigan oʻquvchilarning natijasi oʻzbek tilli sinflarnikidan baland ekanini taʼminlagan.

Siz nima deb oʻylaysiz?

@birgap
👍17🔥1
Shokir Tursun qarashlari
Xushnudbek Xudoyberdiyevning YouTube kanalidagi suhbatlarning biri PISA natijalari haqida boʻldi. Shu sonda chiqish qilgan Behzod Hoshimov PISAning maʼlumotlarini turli usullarda tahlil qilayotganini aytib, bir juda qiziq maʼlumotni boʻlishdi: Agar Oʻzbekistondan…
Bu bilan hamma rus tilini oʻrgansin demoqchi emasman, ingliz tilida yaratilgan manbalar rus tilinikidan aaancha koʻp, ham sifatli.

Ingliz tilini ham targʻib qilmoqchi emasman.

Men aytmoqchi boʻlgan masala shundaki, agar oʻquvchilarda qoʻshimcha shugʻullanish uchun vaqt, oʻqituvchida yetarli akademik erkinlik, bir mavzu yuzasidan turli manbalardan foydalanish imkoni mavjud boʻlsa, natija ham yaxshilanadi. Oʻzbek tilida ham shunday boʻlishi kerak. Oʻquvchilarni yoppasiga rus yoki ingliz tilida oʻqitish emas, oʻzbek tilidagi ma'lumotlarni koʻpaytirish ustida ishlamoq kerak.

@birgap
👍48💯6👎1
Oʻzbek-tilining-katta-imlo-lugʻati_Q.pdf
35.7 MB
Imlo lugʻatining qidirsa boʻladigan nusxasi.

Kimgadir kerak boʻlar dedim, chunki oʻzimga shunaqasi qiziq. Qidirishdan foydalana olmasam, topishim juda qiyin boʻlib ketadi.

Diqqat! Material rasmiy saytga qidirish imkoni oʻchirilgan holda yuklangan edi. Men shaxsiy ehtiyojlarim yoʻlida uni qidirsa boʻladigan qilib oldim. Kanalga ham biror moddiy manfaat ortidan yuklayotganim yoʻq.

Lugʻat mualliflarida e'tiroz boʻlsa, @shtursunreklama_bot ga yozishlari mumkin.

@birgap
👍36🔥5👏1
Latif Mahmudovning asarlarini hozirgi imloda qayta nashr etish kerak deb oʻylayman.

@birgap
👍15
Taʼlim vazirligining aqlli kishilari baʼzi narsalarni tushuntirib berishsin:

1. Oʻsgan sochning taʼlim olishga salbiy taʼsiri qanday?

2. Agar oʻsgan soch taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilsa, qizlarning sochini nima qilamiz? Yoki qizlar oʻsgan soch bilan oʻqiyveradimi? Axir sochning uzunligi sifatga yomon taʼsir qilarkan, qizlarning soch oʻstirishiga ruxsat berishimiz ularni sifatsiz taʼlimga mahkum qilishimiz emasmi?

3. Bu maktabning ichki tartib-qoidasi deyishingiz mumkin. Lekin ichki tartib-qoidalar konstitutsiyaga, inson erkinligiga zid boʻlmasligi lozim. Odam oʻzining sochi qanday turmaklanishini hal qila olmasligi bu uning konstitutsiyaviy huquqining qoʻpol buzilishi hisoblanadi. Ichki tartib-qoidaning sochga aloqador qismi konstitutsiyaga zid emasmi?

4. Bu bolalarning sharmanda qilinishi ortidan olgan ruhiy travmalari bilan kim shugʻullanadi? Shu bolalar endi maktabni sevib qoladimi?

5. Mana shu bolalarning hukumatga nafrat bilan katta boʻlmasligining oldi qanday olinadi?

@birgap
👍44🔥5👏5😁2
Milliy gvardiyaning taʼlimga jalb etilishi katta xato edi.

Toʻgʻri, maktablarda davomat past, tartib-intizom yomon.

Ammo Milliy gvardiyaning usullari vaqtinchalik chora xolos. Gvardiya yoʻq boʻlgan kuniyoq intizom va davomat yana avvalgi holiga qaytadi.

Maktabgacha maktab taʼlimi vazirligi muammoning ildizi qayerda ekanini oʻrganishi, oʻsha ildizga zarba berish bilan shugʻullanishi kerak. Bosim qilish bilan hech narsaga erishib boʻlmaydi.

@birgap
👍70🔥11🤷‍♂4👎3
Марк Твеннинг машҳур гапи бор: "Агар вазифангиз қурбақа ейиш бўлса, уни эрта тонгдан бажаринг. Агар қурбақани емасангиз, у сизни ичингизни еб битиради". Шунга ўхшаш айрим мактаб раҳбарлари ҳам сочи ўсган, жинси, кросовка кийиб олиб, эмин-эркин юрган болани кўришса ичларини қурбақа кемира бошласа керак. Бутун салоҳиятини фақат шу ишга бағишлаяпти айримлар.

Дунёда қадимий ёмон одат бор — бу кичкина авлодни катта авлод қулликда ушлашдан завқланиши, энергия олиши. Дунё олимлари замонавий боланинг руҳиятини қандай кўтарсак экан, деб изланишлар олиб бораётган бир пайтда бизникилар бола руҳини қандай аёвсиз синдирсак экан, токи умрбод бошини кўтармай яшасин, деб бош қотираётганга ўхшайди. Соч олиш, кийимини, қўйингки, бутун юриш-туришини назорат қилиш ва бошқа шу сингари тақиқлар тўғридан-тўғри боланинг руҳиятига зарба беради. Ўша бола ёшликдан қолибдан чиқолмай, исён қиладиган пайти муте қулликни афзал кўради. Алоҳа, у келажакда шахсий ташаббус кўрсатиш, ихтиролар қилиш, креатив фикрлаш каби илғор хусусиятлардан мосуво бўлиб қолади.

"Бола бошдан маълум" дейишади, лекин ўша "бошни" чопиб ташлаш билан шуғулланувчи кишилар қўрқоқ, ўзига ишончи паст, қултабиат авлодни етиштириб чиқаряпти. Собиқ иттифоқ ва ундан кейинги давр қарашлари мана шундай ситамли ўтмишимиз ва бугунимизни келтириб чиқарди, агар келажакда ҳам мақсад айни шу бўлса — унда тўғри йўлдасиз!

🔥@fayzboguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👎7🔥1
Oʻzi uzun sochni yomon koʻradigan katta avlodning aksari talabalik yoki yoshlik paytida sochlarini yelkadan oʻstirib, gulli koʻylak, klyosh shim kiyib yurishgan.

Men togʻalarimning rasm albomini koʻrsam doim shunga diqqat qilaman.

@birgap
😁72👍24💯8🤣71
Koʻpchilik maktabda zoʻr oʻqiganlar keyinroq muvaffaqiyatli boʻla olmagani, "ikkichi"lar esa boy boʻlib ketgani, yaxshi yashayotgani haqida gapiradi.

Turmush oʻrtogʻim bilan suhbatda nega shunday ekani haqida oʻzimizcha xulosa qildik.

Sizlar nima deb oʻylaysizlar, nega aksar aʼlochilar hayotda muvaffaqiyatga erisha olmaydi-yu, "ikkichi"lar buni eplaydi?

Bizning xulosa keyinroq, hozir sizlardan bilgim keldi.

@birgap
21👍8🔥52👎1
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Maktabda bolalarni sochi olinishi haqida fikrlarimni bildirmoqchi edim, lekin oʻylasam hammaga ham ayon bu gaplar. Shunga men sal boshqa narsaga ahamiyatni qaratmoqchiman. Yaqinda PISA natijalari chop etildi, oʻsha yerda koʻrildiki, aksar maktab oʻquvchilarimiz yozilgan bir necha satr matnni oʻqib tushuna olishmaydi. Ha, bu ayanchli natija, normal mamlakatlarda bunday narsa boʻlmasligi kerak.

Oʻsha PISA testida boshqa savollar ham bor edi, masalan maktabda va uyda oʻquvchilarni moddiy taʼminoti haqida. Oʻsha yerda yozilganidek, juda koʻp maktablarda, oʻquvchilarni uylarida taʼlim olish uchun bazaviy narsalar — kitoblar, kompyuter yoki internet yoʻq. Maktab bolalarni uchdan biri yetarli ovqat yeya olmayapti. Bundan tashqari, Unicefni yaqinda chiqqan raqamlariga koʻra, vatanimizda taxminan 20 foiz maktablarda oddiy suv va sanitariya taʼminoti mavjud emas. Oddiy tilda aytsak, taxminan har beshinchi maktabda hojatxona va suvda qoʻlni yuvish uchun minimal sanitariya sharoitlari qilinmagan. Lekin maktablarga sarmoyani biz “xavfsizlik” niqobi ostidagi teatrga sarflamoqdamiz. Davomatni tekshirish kerak emas demayapman, lekin hozirgi sharoitda, pullarni maktablarni qurollangan qoʻriqlovga emas, masalan, maktablarga suv, hojatxona, kutubxona va kompyuterlarni olib berishdan boshlasak, menimcha taʼlim sifati va davomat kabi narsalarga yaxshiroq taʼsir qilar edi. Oʻqituvchilarga koʻproq toʻlasak, menimcha, forma kiygan odamlarni maktabda yurishga zarurati qolmaydi.

Aytmoqchimanki, uchdan bir maktab oʻquvchilari qorni yetarlicha toʻymaydigan joyda, beshdan bir maktablarda oʻquvchilar hojatxonadan foydalana olmaydigan sharoitda, oʻquvchilardan formasini sarishtaligi yoki soch turmagini soʻrash va bunga shuncha resursni sarf etish, menimcha, ortiqcha. Chunki boshqa joylarga shu resurslarni sarf qilsak — foydasi ancha koʻproq boʻlar edi.
👍60🔥9💯4🙈2👎1🤬1
Koʻpchilik maktabda zoʻr oʻqiganlar keyinroq muvaffaqiyatli boʻla olmagani, "ikki"chilar esa boy boʻlib ketgani, yaxshi yashayotgani haqida gapiradi.

Turmush oʻrtogʻim bilan suhbatda nega shunday ekani haqida oʻzimizcha xulosa qildik.

Birinchidan, bizning maktablarda koʻnikmalar emas, maʼlumotlar oʻqitiladi. Bunday taʼlim tizimidagi “besh”chi va “ikki”chining asosiy farqi xotira bilan bogʻlanadi. Yaʼni xotirasi yaxshilar “besh”chi, qolganlar “ikki”chi. Kelajak hayotda esa xotira kuchi emas, koʻnikmalar koʻproq rol oʻynaydi. Maktabda “ikki”chi boʻlgan oʻquvchining hayotiy koʻnikmalari turli sabablarga koʻra rivojlanishi mumkin (ishlash, koʻchadagi munosabat va muloqotlar). Xotira kuchi bilangina yashaganlar esa hayotda qiynalib qolishi mumkin.

Ikkinchidan, bizning baholash tizimimiz ham oʻqitishimizga mos. Oʻquvchilarni “besh”chi va “ikki”chi ajratib beradigan tarozimizning oʻzi buzuq. Shuning uchun kimnidir “besh”chi yoki “ikki”chi deyishga shoshilmaslik kerak. Agar tarozilarimiz tuzalsa hammasi boshqacha boʻlib chiqishi ham mumkin. Koʻpchilik oʻqituvchilar turli loyihaga asoslangan, kreativlikni ishlatishni talab qiladigan topshiriqlarni gapirmay oʻtiradiganlar, “ikki”chilarning “besh”chilardan koʻra yaxshiroq bajarishi haqidagi fikrlari ham shundan.

Biz oʻquvchilarni “besh”chi va “ikki”chilarga ajratishda quyidagilardan foydalansak boʻladi:

Kognitiv domen (Blum taksonomiyasi nomi bilan mashhur)
Turfa idroklar (Hovard Gardner gʻoyasi)
Peter prinsipi (kompetensiya bosqichlari)
Psixomotor domen
Affektiv domen (hissiy domen)

@birgap
👍28🔥6👏1
Forwarded from 1234
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tilini yaxshi bilish xodimga va talabalarga qo‘shimcha ustunlik berishi kerak. Kirish imtihonida 30 ta test savolining barchasiga to‘g‘ri javob bersa-yu, eplab jumla tuzolmasa yoki beshta so‘zdan to‘rtta xato qilsa, buni til bilish deb bo‘lmaydi.

Orif Tolib, tadqiqotchi

📺 “Agar...”

@mm_telekanal
👍38😁5
Oʻquvchilarni sinfda qoldirish tizimini amalga qaytarish lozim deb bilaman.

Hamma oʻz aqliy yoshiga mos paytda bitirsin maktabni.

P.S. albatta, buning oʻz yoʻrigʻi bor. Pala-partish qoldirib tashlash ham yaramaydi.

@birgap
👍39🔥13👎51😁1
AQSHning Texas shtatida “Charter schools” mudirligi bor. Charter maktablari ham davlat maktabi boʻlib, oddiy maktablardan oʻquvchi soni kamligi, STEAMga asoslangani va istagan hududdan kelib oʻqish imkoniyati borligi bilan farq qiladi (AQSHda ham maktabga “propiska”ga qarab olishadi).

“Charter schools” mudirligi direktor oʻrinbosari oʻzbek olim ayoli, pedagogika fanlari doktori, Abdulla Oripovning qizlari Mavluda Oripova ekan. Yaqinda shu opa bilan dildan suhbatlashgan edik. Baholash borasida qilmoqchi boʻlgan oʻzgarishlarimiz haqidagi fikrlari, AQSHdagi holat haqida koʻp narsalarni soʻrab, bilib oldim.

Shu suhbatda koʻtarilgan, oʻsha kundan beri xayolimdan ketmayotgan bir holatni aytib bergim keldi.

Texas shtatida ham darsga xalal beradigan, oʻqituvchini hurmat qilmaydigan, gapga kirmaydigan oʻquvchilar juda koʻp ekan. Baʼzi maktablarda politsiya ham yurarkan. Yaʼni umuman tinchlanmagan oʻquvchini maktab hovlisida yurgan politsiya zobitiga topshirib qutulisharkan. Texas oʻqituvchilariga ham oʻquvchini urish, kaltaklash taqiqlangan ekan. Yaʼni oʻquvchi butkul tarbiyasiz boʻlsa ham uni oʻqitishga majbur ekanlar, chunki davlat maktabi.

Shunday boʻlsa ham oʻqituvchining qoʻlida ajoyib richag bor ekan. Yaʼni oʻquvchining tarbiyasiga qoʻyiladigan minus baholar. Masalan, oʻquvchi gap qaytarsa -5 ball ishlab oladi. Shunday ballar maʼlum davrda -40 ga yetganda oʻquvchining ota-onasiga rasmiy xat borarkan. Bu holat takrorlanaversa, oʻquvchining papkasi tayyorlanib tarbiyasizlar oʻqiydigan maxsus maktabga joʻnatilarkan.

Oʻzimizdagi holat haqida oʻylay ketdim. Bizda ham toʻpolonchilar koʻp, qoni buzilgan oʻquvchilar talaygina. Bizda ham oʻquvchini urish mumkin emas. Oʻqituvchining qoʻlidan kaltakni olib qoʻydik, lekin oʻrniga birorta ham richag bermadik. Yaʼni oʻqituvchida oʻquvchiga qarshi qoʻllay oladigan qurolning oʻzi qolmadi hisob. Bori ham oʻqituvchining ziyoniga ishlaydi, bir tashvishini oʻn qiladigan xilidan.

Texasdagi shu amaliyotni yaxshilab oʻrganib, sinov tariqasida qoʻllab koʻrish kerak ekan. Bu oʻzaro tiyib turish tamoyilini eslatib yuboradi. Ota-ona rasmiy xatni olgach bolasining tarbiyasi ustida ishlashi kerak, ishlamasa, marhamat, qattiq rejimdagi sifatsiz taʼlim uning farzandini kutib turadi. Davlat oʻz resurslarini foydasiz oʻquvchiga ishlatib oʻtirmaydi.

P.S. bu gaplarni 1,5 yil oldin yozganman. Hozir toʻliq oʻqituvchi boʻlib ishlab aytamanki, oʻquvchilarni maxsus tarbiyasizlar maktabiga yuborish yechim emas. Yechim ancha ichkarida. Uzoq yoʻl bosish kerak yechimga borguncha. 20 yildan ortiq vaqt davomida pishirgan oshimiz. Ichamiz ham.

@birgap
👍36🔥10😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
xayol
29%
hayol
👍16
Elektron kitoblarni qogʻoz kitoblardan koʻra deyarli 1 barobar sekin oʻqirkanman.

Mayli, miyalaringni portlatmayman. 2 barobar sekin oʻqirkanman demoqchiman.

@birgap
💯28👍18😁4
Bugun adabiyot darsida berilgan asar tahlilidan keyin biroz vaqt ortib qoldi. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga qoʻshayotgan hissamni oshirish maqsadida bir savol berdim:

Bolalar, hozir men bir qoʻshiqqa ishlangan klipdan parcha qoʻyaman. Klipning oʻsha joyini koʻrdim-u izohlarga: "Professionalroq klipmeyker ishlatmabsizlar-da", deb yozdim. Sizlar nega shunaqa deb yozganimni topishingiz kerak.

Klip shu:

https://youtu.be/ljHEg503RQQ?si=btNIqjo3v2pRAkkd

Men klipning 1:11-soniyasidayoq xulosa qilib boʻlgan edim. Keyin oʻquvchilar bilan yarmigacha koʻrdik. Boshqa kamchiliklarni ham topishdi.

Sizlar ham urinib koʻringlar.

P.S. hamma oʻqituvchilar shunaqami, yurgan yoʻlida uchragan narsadan darsda qanday foydalansam ekan deb yuradigan. Bu klipni ham YouTubeda shunchaki koʻrib qolgan edim. Abdujalil Qoʻqonovning mashhur qoʻshiqlaridan birini qanday kover qilgan ekan deb koʻrgandim.

@birgap
👍18❤‍🔥4😢1
Oʻzbekistonda blogerlarni qoʻllab-quvvatlash uchun "Tirikchilik" nomli platforma ishga tushibdi.

Oʻzingiz doim kuzatib boradigan blogerni choychaqa berish orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin ekan.

Masalan, quyidagi havolaga oʻtib, turli toʻlov tizimlari orqali menga choychaqa uzatishingiz mumkin:

https://tirikchilik.uz/shokirtursun

Choychaqaning minimal miqdori 5000 soʻm ekan.

Ushbu xizmatga ulanish orqali men ham kanalim faoliyatini yaxshilashni niyat qilganman. Oʻqituvchilar uchun koʻproq foydali qilmoqchiman. Oʻzim darslarda ishlatadigan topshiriqlar, taqdimotlar, darslik boʻyicha qoʻshimcha manbalar, nazorat ishlarini ulashib bormoqchiman. Bundan tashqari, oʻzim oʻqigan pedagogikaga oid kitoblar, turli tadqiqotlarning xulosalarini ham berib boraman. Darslarimni jonli yoyinda koʻpaytirish ham niyat qilingan (lekin buning uchun oʻquvchilarimdan ruxsat olish kerak).

Choychaqa berish majburiy emas.

P.S. sinab koʻrdim, hech qanday xavfli tomoni yoʻq, kartangiz firibgarlar qoʻliga oʻtmaydi. Faqat yuqorida koʻrsatilgan havola orqali kirishingiz kerak.

@birgap
👍30👏10👎3
Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy, ma'nosini beruvchi soʻz qanday yoziladi?
Anonymous Quiz
41%
baynalminal
55%
baynalmilal
4%
baynalmina'l
👍15😱7🔥2
Erkin Malik 7-A sinf.pdf
30.3 MB
Menimcha, ushbu asarni hamma oʻqituvchilar, ayniqsa, maktabdagi rahbar xodimlar oʻqishi shart.

Bloeg egasiga choychaqa qoldirish uchun havola:
https://tirikchilik.uz/shokirtursun

@birgap
👍15🔥2