Shokir Tursun qarashlari
5.82K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Ikkinchi soatga keldimi, oʻqituvchi jazolanadi degani nima? Masalan, mening darsim 4-soatda boshlanadi. Shunda men maktabga 8-00 da borishim kerak, bormasam, Milliy gvardiya menga jazo tayinlaydimi? Umuman, ushbu xodimning gaplarini oʻqituvchi oʻlaroq, maktab…
Agar ushbu xodim notoʻgʻri ish qilgan boʻlsa, uning ogohlantirilgani haqidagi maʼlumot Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilinishi lozim. Oʻqituvchilar oʻzlarining himoyada ekanini his qilishlari, ortiqcha stressga berilmasliklari uchun ham kerak bu.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya xodimlari videodagi xodim singari ish tutgan paytda pedagoglar qanday javob qaytarishi, nimalar qilib oʻzini himoya qilishi mumkinligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot ham berilishi lozim, deb oʻylayman.

Vazirlik pedagoglarni himoya qilishi va ular himoyada ekanini his qildirishi kerak.

Agar ushbu xodim hammasini toʻgʻri qilgan boʻlsa, unda boshqa gapim yoʻq. Oʻqituvchilikni (hech yoʻq sinf rahbarlikni) tashlash vaqti kelibdi.

@birgap
🔥27👍7🥴1
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bolalarning bolaligini kuniga ikkita repetitorga qatnash, tinimsiz o‘qish-o‘rganish bilan o‘g‘irlab qo‘ymayapmizmi?

Bu bolalarda inson o‘z taqdirini faqat o‘zi, tinimsiz mehnat va harakat evaziga yaratadi degan tasavvurni shakllantirib qo‘ymaydimi?

Ertaga ular ishlamasang o‘lasan, bu dunyo tinimsiz raqobat va mehnat ustiga qurilgan degan xulosa bilan halovatsiz umr kechirmaydimi?

Rizq, baraka, tavakkul, muhimi xotirjamlik kabi tushunchalardan mosuvo bo‘lib qolmaydimi?

Bular shunchaki savol, xulosa emas.
👍47💯10🤔3🍾3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍7
Shokir Tursun qarashlari
Video message
8-"A" sinf, asar sharhi uchun sarlavha izlashyapti. Muhokama qizgʻin.

@birgap
🔥13👏6👍31
Malaka oshirish tizimi, diagnostika testlari, pedagoglarning malakasi haqida fikrlarimni aytib keldim.

Maqolani toʻliq oʻqish:

https://kun.uz/uz/news/2024/02/13/malaka-oshirish-tizimida-koproq-ilmga-asoslanish-kerak-talim-eksperti

P.S. videosi ham bor

@birgap
👍18🔥1
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (40 minutes)
Sherzod Qudratxoʻja 1966-yilgi voqealarni eslar ekan, zilzildan keyin Toshkentni qayta tiklash uchun SSSRning turli hududlaridan odamlar koʻngilli boʻlib kelgani, koʻp qavatli uylarni qurishda ishlashgani, keyinroq Toshkent yoqqanidanmi, bu yerda qolib ketishganini (zilziladan oldin Toshkent aholisi 400 ming atrofida boʻlgan, qayta tiklashdan keyin 1 millionga yaqinlashgan) aytarkan, Qudratxoʻja 60 yilga yaqin vaqt oʻtdi, ular hamon mahalliy tilni oʻrganmagan deydi. Sherzod Qudratxoʻja Karl Marksdan iqtibos keltirarkan, kimki mahalliy tilni oʻrganmas ekan yo u oʻzini okkupant (bosqinchi, hukmron) deb hisoblaydi, yo til oʻrganishga aqliy imkoniyati yetmaydi degan soʻzlarni ishlatadi.

Mana bu yerda esa ushbu gaplarni Qudratxoʻja mamlakatdagi ruslarni okkupant va ahmoq deya atadi deb yozishmoqda (nazarimda, Qudratxoʻjaning gaplari notoʻgʻri talqin qilinmoqda). Jumladan ular shunday deydi:

Qudratxoʻja Sovet Ittifoqi vaqtida Toshkentga kelib, zavod, fabrika, yoʻllar qurgan odamlarni haqorat qilmoqda. SSSRning turli hududlaridan kelgan odamlar Toshkent aholisi boshiga tushgan baxtsizlikni yelkama-yelka turib yengishdi, qulab tushgan yogʻoch uylar oʻrniga oʻsha davr uchun zamonaviy boʻlgan koʻpqavatli uylar qurishdi. Buning uchun minnatdorchilik oʻrnida okkupant va ahmoq degan haqoratni qabul qilib olmoqdalar. Ha, koʻrinadiki, SSSR qulagach respublikalarda rusofoblik kuchaygan.


E’tibor beryapsizmi, bular bergan yordamlarini minnat qilishmoqda, biz boʻlmaganizmida senlar koʻpqavatli uyni tushingda ham koʻrmasding, yogʻoch iningda yashayverarding demoqchi. Mana shu gaplarining oʻzi Karl Marksning gaplarini isbotlab qoʻymayaptimi? Ular hali ham oʻzini bizdan ustun qoʻyib, bizning hukmdorimizligini ta’kidlashmayaptimi? Bundan tashqari, biz ularga har doim hurmat koʻrsatib kelyapmiz, birorta rusning huquqi oʻzbeknikidan kam etib belgilangan oʻrin mavjud emas. Rus tilli maktablarimiz, kitoblarimiz, televideniyalarimiz ishlab turibdi.

Minnat-minnat oʻynaydigan boʻlsak, biz ham Ikkinchi jahon urushini eslarmiz. Oʻzbekiston hududidan yuzlab ming odam nemislar bilan jang qilganini, front ortida ham oʻzbeklar eng oldi yordam koʻrsatuvchilardan boʻlganini esdan chiqarishmasa boʻlardi.

Qudratxoʻja aytganday, bu yerga qurilishda ishlash uchun juda ham koʻp qamoqxonada saqlanayotgan jinoyatchilar kelgan. Ularning koʻpi shu yerda qolgan. Shaxsan men mamlakatdagi koʻplab jinoiy guruhlarda oʻsha "quruvchilar"ning izi bor deb taxmin qilaman (bu oʻta shaxsiy qarashim).

@birgap
👍394🔥1👏1
Ruslarning (kamida Rossiyadagi) gʻirt natsist ekanini bilish uchun mana shu post izohlarini oʻqish yetarli.

Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya tarkibiga qaytishi kerak, oʻzbeklar "chernojop"lardir, bu sassiqlarni Rossiyadan haydash kerak, biz boʻlmaganimizda koʻtingni barmoq bilan artib yurgan boʻlarding (tovba, hojatga kirib chiqqandan keyin qoʻl yuvmaydigan odamlar shunaqa desa kulgili boʻlarkan) deyishmoqda. Nega ruslar haqida qilt etgan ovoz chiqsa Rossiya darrov munosabat bildirib, jazo talab qiladi-yu, biznikilar doim sukutda.

Aslida Oʻzbekiston mana shu kanalni sudga berishi va har bir haqoratli izoh yozganni jazolashni talab qilishi lozim. Normal, oʻzini hurmat qilgan davlatlar shunday qiladi.

Eʼtibor berganmisiz, biz hech qachon rus millati haqida haqoratlarni baralla yogʻdirmaymiz. Bular shunday qilaveradi, uyalishmaydi. Chunki oʻzlarini hamon bizning egamiz, podshohimiz deb bilishadi. Biz ularning nazdida qulmiz.

@birgap
🔥39👍13
"Kung fu panda" multfilmidan adabiyot darslarida qanday foydalanish mumkin deb oʻylaysiz?

Ona tili darslari uchun boʻlsa ham boʻlaveradi.

Kechgacha hamma xayoliga kelgan gʻoyani yozaversin. Oʻzimnikini keyinroq aytaman.

@birgap
🔥13👍5
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nashr ettirilgan kitoblarning elektron nusxalarini yuklab olishingiz mumkin.

Lugʻatlar va ensiklopediyalar

Qoʻllanmalar

Badiiy va publitsistik asarlar

@birgap
👍9🔥1
Oʻzbek-tilining-katta-imlo-lugʻati.pdf
69.7 MB
"Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati"

90 000 ga yaqin soʻz.

2023-yilgi nashr

@birgap
👍28🔥62
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
64%
rosmana
36%
rostmana
👍17😎7🔥1💯1
Biror topshiriq yoki oʻyin yaratar ekansiz oʻzingizga berishingiz lozim boʻlgan savollar bor:

1. Bu topshiriq kimlarga moʻljallangan?

2. Bu topshiriq orqali oʻquvchida qanday koʻnikma rivojlantiriladi?

3. Bu topshiriq oʻquvchiga qanday bilim beradi?

4. Topshiriqni bajara olmagan oʻquvchidagi muammoni aniqlay olamanmi?

Mana shu savollarni berib, toʻlaqonli javob olmasdan ishlab chiqilgan topshiriq kreativ topshiriqdan boshqa narsa emas. Kreativlik va samaralilik boshqa-boshqa narsalar ekanini avval ham aytgan edim.

@birgap
🔥9👍5
Shokir Tursun qarashlari
"Kung fu panda" multfilmidan adabiyot darslarida qanday foydalanish mumkin deb oʻylaysiz? Ona tili darslari uchun boʻlsa ham boʻlaveradi. Kechgacha hamma xayoliga kelgan gʻoyani yozaversin. Oʻzimnikini keyinroq aytaman. @birgap
"Kung fu panda"dan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Badiiy asar (har qanday matnni ham) tushunishdagi eng muhim jihat bu – matnning nima haqida ekanini aniqlashdir.

Aksar oʻquvchilarga asar nima haqida ekan, – deb savol bersangiz, asarning syujetini aytib bera boshlaydi.

Mening oʻquvchilarimda ham shu holat uchradi. Tushuntirishga biroz qiynaldim. Misollarim bekor ketaverdi.

Shu vaziyatda "Kung fu panda" multfilmidan foydalanishga qaror qildim. Voqealari qiziq, hamma koʻrgan, hammaga yoqadi. "Nima haqida?", – degan savolga javob olish ham juda qulay. Xullas, dars materiali sifatida ideal.

Oʻquvchilardan "Kung fu panda" multfilmi nima haqida ekanini soʻradim. Hammaning fikrini tinglab olgach birinchi va ikkinchi qismlarini tahlil qilib berdim. Multfilm nima haqida ekanini bir ogʻiz gapda aytdim. Fikrimni voqealar zanjiri asosida isbotladim. Har bir voqeaning umumiy gʻoyani ochishda qanday xizmat qilayotganini batafsil gapirdim.

Oʻquvchilarning aksari koʻzidan maʼlum ediki, ular koʻz oʻngida "Kung fu panda"ning yangi qiyofasi ochilmoqda.

Multfilmning uchinchi qismi tahlilini oʻquvchilarning oʻziga qoʻyib berdim. Natija aʼlo. Maqsadga erishildi.

Bu faqat bir oʻrinda foydalanish. Undagi jumla va iboralardan esa ona tili darslarida foydalanish mumkin. Bu haqida alohida yozarman.

P.S. sizningcha, "Kung fu panda"ning 1-, 2-, 3-qismlari nima haqida?


@birgap
👍26🔥71
Nega aqlli, olim obrazlar har doim katta galstuk taqqan, oynasi qalin koʻzoynakli, oʻziga katta kostyum, keeeng shim kiygan qilib tasvirlanadi?

Oʻqituvchi zoti koʻrsatilgan yumoristik koʻrsatuvmi, kinomi, klipmi – nima boʻlsa borki, hammasida oʻqituvchi ham yuqoridagi "talablar" asosida kiyintiriladi. Bundan tashqari ular juda ham laqma, sodda, qoʻrqoq qilib koʻrsatiladi.

Menimcha, oʻqituvchini shunday tasvirlagan barcha oʻqituvchilarni obroʻsizlantirgani uchun uzr soʻrashi, lozim boʻlsa, jazolanishi kerak. Bilaman, ular aniq bir shaxsni obroʻsizlantirmaydi, ammo aholi orasida oʻqituvchining yomon imijini yaratishga katta hissa qoʻshishadi.

Oʻzi oʻqituvchilarni shunaqa tasvirlash qayerdan kirib kelgan? Qachondan boshlangan?

@birgap
👍71🔥102
👍21🤨8🔥3😁3👏2