Shokir Tursun qarashlari
5.86K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
onlinedu.uz platformasidagi mana bu testga diqqat qiling. Sizningcha, bu test nimasi bilan qon bosimimni oshirmoqda?

P.S. testda belgilangan javob notoʻgʻri

@birgap
🤣18😁4🤬2
Oʻzi mana bu testdan qon bosimim oshib turganda dard ustiga chipqon boʻlgan yana bir test.

Qanday muammolari borligini yozib qoldiring. Tahlil qilamiz.

P.S. shuncha paytdan beri bu tizimda malaka oshirganlarga rahmim kelmoqda. Bu tizimda sertifikat olishgacha yetib bora olganlar - sizlar qahramonsiz, azizlar!

@birgap
😁26👍5😱1
Test, test deganda esimga tushib ketdi - PIIMA tizimidagi maktablarga qabulning test spetsifikatsiyalarini e'lon qilishni oʻylab koʻramiz deyishgandi. Shu masala nima boʻldi ekan? Hali oʻylab oʻylariga yetishmadimikan. Test spetsifikatsiyasining muhimligi haqida mana bu, mana bu va mana bu yerda yozganman.

@birgap
👍9🔥2😁2
Bu haqida oldindan ogohlantirib qoʻyishingiz kerak edi.

Ushbu gapda qaysi soʻz pleonazmni hosil qilmoqda?
Anonymous Quiz
62%
oldindan
24%
ogohlantirib
6%
edi
4%
kerak
4%
bu
👍15🔥5🤔3🎉2
Bugun 9-sinflar bilan shu ikki hikoyani oʻqiyapmiz.

Sinfning yarmiga "Diydor"ni, qolgan yarmiga "Gʻaroyib haykal"ni berdim.

Oʻquvchilar hikoyani oʻqib, sinfdoshlariga quyidagilar asosida gapirib berishi kerak.

1. Hikoyaning syujeti
2. Hikoya nima haqida (asoslari bilan)
3. Hayotda ham shunaqasiga guvoh boʻlishganmi, qanday?

Sinfni ikkiga boʻlib qoʻyish ham mumkin, "Diydor"chilar va "Gʻaroyib haykal"chilar. Jamoaviy javob berib, bir-birlarini toʻldirsa ham boʻladi.

@birgap
👍11
OLISDAGI URUSHNING AKS-SADOSI.pdf
128.9 KB
Uyga vazifaga mana bu hikoyani berib yubordim.

Oʻquvchilar hikoyani oʻqib, oʻzlari asarning mohiyatini ochib berishga moʻljallangan savollar tuzib kelishlari kerak boʻladi.

@birgap
👍13
Bugun sizlarga bir kanalni tavsiya qilmoqchiman. Muallifning aytishicha,

Ushbu kanal faqatgina oʻganish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va kitob tahliliga bagʻishlangan boʻladi. Aql oʻrgatish, hech kim amal qilmaydigan qoidalar-u, siqilganlar uchun motivatsiya emas.


Bu kanalni koʻproq oʻquvchilarga tavsiya qilaman. Kanalimni kuzatadigan oʻquvchilarim, sizlar qoʻshilib olishingiz shart, deb oʻylayman.

Kanal egasining xulosalaridan biri:

Marafonga tayyorgarlik koʻrishni musobaqadan bir kun oldin boshlasangiz, oyoq mushaklaringiz qanchalik azob chekishini tasavvur qiling. Shuning singari, matematika va tabiiy fanlarni oxirgi daqiqada yodlab olib, imtihondan yaxshi oʻtib boʻlmaydi.


Tavsiya qilaman.

Kanal manzili: @nurhayotiysblog

@birgap
👍11😁32
#imlochi-001.pdf
159.8 KB
#imlochi

Boʻgʻin koʻchirish qoidalarini oʻrgatgandan keyin ushbu topshiriqlarni berib, oʻquvchilarning oʻzlashtirgan yoki oʻzlashtirmaganini aniqlab olsa boʻladi. Bu topshiriqlardan mashq qilish maqsadida ham foydalansa boʻladi.

P.S. izohlarda kalitni ham tashlab qoʻyaman

@birgap
👍21🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
43%
pulli xizmat
57%
pullik xizmat
👍25🤔6👎3🔥2
Nahotki oʻqituvchi boʻlib ishlash va bir vaqtning oʻzida sogʻlom va baxtli boʻlib qola olish mumkin boʻlsa?

Timoti Uoker, “Finlandiya ta’lim moʻjizasi” kitobidan

Yaxshi ta’lim tizimi deyilganda koʻz oldimga oʻqituvchi va oʻquvchining baxtli, ortiqcha stresslarsiz, darsdan boshqa narsani oʻylamaydigan tizim keladi. Ana shundagina nimagadir erishish mumkin. Agar inson baxtni har daqiqa his etib turmasa, uning muvaffaqiyatli bir pul, deb hisoblayman.

Timoti Uoker ham “Finlandiya ta’lim moʻjizasi” kitobida fin ta’limi yutuqlarining negizida tenglik, malakali (kamida magistr boʻlgan va ilmiy ish yozgan) oʻqituvchilar, pedagogikani yaxshi tushunadigan rahbarlar, bolalarning jismoniy sogʻlomligidan bir qatorda jamiyatning baxtli hayot kechirishini ham aytib oʻtadi.

Biz ta’limda yaxshi natijaga erishish uchun eng birinchi navbatda jamiyatning stresslarsiz (yoki kamroq stress bilan) hayot kechirishini ta’minlashimiz zarur. Ana shunda ta’lim ishtirokchilarida oʻrganish ishtiyoqi tugʻiladi. Ta’lim jarayoni quvnoq va “toza” boʻlgandan keyin ta’lim ham samarali kechadi.

@birgap
👍192
Bir voqea esimga tushdi

Namangan viloyatiga tajriba-sinov oʻtkazish uchun ketyapmiz. Yonimda abituriyentlar tayyorlash bilan mashhur boʻlgan ikki ustoz (Ahror akani Alloh rahmat qilsin!). Ahror aka davlat maktabidan dars olgani, oʻzini oʻrganishni istamaydiganlar orasida ham sinab koʻrgisi kelganini aytib qoldi.

Shokir, oʻquvchilar oʻqishni istamaydi deymiz-u, oʻzimizda ham ayb bormi deyman-da. Mana, men ishlayotgan maktabda hamma bezor boʻlgan sinfda dars oʻtyapman, natijalar koʻrina boshladi. Qolgan oʻqituvchilar nuqul noliydi shu sinfdan. Men eplayapman-ku, demak ayb bolalarda emas.


Men javob bergandim, ustoz siz hayotingizdan mamnunsiz, maktabdagi ishingiz oʻzingizni sinash uchun, u ish sizning bor yoʻgʻingiz emas. Shuning uchun ham sizda motivlar boshqacha. Siz maktabdagi boshqa ustozlarda baxtliroq (ham oilada, ham ishda) boʻlganingiz uchun ham bolalar darslaringizga qiziqadi. Bundan tashqari, siz hech kimga nimanidir isbotlashga majbur emassiz, chunki shuncha yilda minglab oʻquvchilaringiz OTMlarga kirishgan, bu tomondan ham koʻnglingiz toʻq.

Haaa, yana qaytaraman, baxtiyor ustozlar mavjud boʻlmas ekan, yaxshi ta’lim ham mavjud boʻlmaydi.

@birgap
👍40🔥3👏3💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
66%
FISh; F.I.Sh.
34%
FIO; F.I.O.
👍1👎1😁1
“Ismi sharif”ning “sharif”i

Ismi sharif – izofali birikma. Dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, adoyi tamom, shahri azim kabilar izofali birikmalardir. Forsiy izofalarda oldin ot, keyin sifat keladi, o‘zbekchada buning teskarisi. Solishtiring: shahri azim – azim shahar, dardi bedavo – davosiz dard.

Ismi sharif birikmasi tarkibidigi ism shaxsiy nomni bildiradi. Sharif so‘zi arab tilidan kirgan, o‘zbekchada muqaddas, aziz; tabarruk maʼnolarida qo‘llanadi. Ismi sharif – aziz ism, tabarruk ism degani:

Menkim, Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi, o‘z hukmimni xoqon ibn xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshittiraman.


A. Qodiriy, “O‘tkan kunlar”.

Bu birikma ko‘pincha ism-familiya, ismi va familiyasi yoki ismi va otaismi maʼnosida qo‘llanadi. Lekin bu – xato. Chunki sharif so‘zining familiya yoki otaism degan maʼnosi yo‘q. Bu xato shunchalik ommalashib ketganidan hatto qonunlar tiliga ham ko‘chib o‘tgan. Ruscha otchestvo so‘zini o‘zbek tilida otaism so‘zi ifodalaydi. Ayni shakldagi so‘z lug‘atlarimizga endi kirdi. Oldin ota ismi, otasining ismi, ota oti, otasining oti kabi birikmalardan foydalanilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, FIO qisqartmasi o‘rnida FISH qisqartmasini ishlatish ham xato.

Manba

Muallif: Orif Tolib

@birgap
👍24
#soʻzchi

Koʻpchilik "shaʼma" degan soʻz bor, deb oʻylaydi.

@birgap
👍36🤔2
Ustozlar shu topshiriqni nima qildinglar?

Masalan, choy soʻzining harflari oʻrnini almashtirib qanday soʻz yasasa boʻladi? Boʻlishi mumkin boʻlgan kombinatsiyalar:

ochy
oych
chyo

Pilladanchi? Nima yasash mumkin?

Izohlarda nima usul qoʻllaganingizni yozib ketsangiz xursand boʻlamiz.

Shaxsan men tashlab ketib qoʻya qolardim. Chunki topshiriq mavzuga aloqador ham emas ekan.

Aytganday, "kompyuterchi akalarning xatosi" sabab 26-mashqdagi koʻm-koʻk soʻzida chiziqcha qolib ketibdi.

@birgap
👍9😁7🔥21💔1🤓1
Shokir Tursun qarashlari
Ustozlar shu topshiriqni nima qildinglar? Masalan, choy soʻzining harflari oʻrnini almashtirib qanday soʻz yasasa boʻladi? Boʻlishi mumkin boʻlgan kombinatsiyalar: ochy oych chyo Pilladanchi? Nima yasash mumkin? Izohlarda nima usul qoʻllaganingizni yozib…
Izohlarda yaxshi variant keldi:

Sharti xato berilgan. Birinchi harflarni almashtirib yangi soʻz yasang boʻlishi kerak. Shunda pilla - tilla, palla - salla, choy - loy boʻladi.

Menga yoqdi bu izoh.

Avval ham bir ikki xatolarni aytsak, kompyuterchi akalarga agʻdarishgandi. Bu safar ham shunday boʻlgandir. Matnni kompyuterda terayotgan aka xato yozvorgan. Aslida bunaqa boʻlmagan shart.

@birgap
😁22👍9🔥2
#imlochi-002.pdf
103.4 KB
#imlochi

Oʻquvchilarimga shunday qilib "X" va "H"li soʻzlar berib turaman. Avval 30 ta bergan edim. Har ikki darsda soʻrayverdim, oʻsha 30 tani yodlashdi. Endi avvalgi 30 ta soʻzdan 20 ta olib, unga yana 20 ta yangi soʻz qoʻshib, berdim. Buyogʻiga shularni takrorlaymiz.

"X" va "H"ni farqlashning universal formulasi yoʻq, shuning uchun yodlash yagona yechim, deb oʻylayman. Bu yil jami 100 ta soʻzni yodlashni reja qilganmiz.

Bular qatnashgan oʻyinlar ham yasayman, sizlarga ham ulashishga vaʼda beraman.

Bu topshiriqda oʻquvchilar avval oʻzlari toʻgʻri deb bilganlarini aylanaga oladi. Siz tekshirib berasiz. Oʻquvchilar oʻsha tekshirilgan nusxa asosida yodlashadi. Har darsda soʻrab turish bilan esdan chiqmaydigan qilib yodlatsa boʻladi.

@birgap
👍44🔥2
Shu kunlarda oʻzbek blogosferasida rus psevdo tarixchisining oʻzbek degan millat 1917-yilgacha mavjud emas edi degan ahmoqona iddaosi muhokama qilinmoqda. Oʻzbek rasmiylaridan jiddiyroq chora soʻralmoqda. Men jiddiy hech narsa kutmayapman. Chunki ahvolimizni koʻrdim, ta’lim boʻyicha boʻlayotgan oʻzbek-xitoy hamkorligi konferensiyasidan olingan rasmga qarang, xitoycha va ruscha yozuvlar. Nega xitoycha va oʻzbekcha emas? Faqat xitoycha boʻlganda ham tushunardim. Nimaga oʻzbekchaning oʻrnida ruscha turibdi? Xulosam, biz siyosiy elitamizni ruslarga yutqizib boʻlganmiz.

Hurmatli blogerlar, ruslarga nisbatan nimadir chora koʻrilishini kutishdan oldin oʻzimizning oʻzimizga munosabatimizni aniqlab berishlarini soʻrasangiz toʻgʻri boʻlardi. Biz oʻzimizni hurmat qilamizmi? Biz oʻzimizni millat sifatida tan olamizmi?

@birgap
🔥38👍15👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍14