Shokir Tursun qarashlari
5.85K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Bir ustoz 7-sinf “Ona tili” darsligining 62-betidagi topshiriq hamda o‘qituvchi kitobi o‘rtasidagi nomutanosiblik yuzasidan yozib qoldi. Darslik va o‘qituvchi kitobini solishtirib ko‘rsam, rostdan bir-biriga mos emas ekan. Bundan tashqari ba’zi ilmiy xatolar ham ketgan. Shuning uchun 7-sinf ona tili oʻqituvchi kitobining 56-bet, yuqori qismidagi "Javob" boʻlimiga e'tibor bermasligingizni iltimos qilaman.

Demak, 7-sinf “Ona tili” darsligining 62-betidagi topshiriqning javoblari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgandek bo‘ladi. Shu topshiriqdan so‘ng, yana bir topshiriq keladiki, unda “Yuqorida biror ustunga ham mos kelmagan so‘zlar bormi? Nega shunday deb o‘ylaysiz?” deya savol qo‘yilgan. Ha, mos kelmaydigan so‘zlar bor va ular quyidagilar:

singari (o‘xshashlik), sayin (vaqt oralig‘i, birgalik, davomiylik), bilan (birgalik, vosita), birla (birgalik, vosita), yanglig‘ (o‘xshashlik), chog‘li (taxmin, chama), buyon (paytlar oralig‘i).

Yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun mualliflar jamoasi nomidan uzr so‘rayman.

@birgap
👍35
Hurmatli boshlangʻich (3-) sinf oʻqituvchilari, sizlarga eslatma!

Ushbu rasmdagi masalani ishlashda bankomatning 1 yoki 1,5% ushlab qolishini ham hisobga oling. Shunda yechim quyidagicha:

2 380 000 - 214 000 = 2 166 000

2 166 000 - 350 000 = 1 816 000

1 816 000 - 250 000 = 1 566 000

1 566 000 - (400 000 + 1%) = 1 162 000

Kartada qolgan mablagʻ: 1 162 000
Ishlatilgan mablagʻ: 1 218 000

Koʻpchilik 400 000 naqd pul qildi deganda foizni hisoblamay oʻtib ketishi mumkin, shunga eslatib qoʻyay degandim.

Oʻquvchining "bankomat nega foiz oladi?" degan ehtimoliy savoliga javobni esa bilmayman.

@birgap
😁41👍7👏4🤔2
Alan Kurdi ukajon, endi sen yolg’iz emassan. Juda ko’plab do’stlaring seni yoninga ketishdi. Bizni yolg’onchi, ikkiyuzlamachi, qo’rqoq va zolim dunyomizdan, qalbi o’lgan bizlardan ham qutuldingiz. Endi BOG’LAR da birga mazza qilib o’ynaysizlar. Qulagan devorlar ostida qolgan do’stlaringni jasadiga qo’shib biz bugun “inson qadri” uchun ham janoza o’qib qo’ydik. Qolgan gaplar safsata…
Iltimos barchangiz bu ishni qiling…
😢39👍5
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va oʻquvchilar!

Hamkasbim Mansur Siddiq bilan esse yozish boʻyicha mufassal qoʻllanma yozishga chog‘landik. Ushbu kitob barcha oʻqituvchilar va oʻquvchilar, xususan, abituriyentlarga ham manfaatli boʻladi, degan umiddamiz.

Qoʻllanmada esselardan namunalar keltirish ham, o‘sha esselarning tahlilini berish ham maqsad qilingan. Ayni shu qism uchun sizlardan esse yozib, bizga yuborishingizni so‘raymiz. Ushbu murojaatimizning muddaosi ham shu.

Oʻzimiz toʻqima xatolar bilan esse yozib, keyin uni tahlil qilsak ham boʻlardi, ammo haqiqiy esselardan foydalanish koʻproq foydali boʻladi, deb oʻyladik. Qolaversa, sizlardan o‘rganadigan jihatlar ham chiqib qolishiga ishonamiz.

Ayrim savollarga javoblar:

1. Esseni xoh Word dasturida, xoh qoʻlyozma shaklida yozish mumkin.

2. Esseni @shtursunreklama_bot ga (qoʻlyozma boʻlsa, rasmga olib; Word dasturida boʻlsa, fayl koʻrinishida) yuborish kerak.

3. Esse ostiga muallifni yozish-yozmaslik (yozsangiz, uni kitobda ko‘rsatish-ko‘rsatmaslik) ixtiyoringizda.

4. Esse uchun haq toʻlanmaydi.

5. Esse qabul qilingani-qilinmagani bo‘yicha izoh berilmaydi.

Esseni quyidagi mavzulardan biriga yozishingiz mumkin:

1. Ayrimlar oʻquvchilarni qobiliyatiga koʻra saralab oʻqitish koʻproq samara beradi degan qarashda, ayrimlar esa bu taʼlim sifatiga katta taʼsir oʻtkazmaydi degan fikrni ilgari surishadi. Har ikki qarashga oʻz munosabatingizni bildiring.

2. Baʼzilar universitet talabalarga oʻz sohasidan tashqari boshqa fanlarni ham oʻqitishi kerakligini taʼkidlasa, ayrimlar talabalar bor diqqat-eʼtiborini oʻz sohasiga oid fanlarga qaratishi lozim deyishadi. Har ikki qarashga oʻz munosabatingizni bildiring.

3. Aksar maktablar oʻquv soatlari vaqtida oʻquvchilarning mobil telefon va boshqa elektron qurilmalarini olib qoʻyadi. Sizningcha, bunday yondashuv toʻgʻrimi?

4. Baʼzilar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash zarur deb hisoblaydi. Mazkur qarashga oʻz munosabatingizni bildiring.

5. Baʼzilar maktabni tugatmasdanoq moliyaviy mustaqil boʻlishni istashadi va ishlashga kirishishadi. Buning ijobiy va salbiy tomonlarini yoriting.

6. Baʼzilar butun dunyo bir tilda soʻzlashishi tarafdori. Buning ijobiy va salbiy tomonlari yoriting.

@birgap
👍51
Kecha kun.uz tahririyatida oʻquvchilar uchun pulli kurslar (umuman xususiy taʼlim)ga boʻlgan yuqori ehtiyojning sabablari, bu ehtiyojning doimiy oshib borishi va davlat tomonidan aqlli yechim qilinmasligi oqibatlari, qanday yechimlar borligi haqida suhbatlashdik. Tez orada eʼlon qilinsa kerak.

Kuting! Nazarimda, qiziq suhbat boʻldi. Ayni shu mavzuda oilamizda doim gaplashadigan gaplarni aytib oldim.

@birgap
👍26🔥3
Yozganingiz uchun pul toʻlanadigan kasbni bilasizmi?

Agar siz:
— ota-onasidan pul soʻrash yoshidan oʻtib borayotgan yigit-qiz;
— oylik maoshiga qoniqmaydigan va qoʻshimcha daromad manbai izlayotgan ishchi;
— ishsizlikdan charchagan bekorchi yoki dekretdagi ayol boʻlsangiz, bu postni oxirigacha oʻqing.

Inson hozirgi holatidan qoniqmasligi bu oʻz kamchiliklarini anglashidan dalolat qiladi va bu yaxshi. Shunday boʻlsa, albatta kopiraytingni oʻrganib, kopirayter boʻling.

Kopirayter kim?
Bu kompaniyalar uchun kuchli sotuv matnlarini yozib, pul ishlaydigan mutaxassis. Hozirgi kunda kopirayterlarga bittagina qisqa sotuv matni uchun bizneslar 40 mingdan 200 ming soʻmgacha toʻlashga tayyor.

Siz ham bu sohaga osongina kirishingiz mumkin, agar:
• Imloviy xatolarsiz yozsangiz
• Koʻp kitob oʻqisangiz va shaxsiy kundalikda maqolalar yozib tursangiz
• Yozish siz uchun kundalik va odatiy ish boʻlsa.

Yozishga moyilligingiz boʻlsa, bu orqali pul ishlashni boshlash fursati kelmadimi?

Kursda oʻqish majburiy emas, ammo hayotingizni oʻzgartirishni istasangiz, oʻqishdan boshqa chora yoʻq.

Kurs asoschisi:
Ustoz Abduazim Rustamxo‘jayev — @xatoliklar kanali asoschisi, matnlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis, bu sohada 8 yildan oshiq tajribaga ega. Kopirayting bilan bir qatorda tarjimonlik, tahrir va tas’hih ishlari bilan shug‘ullanadi. Shu kungacha kompaniyalar uchun 3000+ sotuv matnlarini yozgan.

Guruhga yozilish narxi:
🚀 Standart tarifi: 1 500 000 soʻm
✈️ Hamyonbop tarifi: 1 050 000 soʻm

Chegirmalar yoʻqmi?
Chegirma bilan o‘qishni istasangiz, @Copywriting_Support'ga + belgisini yozing

@birgap
👍22
Turmush oʻrtogʻim bilan shu masalada koʻp gaplashamiz.

muvaffaqiyatli = baxtli

degani emas

@birgap
👏22👍15🌚2🔥1
6-sinf, "Ona tili" darsligidagi ushbu topshiriq yuzasidan tushuntirish

Bu yerda hukmlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini infografikaga asoslangan holda topish lozim. Toʻgʻri javoblar:

1. Toʻgʻri (hukm infografikaga mos)
2. Notoʻgʻri (hukmda berilgan 5,4 hamda 5,5 raqamlari foizda, infografikada esa ular mlrd donada)
3. Notoʻgʻri (hukmda 62,6 hamda 70,3 mln tonnada berilgan, infografikada esa ming tonnada)
4. Toʻgʻri (hukm infografikaga mos)
5. Notoʻgʻri (eng yuqori koʻrsatkich Samarqand viloyatiga tegishli)

P.S. oʻqituvchi kitobida berilganda uchinchisi ham toʻgʻri deyilgan, aslida unday emas ekan. Noqulaylik uchun uzr soʻrayman.

@birgap
👍141
"Paynet"dagilar oʻzbek alifbosida "c" harfi yoʻqligini bilishmaydi shekilli.

Keshbek deb yozilishi kerak. Yoki oʻzbekcha qilib qaytim desa ham boʻladi.

Siz qanday oʻzbekcha soʻz taklif qila olasiz?

P.S. Ehh, algʻov-dalgʻov zamonlarga qoldik...

@birgap
😁16👍4🔥31
Oʻzi "Paynet"ga yaxshi muharrir kerak ekan. Hamma soʻzining toʻgʻrisini qanaqa boʻlishini oʻquvchilarim ham biladi-da endi. Eng koʻp uchraydigan soʻz-ku, bunday soʻzlarda xato qilish uyat boʻladi-ye.

"Paynet"chilar "Orif Tolib sahifasi" yoki "Toʻgʻri yozamiz" kanalini kuzatib yurishsa boʻlarkan.

*Rasm kanal kuzatuvchilaridan

@birgap
👍23
Qiyin emas koʻngil bermoq, koʻngil uzmoq oson emas (2-qism)

Ona tili darsliklari yondashuvi haqidagi maqolaning ikkinchi qismi.

Maqola matni

@birgap
👍9
Oʻquvchilarim bilan mana shunday animatsion filmlarni (qisqa metrajli filmlarni ham) koʻrib, tahlil qilishni yoqtiraman.

Masalan, mana bunday savollar berishim mumkin:

A. Savollarga javob yozing.
1. Ushbu film qanday ekologik muammo haqida?

2. Ushbu filmni yana qanday nomlagan boʻlar edingiz?

3. Siznigcha, nega dastlab uchta uchoq qizning sariq uchogʻini bulutga yaqinlashtirmadi?

4. Qizning maqsadi nima edi?

5. Sizningcha, qiz nega katta uchoqning bulutdan suv yigʻishini istamadi?

6. Nima deb oʻylaysiz, voqealar qaysi yilda sodir boʻlmoqda?


B. Filmdan qanday xulosa chiqardingiz?

Sizlarga ham tavsiya qilaman!

@birgap
👍252
#soʻzchi #soʻznoma

Bu soʻz faqat qizlarning qulogʻidagi yumshoq joyga nisbatan ishlatilarkan deb oʻylamanglar. Har qanday quloqning pastki yumshoq qismiga aytiladi.

@birgap
👍38👏5
Ed Sheeran - Perfect
05
#musiqa_vaqti

Yevropa estradasidan eng sevgan qoʻshigʻim.

Bu qoʻshiq endi toʻyimiz boʻlgan kunni yodimga soladi.

Biram baxtliman-ey!

@birgap
31😁15👍9💘3🔥2❤‍🔥1
Forwarded from Orif Tolib
​​Nega savodxonlik darajasi past?

Baʼzan hozirgi yoshlar savodsiz boʻlib ketgani haqidagi gap-soʻzlarni eshitamiz. Bunga kimdir maktab taʼlimini, kimdir kam oʻqishni sabab qilib koʻrsatadi. Albatta, bu fikrlarda jon bor. Biroq ana shu shikoyatlarni aytayotganlarning oʻzi ham koʻpincha savod masalasida maqtanarli holatda boʻlmaydi.

Menimcha, savod darajasining umumiy darajasi pastligi jiddiy ehtiyoj yoʻqligi tufayli. Chunki toʻgʻri va xatolarsiz yozishga ehtiyoj sezgan kishi bu koʻnikmani yaxshilash harakatida boʻladi. Ishga yoki oʻqishga kirishda bu xislat hal qiluvchi ahamiyatga egami? Agar jurnalist, kopirayter, nashriyot xodimi kabi tor mutaxassisliklar egasi boʻlmasangiz, savodli yozmasdan ham ishlay, oʻqiy olasiz.

Biroq sezsak-sezmasak, tan olsak-olmasak-da, savod kasbiy obroʻ-eʼtibor va maoshga taʼsir qiladi. Hatto savodxonlik muhim emasdek koʻrinadigan hozirgi holatimizda ham. Oʻzim kuzatgan bir jihatni aytay: sohasining ustasi boʻlgan, chuqur bilimli mutaxassislar odatda savodli ham boʻladi. Bunday kishilar boshqalarga nisbatan yaxshiroq reytingga, demakki, yaxshiroq daromadga ham ega.

AQSH Savodxonlik milliy instituti maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi ishsizlarning 75 foizi oʻqish-yozishga qiynaladi, savod darajasi past boʻlganlarning 43 foizi esa kambagʻallikda kun kechiradi. Bizda bunday tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Mabodo oʻtkazilsa, ishsizlik va savodxonlik darajasi bir-biriga bogʻliqligi yana bir bor tasdiqlansa kerak.

Ikki yilcha oldin vazirlik maqomidagi bir tashkilot faqat chet tilini emas, oʻzbek tilini ham puxta biladigan, savodli mutaxassis topishda yordam soʻradi. Maoshi 15 million soʻm atrofida. Qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar ham bor. Mutaxassis uzoq vaqt topilmadi. Bu savodxonlik oʻta qiyin, egallash mushkul boʻlgan malaka ekanidan emas, savodxon kadrlar joyini tez topishidan darak.

@oriftolib
👍34🔥51
Forwarded from Orif Tolib
Bu iborani qoʻllash til mustaqilligiga xizmat qilmaydi

Taniqli tilshunos Iroda Azimova “Shukrona kuningiz bilan!” iborasini bugun koʻpchilik ishlatayotgani, bu esa ushbu ibora tilning umumiy tabiatiga mos kelishidan darak berishi haqida yozibdilar: “Endi oʻzbeklarning katta foizi tomonidan maʼqul koʻrilgan ifodani tahlil qilishda nega uning ingliz tilidagi, arab tilidagi ishlatilishiga qarash kerak?!”

Maqola oxirida iborani qoʻllash boʻyicha shunday xulosa berilgan: “Oʻsha “shukrona kuningiz bilan!” ifodasi koʻpchilik oʻzbeklar tomonidan “tugʻilgan kuningiz bilan!” degan ifodadan afzal koʻrilayotgan ekan buni tilning rivojlanayotganidagi bir yangilik sifatida, xalqning yondashuvini aks ettiruvchi vosita oʻlaroq kun tartibiga chiqqanini toʻgʻri qabul qilish kerak”.

Iroda opaning oʻzlashmalar haqidagi fikrlariga men ham qoʻshilaman. Oʻzbek tiliga qabul qilingan soʻz avvalo oʻzbek tili ehtiyoji, tabiatiga moslashishi kerak. Ammo bahs mavzusi boʻlgan ibora ayni shu oʻrinda oʻzlashma emas. U shunchaki xato qoʻllanyapti xolos.

Bu iborani qoʻllash xatoligi haqida aytilgan lavhani koʻrmagan ekanman, lekin undagi dalillar mening fikrlarimga juda oʻxshash ekan. Shu sababli munosabat bildirib oʻtishni zarur deb bildim.

Shunchaki tugʻilgan kun soʻzini ishlatmaslik yoki chiroyliroq, balandparvozroq ibora qoʻllash uchungina shukrona kuni iborasini ommalashtirish oʻzini oqlamaydi. Iroda opa boshqa bir maqolasida yozgani kabi bu holat “soʻz va gaplarni oʻzi tushunmasdan ishlatish” natijasi xolos.

Bu iborani qoʻllash til mustaqilligiga ham xizmat qilmaydi. Uning yanglish ekanini aytish koʻpchilik yoʻl qoʻyayotgan xatoni toʻgʻrilash boʻladi. Agar koʻpchilik xato maʼnoda qoʻllayotgan soʻzlarni oʻsha mazmunda qabul qilaversak, uni toʻgʻri ishlatadiganlar nima qilishi kerak? Masalan, juda koʻpchilik dilgir, pisanda, ismi sharif, dilovar, xilqat, baholi qudrat, tang qolmoq kabi soʻzlarni ham yanglish maʼnoda, yanglish oʻrinlarda ishlatadi. Eʼtibor bering: gap bu soʻzlarning arabcha, forscha yoki boshqa tildagi maʼnosi haqida emas. Oʻzbekchadagi maʼnosidan boshqa maʼnoda qoʻllash haqida. Shukrona kuni iborasi ham shular qatorida. U atama tarjimasi sifatida tilimizda allaqachon qoʻllanadi.

Shukrona kuni gʻalati mashhur ham emas. Gʻalati mashhur boʻlishi uchun u shu yanglish maʼnosida lugʻatlarda ham aks etishi kerak.

Xullas, bu iborani tabrik sifatida ishlatish xato.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Shukrona kuningiz muborak boʻlsin!”
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 Ismi sharif: “sharif” nima?
🔹 Dilovarlik goʻzallik emas

@oriftolib
👍21
Hech oʻquvchilaringiz bilan badiiy asar oʻqishning (umuman kitob desa ham boʻladi) nima keragi borligi haqida suhbatlashganmisiz? Ularning fikrini soʻrab, shu masalada savollariga javob berganmisiz?

@birgap
😁13🔥1