Shokir Tursun qarashlari
5.86K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Endi ikkala topshiriqni (bir darslikdagi va men taklif qilgan) istang 4K boʻyicha, istang Blum boʻyicha, istang boshqa pedagogik qarash boʻyicha solishtirib koʻring.

Xulosa oʻzingizdan.

P. S. bir darslik bu qaysi darslik ekanini tushundingiz, menimcha.

@birgap
👍18🎃5
Zakovat intellektual klubi
👨‍🏫O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashib, 100 mln so‘m egasiga aylaning! 📣O‘qituvchilar uchun xushxabar! Bu yil ham ushbu soha vakillari o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda! Turnirda turli xususiy o‘quv kurslari, o‘quv…
Oʻqituvchilar oʻrtasidagi "Zakovat" turniri Toshkent shahar bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Dastlabki 3 oʻrinni olgan jamoalar keyingi - final bosqichiga yoʻl olishdi.

1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 25 ochko

2. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 24 ochko

3. Sodiq School 23 ochko (oʻzi 24 boʻlishi kerak edi)

Oʻtgan yili ham saralashda 3-oʻrin bilan shahardan yagona maktab sifatida chiqqan edik. Bu safar ham shunday boʻldi.

Finalga chiqqan boshqa jamoalarni qutlayman va finalda koʻrishguncha deyman.

@birgap
👍21👎3
Bir oʻqituvchi sifatida alifbo “islohoti”ga munosabatim

Ha, Saʼdulla aka aytganday bu hech qanaqasiga islohot emas. Muammolarning bir qisminigina yechyapmiz xolos.

Birinchidan, “x” va “h” harflarini birlashtirib, yagona “h” harfini kiritish taklifi qanday asoslar bilan rad etildi? Buni qilib boʻlmasligiga qanday ilmiy asoslar bor oʻzi? Oʻzbek xalqi bu ikki tovushni aniq farqlashiga oid biror tadqiqot bormi?

Ikkinchidan, alifbodagi oʻzgarishlar texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida qilinayotgani aytilgan edi. Tutuq belgisini muomalada saqlab qolish, lekin alifbodan chiqarib tashlash yoki ham alifbodan, ham muomaladan chiqarib tashlash borasidagi fikrlar qanday ilmiy asoslar bilan rad etildi? Oʻzi tutuq belgili nechta soʻzimiz bor? Talaffuzda bizga tutuq belgisi kerakmi oʻzi?

Xullas, alifbodagi bu oʻzgarishlar toʻliq emaski, qachondir yana kimdir buni toʻgʻrilashga kirishishi hech gap emas.

@birgap
👍34👎2
Shokir Tursun qarashlari
Bir oʻqituvchi sifatida alifbo “islohoti”ga munosabatim Ha, Saʼdulla aka aytganday bu hech qanaqasiga islohot emas. Muammolarning bir qisminigina yechyapmiz xolos. Birinchidan, “x” va “h” harflarini birlashtirib, yagona “h” harfini kiritish taklifi qanday…
Xushnud Xudoyberdiyev yangi alifboga sekin-asta oʻtamiz debdi. Demak, yaqin yillarda amalda 3 ta alifbomiz boʻladi:

1. Kirill yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi
2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi
3. Lotin yozuviga asoslangan Yangi Oʻzbekiston alifbosi

Mazzzami?

@birgap
🤯69😁40👍9🤔8🥱5😱2🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!

📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

🗣️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yil 22-sentabrdan 29-sentabrga qadar ''tiltanlov_bot'' orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda joylashtirishlari lozim.

🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;

🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

🔔 Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga www.uzedu.uz veb-sayti orqali ega bo‘lishingiz hamda videotaqdimotlarni ''tiltanlov_bot'' yordamida yuborishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Qiziq, mana shu yerda birinchi rasm oʻrnida nima soʻz boʻlishi mumkin?

Mavzuni hisobga olsak, soʻz tarkibida M harfi boʻlishi kerak.

Sizlar nima deysizlar?

@birgap
👍13
Maktabimiz (Sodiq School)da yangi loyiha ishga tushdi

Maktab oʻquvchilari (xodimlari ham) "Soʻzchi" loyihasi orqali tilimizni yanada yaxshiroq oʻrganishlari mumkin.

Har kuni maxsus ajratilgan joyga soʻznoma ilinadi. Unda koʻp adashtiriladigan birliklarni farqlash, tilimiz etimologiyasi, paremiologiyasi, soʻz boyligiga oid maʼlumotlar boʻladi.

Shu munosabat bilan kanalimda ham #soʻzchi va #soʻznoma heshteglari paydo boʻldi. Maktabga ilingan soʻznomalar shu heshteg ostiga birlashadi.

@birgap
👍62👏72🎉2
Shokir Tursun qarashlari
Endi savol: hushiga kelmoq xushiga kelmoq Qaysi biri toʻgʻri? @birgap
Bu savol oʻzi biroz "fitnakor" edi. Oʻzbek "h" va "x" ni koʻrganda ikkisidan birini tanlashga kirishib ketadi.

Komila burniga tutilgan spirtdan hushiga keldi (oʻziga keldi).

Komil ancha oʻzgargan, darsda ham xushiga kelgan (oʻziga yoqqan, maʼqul boʻlgan) ishni qilib oʻtiradi.

@birgap
👍53🤬3🤔1
Senatorlar "Pedagog maqomi toʻgʻrisida"gi qonun bilan odamni xafa qilib turganda, oʻquvchilarim meni "Eng zukko ustoz" nominatsiyasiga loyiq koʻrishibdi.

Boshimizga toj ham kiyidirshdi.

Juda xursandman.

@birgap
👍138😁24🔥106😢1
Barcha oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan qutlayman!

Shogirdlar kamolini koʻrish nasib etsin.

@birgap
👏46👍5🔥21
Forwarded from Rashid Tojiboev (heyrashid)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga koʻtardim. Men Singapurda moʻjiza yaratmadim. Davlatdagi “moʻjiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir."

© Li Kuan Yu

Hamma qahramonlar ham qahramonlik kiyimida boʻlavermaydilar. Millatga taʼlim va tarbiya berishdek sharafli mehnatingiz uchun tashakkurlar bildirib, chin qalbimdan qutlayman.

👉@rashidtojiboev👈
👍33
Usta koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar

Siz ushbu maqol aslida boshqacha boʻlgani, hozirgi, biz biladigan (yoki taxmin qiladigan) ma'nosidan anchayin oʻzgacha boʻlganini bilarmidingiz? Menimcha, bu yerda keltirilgan shakl va mazmun hozir biz biladiganimizdan koʻra mantiqli.

Maqolani toʻliq oʻqish

@birgap
👍13👏3🔥1
#soʻzchi #soʻznoma

"Soʻzchi" loyihasidan navbatdagi soʻz.

Bu soʻzning boshqa tillardagi tarjimasini biladiganlar boʻlsa, yozib ketishi mumkin.

@birgap
👍254
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni yuborishingiz mumkin!

Endi darsliklar bo‘yicha takliflaringizni Telegram bot orqali yuborishingiz mumkin.

Bu boradagi murojaatlaringizni @trm_darslik_bot manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Har bir murojaat Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari va darsliklar mualliflari tomonidan o‘rganib chiqiladi va darsliklarni takomillashtirishda foydalaniladi.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

———————————

Вы можете присылать свои предложения по улучшению учебников!

Теперь вы можете отправлять свои предложения по учебникам по Telegram-боту.

Ваши обращения по этому вопросу просим присылать по адресу @trm_darslik_bot.

Каждое обращение будет изучено специалистами Республиканского научно-методического центра развития образования и авторами учебников и будут использованы для улучшения учебников.

Ваше мнение важно для нас!

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍19
Kecha xonaga kirsam, xattaxtada mana shunaqa yozuvni koʻrdim.

Oʻquvchilarga sanani yil.kun.oy shaklida yozish kerakligini takrorlayverdim. Har dars eslatib qoʻyaverdim. Nihoyat koʻnikishibdi.

Eslatma: oʻzbek tilida yozilganda sana quyidagicha boʻladi:

2023.6.10. / 2023.06.10

2023-yil 6-oktyabr

@birgap
👍47🔥7👎41
Soʻnggi vaqtlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oʻzining tarkibiy qismi boʻlgan Respublika ta’lim markaziga qarshi zimdan (ochiqchasiga emas, albatta) hujum boshlagani haqida eshityapman. Bu men uchun juda ham ayanchli xabar. Oʻzi yangi joriy etilgan boshlangʻich sinf darsliklaridagi oʻnlab kulgili kamchiliklarning bosh sababi ham ular Respublika ta’lim markazi metodistlari nigohidan hech yoʻq bir qur oʻtkazilmagani, deb oʻylayman. Oxirgi bir yilda vazirlik RTMga asrandi farzanddek qarayotgani sezilardi.

Hozir vazirlikda yigʻilgan jamoa anglashi kerakki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining eng katta ustuni Respublika ta’lim markazidir. Ushbu markaz fanlar mazmunini belgilash va bu mazmunni yetkazishning metodlarini joriy qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilot hisoblanadi. Uning nazorati ostida chiqarilgan darsliklarda bu qadar ayanchli xatolar yoʻq edi (hech kim ular kamchiliksiz demaydi). Koʻryapmanki, darsliklar metodikasi borasida soʻz ketganda ham RTM dunyoning hech bir mamlakatidan qolishmaydi.

Shu oʻrinda, ENDI 4K boʻyicha oʻqitamiz deganlar RTM nazoratida MOʻD asosida tayyorlangan darsliklarni koʻrsin. ENDI deyishga uyalishsa boʻlardi, chunki RTM buni allaqachon ta'limga olib kirib boʻlgan (oʻsha 4K deb maqtalgan darsliklarning aksar mavzularida 4Kdan asar ham yoʻq, buni isbotlab berishim ham mumkin.)

Shunday ekan, vazirlikning RTMga hujum uyushtirishi uning eng katta ahmoqligi boʻladi. Kimga ziyon – oʻquvchilarga. Kimlardir oʻz shaxsiy juni bilan davlat junini ajrata olmayotgani kasriga qoladi ular. RTMga hujum qilish bilan vazirlik oʻzi oʻtirgan shoxni arralayapti xolos.

@birgap
👍34😁2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥇O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turniri respublika bosqichining 1-o‘rin sohibi - “Sodiq school” nodavlat ta’lim muassasasi!!!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍65🔥9🎉6
Hozirgina bir YouTube loyihasi doirasida oʻzbek tili haqida suhbatni yakunladik.

Soʻz oʻzlashtirish, oʻzbek tiliga hurmat haqida koʻp gapirdik, muhokama qildik. Chiqqanimizdan keyin suhbatdoshlardan biri eltib qoʻyishni taklif qildi, men yoʻq, shu yerdagi BOLNITSADA ishim bor dedim. Bu soʻzni beixtiyor ishlatdim. Xohlamadim, ammo tilimdan shu chiqdi. Yozganda hecham bu soʻzni ishlatmayman. Ogʻzaki nutqimda ishlataman. Sababiga taxminlarim bor, bu haqida keyinroq, hozir mavzu hammamiz oʻzimizni isloh qilishimiz kerakligi haqida. Tilni qadriyat darajasiga olib chiqishimiz kerakligi haqida.

@birgap
👍30🔥5👏5
P. S. Rim raqamidan keyin chiziqcha qoʻyilganiga eʼtibor qilinmasin.

@birgap
👍28😁13🔥21