Shokir Tursun qarashlari
5.85K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 6, 7, 10 sinf yangi Adabiyot darsliklari Respublika bolalar kutubxonasining kitob.uz portaliga va Ziyouz portaliga ham yuklangan. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar yuklab olib foydalanishlari, adabiyotga va metodikaga qiziquvchilar tanishib koʻrishlari mumkin.

Ziyouz portaliga, shuningdek, ijod maktablarining 11-sinfi uchun yaratilgan Adabiyot darsligi ham joylashtirilgan. Bu darslik ham Milliy oʻquv dasturi asosida ijod maktablarining xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan.

P.S. Fikrimcha, oʻtgan oʻquv yilida 10-sinf uchun yaratilgan yangi darslikdan foydalangan oʻqituvchilar bu oʻquv yilida ijod maktablarining 11-sinf darsligidan foydalanishsa (umumtaʼlim maktablariga moslashtirilgan holda), ayrim mavzular takrorlanishining oldi olinadi va izchillik taʼminlanadi.

Adabiyot 6-sinf

Adabiyot 7-sinf

Adabiyot 10-sinf

Adabiyot 11-sinf (ijod maktablari uchun) 1-qism

Adabiyot 11-sinf (ijod maktablari uchun) 2-qism
👍15👏1🤔1
Endi dam olinadigan bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelib qolsa, undan keyingi kun (dushanba yaʼni) dam olish boʻladi.

Masalan, 1-oktyabr dam olinadigan bayram kuni, ammo u yakshanbaga toʻgʻri kelmoqda, demak, 2-oktyabr, dushanba ham dam olinadi.

@birgap
👏60👍29
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys

Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning qiymati baribir muhim boʻlishi kerak. Qiymat uning samaradorligi asosida chiqadi.

Ikki tushunchaning farqini yaxshi tushuntirish uchun bir boʻlgan voqeani aytib beraman.

Universitet oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogikadan bir haftalik seminar oʻtyapman. Mavzular orasida kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish ham bor. 40 daqiqa davomida oʻqituvchilarga tushuncha berdim. Keyin topshiriq berdim, guruh boʻlib, kreativ gʻoya yaratishlari va uni taqdimot qilishlari kerak edi.

Bir guruh quyosh batareyalari bilan jihozlangan yengil avtomobil gʻoyasini taqdim qildi. Mashina hech qanday pul sarflamasangiz ham yuradi. Zavoddan quyosh paneli bilan chiqadi. Tabiatning oʻzi buni taʼminlaydi. Ham zararsiz. Zoʻr-a?

Bu - kreativ gʻoya.

Lekin taqdimotdan soʻng boshqa guruh aʼzosi boʻlgan fizik oʻqituvchi eʼtiroz bildirib qoldi. Shu taqdimotni tanqidiy koʻrib chiqsam maylimi dedi. Ruxsat berdim. Uning soʻzlari quyidagicha:

“Agar bu yengil avtomobil boʻlsa, bu mashina uzoq yurmaydi, joyidan jilmasligi ham mumkin. Chunki avtomobilni qoʻzgʻatish va yurgizish uchun maʼlum miqdordagi quvvat kerak. Mashina sirtining hajmi hamda unga joylashadigan quyosh panellari hajmini hisoblab chiqsak, bu juda kam quvvat boʻlib, mashinani qoʻzgʻatish uchun yetmaydi. Insoniyat hali bu ixtiroga yetib kela olmagan. Aks holda, avtomobil zavodlari allaqachon buni yoʻlga qoʻygan boʻlardi. Yaʼni gʻoya yaxshi, lekin samarasiz.”

Koʻryapsizmi, gʻoya rostdan ham zoʻr. Lekin uning samarasi yoʻq. Samarasiz gʻoya esa har qancha kreativ boʻlmasin yoʻqlikka mahkum. Biz kreativ gʻoyalar axlatxonasini emas, samarali gʻoyalar omborini ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak.

@birgap
👍41🔥2
Shokir Tursun qarashlari
Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning…
Xuddi shu narsa darsliklardagi topshiriqlarga ham tegishli. Topshiriqlar qiziqarli boʻlishidan koʻra, samarali boʻlishi muhim. Masalan, bir topshiriqqa koʻzim tushdi:

Tushirib qoldirilgan soʻzni toping.

Kindik qoni toʻkilgan,
Tugʻilib oʻsgan diyor.
Ona kabi mehribon,
Yagona va betakror.
Bagʻrida biz quvnaymiz,
Uni ___ ataymiz!

Qoʻygan soʻz
ingizga tushuncha bering.

Katta ehtimol bilan boʻshliqqa “Vatan” yoki “Oʻzbekiston” soʻzlari qoʻyiladi.
Bu topshiriq bir qarashda qiziq koʻrinishi mumkin, ammo oʻqish savodxonligi koʻnikmalarini (ayniqsa, 4K koʻnikmalarini) rivojlantirishga aloqador emas. Xoʻp, oʻquvchi istagan soʻzini qoʻydi, bu bilan undagi qaysi koʻnikmani tekshiryapmiz yoki qaysi koʻnikmani rivojlantirmoqchimiz. Samarasiz deganda shuni aytyapman.

Bundan tashqari, topshiriq sharti ham juda gʻalati – qoʻygan soʻzingizga tushuncha bering. Tushuncha bering deganda uni izohlash nazarda tutilmoqdami? Nega tushuncha bering, izohlang emas? Ogʻzaki nutqda ham biror soʻzga tushuncha ber deb ishlatmaymiz-ku!

@birgap
👍21
Shokir Tursun qarashlari
Xuddi shu narsa darsliklardagi topshiriqlarga ham tegishli. Topshiriqlar qiziqarli boʻlishidan koʻra, samarali boʻlishi muhim. Masalan, bir topshiriqqa koʻzim tushdi: Tushirib qoldirilgan soʻzni toping. Kindik qoni toʻkilgan, Tugʻilib oʻsgan diyor. Ona kabi…
Endi shu topshiriqni qanday qilib samarali qilish mumkin edi degan savolni koʻrib chiqamiz.

1. Sheʼrdan oldin oʻquvchiga quyidagi savollarni beramiz:

a) Vatan deganda xayolingizga nimalar keladi?

b) Nima deb oʻylaysiz, Vatan insonga nima uchun kerak?

2. Sheʼr matnini toʻliq beramiz (oʻzi bu sheʼr matn talablariga uncha mos emas, mayli qoʻlimizda faqat shu sheʼr bor deb hisoblaymiz-da endi)

3. Sheʼrni oʻqib beramiz, keyin oʻquvchilarga oʻqitamiz (kamida 2 tasiga)

4. Quyidagi savollarni beramiz:

a) Kindik qoni toʻkilgan diyor deganda nimani tushundingiz? (javoblarni tinglab boʻlgach, oʻqituvchi kindik qoni haqida maʼlumot berib ketadi)

b) Nima uchun Vatan yagona va betakror boʻladi deb oʻylaysiz? Sizningcha Vatanimizning nimasi betakror? (oʻquvchilar javobini tinglab boʻlgach, Vatan sogʻinchi, yantoq haqida, oq ayiqlar haqida, yaqin-qarindoshlarni, tanishlarni sogʻinish haqida aytib beradi)

d) Ayting-chi, Vatan bu binolar, bogʻlar, daraxtlar, oʻsimliklardangina iborat joymi? Vatan tushunchasi yana nimalarni oʻzida jamlaydi, deb oʻylaysiz?

5. Klaster chizamiz, oʻrtaga Vatan deb yozib qoʻyamiz. Oʻquvchilar sheʼr, oʻqituvchining nutqi asosida shakllangan tasavvurlari asosida klasterni toʻldirishlari kerak.

@birgap
👍22🔥1
Endi ikkala topshiriqni (bir darslikdagi va men taklif qilgan) istang 4K boʻyicha, istang Blum boʻyicha, istang boshqa pedagogik qarash boʻyicha solishtirib koʻring.

Xulosa oʻzingizdan.

P. S. bir darslik bu qaysi darslik ekanini tushundingiz, menimcha.

@birgap
👍18🎃5
Zakovat intellektual klubi
👨‍🏫O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashib, 100 mln so‘m egasiga aylaning! 📣O‘qituvchilar uchun xushxabar! Bu yil ham ushbu soha vakillari o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda! Turnirda turli xususiy o‘quv kurslari, o‘quv…
Oʻqituvchilar oʻrtasidagi "Zakovat" turniri Toshkent shahar bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Dastlabki 3 oʻrinni olgan jamoalar keyingi - final bosqichiga yoʻl olishdi.

1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 25 ochko

2. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 24 ochko

3. Sodiq School 23 ochko (oʻzi 24 boʻlishi kerak edi)

Oʻtgan yili ham saralashda 3-oʻrin bilan shahardan yagona maktab sifatida chiqqan edik. Bu safar ham shunday boʻldi.

Finalga chiqqan boshqa jamoalarni qutlayman va finalda koʻrishguncha deyman.

@birgap
👍21👎3
Bir oʻqituvchi sifatida alifbo “islohoti”ga munosabatim

Ha, Saʼdulla aka aytganday bu hech qanaqasiga islohot emas. Muammolarning bir qisminigina yechyapmiz xolos.

Birinchidan, “x” va “h” harflarini birlashtirib, yagona “h” harfini kiritish taklifi qanday asoslar bilan rad etildi? Buni qilib boʻlmasligiga qanday ilmiy asoslar bor oʻzi? Oʻzbek xalqi bu ikki tovushni aniq farqlashiga oid biror tadqiqot bormi?

Ikkinchidan, alifbodagi oʻzgarishlar texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida qilinayotgani aytilgan edi. Tutuq belgisini muomalada saqlab qolish, lekin alifbodan chiqarib tashlash yoki ham alifbodan, ham muomaladan chiqarib tashlash borasidagi fikrlar qanday ilmiy asoslar bilan rad etildi? Oʻzi tutuq belgili nechta soʻzimiz bor? Talaffuzda bizga tutuq belgisi kerakmi oʻzi?

Xullas, alifbodagi bu oʻzgarishlar toʻliq emaski, qachondir yana kimdir buni toʻgʻrilashga kirishishi hech gap emas.

@birgap
👍34👎2
Shokir Tursun qarashlari
Bir oʻqituvchi sifatida alifbo “islohoti”ga munosabatim Ha, Saʼdulla aka aytganday bu hech qanaqasiga islohot emas. Muammolarning bir qisminigina yechyapmiz xolos. Birinchidan, “x” va “h” harflarini birlashtirib, yagona “h” harfini kiritish taklifi qanday…
Xushnud Xudoyberdiyev yangi alifboga sekin-asta oʻtamiz debdi. Demak, yaqin yillarda amalda 3 ta alifbomiz boʻladi:

1. Kirill yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi
2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi
3. Lotin yozuviga asoslangan Yangi Oʻzbekiston alifbosi

Mazzzami?

@birgap
🤯69😁40👍9🤔8🥱5😱2🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!

📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

🗣️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yil 22-sentabrdan 29-sentabrga qadar ''tiltanlov_bot'' orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda joylashtirishlari lozim.

🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;

🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

🔔 Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga www.uzedu.uz veb-sayti orqali ega bo‘lishingiz hamda videotaqdimotlarni ''tiltanlov_bot'' yordamida yuborishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Qiziq, mana shu yerda birinchi rasm oʻrnida nima soʻz boʻlishi mumkin?

Mavzuni hisobga olsak, soʻz tarkibida M harfi boʻlishi kerak.

Sizlar nima deysizlar?

@birgap
👍13
Maktabimiz (Sodiq School)da yangi loyiha ishga tushdi

Maktab oʻquvchilari (xodimlari ham) "Soʻzchi" loyihasi orqali tilimizni yanada yaxshiroq oʻrganishlari mumkin.

Har kuni maxsus ajratilgan joyga soʻznoma ilinadi. Unda koʻp adashtiriladigan birliklarni farqlash, tilimiz etimologiyasi, paremiologiyasi, soʻz boyligiga oid maʼlumotlar boʻladi.

Shu munosabat bilan kanalimda ham #soʻzchi va #soʻznoma heshteglari paydo boʻldi. Maktabga ilingan soʻznomalar shu heshteg ostiga birlashadi.

@birgap
👍62👏72🎉2
Shokir Tursun qarashlari
Endi savol: hushiga kelmoq xushiga kelmoq Qaysi biri toʻgʻri? @birgap
Bu savol oʻzi biroz "fitnakor" edi. Oʻzbek "h" va "x" ni koʻrganda ikkisidan birini tanlashga kirishib ketadi.

Komila burniga tutilgan spirtdan hushiga keldi (oʻziga keldi).

Komil ancha oʻzgargan, darsda ham xushiga kelgan (oʻziga yoqqan, maʼqul boʻlgan) ishni qilib oʻtiradi.

@birgap
👍53🤬3🤔1
Senatorlar "Pedagog maqomi toʻgʻrisida"gi qonun bilan odamni xafa qilib turganda, oʻquvchilarim meni "Eng zukko ustoz" nominatsiyasiga loyiq koʻrishibdi.

Boshimizga toj ham kiyidirshdi.

Juda xursandman.

@birgap
👍138😁24🔥106😢1
Barcha oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan qutlayman!

Shogirdlar kamolini koʻrish nasib etsin.

@birgap
👏46👍5🔥21
Forwarded from Rashid Tojiboev (heyrashid)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga koʻtardim. Men Singapurda moʻjiza yaratmadim. Davlatdagi “moʻjiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir."

© Li Kuan Yu

Hamma qahramonlar ham qahramonlik kiyimida boʻlavermaydilar. Millatga taʼlim va tarbiya berishdek sharafli mehnatingiz uchun tashakkurlar bildirib, chin qalbimdan qutlayman.

👉@rashidtojiboev👈
👍33
Usta koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar

Siz ushbu maqol aslida boshqacha boʻlgani, hozirgi, biz biladigan (yoki taxmin qiladigan) ma'nosidan anchayin oʻzgacha boʻlganini bilarmidingiz? Menimcha, bu yerda keltirilgan shakl va mazmun hozir biz biladiganimizdan koʻra mantiqli.

Maqolani toʻliq oʻqish

@birgap
👍13👏3🔥1
#soʻzchi #soʻznoma

"Soʻzchi" loyihasidan navbatdagi soʻz.

Bu soʻzning boshqa tillardagi tarjimasini biladiganlar boʻlsa, yozib ketishi mumkin.

@birgap
👍254
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni yuborishingiz mumkin!

Endi darsliklar bo‘yicha takliflaringizni Telegram bot orqali yuborishingiz mumkin.

Bu boradagi murojaatlaringizni @trm_darslik_bot manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Har bir murojaat Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari va darsliklar mualliflari tomonidan o‘rganib chiqiladi va darsliklarni takomillashtirishda foydalaniladi.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

———————————

Вы можете присылать свои предложения по улучшению учебников!

Теперь вы можете отправлять свои предложения по учебникам по Telegram-боту.

Ваши обращения по этому вопросу просим присылать по адресу @trm_darslik_bot.

Каждое обращение будет изучено специалистами Республиканского научно-методического центра развития образования и авторами учебников и будут использованы для улучшения учебников.

Ваше мнение важно для нас!

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍19