Shokir Tursun qarashlari
5.81K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Layoqatning 4 bosiqichi

1. Ongsiz layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglamaslik bosiqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmaydi yoki tushunmaydi. Bilmagani va tushunmagani yetmagandek, buni tan ham olmaydi. Undaylar yangilikning foydali ekanini rad etadilar. Bu bosqichda turgan odam oʻzining harakatlarini toʻgʻri deb hisoblaydi va shu harakatlariga zid kelgan hamma narsani xato bilaveradi. Layoqat bosqichlari orasida bu eng xavflisi boʻlib, undan tezroq chiqib ketish lozim. Aks holda odam zamondoshlaridan ancha ortda qoladi, qaysi vaziyatda qanday ish tutish toʻgʻri boʻlishini hech qachon oʻrgana olmaydi. Bundan chiqishning yagona yoʻli bor – oʻzining layoqatsizligini tan olish va yangiliklarga ochiqroq munosabatda boʻlish.

2. Ongli layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmasa, tushunmasa ham oʻzining layoqatsizligini tan oladi. Yangiliklarning qiymatini anglaydi. Bu bosqichdagi shaxs juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin, lekin doim oʻzining xatosini tan ola biladi. Aynan mana shu tan olish uni oʻrganishga, izlanishga chorlab turadi. Bu bosqichdagi odam oʻrganishni sevib qoladi. Bu esa doim yaxshi.

3. Ongli layoqatlilik
Nimani bilishini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni tushunadi va biladi. Bunda barcha harakatlar ongli amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi shaxs eng yaxshi kasbiy mahoratga ega xodim sifatida qabul qilinadi, chunki u nimani, qachon, qanday amalga oshirishni biladi.

4. Ongsiz layoqatlilik
Nimani bilishini anglamaslik bosqichi. Shaxs biror narsani toʻgʻri bajaradi, lekin uni ichki intuitsiya boshqaradi. Ya’ni nega bu harakat toʻgʻri ekanini anglamaydi. Bu xuddi insonning tabiati sifatida qabul qilinadi. Bu bosqichda koʻp turib qolish insonni yana 1-bosqichga qaytarib qoʻyishi mumkin. Ya’ni odam toʻgʻri bajarayotgan ishlarini uzoq vaqt anglamasa nimani bilmasligini ham anglamay qoladi.

Endi oʻzingizni taftish qilib koʻring-chi, siz qaysi bosqichdasiz?

@birgap
👍14👏1
Mana shu xabarni oʻzbekchaga oʻgirishga urinaman.

Demak, yetti yildan keyin oyligimiz $600 boʻladi.

Endi inflyatsiyani (pulning qadrsizlanishi) yaʼni dollarning mana shu tezlikda oshishini hisobga olsak, yetti yildan keyin ham koʻpi bilan $350 yoki $400 olayotgan boʻlamiz.

Xulosa, $1000 deya berilgan vaʼda 7 yildan keyin ham bajarilmaydi.

@birgap
👍59😁31🤬10🤔3
Maqolni tushuntirish uchun hayotiy keyslar

7-sinf Ona tili darsligining “Maqsadli xarajatlar” mavzusida hisob-oʻlchov soʻzlar haqida ham ma’lumot berish nazarda tutilgan. Ushbu mavzuda oʻquvchilar quyidagi uchta maqolning ma’nosini izohlashga harakat qilishlari kerak:

Obroʻ misqollab keladi, botmonlab ketadi
Uyida chaksa uni yoʻq, tom boshida qoʻsh tandir
Tentakka Quva bir tosh

Oʻquvchilarga bu maqollarning hammasi ham tushunarli boʻlmasligi mumkin. Masalan, oʻquvchilarim ikkinchi maqolning ma’nosini toʻgʻri tushuna olishmagan. Keyin oʻzim taxminan mana bunga oʻxshash gaplar bilan tushuntirib bergan edim.

Maktabgacha va maktab ta’limi hamda saylovoldi chiqishlar qilayotganlar sabab bu maqolni tushuntirish yana ham oson boʻlib qoldi. Endi ta’limning oʻzidan hayotiy keyslar aytish mumkin:

1. 2023 – 2024-oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

2. Ingliz tilini oʻqitish uchun chet ellik oʻqituvchilarning jalb qilinadi.

3. 1-sinf oʻquvchilariga planshet tarqatiladi.

Haaa, yuqoridagi maqol imkonidan ortiq narsaga urinadigan, holiga yarasha ish qilmaydigan, yaʼni koʻrpasiga qarab oyoq uzatmaydigan kishilar haqida.

Ta’limda ta’limning oʻzidan keyslar chiqib tursa qanday yaxshi. Tushuntirish biram oson boʻladi-ye.

@birgap
😁25👍23👏1🤣1
#Prezident_maktablari

Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni samimiy tabrikladi:

- Bugungi tadbirni so’nggi qo’ng’iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho’qqilarni ko’zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo’lsin!


✔️ Ma’lumot o’rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik madaniy tadbirlar tashkil etilgan bo’lib, tadbir avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📍
Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍7👎2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Prezident_maktablari Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi. ❗️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni…
Hurmatli oʻqituvchilar-u oʻquvchilar. Endi mana shu tadbirni oʻzingizdagi "oddiy" maktabda boʻlgan bitiruv oqshomi bilan solishtirib koʻring.

Oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlarni tenglashtirmasdan (hech yoʻq 1 km yaqinlashtirmasdan) turib xalqaro tajribalarni joriy qilish yoki xalqaro reytinglarda yuqoriga koʻtarilish haqida oʻylash mantiqsizlik.

Yana tepadagi maqolni esladim...

P.S.: hech kim mana bu qorakoʻz oʻquvchilarni ayblamayapti. Hammasiga mana shunday katta diskriminatsiyani oʻylab topgan, yaratgan hukumat aybdor.

@birgap
👍28🔥4👎2
Oʻzi oʻzbek taʼlim tizimi butkul diskriminatsiya ustiga qurilgan

Prezident maktablari tizimidagi maktablar hamda qolgan hamma maktablarga ajratiladigan pul bir xil. Yaʼni 1000ta maktabga ham 1000 soʻm. 10.000 maktabga ham 1000 soʻm tizimi ishlaydi. Bu - diskriminatsiya.

OTMga qabul qilinishda sening otang harbiy, militsiya yoki bojxona xodimi boʻlishi yetarli, senga imtiyoz bor, qoʻshimcha ballar bor. Agar oʻqituvchi, shifokor, koʻcha supuruvchi, avtobus haydovchisining bolasi boʻlsang, senga zambarakning oʻqi. Bu - diskriminatsiya.

Magistraturada pul toʻlamay oʻqishing uchun sen ayol jinsiga mansub boʻlishing yetarli. Davlat sen uchun hamma pulni toʻlab beradi (albatta xalq hisobidan). Toʻgʻri-da, u oʻgʻil bola boʻlsa, bir kunini koʻradi, ishlab, mardikor yurib boʻlsa ham kontraktni toʻlaydi. Qizlar bunaqa qilolmaydi. Bu - diskriminatsiya.

Xullas, Oʻzbekistonning taʼlim tizimi mana shunaqa ishlaydi. Qachondir, kimdir, tadqiqot qilib, mana shunaqa diskriminatsiya taʼlim tizimiga, bu orqali boshqa sohalarga qanday taʼsir qilgan, qanday oqibatlarga olib kelgan degan savollarga javob berishi kerak.

@birgap
👍44🔥5👎4
Taʼlimdagi diskriminatsiya haqida oxirgi yozigʻim (boshqa bu mavzuga qaytib oʻtirmayman)

Bu safar tilga oladigan jihatim oldin tilga olganlarimdan-da xavfliroq, menimcha.

Bu odam ajratishning nafaqat tizim miqyosida borligi, balki, tizim ichidagi tashkilotlararo va shaxslararo ham mavjudligidir.

Bizning gapimizni eshitishmadi, toʻgʻri gapirsak ham, sizlar bilmaysizlar, mana bu tashkilotdan kelganlar yaxshi biladi deb ogʻzimizga urishdi degan gapni koʻpchilikdan eshitganman. Bu taʼlimga javobgar ikki tashkilotdan biriga doimiy ustunlik berilishidan darak. Bu ajratishning oqibati 11.000ga yaqin maktabning hayotini belgilovchi qarorlarga taʼsir qilishini tushunayotgan boʻlsangiz kerak.

Yuqoridagi ajratish shaxslararo ajratishning oqibati hisoblanadi. Yaʼni kimningdir, qaysidir tashkilot yoki shaxsga simpatiyasi bor va u har doim haq boʻlib koʻrinaveradi.

Shaxslararo ajratish shaxsan oʻzim bilan ham boʻlgan. Xalqaro tashkilotlar bilan boʻladigan munozaraga (oʻrtada Oʻzbekiston taʼlimiga berilishi mumkin boʻlgan 400 mln. dollar turibdi) baholash boʻyicha mutaxassis sifatida yuborishgan. Baholash boʻyicha muammolarni sanashim, ularni tizimli hal qilish takliflarini berishim va shu yoʻnalishga pul soʻrashim kerak edi. Shunday qildim. Men MMTV nomidan kelgan jamoaga moderator boʻldim, ularning fikrlarini umumlashtirib, xulosalab xalqaro tashkilotlarga yetkazishim kerak edi. MMTVning yuqori mansabli vakillari bildirgan fikrlarni xato ekanini aytib, bir-ikki qayirdim. Bunday boʻlmaydi, qoidasida bunday, bizda ahvol bunday deb hech tushuntira olmadim. Shunda mansabdorlardan biri mening yoshim, qayerni bitirganim, qanday pedagogik kvalifikatsiyaga ega ekanim haqida soʻray ketdi. Men barchasini aytdim. Keyin u qolganlarga qarab, biz shuning gapini eshitib oʻtiramizmi dedi. Jahlim chiqib, oldiga bordim-da, siz vazir qilib olib oʻtirgan Hilola Umarovaning pedagogik kvalifikatsiyasi qanday? Necha yil maktabda dars bergan? Qaysi pedagogik yoʻnalishni bitirgan? deya soʻroqqa tutdim. Men bu yerga mutaxassis sifatida kelganman, siz meni bunday kamsitishdan oldin, taʼlimdagi hamma qarorni chiqaradigan vaziringizga shu savollarni bering. Keyin menday maydalar bilan shugʻullanasiz deb chiqib ketdim.

Koʻryapsizmi, bu yerda oʻzini mansabdor ekani, qaysidir yuqori tashkilotdan kelganini peshlash orqali muhim va toʻgʻri gaplarni “ignor” qilish bor. Bu men uchun odam ajratishdan boshqa narsa emas. Goʻyoki fikr bildirish uchun sening biliming emas, mansabing, kelgan tashkiloting muhimdek.

Menimcha, taʼlim tizimi hozir ana shunday odam ajratishga moyillar qoʻliga oʻtib ketyapti. Menga shunday muomala qilgan odam ham boshqaruvda ishlaydi hamon.

Bu ajratish oldin aytilgan ajratishlardan-da xavfliroq. Chunki kimningdir kimgadir boʻlgan xusumati sabab qarorlarning oyogʻi osmondan boʻlib ketishi mumkin. Bu qarorlar esa butun taʼlim tizimini boshqarishda ishlatiladi.

@birgap
👍661
Ona tilida oʻqib tushunishni baholash mavzusida magistrlik dissertatsiyani himoya qildim (95 ball bilan).

Endi oʻsha dissertatsiyadagi ma'lumotlarni publitsistik usulda shu kanalga ham yozib boraman.

@birgap
👏55👍18🔥174😁1🖕1
Prezident maktablarining ayrim oʻquvchilari bizga (davlat hammani teng koʻrmayapti deganlarga) infohujum qila boshlagan koʻrinadi.

Bittasi (PM oʻquvchisi, adashmasam), "men qilgan ishlarim bilan maqtansam belingizni koʻtarolmay qolasiz" dedi.

Yana biri davlat siyosatiga qarshi chiqayotganimni aytyapti.

PM oʻquvchilari shunchalik boʻlib ketdimi-ye. Tovba qildim! Men bilgan PM oʻquvchilari unday emasdi. Vaziyatni tushuna olishardi. Oʻylovdimki, hamma oʻquvchisi ham shunaqa. Adashgan ekanman. Hamma guruchda kurmak doim boʻlarkan.

Yana qaytaraman, men yozganimda hech qachon PM oʻquvchilari, oʻqituvchilari, maktabning oʻzini ham yomon demadim, davlat oʻz bolalarini ajratmasin dedim. Hammaga adolat qilinsin dedim.

Hurmatli PM oʻquvchilari
Agar mana shu gaplarni anglay olmay, bu bizni yomon deyapti, PMlarni yomonlayapti deb oʻylayotgan boʻlsanglar, tushunish darajanglar ancha past ekan. Buni matnni oʻqib tushunishni tekshirish bilan 3 yildan beri shugʻullanayotgan odam sifatida aytyapman (bu gapim hammaga emas, oʻsha tushunmay yozayotganlarga, maqtanayotganlarga tegishli).

@birgap
👍497👎5🔥1
#dissertatsiyamasosida

Koʻpchilik oʻqish deganda faqatgina dekodlashni tushunadi. Dekodlash harflarni (ilmiy tilda ular grafema deyiladi) ongimizdagi tovushlarga moslashtirish jarayonidir. Ya’ni dumaloq shaklli grafema bu “o” degandek.

Oʻqishni dekodlashdangina iborat deb qarash standartlar, oʻquv dasturlari, baholash mezonlari ishlab chiqish jarayonimizga ham ta’sir oʻtkazgan. Oʻquvchi matnni oʻqiy (dekodlay) olsa bas deganmiz.

Ammo oʻqish va tushunish istilohlari doim birga yuradi. Umuman olganda biz “tushunish” tushunchasiga ham jiddiy qaramaganmiz. Matnni yoddan aytib berishi yoki matn voqealarini qayta soʻzlab berishi tushunganini anglatadi deb qaraganmiz. Ba’zilarda undan ham dahshatli qarash bor – oʻzbek oʻzbekcha matnni oʻqigandan / eshitgandan keyin tushunadi-da.

Yozilgan matnning mazmunini tushunish – bu oʻqib tushunish jarayoniga berilgan eng dastlabki va eng sodda taʼrif. Ammo u jarayonning qanchalik murakkab ekanini tushuntirib berish uchun yetarli emas.

@birgap
👍21
#dissertatsiyamasosida

Nunanning fikricha, oʻqish bu dinamik jarayon boʻlib, unda matn elementlari matndan tashqari boshqa omillar bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi. Oʻqish jarayoni rivojlantiruvchi, interaktiv va oʻrganish jarayoni sifatida akslanadi. Bundan tashqari oʻqish oʻqirmanning lingvistik bilimlarini ham oʻz ichiga oladi. Oʻqish jarayoniga lingvistik boʻlmagan omillarning ham ijobiy yoki salbiy taʼsiri boʻlishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, oʻqish barcha belgilarni tanish hamda ular asosida yasalgan soʻzlarni maʼnoga aylantirish kabi murakkab jarayonni oʻz ichiga olgan faoliyat hisoblanadi.

Yuqoridagi taʼrifdan shuni tushunish mumkinki, oʻqish – maʼlumot olish hamda bilimlarimizni rivojlantirish uchun yozma nutqni tushunish jarayonidir.

Nuttalning fikri esa quyidagicha, oʻqish muallif idroki hamda oʻqirman idroki oʻrtasidagi oʻzaro munosabatdir. Bu oʻqirmanning muallifdan maʼlumot olish usuli hisoblanadi. Oʻqirman muallif nazarda tutgan fikrni anglashga urinadi

Pang esa oʻqish jarayonini tushuntirishga urinib shunday deydi, oʻqish bir-biriga bogʻliq ikkita jarayondan iborat – soʻzni tanish va tushunish. Soʻzni tanib olish yozma nutqdagi belgilarni soʻzlashuv tilidagi muqobili bilan moslashtirish jarayoni boʻlsa, tushunish soʻzlar, jumlalar va matnning maʼnosini yaratish jarayonidir. Oʻqirmanning umumiy va lingvistik bilimlari, soʻz boyligi, matn bilan ishlash koʻnikmasi uning tushunish jarayoniga bevosita taʼsir oʻtkazadi.

Pangning tushuntirishicha, oʻqib tushunish soʻzlar, jumlalar va bogʻlanishli matnni anglash jarayonidir. U taʼkidlaydiki, tushunish jarayoni bir soʻzning maʼnosini matndagi boshqa soʻzning maʼnosi bilan uygʻunlashtira olishdir.

@birgap
👍7
#dissertatsiyamasosida

Yuqoridagilarni hisobga olib oʻqib tushunishni matnda muallif tomonidan ochiq aytilgan va aytilmagan, lekin nazarda tutilgan maʼlumotlarni anglash jarayoni deya tushuntirish mumkin. Oʻqib tushunishning mohiyati yozuvchi tomonidan taqdim etilgan barcha maʼlumotlarni tushunishdir. Shuningdek, u matndagi soʻzlar, jumlalar orasidagi bogʻlanish, matnda aytilgan fikrlar va ular oʻrtasidagi munosabatni anglash qobiliyatini ham oʻz ichiga oladi.

@birgap
👍15