Shokir Tursun qarashlari
5.81K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Matnni tushunishga uning qiyinlik darajasi, tili, tuzilishi katta ta'sir qilishi haqida yozgan edim. Matnni tushunishni o'rgatishda esa matndan oldingi topshiriqlar katta rol o'ynaydi. Bunday topshiriqlar:

- o'quvchidagi mavjud bilim, tajriba va yangi olinadigan ma'lumot, bilim o'rtasida ko'prik hosil qilish orqali tushunish jarayoniga yordam beradi ("sxemalar nazariyasi");

- matnni tushunish uchun kerakli bilimlarni berib, tushunishni osonlashtirish uchun zamin ("background") hozirlaydi;

- o'quvchini mavzuga qiziqtirib, matnni o'qish, uni tushunishga motivatsiya shakllantiradi.

Bunday topshiriqlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: matnda nima haqida gap ketishini bashorat qilish, matnning mavzusini muhokama qilish, matndagi qahramonlar bilan tanishtirish, matnni tushunishga yordam beradigan tushunchalarni o'rgatish va hokazo.

Matndan oldingi topshiriqlar tushunish jarayoniga xizmat qilishi tadqiqotlar va tahlillarda ham isbotlangan (masalan, 1, 2, 3). O'quv jarayonini tashkil qilishda, o'quv materiallari yaratishda bunday tadqiqotlar natijalarini ham hisobga olish ta'limning samaradorligini oshiradi.

Suratlarda Oksford nashriyotining 1-sinf ona tili (ingliz tili) darsligidagi o'qishdan olding topshiriqlarni ko'rish mumkin. Birinchi matndan (buvining yo'qolgan ko'zoynagini qidirish haqida) oldingi topshiriqlarda o'quvchilar matn qahramonlari bilan tanishadilar va matnda ko'tarilgan mavzu (nimanidir yo'qotish) bilan bog'liq hayotiy tajribalari haqida gapiradilar. Ikkinchi matndan (xitoy xalq ertagi) oldingi topshiriqlarda esa o'quvchilar xalq ertaklarining o'ziga xos xususiyatlari haqida tasavvur hosil qiladilar.
👍8
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Turli davrlarda yaratilgan darsliklarni (masalan, "O'qish kitobi", 2-sinf, 2018-yil va "Ona tili va o'qish savodxonligi", 2-sinf, 2021-yil) solishtirib, ularda matnni tushunishni o'rgatish bilan bog'liq tadqiqotlar qay darajada hisobga olinganligi haqida muayyan xulosalar chiqarish mumkin, menimcha.
👍13
Qiziq savol kelib qoldi.

Ali ismli yomon yigit bor edi. U doim qora koʻylakda yurgan. Biz uni tarbiya qilib, taʼlim berib, oʻzgartish oʻrniga koʻylagini yechib olib, oq koʻylak kiydirdik. Odamlarga esa bu endi Ali emas, u oʻzgardi. Endi u butkul boshqa, yaxshi odam - Vali deb aytdik.

Xoʻsh, rostdan ham Ali oʻzgardimi yo mohiyatan hech nima boʻlmadimi?

@birgap
👍11😁1
Shokir Tursun qarashlari
Qiziq savol kelib qoldi. Ali ismli yomon yigit bor edi. U doim qora koʻylakda yurgan. Biz uni tarbiya qilib, taʼlim berib, oʻzgartish oʻrniga koʻylagini yechib olib, oq koʻylak kiydirdik. Odamlarga esa bu endi Ali emas, u oʻzgardi. Endi u butkul boshqa, yaxshi…
Eng qizigʻi shuki, Aliga yangi koʻylak kiydirganlar biz Alini yaxshilay oldik deb chin dildan aytishadi, ishonishadi.

Alining oʻzgarib ketganiga ishonadigan boshqalar ham bor.

Xoʻsh, yuqoridagi odamlarda nima yetishmaydi?

@birgap
👍8
Shaxsiy fikrim mana bunday:

Bunaqa odamlar layoqatning birinchi bosqichida qolib ketganlardir.

Ular qilayotgan ishlarining mohiyatini anglay olishmaydi. Anglay olmayotganlarini esa tushunishmaydi. Chunki ularning layoqatsizligi ongsiz kechadi.

Islohot tushunchasining mohiyatini bilmaganlari sabab Aliga oq koʻylak kiydirish bilan uni isloh qildik deb oʻylashadi.

Bunda ularni toʻliq aybdor deya olmayman. Ular shunchaki layoqatsiz xolos. Odam istasa layoqatning bu xavfli bosqichidan chiqib keta oladi.

Bu gaplar nima haqida ekanini keyinroq yozaman. Ungacha ichlaring qizib tursin😉 (koʻchadagi havoga oʻxshab).

@birgap
👍8😁3🔥1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Layoqatning 4 bosiqichi

1. Ongsiz layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglamaslik bosiqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmaydi yoki tushunmaydi. Bilmagani va tushunmagani yetmagandek, buni tan ham olmaydi. Undaylar yangilikning foydali ekanini rad etadilar. Bu bosqichda turgan odam oʻzining harakatlarini toʻgʻri deb hisoblaydi va shu harakatlariga zid kelgan hamma narsani xato bilaveradi. Layoqat bosqichlari orasida bu eng xavflisi boʻlib, undan tezroq chiqib ketish lozim. Aks holda odam zamondoshlaridan ancha ortda qoladi, qaysi vaziyatda qanday ish tutish toʻgʻri boʻlishini hech qachon oʻrgana olmaydi. Bundan chiqishning yagona yoʻli bor – oʻzining layoqatsizligini tan olish va yangiliklarga ochiqroq munosabatda boʻlish.

2. Ongli layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmasa, tushunmasa ham oʻzining layoqatsizligini tan oladi. Yangiliklarning qiymatini anglaydi. Bu bosqichdagi shaxs juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin, lekin doim oʻzining xatosini tan ola biladi. Aynan mana shu tan olish uni oʻrganishga, izlanishga chorlab turadi. Bu bosqichdagi odam oʻrganishni sevib qoladi. Bu esa doim yaxshi.

3. Ongli layoqatlilik
Nimani bilishini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni tushunadi va biladi. Bunda barcha harakatlar ongli amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi shaxs eng yaxshi kasbiy mahoratga ega xodim sifatida qabul qilinadi, chunki u nimani, qachon, qanday amalga oshirishni biladi.

4. Ongsiz layoqatlilik
Nimani bilishini anglamaslik bosqichi. Shaxs biror narsani toʻgʻri bajaradi, lekin uni ichki intuitsiya boshqaradi. Ya’ni nega bu harakat toʻgʻri ekanini anglamaydi. Bu xuddi insonning tabiati sifatida qabul qilinadi. Bu bosqichda koʻp turib qolish insonni yana 1-bosqichga qaytarib qoʻyishi mumkin. Ya’ni odam toʻgʻri bajarayotgan ishlarini uzoq vaqt anglamasa nimani bilmasligini ham anglamay qoladi.

Endi oʻzingizni taftish qilib koʻring-chi, siz qaysi bosqichdasiz?

@birgap
👍14👏1
Mana shu xabarni oʻzbekchaga oʻgirishga urinaman.

Demak, yetti yildan keyin oyligimiz $600 boʻladi.

Endi inflyatsiyani (pulning qadrsizlanishi) yaʼni dollarning mana shu tezlikda oshishini hisobga olsak, yetti yildan keyin ham koʻpi bilan $350 yoki $400 olayotgan boʻlamiz.

Xulosa, $1000 deya berilgan vaʼda 7 yildan keyin ham bajarilmaydi.

@birgap
👍59😁31🤬10🤔3
Maqolni tushuntirish uchun hayotiy keyslar

7-sinf Ona tili darsligining “Maqsadli xarajatlar” mavzusida hisob-oʻlchov soʻzlar haqida ham ma’lumot berish nazarda tutilgan. Ushbu mavzuda oʻquvchilar quyidagi uchta maqolning ma’nosini izohlashga harakat qilishlari kerak:

Obroʻ misqollab keladi, botmonlab ketadi
Uyida chaksa uni yoʻq, tom boshida qoʻsh tandir
Tentakka Quva bir tosh

Oʻquvchilarga bu maqollarning hammasi ham tushunarli boʻlmasligi mumkin. Masalan, oʻquvchilarim ikkinchi maqolning ma’nosini toʻgʻri tushuna olishmagan. Keyin oʻzim taxminan mana bunga oʻxshash gaplar bilan tushuntirib bergan edim.

Maktabgacha va maktab ta’limi hamda saylovoldi chiqishlar qilayotganlar sabab bu maqolni tushuntirish yana ham oson boʻlib qoldi. Endi ta’limning oʻzidan hayotiy keyslar aytish mumkin:

1. 2023 – 2024-oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

2. Ingliz tilini oʻqitish uchun chet ellik oʻqituvchilarning jalb qilinadi.

3. 1-sinf oʻquvchilariga planshet tarqatiladi.

Haaa, yuqoridagi maqol imkonidan ortiq narsaga urinadigan, holiga yarasha ish qilmaydigan, yaʼni koʻrpasiga qarab oyoq uzatmaydigan kishilar haqida.

Ta’limda ta’limning oʻzidan keyslar chiqib tursa qanday yaxshi. Tushuntirish biram oson boʻladi-ye.

@birgap
😁25👍23👏1🤣1
#Prezident_maktablari

Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni samimiy tabrikladi:

- Bugungi tadbirni so’nggi qo’ng’iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho’qqilarni ko’zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo’lsin!


✔️ Ma’lumot o’rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik madaniy tadbirlar tashkil etilgan bo’lib, tadbir avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📍
Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍7👎2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Prezident_maktablari Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi. ❗️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni…
Hurmatli oʻqituvchilar-u oʻquvchilar. Endi mana shu tadbirni oʻzingizdagi "oddiy" maktabda boʻlgan bitiruv oqshomi bilan solishtirib koʻring.

Oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlarni tenglashtirmasdan (hech yoʻq 1 km yaqinlashtirmasdan) turib xalqaro tajribalarni joriy qilish yoki xalqaro reytinglarda yuqoriga koʻtarilish haqida oʻylash mantiqsizlik.

Yana tepadagi maqolni esladim...

P.S.: hech kim mana bu qorakoʻz oʻquvchilarni ayblamayapti. Hammasiga mana shunday katta diskriminatsiyani oʻylab topgan, yaratgan hukumat aybdor.

@birgap
👍28🔥4👎2
Oʻzi oʻzbek taʼlim tizimi butkul diskriminatsiya ustiga qurilgan

Prezident maktablari tizimidagi maktablar hamda qolgan hamma maktablarga ajratiladigan pul bir xil. Yaʼni 1000ta maktabga ham 1000 soʻm. 10.000 maktabga ham 1000 soʻm tizimi ishlaydi. Bu - diskriminatsiya.

OTMga qabul qilinishda sening otang harbiy, militsiya yoki bojxona xodimi boʻlishi yetarli, senga imtiyoz bor, qoʻshimcha ballar bor. Agar oʻqituvchi, shifokor, koʻcha supuruvchi, avtobus haydovchisining bolasi boʻlsang, senga zambarakning oʻqi. Bu - diskriminatsiya.

Magistraturada pul toʻlamay oʻqishing uchun sen ayol jinsiga mansub boʻlishing yetarli. Davlat sen uchun hamma pulni toʻlab beradi (albatta xalq hisobidan). Toʻgʻri-da, u oʻgʻil bola boʻlsa, bir kunini koʻradi, ishlab, mardikor yurib boʻlsa ham kontraktni toʻlaydi. Qizlar bunaqa qilolmaydi. Bu - diskriminatsiya.

Xullas, Oʻzbekistonning taʼlim tizimi mana shunaqa ishlaydi. Qachondir, kimdir, tadqiqot qilib, mana shunaqa diskriminatsiya taʼlim tizimiga, bu orqali boshqa sohalarga qanday taʼsir qilgan, qanday oqibatlarga olib kelgan degan savollarga javob berishi kerak.

@birgap
👍44🔥5👎4