Shokir Tursun qarashlari
5.82K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bugun 18:30da (10 daqiqadan keyin) "Oʻzbekiston" telekanalida "Munozara maydoni" koʻrsatuvining taʼlimga bagʻishlangan sonini jonli efirda koʻring.
👍9
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Kecha e'lon qilingan va "maktabgacha va maktab ta'limini yangi bosqichga olib chiqadi" deya ta'rif berilayotgan hujjatning ayrim bandlarini ko'rib chiqishda davom etamiz. Hujjatda pedagogik kasblarga birinchi marta qabul qilinayotgan oliy ma'lumotli kadrlarga qo'yilayotgan talablar amaldagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga qanchalik muvofiqligi masalasini ko'targan edik. Hujjatdagi amaliy mashg'ulotlar, loyiha asosida o'qitish va baholashning "yangi" tizimi haqidagi bandlar pedagogika va metodikaning fundamental qonun-qoidalari, nazariyalari nuqtayi nazaridan savollar tug'dirishi haqida ham yozildi.

Hujjatda yana bir qiziq band. Xabar berilishicha, hududiy ta'lim boshqarmalariga xorijiy maslahatchilar jalb etiladi. Ularga Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislariga joriy qilingan mehnatga haq to'lash shartlari qo'llaniladi (PF-79, 5-band).

Ma'lumotlarga qaraganda, Prezident maktablarining xorijiy o'qituvchilariga $4210 miqdorida oylik ish haqi taklif qilinmoqda, bundan tashqari, ularga borish-kelish xarajatlari (aviachipta), tibbiy sug'urta, kommunal to'lovlar va internet uchun xarajatlari qoplab beriladi hamda yashash uchun joy bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, Prezident ta'lim muassasalari agentligining (hozirgi MMTV huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi) o'zida ham xorijiy maslahatchilar faoliyat yuritishadi.

O'zbekistonliklar uchun ta'lim sohasida boshqa sohalarga nisbatan ancha past o'rtacha oylik taklif qilinayotgan bir sharoitda, agentlik va uning tizimidagi maktablarning xorijiy mutaxassislarni jalb qilish tajribasini butun respublikaga yoyishdan oldin, ularning faoliyati samarasi (KPI) tahlil qilindimi? Agentlik va Prezident maktablari bong urib maqtanayotgan yutuqlarning qancha qismi aynan (O'zbekiston sharoiti uchun) katta oylik olayotgan xorijiy mutaxassislarning mehnati natijasi va qanchasi Agentlik, uning tizimidagi maktablar uchun yaratilgan, umumta'lim maktablarinikidan tubdan farq qiladigan sharoitlar (ajratilayotgan mablag'lar, infratuzilma, bir smenali o'qish, sinfdagi o'quvchilar soni, tanlab-tanlab olingan o'quvchilar va hokazo) bilan bog'liq? Mablag' yetishmovchiligi, oddiy sharoitlarning yo'qligi va boshqa muammolar qiynayotgan umumta'lim maktablariga xorijiy mutaxassislar qanchalik yordam bera oladi?
👍46👏3🤯1👌1
Muqobillar ichidan maqbulini tanlash

Deputatlarning yana bir muhim vazifasi bor – ular tanlov qilishlari kerak. Bu tanlov asosan davlatning pulini qayerga sarflash haqida qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Iqtisodchilar mana shu jarayonlarda muqobillar ichidan maqbulini tanlay olish haqida gapirar ekan, shunday deyishadi: “Masalan, bir maktabda kitoblar yetishmaydi, lekin hokim shu tumanning futbol jamoasiga pul bermoqda. Mana shu payt deputatlar futbol jamoasidan ko‘ra maktabga kitob olish uchun pul berish maqbulroq ekanini hokimga uqtirishlari kerak”. Ya’ni futbol jamoasi va maktab uchun kitob muqobillardir, ulardan eng foydalisini tanlash esa muqobillar ichidan maqbulini tanlash bo‘ladi.

6-sinf. Ona tili darsligi (2022), 211-bet.

@birgap
👍20
Shokir Tursun qarashlari
Muqobillar ichidan maqbulini tanlash Deputatlarning yana bir muhim vazifasi bor – ular tanlov qilishlari kerak. Bu tanlov asosan davlatning pulini qayerga sarflash haqida qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Iqtisodchilar mana shu jarayonlarda muqobillar ichidan…
Yaqinda bir gap eshitgan edim, keyin nima boʻldi bilmadim. Aytilishicha, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tekin yegulik berilar ekan. Lekin maktablarimizda xona, texnikalar, hojatxona qogʻozi, sovun, suv, kitoblar yetishmayotgan bir paytda mana shu qaror muqobillar ichidan nomaqbulini tanlashday koʻrinadi.

Keling oddiy arifmetikani ishga solamiz, deylik, Oʻzbekistonda jami 1,5 mln. boshlangʻich sinf oʻquvchisi bor. Ularga beriladigan yegulikning qiymani 2 500 soʻm boʻlsin. Bunda umumiy summa 3 750 000 000 (uch milliard yetti yuz ellik million) soʻm boʻlyapti. Bir kunda shuncha pul oʻquvchilarga tekin yegulik (ovqat emas) berishga ketar ekan. Oʻzbekistonda ochlik hukmron emas, oʻquvchilar och qolishmayapti. Hozir oʻquvchilarga tekin yegulik berish menga keraksizdek koʻrinadi.

Shu pullar yuqorida sanalgan narsalarga sarflansa bormi?

@birgap
👍59👏2🤔1🤯1
Menga juda ham qiziq, maktablarda hojatxona buyumlarini (tozalash uchun latta, xlor, hojatxona qogʻozi, sovun) sotib olish uchun alohida pul ajratiladimi?

Agar javob "yoʻq" boʻlsa:

1. Nega ajratilmaydi?

2. Maktabning hojatxona buyumlariga boʻlgan ehtiyoji nimadan qoplanadi?

3. Oʻquvchilardan turli yigʻimlar yigʻish rasman taqiqlangan sharoitda hojatxonani yopib qoʻya qolamizmi?

Agar javob "ha" boʻlsa:

1. Bir oʻquvchiga qancha hojatxona qogʻozi va qancha sovun oʻlchab hisoblanadi (masalan, bir oʻquvchiga bir oyda yarimta hojatxona qogʻozi va 100 gr sovun)?

2. Kim ajratadi? Qancha ajratadi?

3. Toʻgʻri sarflanishini kim, qanday nazorat qiladi?

4. Nega juda ham koʻp maktab hojatxonalarida bu buyumlar yoʻq?

@birgap
👍23
Shokir Tursun qarashlari
Muqobillar ichidan maqbulini tanlash Deputatlarning yana bir muhim vazifasi bor – ular tanlov qilishlari kerak. Bu tanlov asosan davlatning pulini qayerga sarflash haqida qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Iqtisodchilar mana shu jarayonlarda muqobillar ichidan…
Rasmdagi topshiriq real hayotimizdan olingan, Jizzax koʻchalariga ekilgan 2 milliard soʻmlik gullar, million-million sarflanib qad koʻtargan haykallar, hokimiyat binolari, davlat idoralari oldiga yoki deyarli choʻlga qurilgan favvoralar (xalq undan foydalana olmaydi baribir).

Yangilik saytlarini kuzatib boradiganlar buni sezgan boʻlishi kerak.

@birgap
👍11
Nega hojatxona haqida gapirib qoldim?

Bir necha yil oldin UNICEFning hisobotlarini oʻqiyotganimda bir qiziq maʼlumotga koʻzim tushgandi. Ikki kundan beri qidirib topa olmadim oʻsha hisobotni. Kompyuterimdan oʻchirib yuboribman shekilli. Unga koʻra, Afrika davlatlarida juda koʻp qizlar 14 yoshga toʻlgach maktabga borishni toʻxtatadi. Maktabni tashlab ketadigan qizlarning juda ham oz qismi oilasi shu qarorga kelganini aytgan (katta ehtimol bilan ota oʻqib olim boʻlarmiding degan). Ammo juda katta qismi maktabda hojatxona yoʻqligi yoki mavjud hojatxonada sharoit yoʻqligi sabab bormay qoʻya qolishni maʼqul koʻrishini aytgan. Ularga hojatxona birdan, tez-tez kerak boʻlib qolishi mumkin, ammo maktabda bu sharoit yoʻq. Qizlar boshqalar oldida uyalib qolishdan koʻra maktabga bormay qoʻya qolishni tanlashadi.

Bizda ham bir oʻrganib chiqish kerak. 14 yoshdan oshgan qizlar bir oʻquv yilida necha kun dars qoldiryapti? Necha kun maktabdan erta ketib qolyapti? Bunday qilishlarining sababi nima?

Maktab hojatxonalaridagi muammolar bir qarashda kichik koʻrinsa ham, oqibatlari ogʻir boʻlayotgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍26🔥7
Men vazir boʻlganimda mana bu qarordan keyin “oʻzimni osardim”

Yaqinda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlajak oʻqituvchilarni sertifikatlash tizimi haqida xabarlar tarqatdi. Agar men Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri boʻlganimda bu qarordan soʻng qoʻpolroq aytganda oʻzimni osgan boʻlar edim. Jalilov bu qarorning qonunlarga mos kelishi yoki kelmasligini muhokama ostiga olgan. Qarorning bu tomonidan tashqari unda “oliy taʼlim tayyorlab berayotgan kadrlar yaroqsiz, bu tizim oʻzini oqlamayapti, biz oliy taʼlim pedagog deya diplom va kvalifikatsiya bergan odamlarning yaroqli pedagog ekaniga ishonmaymiz” degan tagma’no ham bor.

Bu gʻoya avvalroq vazirlik qilgan Sherzod Shermatovda ham bor edi. Oʻshanda talaba edim, unda universitetda oʻqib nima qildim deb jigʻibiyron boʻlgandim. Bu gʻoya oʻshandan beri qayta koʻtarilmadi.

Hozir bu qarorni qoʻllab-quvvatlayman. Ha, bu qonunlarga zid, oyliklarga zid, sharoitlarga zid boʻlsa ham buni qoʻllab-quvvatlayman. Pedagog kvalifikatsiyasini beradigan OTMlarning bir nechtasini taniganim, ularning dasturlari, oʻqituvchilari va talabalari bilan tanishligim meni bunga undamoqda. Faqat bu imtihon tizimi talabga javob berishi ham kerak.

Bundan tashqari, juda koʻplab oʻqituvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashishga, ular bilan ishlashga ham ulgurdimki, pedagoglar tayyorlash tizimimizni isloh qilish shart deb oʻylaganman.

Agar biz pedagogni tovar, diplomni sifat belgisi desak, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishlab chiqaruvchi va sifatli ekanini asoslovchi hujjat beruvchi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi esa asosiy isteʼmolchi. Asosiy isteʼmolchi tovarlarning sifatiga shubha bildirmoqda. U sifatni belgilash tizimida muammo borligini his qilyapti va oʻz ehtiyojlarini samarali qondirish maqsadida oʻzining sifat belgilash tizimini joriy qilyapti. Bu vaziyatda MMTVni tushunish mumkin.

P.S.: bu gaplarim bilan OTFI vaziri oʻzini ossin demayapman, uni oʻz joniga qasd qilishga undayotganim yoʻq.

@birgap
👍36😁7👏42🤬1
Texnik sabablarga koʻra kanalning muhokama guruhi oʻzgardi.

Endi kanaldagi postlar muhokamasi shu yangi guruhda boʻladi.

Yangi guruh manzili:
https://t.me/birgap_muhokama

@birgap
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Matnni tushunishga uning qiyinlik darajasi, tili, tuzilishi katta ta'sir qilishi haqida yozgan edim. Matnni tushunishni o'rgatishda esa matndan oldingi topshiriqlar katta rol o'ynaydi. Bunday topshiriqlar:

- o'quvchidagi mavjud bilim, tajriba va yangi olinadigan ma'lumot, bilim o'rtasida ko'prik hosil qilish orqali tushunish jarayoniga yordam beradi ("sxemalar nazariyasi");

- matnni tushunish uchun kerakli bilimlarni berib, tushunishni osonlashtirish uchun zamin ("background") hozirlaydi;

- o'quvchini mavzuga qiziqtirib, matnni o'qish, uni tushunishga motivatsiya shakllantiradi.

Bunday topshiriqlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: matnda nima haqida gap ketishini bashorat qilish, matnning mavzusini muhokama qilish, matndagi qahramonlar bilan tanishtirish, matnni tushunishga yordam beradigan tushunchalarni o'rgatish va hokazo.

Matndan oldingi topshiriqlar tushunish jarayoniga xizmat qilishi tadqiqotlar va tahlillarda ham isbotlangan (masalan, 1, 2, 3). O'quv jarayonini tashkil qilishda, o'quv materiallari yaratishda bunday tadqiqotlar natijalarini ham hisobga olish ta'limning samaradorligini oshiradi.

Suratlarda Oksford nashriyotining 1-sinf ona tili (ingliz tili) darsligidagi o'qishdan olding topshiriqlarni ko'rish mumkin. Birinchi matndan (buvining yo'qolgan ko'zoynagini qidirish haqida) oldingi topshiriqlarda o'quvchilar matn qahramonlari bilan tanishadilar va matnda ko'tarilgan mavzu (nimanidir yo'qotish) bilan bog'liq hayotiy tajribalari haqida gapiradilar. Ikkinchi matndan (xitoy xalq ertagi) oldingi topshiriqlarda esa o'quvchilar xalq ertaklarining o'ziga xos xususiyatlari haqida tasavvur hosil qiladilar.
👍8
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Turli davrlarda yaratilgan darsliklarni (masalan, "O'qish kitobi", 2-sinf, 2018-yil va "Ona tili va o'qish savodxonligi", 2-sinf, 2021-yil) solishtirib, ularda matnni tushunishni o'rgatish bilan bog'liq tadqiqotlar qay darajada hisobga olinganligi haqida muayyan xulosalar chiqarish mumkin, menimcha.
👍13
Qiziq savol kelib qoldi.

Ali ismli yomon yigit bor edi. U doim qora koʻylakda yurgan. Biz uni tarbiya qilib, taʼlim berib, oʻzgartish oʻrniga koʻylagini yechib olib, oq koʻylak kiydirdik. Odamlarga esa bu endi Ali emas, u oʻzgardi. Endi u butkul boshqa, yaxshi odam - Vali deb aytdik.

Xoʻsh, rostdan ham Ali oʻzgardimi yo mohiyatan hech nima boʻlmadimi?

@birgap
👍11😁1
Shokir Tursun qarashlari
Qiziq savol kelib qoldi. Ali ismli yomon yigit bor edi. U doim qora koʻylakda yurgan. Biz uni tarbiya qilib, taʼlim berib, oʻzgartish oʻrniga koʻylagini yechib olib, oq koʻylak kiydirdik. Odamlarga esa bu endi Ali emas, u oʻzgardi. Endi u butkul boshqa, yaxshi…
Eng qizigʻi shuki, Aliga yangi koʻylak kiydirganlar biz Alini yaxshilay oldik deb chin dildan aytishadi, ishonishadi.

Alining oʻzgarib ketganiga ishonadigan boshqalar ham bor.

Xoʻsh, yuqoridagi odamlarda nima yetishmaydi?

@birgap
👍8
Shaxsiy fikrim mana bunday:

Bunaqa odamlar layoqatning birinchi bosqichida qolib ketganlardir.

Ular qilayotgan ishlarining mohiyatini anglay olishmaydi. Anglay olmayotganlarini esa tushunishmaydi. Chunki ularning layoqatsizligi ongsiz kechadi.

Islohot tushunchasining mohiyatini bilmaganlari sabab Aliga oq koʻylak kiydirish bilan uni isloh qildik deb oʻylashadi.

Bunda ularni toʻliq aybdor deya olmayman. Ular shunchaki layoqatsiz xolos. Odam istasa layoqatning bu xavfli bosqichidan chiqib keta oladi.

Bu gaplar nima haqida ekanini keyinroq yozaman. Ungacha ichlaring qizib tursin😉 (koʻchadagi havoga oʻxshab).

@birgap
👍8😁3🔥1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Layoqatning 4 bosiqichi

1. Ongsiz layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglamaslik bosiqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmaydi yoki tushunmaydi. Bilmagani va tushunmagani yetmagandek, buni tan ham olmaydi. Undaylar yangilikning foydali ekanini rad etadilar. Bu bosqichda turgan odam oʻzining harakatlarini toʻgʻri deb hisoblaydi va shu harakatlariga zid kelgan hamma narsani xato bilaveradi. Layoqat bosqichlari orasida bu eng xavflisi boʻlib, undan tezroq chiqib ketish lozim. Aks holda odam zamondoshlaridan ancha ortda qoladi, qaysi vaziyatda qanday ish tutish toʻgʻri boʻlishini hech qachon oʻrgana olmaydi. Bundan chiqishning yagona yoʻli bor – oʻzining layoqatsizligini tan olish va yangiliklarga ochiqroq munosabatda boʻlish.

2. Ongli layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmasa, tushunmasa ham oʻzining layoqatsizligini tan oladi. Yangiliklarning qiymatini anglaydi. Bu bosqichdagi shaxs juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin, lekin doim oʻzining xatosini tan ola biladi. Aynan mana shu tan olish uni oʻrganishga, izlanishga chorlab turadi. Bu bosqichdagi odam oʻrganishni sevib qoladi. Bu esa doim yaxshi.

3. Ongli layoqatlilik
Nimani bilishini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni tushunadi va biladi. Bunda barcha harakatlar ongli amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi shaxs eng yaxshi kasbiy mahoratga ega xodim sifatida qabul qilinadi, chunki u nimani, qachon, qanday amalga oshirishni biladi.

4. Ongsiz layoqatlilik
Nimani bilishini anglamaslik bosqichi. Shaxs biror narsani toʻgʻri bajaradi, lekin uni ichki intuitsiya boshqaradi. Ya’ni nega bu harakat toʻgʻri ekanini anglamaydi. Bu xuddi insonning tabiati sifatida qabul qilinadi. Bu bosqichda koʻp turib qolish insonni yana 1-bosqichga qaytarib qoʻyishi mumkin. Ya’ni odam toʻgʻri bajarayotgan ishlarini uzoq vaqt anglamasa nimani bilmasligini ham anglamay qoladi.

Endi oʻzingizni taftish qilib koʻring-chi, siz qaysi bosqichdasiz?

@birgap
👍14👏1
Mana shu xabarni oʻzbekchaga oʻgirishga urinaman.

Demak, yetti yildan keyin oyligimiz $600 boʻladi.

Endi inflyatsiyani (pulning qadrsizlanishi) yaʼni dollarning mana shu tezlikda oshishini hisobga olsak, yetti yildan keyin ham koʻpi bilan $350 yoki $400 olayotgan boʻlamiz.

Xulosa, $1000 deya berilgan vaʼda 7 yildan keyin ham bajarilmaydi.

@birgap
👍59😁31🤬10🤔3