Shokir Tursun qarashlari
5.79K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Zoʻr avtobuslar keldi, chillachilari ishlab turibdi, qatnovlar orasi kamaydi, yoʻllarda avtobuslar uchun yoʻlaklar koʻpaydi. Bularning hammasi uchun alohida rahmat.

Ammo, nega Xitoyda Oʻzbekiston uchun yasalgan avtobuslardagi yozuvlar ruscha? Oʻzbekistonda hamma rus tilini bilishi shartmi? Nega buyurtma qilinganda bizga mana shu yozuvlarini oʻzbekcha qilib ber deyilmagan? Xitoy oʻzidan oʻzi ruscha chiqarmasa kerak. Xitoycha boʻlgandayam tushunardim-ey. Ha, endi Xitoyda yasalganda deb. Oʻzbekiston 1000 ga yaqin avtobusga buyurtma bergan. Oʻsha 1000tani oʻzbekcha qilib berasan deyish mumkin edi-ku.

@birgap
👍95👎2
🤮17👍8😁6🤔4😱4👎1
Shokir Tursun qarashlari
@birgap
Insonga umrini oʻzi istaganday oʻtkazishiga qoʻyib bersangizlarchi-a?

Maqom eshitsa nima oʻzgarardi. Sevib qolarmidi maqomni? Umuman, nega shu maqomni saqlab qolishga harakat qilinaveradi? Musiqa ijod. Qadriyat. Va u doim oʻzgarib turadi. Hozir maqom eshitmay qoʻygan boʻlsa, demak odamlarga shu kerak.

Maqomning inson didini oʻstirishda qanday oʻrni borki, madaniy saviyani oʻstirish maqsadida maqom qoʻyib beriladi deyilgan? Asos nima? Qanday oʻstiradi? Qanday tadqiqot bor bu haqida? Chunki madaniy saviyani oʻstirish deb aytishdan oldin buni maqom bilan qilish mumkin ekanini isbotlash ham kerak. Isbotlangan boʻlsa, biz ham koʻraylik. Har kuni maqom eshitishga oʻzimizni majburlaylik. Agar ilmiy tadqiqot xulosasi yoʻq boʻlsa marhamat qilib madaniy saviyamizni tinch qoʻyinglar.

Oʻzi eng avvalo madaniy saviyaning oʻlchovi qanday degan savol ham berilishi kerak. Qanday mezonlarga javob bergan odamning madaniy saviyasi yuqori boʻladi, qanday odamniki past boʻladi? Bular eng avvalda javob berilishi kerak boʻlgan savollardir.

Maqomga qarshi emasman, lekin uni majburlab tiqishtirish tarafdori emasman.

Agar maqomni soʻzi uchun (odatda gʻazal bilan aytiladi) saqlab qolish kerak boʻlsa, marhamat, vazirlik maqom soʻzlari bilan zamonaviy qoʻshiqlar yaratsin, hech kim majburlikdan emas, yoqtirib eshitib yursin.

P.S.: bolam, boʻldi-da endi, boshqa qiladigan ishing yoʻqmi desang-da shu vazirlikka

@birgap
👍44🤣12👎7🤮7👏4
Ingliz tili oʻrganishning oʻzbek tilini qoʻllashga taʼsirini oʻrganib, tahlilga tortadigan tadqiqot qilish kerak. Bu taʼsir yaqqol sezilmoqda. Masalan, bugun oʻquvchilarimga kirish soʻzlar, gaplarni fikrlarni bogʻlovchi vositalar haqida tushuncha berayotganimda ular ingliz tilidagi "linking words"larga qiyoslab oson tushunib olishdi. Eng gʻalati tomoni, "ustoz, oʻzbek tilidayam matn yozganda shunaqa qilish kerakmi, shunaqa qilsa boʻladimi?" deyishgani boʻldi.

Yana bir holat borki, ingliz tilini yaxshi bilgan oʻquvchilar oʻqib tushunish, matn yozish topshiriqlarini ingliz tilini bilmaydiganlardan yaxshi bajarishadi, chunki ingliz tili orqali bu koʻnikmalarni rivojlantirishgan

Men oʻquvchilarimga kirish soʻzlar, bogʻlovchilar, koʻmakchilar deb ajratib oʻtmayman. Hammasini bir qilib fikrni fikrga bogʻlashdagi vazifasini oʻrgatib qoʻya qolaman. Misol uchun, ammo, lekin, biroq soʻzlari yuqorida aytilgan fikrga qarama-qarshi fikr aytilayotganda shu qarama-qarshilikni koʻrsatish uchun ishlatiladi. Birinchidan, qolaversa, bundan tashqari kabi soʻzlar bir toifadagi fikrlarni ketma-ket sanaganda ishlatiladi deyman.

Xullas, yuqoridagi mavzuda yaxshigina BMI (bitiruv malakaviy ishi / diplom ishi) yoki magistrlik dissertatsiyasini yozsa boʻladi.

@birgap
👍40👏3
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Kecha Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achievement) 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan PIRLS tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. O'zbekiston bu dasturda ilk marotaba ishtirok etdi va natijalar hozircha maqtanarli emas.

O'zbekistonning natijalari haqida batafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.
🤔5👍3😢2🤯1
Oʻzbekistonning PIRLSda qayd etgan natijalari haqida ma’lumotni oʻqir ekanman shu rasmdagi qism oldin aytgan ba’zi gaplarimni isbotlaganini koʻrdim.

Avvalroq ota-onalar qanday qilib ona tili oʻqituvchisi boʻlishi mumkinligi haqida yozgan edim. Bu gaplarni osmondan olib, ichimdan toʻqib aytmaganman albatta. Oʻzimning shaxsiy tadqiqotlarim natijasi ham emas. Til oʻzlashtirish boʻyicha darslarda olgan bilimlarim, ustozlardan eshitganlarim, BMI yozish vaqtida oʻqiganim – Daymok tomonidan oʻtkazilgan tajriba xulosalariga asoslanib aytgan edim hammasini.

Kitobxon boʻlgan, bolasi bilan ishlaydigan ota-onalarning farzandlari PIRLS tadqiqotlarida ham yaxshi natijalarga erishganini koʻryapmiz mana.

@birgap
👍4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Nazarimda, Milliy o'quv dasturi asosida eng katta o'zgarish ona tili fanida bo'ldi:

1) fanning maqsadlari o'zgardi: asosiy e'tibor til qoidalarini sistematik o'rgatishga emas, tildan turli nutqiy vaziyatlarda foydalanishni o'rgatishga va nutq ko'nikmalarini (shu jumladan, o'qib tushunishni) rivojlantirishga qaratildi;

2) darsliklar ham yangi maqsadga moslashdi - ularda faqat grammatik qoidalar va ularni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar emas, o'quvchining nutqi va tafakkurini rivojlantiradigan mashqlarga e'tibor berildi;

3) boshlang'ich sinflarda alohida fan sifatida o'qitilib kelingan ona tili va o'qish bitta fanga birlashtirildi (aslida ham o'qib tushunish - nutq ko'nikmasi va ona tili darslarida rivojlantirilishi kerak);

4) oldingi boshlang'ich sinflarning o'qish darsliklariga asosan badiiy matnlar kiritilgan bo'lsa, yangi "ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklariga turli janr va mazmundagi matnlarni kiritishga harakat qilingan.

Ayrim o'qituvchilar bu o'zgarishlarni qabul qilishi qiyin bo'ldi, "ona tili emas, qurama fan bo'lgan", "biz ona tili o'qituvchilarimiz, tabiatshunoslik yoki boshqa fan emas" singari e'tirozlar ko'p bo'ldi. Chunki grammatikani o'qitish - o'quvchilarda nutq va tafakkurni rivojlantirishga qaraganda qiyinroq. Lekin kecha e'lon qilingan PIRLS natijalari, nazarimda, ona tili o'qitishdagi oldingi xatolarimiz natijasidir. Matnni tushunish (hatto ona tilida ham) - o'z-o'zidan rivojlanib qoladigan jarayon emas, unga o'rgatish kerak.

Mana bu videoda O'zbekiston 49-o'rinni egallagan 2021-yilgi PIRLS tadqiqotlarida ishlatilgan matnlardan biri va u asosidagi test savollari haqida ma'lumot keltirilgan. Matn sakkizoyoqlar haqida. Mana shunday turli mazmundagi matnlarni tushunishni o'rgatish - ona tili fanining maqsadlaridan biri, aslida. Bu ko'nikmalar o'quvchining boshqa fanlarni o'zlashtirishi uchun ham zamin yaratadi, chunki boshqa fanlardagi bilimlar ham ona tilida o'zlashtiriladi.

Agar o'quv dasturlari va darsliklar bilan bog'liq beqarorliklar bo'lmaganda edi, balki keyingi (2026-yilga mo'ljallangan) PIRLS tadqiqotlarida ona tili dasturi va darsliklaridagi o'zgarishlar samarasini ko'rish imkoni bo'lishi mumkin edi ...
👍21🔥4🤬21👎1
Channel photo updated
Sizning ma'naviy hamrohingiz bormi?

Bektosh Hotamovning aytishicha, Maktablar uchun 1-sinfdan 11-sinfgacha oʻqitiladigan "Mening ma'naviy hamrohim" nomli darsliklar tayyorlangan. Ular amalga joriy qilinadimi, qilinmaydimi bunisini bilmadim.

Mendagi e'tiroz, maktablarni propagandani amalga oshirish maskaniga aylanib qolayotgani.

Bektosh Hotamov bilan gaplashgan xodimlardan biri bolalar kattalarga salom bermay qoʻyganini ushbu darsliklarga ehtiyoj borligiga dalil sifatida keltirgan. Ya'ni shu darsliklarni oʻqiganlar ma'naviyatli boʻlib, kattalarga salom berar ekan.

Esimda, biz maktabda "Odobnoma", "Ma'naviyat asoslari", "Tarbiyaviy soat" fanlarini oʻqiganmiz. Hozir bolalar kattalarga salom bermayotgan ekan, demak bu fanlar bizga tarbiya bera olmabdi-da. Odamlarning ma'naviyatdan bezib qolishiga ham mana shunaqa fanlar sabab aslida.

Xullas, ta'limdan ilm qochdi. Ta'limning qayeriga qarama ilmsizlik. Hamma narsaning oʻz nazariyasi bor, oʻsha nazariyaga amal qilinmasa oxiri voy boʻlishi mumkin.

@birgap
👍42🤬3🥰2
Abituriyentlik paytimda DTM degich tashkilot imtihonlarga juda oz qolgan boʻlsa ham kvotalar soni, test tuziladigan kitoblar roʻyxati, yoʻnalishlar boʻyicha imtihon boʻladigan fanlarni eʼlon qilmay hammani stressga qoʻyardi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ham oʻsha DTMdan oʻrgandi shekilli. Mana, oʻquv yili boshlanishiga 3 oygina qoldi. Vazirlik esa quyidagi masalalarga hamon oydinlik kiritmagan:

1. "Mening maʼnaviy hamrohim" darsliklari mavjud boʻlsa, ular amaliyotga joriy qilinsa, darsni kim oʻtadi? Necha soat oʻtadi? Qaysi fan hisobiga oʻtadi?

2. 4-, 5-, 8-sinflarning darsliklari yangilanishi kerak edi. Milliy oʻquv dasturini joriy qilish taqvimi boʻyicha (adashmasam) shunday. Ammo vazirlik bu haqida lom-mim demayapti.

3. Tanlov fanlar boʻyicha eʼlon qilingan gʻoyaga hamon nuqta qoʻyilmagan. Ular uchun oʻquv-dasturlari, metodik mahsulotlar (taqvim mavzu reja emas) tayyorlanishi uchun soʻnggi qarorga kelib olish muhim.

Aslida, bu qarorlarni vazirlik oʻzidan soqit qilib qoʻya qoldi. Bu masalalardagi barcha huquq Administratsiya huzurida tashkil etilgan yangi Markaz zimmasiga oʻtdi. Lekin oʻsha Markaz hali ishga tushmadi, menimcha. Vazirlik ularni turtkilashi, aniqlik talab qilishi kerak.

@birgap
👍20🔥2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bugun 18:30da (10 daqiqadan keyin) "Oʻzbekiston" telekanalida "Munozara maydoni" koʻrsatuvining taʼlimga bagʻishlangan sonini jonli efirda koʻring.
👍9
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Kecha e'lon qilingan va "maktabgacha va maktab ta'limini yangi bosqichga olib chiqadi" deya ta'rif berilayotgan hujjatning ayrim bandlarini ko'rib chiqishda davom etamiz. Hujjatda pedagogik kasblarga birinchi marta qabul qilinayotgan oliy ma'lumotli kadrlarga qo'yilayotgan talablar amaldagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga qanchalik muvofiqligi masalasini ko'targan edik. Hujjatdagi amaliy mashg'ulotlar, loyiha asosida o'qitish va baholashning "yangi" tizimi haqidagi bandlar pedagogika va metodikaning fundamental qonun-qoidalari, nazariyalari nuqtayi nazaridan savollar tug'dirishi haqida ham yozildi.

Hujjatda yana bir qiziq band. Xabar berilishicha, hududiy ta'lim boshqarmalariga xorijiy maslahatchilar jalb etiladi. Ularga Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislariga joriy qilingan mehnatga haq to'lash shartlari qo'llaniladi (PF-79, 5-band).

Ma'lumotlarga qaraganda, Prezident maktablarining xorijiy o'qituvchilariga $4210 miqdorida oylik ish haqi taklif qilinmoqda, bundan tashqari, ularga borish-kelish xarajatlari (aviachipta), tibbiy sug'urta, kommunal to'lovlar va internet uchun xarajatlari qoplab beriladi hamda yashash uchun joy bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, Prezident ta'lim muassasalari agentligining (hozirgi MMTV huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi) o'zida ham xorijiy maslahatchilar faoliyat yuritishadi.

O'zbekistonliklar uchun ta'lim sohasida boshqa sohalarga nisbatan ancha past o'rtacha oylik taklif qilinayotgan bir sharoitda, agentlik va uning tizimidagi maktablarning xorijiy mutaxassislarni jalb qilish tajribasini butun respublikaga yoyishdan oldin, ularning faoliyati samarasi (KPI) tahlil qilindimi? Agentlik va Prezident maktablari bong urib maqtanayotgan yutuqlarning qancha qismi aynan (O'zbekiston sharoiti uchun) katta oylik olayotgan xorijiy mutaxassislarning mehnati natijasi va qanchasi Agentlik, uning tizimidagi maktablar uchun yaratilgan, umumta'lim maktablarinikidan tubdan farq qiladigan sharoitlar (ajratilayotgan mablag'lar, infratuzilma, bir smenali o'qish, sinfdagi o'quvchilar soni, tanlab-tanlab olingan o'quvchilar va hokazo) bilan bog'liq? Mablag' yetishmovchiligi, oddiy sharoitlarning yo'qligi va boshqa muammolar qiynayotgan umumta'lim maktablariga xorijiy mutaxassislar qanchalik yordam bera oladi?
👍46👏3🤯1👌1
Muqobillar ichidan maqbulini tanlash

Deputatlarning yana bir muhim vazifasi bor – ular tanlov qilishlari kerak. Bu tanlov asosan davlatning pulini qayerga sarflash haqida qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Iqtisodchilar mana shu jarayonlarda muqobillar ichidan maqbulini tanlay olish haqida gapirar ekan, shunday deyishadi: “Masalan, bir maktabda kitoblar yetishmaydi, lekin hokim shu tumanning futbol jamoasiga pul bermoqda. Mana shu payt deputatlar futbol jamoasidan ko‘ra maktabga kitob olish uchun pul berish maqbulroq ekanini hokimga uqtirishlari kerak”. Ya’ni futbol jamoasi va maktab uchun kitob muqobillardir, ulardan eng foydalisini tanlash esa muqobillar ichidan maqbulini tanlash bo‘ladi.

6-sinf. Ona tili darsligi (2022), 211-bet.

@birgap
👍20
Shokir Tursun qarashlari
Muqobillar ichidan maqbulini tanlash Deputatlarning yana bir muhim vazifasi bor – ular tanlov qilishlari kerak. Bu tanlov asosan davlatning pulini qayerga sarflash haqida qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Iqtisodchilar mana shu jarayonlarda muqobillar ichidan…
Yaqinda bir gap eshitgan edim, keyin nima boʻldi bilmadim. Aytilishicha, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tekin yegulik berilar ekan. Lekin maktablarimizda xona, texnikalar, hojatxona qogʻozi, sovun, suv, kitoblar yetishmayotgan bir paytda mana shu qaror muqobillar ichidan nomaqbulini tanlashday koʻrinadi.

Keling oddiy arifmetikani ishga solamiz, deylik, Oʻzbekistonda jami 1,5 mln. boshlangʻich sinf oʻquvchisi bor. Ularga beriladigan yegulikning qiymani 2 500 soʻm boʻlsin. Bunda umumiy summa 3 750 000 000 (uch milliard yetti yuz ellik million) soʻm boʻlyapti. Bir kunda shuncha pul oʻquvchilarga tekin yegulik (ovqat emas) berishga ketar ekan. Oʻzbekistonda ochlik hukmron emas, oʻquvchilar och qolishmayapti. Hozir oʻquvchilarga tekin yegulik berish menga keraksizdek koʻrinadi.

Shu pullar yuqorida sanalgan narsalarga sarflansa bormi?

@birgap
👍59👏2🤔1🤯1
Menga juda ham qiziq, maktablarda hojatxona buyumlarini (tozalash uchun latta, xlor, hojatxona qogʻozi, sovun) sotib olish uchun alohida pul ajratiladimi?

Agar javob "yoʻq" boʻlsa:

1. Nega ajratilmaydi?

2. Maktabning hojatxona buyumlariga boʻlgan ehtiyoji nimadan qoplanadi?

3. Oʻquvchilardan turli yigʻimlar yigʻish rasman taqiqlangan sharoitda hojatxonani yopib qoʻya qolamizmi?

Agar javob "ha" boʻlsa:

1. Bir oʻquvchiga qancha hojatxona qogʻozi va qancha sovun oʻlchab hisoblanadi (masalan, bir oʻquvchiga bir oyda yarimta hojatxona qogʻozi va 100 gr sovun)?

2. Kim ajratadi? Qancha ajratadi?

3. Toʻgʻri sarflanishini kim, qanday nazorat qiladi?

4. Nega juda ham koʻp maktab hojatxonalarida bu buyumlar yoʻq?

@birgap
👍23
Shokir Tursun qarashlari
Muqobillar ichidan maqbulini tanlash Deputatlarning yana bir muhim vazifasi bor – ular tanlov qilishlari kerak. Bu tanlov asosan davlatning pulini qayerga sarflash haqida qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Iqtisodchilar mana shu jarayonlarda muqobillar ichidan…
Rasmdagi topshiriq real hayotimizdan olingan, Jizzax koʻchalariga ekilgan 2 milliard soʻmlik gullar, million-million sarflanib qad koʻtargan haykallar, hokimiyat binolari, davlat idoralari oldiga yoki deyarli choʻlga qurilgan favvoralar (xalq undan foydalana olmaydi baribir).

Yangilik saytlarini kuzatib boradiganlar buni sezgan boʻlishi kerak.

@birgap
👍11
Nega hojatxona haqida gapirib qoldim?

Bir necha yil oldin UNICEFning hisobotlarini oʻqiyotganimda bir qiziq maʼlumotga koʻzim tushgandi. Ikki kundan beri qidirib topa olmadim oʻsha hisobotni. Kompyuterimdan oʻchirib yuboribman shekilli. Unga koʻra, Afrika davlatlarida juda koʻp qizlar 14 yoshga toʻlgach maktabga borishni toʻxtatadi. Maktabni tashlab ketadigan qizlarning juda ham oz qismi oilasi shu qarorga kelganini aytgan (katta ehtimol bilan ota oʻqib olim boʻlarmiding degan). Ammo juda katta qismi maktabda hojatxona yoʻqligi yoki mavjud hojatxonada sharoit yoʻqligi sabab bormay qoʻya qolishni maʼqul koʻrishini aytgan. Ularga hojatxona birdan, tez-tez kerak boʻlib qolishi mumkin, ammo maktabda bu sharoit yoʻq. Qizlar boshqalar oldida uyalib qolishdan koʻra maktabga bormay qoʻya qolishni tanlashadi.

Bizda ham bir oʻrganib chiqish kerak. 14 yoshdan oshgan qizlar bir oʻquv yilida necha kun dars qoldiryapti? Necha kun maktabdan erta ketib qolyapti? Bunday qilishlarining sababi nima?

Maktab hojatxonalaridagi muammolar bir qarashda kichik koʻrinsa ham, oqibatlari ogʻir boʻlayotgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍26🔥7
Men vazir boʻlganimda mana bu qarordan keyin “oʻzimni osardim”

Yaqinda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlajak oʻqituvchilarni sertifikatlash tizimi haqida xabarlar tarqatdi. Agar men Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri boʻlganimda bu qarordan soʻng qoʻpolroq aytganda oʻzimni osgan boʻlar edim. Jalilov bu qarorning qonunlarga mos kelishi yoki kelmasligini muhokama ostiga olgan. Qarorning bu tomonidan tashqari unda “oliy taʼlim tayyorlab berayotgan kadrlar yaroqsiz, bu tizim oʻzini oqlamayapti, biz oliy taʼlim pedagog deya diplom va kvalifikatsiya bergan odamlarning yaroqli pedagog ekaniga ishonmaymiz” degan tagma’no ham bor.

Bu gʻoya avvalroq vazirlik qilgan Sherzod Shermatovda ham bor edi. Oʻshanda talaba edim, unda universitetda oʻqib nima qildim deb jigʻibiyron boʻlgandim. Bu gʻoya oʻshandan beri qayta koʻtarilmadi.

Hozir bu qarorni qoʻllab-quvvatlayman. Ha, bu qonunlarga zid, oyliklarga zid, sharoitlarga zid boʻlsa ham buni qoʻllab-quvvatlayman. Pedagog kvalifikatsiyasini beradigan OTMlarning bir nechtasini taniganim, ularning dasturlari, oʻqituvchilari va talabalari bilan tanishligim meni bunga undamoqda. Faqat bu imtihon tizimi talabga javob berishi ham kerak.

Bundan tashqari, juda koʻplab oʻqituvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashishga, ular bilan ishlashga ham ulgurdimki, pedagoglar tayyorlash tizimimizni isloh qilish shart deb oʻylaganman.

Agar biz pedagogni tovar, diplomni sifat belgisi desak, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishlab chiqaruvchi va sifatli ekanini asoslovchi hujjat beruvchi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi esa asosiy isteʼmolchi. Asosiy isteʼmolchi tovarlarning sifatiga shubha bildirmoqda. U sifatni belgilash tizimida muammo borligini his qilyapti va oʻz ehtiyojlarini samarali qondirish maqsadida oʻzining sifat belgilash tizimini joriy qilyapti. Bu vaziyatda MMTVni tushunish mumkin.

P.S.: bu gaplarim bilan OTFI vaziri oʻzini ossin demayapman, uni oʻz joniga qasd qilishga undayotganim yoʻq.

@birgap
👍36😁7👏42🤬1