Shokir Tursun qarashlari
5.76K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Assalomu alaykum!

Kanalni kuzatadigan barcha musulmonlarni bugungi bayram bilan qutlayman!

Oilangizga sogʻlik, baxt, farovonlik tilayman.

Yurtimiz doimo tinch boʻlsin.

@birgap
🥰5814👍14🕊9
Forwarded from IT taʼlim
Jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi

🎚️ O'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish elektron platformasidan joriy yilning 23-yanvaridan – 1-fevraliga qadar bo'lgan muddatda 34 649 nafar o'qituvchilari ro'yxatdan o'tdi va jami 9 064 ta ijodiy ishlar kelib tushdi. Ulardan 2 848 tasini metodik qo'llanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodarslar tashkil etdi.

✍️ Elektron platformaga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralash bosqichidan o'tdi. Bunda eng yaxshi ishlar o'qituvchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan aniqlandi.

🫥 2– saralashda elektron platformaga yuklangan ilg‘or ish tajribalarini baholash jarayoniga barcha fanlar kesimida 254 nafar ekspert jalb qilindi.

🏃‍♂️ So'nggi baholash natijalariga ko'ra, jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi. Shulardan 3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 68 ta ish Respublika, 104 ta ish viloyat, 279 ta ish tuman bosqichda ommalashtirildi.

Quyidagi havola orqali Ilmiy metodik kengash qarori va sertifikatlarni onlayn shaklda yuklab olish mumkin: ➡️ http://certificate-ommalashtirish.uz/table

⚙️ Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👎1
Koʻpchilik Ommalashtirish nizomi boʻyicha 1-turdan oʻtgan 100ta ishning hammasi qaysidir darajada ommalashishi kerak edi nega bunday boʻlmadi deyapti.

Oʻsha aytilayotgan nizomning shunday bandi borki, (rasmda e band) u ekspertlarga ishni ommalashtirishga tavsiya etmaslik huquqini beradi.

1-turdan yuqori ball olgan koʻp ishlar koʻchirilgan, eski dastur asosida qilingan, birorta yangiligi boʻlmagan ishlar boʻlib chiqdi. Xoʻsh, agar oʻsha e band boʻlmaganda, ana shu ishlar ham hech yoʻq tuman darajasida ommalashishi kerak edi.

@birgap
👍27👎9🥱2
Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys

Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning qiymati baribir muhim boʻlishi kerak. Qiymat uning samaradorligi asosida chiqadi.

Ikki tushunchaning farqini yaxshi tushuntirish uchun bir boʻlgan voqeani aytib beraman.

Universitet oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogikadan bir haftalik seminar oʻtyapman. Mavzular orasida kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish ham bor. 40 daqiqa davomida oʻqituvchilarga tushuncha berdim. Keyin topshiriq berdim, guruh boʻlib, kreativ gʻoya yaratishlari va uni taqdimot qilishlari kerak edi.

Bir guruh quyosh batareyalari bilan jihozlangan yengil avtomobil gʻoyasini taqdim qildi. Mashina hech qanday pul sarflamasangiz ham yuradi. Zavoddan quyosh paneli bilan chiqadi. Tabiatning oʻzi buni taʼminlaydi. Ham zararsiz. Zoʻr-a?

Bu - kreativ gʻoya.

Lekin taqdimotdan soʻng boshqa guruh aʼzosi boʻlgan fizik oʻqituvchi eʼtiroz bildirib qoldi. Shu taqdimotni tanqidiy koʻrib chiqsam maylimi dedi. Ruxsat berdim. Uning soʻzlari quyidagicha:

“Agar bu yengil avtomobil boʻlsa, bu mashina uzoq yurmaydi, joyidan jilmasligi ham mumkin. Chunki avtomobilni qoʻzgʻatish va yurgizish uchun maʼlum miqdordagi quvvat kerak. Mashina sirtining hajmi hamda unga joylashadigan quyosh panellari hajmini hisoblab chiqsak, bu juda kam quvvat boʻlib, mashinani qoʻzgʻatish uchun yetmaydi. Insoniyat hali bu ixtiroga yetib kela olmagan. Aks holda, avtomobil zavodlari allaqachon buni yoʻlga qoʻygan boʻlardi. Yaʼni gʻoya yaxshi, lekin samarasiz.”

Koʻryapsizmi, gʻoya rostdan ham zoʻr. Lekin uning samarasi yoʻq. Samarasiz gʻoya esa har qancha kreativ boʻlmasin yoʻqlikka mahkum. Biz kreativ gʻoyalar axlatxonasini emas, samarali gʻoyalar omborini ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak.

@birgap
👍143
Yaqinda shu masala koʻtarilgan edi. Shu kunlarda yana avj olibdi.

Shu rasmlarni joylashtirib, ikki xil e'tiroz bildirishmoqda:

1. Bu etimologiya (tilshunosliknig soʻzlarning tarixi, kelib chiqishi bilan shugʻullanadigan sohasi), 1-sinf oʻquvchisi uchun ogʻir, tushunmaydi buni. Etimologiya universitetda oʻrgatilishi kerak.

2. Soʻzlarning xato yozilganiga qarang "oʻtuk", "kerpich", "tustagʻon", "yoʻgʻurt". Darslik uchun uyat emasmi?

Hozir shu ikki xil e'tirozga javob beraman (keyingi postda).

@birgap
👍15
Eʼtirozlarga javob

1-eʼtirozga javob

Bu etimologiya (tilshunoslikning soʻzlarning tarixi, kelib chiqishi bilan shugʻullanadigan sohasi), 1-sinf oʻquvchisi uchun ogʻir, tushunmaydi buni. Etimologiya universitetda oʻrgatilishi kerak.

Birinchidan, rasmni kontekstdan yulib olgansizlar. 84-betda bola bu topshiriqqa tayyorlangan. Sayohatchi soʻz nima ekani haqida tushuncha hosil qilgan. Keyin unga shu topshiriq berilgan.

Ikkinchidan, oʻqituvchilar oʻqituvchi kitobi bor. Unda batafsilroq maʼlumot berilgan. Oʻquvchilarning savollariga javob berishi osonroq boʻlishi uchun kerakli maʼlumotlar kiritilgan.

Uchinchidan, qiyin deganda nima nazarda tutilgani tushunarsiz. Bu soʻzlarning birortasi bolaga begona emas. Hammasini hayoti davomida koʻp marta uchratgan.

Toʻrtinchidan, bunday qilish orqali oʻquvchilarga oʻzbek tili ham gʻani-gʻuni til emasligini, dunyoga koʻplab soʻzlarni berganligini anglatish, ularda gʻurur va faxr uygʻotish maqsad qilingan.

@birgap
👍32👎21👏1😁1
2-eʼtirozga javob

Soʻzlarning xato yozilganiga qarang “oʻtuk”, “kerpich”, “tustagʻon”, “yoʻgʻurt”. Darslik uchun uyat emasmi?

Bu yerda birorta soʻz xato yozilmagan. Manbalarda, qadimgi turkiy til (oʻzbek tilining ajdodi)da qanday boʻlsa, shunday berilgan. Koʻpchilik, "dazmolning tagiga nima deb yozib qoʻyishgan?" degan savolni ham berdi. Afsuski, biz shunaqamiz, oʻz boyligimizni bilmaymiz, tanimaymiz.

@birgap
👍36
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bir narsa. Bizga xato koʻringan narsa har doim ham xato boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun ham maʼlumotlarni tekshirish toʻgʻri xulosa chiqarish uchun muhim.

Rostini aytsam, kecha "Потребитель" guruhidagi postni koʻrganimda mening ham birinchi reaksiyam kulgi, istehzo boʻlgandi. Sababi - "утюг" soʻzi asl turkiy soʻz ekanligi haqida tasavvurim boʻlsa-da, "кирпич" yoki "йогурт" soʻzlari haqida bilmas edim. Google tizimiga "этимология слова кирпич", "этимология слова йогурт" deb qidiruv berdim - qidiruv tizimi bu soʻzlarning kelib chiqishi haqida maʼlumot berdi. Demak, bu yerda nimadir bor.

Respublika taʼlim markazining telegram kanalidan darslikning toʻliq variantini ochdim - guruhda keltirilgan sahifada bundan oldingi mashq vaziyatni yanada oydinlashtirdi. Unda "карандаш" soʻzining kelib chiqishi haqida maʼlumot berilgan edi, bu matn oʻquvchini postda keltirilgan rasmdagi maʼlumotni "hazm" qilishga tayyorlaydi. Darslik uchun yaratilgan metodik qoʻllanma esa shubhaga oʻrin qoldirmadi: mening dastlabki reaksiyam notoʻgʻri boʻlgan ekan.

Har safar maʼlumotlarni turli manbalardan tekshirish qiyinday, vaqt oladiganday tuyulishi mumkin, lekin rost va yolgʻon, axborot va manipulyatsiya qorishib ketgan asrimizda kimningdir xulosasi bilan yashashni, kimningdir manipulyatsiyasi qurboni boʻlishni istamasangiz, bu juda muhim.
👍36
Zoʻr avtobuslar keldi, chillachilari ishlab turibdi, qatnovlar orasi kamaydi, yoʻllarda avtobuslar uchun yoʻlaklar koʻpaydi. Bularning hammasi uchun alohida rahmat.

Ammo, nega Xitoyda Oʻzbekiston uchun yasalgan avtobuslardagi yozuvlar ruscha? Oʻzbekistonda hamma rus tilini bilishi shartmi? Nega buyurtma qilinganda bizga mana shu yozuvlarini oʻzbekcha qilib ber deyilmagan? Xitoy oʻzidan oʻzi ruscha chiqarmasa kerak. Xitoycha boʻlgandayam tushunardim-ey. Ha, endi Xitoyda yasalganda deb. Oʻzbekiston 1000 ga yaqin avtobusga buyurtma bergan. Oʻsha 1000tani oʻzbekcha qilib berasan deyish mumkin edi-ku.

@birgap
👍95👎2
🤮17👍8😁6🤔4😱4👎1
Shokir Tursun qarashlari
@birgap
Insonga umrini oʻzi istaganday oʻtkazishiga qoʻyib bersangizlarchi-a?

Maqom eshitsa nima oʻzgarardi. Sevib qolarmidi maqomni? Umuman, nega shu maqomni saqlab qolishga harakat qilinaveradi? Musiqa ijod. Qadriyat. Va u doim oʻzgarib turadi. Hozir maqom eshitmay qoʻygan boʻlsa, demak odamlarga shu kerak.

Maqomning inson didini oʻstirishda qanday oʻrni borki, madaniy saviyani oʻstirish maqsadida maqom qoʻyib beriladi deyilgan? Asos nima? Qanday oʻstiradi? Qanday tadqiqot bor bu haqida? Chunki madaniy saviyani oʻstirish deb aytishdan oldin buni maqom bilan qilish mumkin ekanini isbotlash ham kerak. Isbotlangan boʻlsa, biz ham koʻraylik. Har kuni maqom eshitishga oʻzimizni majburlaylik. Agar ilmiy tadqiqot xulosasi yoʻq boʻlsa marhamat qilib madaniy saviyamizni tinch qoʻyinglar.

Oʻzi eng avvalo madaniy saviyaning oʻlchovi qanday degan savol ham berilishi kerak. Qanday mezonlarga javob bergan odamning madaniy saviyasi yuqori boʻladi, qanday odamniki past boʻladi? Bular eng avvalda javob berilishi kerak boʻlgan savollardir.

Maqomga qarshi emasman, lekin uni majburlab tiqishtirish tarafdori emasman.

Agar maqomni soʻzi uchun (odatda gʻazal bilan aytiladi) saqlab qolish kerak boʻlsa, marhamat, vazirlik maqom soʻzlari bilan zamonaviy qoʻshiqlar yaratsin, hech kim majburlikdan emas, yoqtirib eshitib yursin.

P.S.: bolam, boʻldi-da endi, boshqa qiladigan ishing yoʻqmi desang-da shu vazirlikka

@birgap
👍44🤣12👎7🤮7👏4
Ingliz tili oʻrganishning oʻzbek tilini qoʻllashga taʼsirini oʻrganib, tahlilga tortadigan tadqiqot qilish kerak. Bu taʼsir yaqqol sezilmoqda. Masalan, bugun oʻquvchilarimga kirish soʻzlar, gaplarni fikrlarni bogʻlovchi vositalar haqida tushuncha berayotganimda ular ingliz tilidagi "linking words"larga qiyoslab oson tushunib olishdi. Eng gʻalati tomoni, "ustoz, oʻzbek tilidayam matn yozganda shunaqa qilish kerakmi, shunaqa qilsa boʻladimi?" deyishgani boʻldi.

Yana bir holat borki, ingliz tilini yaxshi bilgan oʻquvchilar oʻqib tushunish, matn yozish topshiriqlarini ingliz tilini bilmaydiganlardan yaxshi bajarishadi, chunki ingliz tili orqali bu koʻnikmalarni rivojlantirishgan

Men oʻquvchilarimga kirish soʻzlar, bogʻlovchilar, koʻmakchilar deb ajratib oʻtmayman. Hammasini bir qilib fikrni fikrga bogʻlashdagi vazifasini oʻrgatib qoʻya qolaman. Misol uchun, ammo, lekin, biroq soʻzlari yuqorida aytilgan fikrga qarama-qarshi fikr aytilayotganda shu qarama-qarshilikni koʻrsatish uchun ishlatiladi. Birinchidan, qolaversa, bundan tashqari kabi soʻzlar bir toifadagi fikrlarni ketma-ket sanaganda ishlatiladi deyman.

Xullas, yuqoridagi mavzuda yaxshigina BMI (bitiruv malakaviy ishi / diplom ishi) yoki magistrlik dissertatsiyasini yozsa boʻladi.

@birgap
👍40👏3
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Kecha Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achievement) 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan PIRLS tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. O'zbekiston bu dasturda ilk marotaba ishtirok etdi va natijalar hozircha maqtanarli emas.

O'zbekistonning natijalari haqida batafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.
🤔5👍3😢2🤯1
Oʻzbekistonning PIRLSda qayd etgan natijalari haqida ma’lumotni oʻqir ekanman shu rasmdagi qism oldin aytgan ba’zi gaplarimni isbotlaganini koʻrdim.

Avvalroq ota-onalar qanday qilib ona tili oʻqituvchisi boʻlishi mumkinligi haqida yozgan edim. Bu gaplarni osmondan olib, ichimdan toʻqib aytmaganman albatta. Oʻzimning shaxsiy tadqiqotlarim natijasi ham emas. Til oʻzlashtirish boʻyicha darslarda olgan bilimlarim, ustozlardan eshitganlarim, BMI yozish vaqtida oʻqiganim – Daymok tomonidan oʻtkazilgan tajriba xulosalariga asoslanib aytgan edim hammasini.

Kitobxon boʻlgan, bolasi bilan ishlaydigan ota-onalarning farzandlari PIRLS tadqiqotlarida ham yaxshi natijalarga erishganini koʻryapmiz mana.

@birgap
👍4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Nazarimda, Milliy o'quv dasturi asosida eng katta o'zgarish ona tili fanida bo'ldi:

1) fanning maqsadlari o'zgardi: asosiy e'tibor til qoidalarini sistematik o'rgatishga emas, tildan turli nutqiy vaziyatlarda foydalanishni o'rgatishga va nutq ko'nikmalarini (shu jumladan, o'qib tushunishni) rivojlantirishga qaratildi;

2) darsliklar ham yangi maqsadga moslashdi - ularda faqat grammatik qoidalar va ularni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar emas, o'quvchining nutqi va tafakkurini rivojlantiradigan mashqlarga e'tibor berildi;

3) boshlang'ich sinflarda alohida fan sifatida o'qitilib kelingan ona tili va o'qish bitta fanga birlashtirildi (aslida ham o'qib tushunish - nutq ko'nikmasi va ona tili darslarida rivojlantirilishi kerak);

4) oldingi boshlang'ich sinflarning o'qish darsliklariga asosan badiiy matnlar kiritilgan bo'lsa, yangi "ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklariga turli janr va mazmundagi matnlarni kiritishga harakat qilingan.

Ayrim o'qituvchilar bu o'zgarishlarni qabul qilishi qiyin bo'ldi, "ona tili emas, qurama fan bo'lgan", "biz ona tili o'qituvchilarimiz, tabiatshunoslik yoki boshqa fan emas" singari e'tirozlar ko'p bo'ldi. Chunki grammatikani o'qitish - o'quvchilarda nutq va tafakkurni rivojlantirishga qaraganda qiyinroq. Lekin kecha e'lon qilingan PIRLS natijalari, nazarimda, ona tili o'qitishdagi oldingi xatolarimiz natijasidir. Matnni tushunish (hatto ona tilida ham) - o'z-o'zidan rivojlanib qoladigan jarayon emas, unga o'rgatish kerak.

Mana bu videoda O'zbekiston 49-o'rinni egallagan 2021-yilgi PIRLS tadqiqotlarida ishlatilgan matnlardan biri va u asosidagi test savollari haqida ma'lumot keltirilgan. Matn sakkizoyoqlar haqida. Mana shunday turli mazmundagi matnlarni tushunishni o'rgatish - ona tili fanining maqsadlaridan biri, aslida. Bu ko'nikmalar o'quvchining boshqa fanlarni o'zlashtirishi uchun ham zamin yaratadi, chunki boshqa fanlardagi bilimlar ham ona tilida o'zlashtiriladi.

Agar o'quv dasturlari va darsliklar bilan bog'liq beqarorliklar bo'lmaganda edi, balki keyingi (2026-yilga mo'ljallangan) PIRLS tadqiqotlarida ona tili dasturi va darsliklaridagi o'zgarishlar samarasini ko'rish imkoni bo'lishi mumkin edi ...
👍21🔥4🤬21👎1
Channel photo updated
Sizning ma'naviy hamrohingiz bormi?

Bektosh Hotamovning aytishicha, Maktablar uchun 1-sinfdan 11-sinfgacha oʻqitiladigan "Mening ma'naviy hamrohim" nomli darsliklar tayyorlangan. Ular amalga joriy qilinadimi, qilinmaydimi bunisini bilmadim.

Mendagi e'tiroz, maktablarni propagandani amalga oshirish maskaniga aylanib qolayotgani.

Bektosh Hotamov bilan gaplashgan xodimlardan biri bolalar kattalarga salom bermay qoʻyganini ushbu darsliklarga ehtiyoj borligiga dalil sifatida keltirgan. Ya'ni shu darsliklarni oʻqiganlar ma'naviyatli boʻlib, kattalarga salom berar ekan.

Esimda, biz maktabda "Odobnoma", "Ma'naviyat asoslari", "Tarbiyaviy soat" fanlarini oʻqiganmiz. Hozir bolalar kattalarga salom bermayotgan ekan, demak bu fanlar bizga tarbiya bera olmabdi-da. Odamlarning ma'naviyatdan bezib qolishiga ham mana shunaqa fanlar sabab aslida.

Xullas, ta'limdan ilm qochdi. Ta'limning qayeriga qarama ilmsizlik. Hamma narsaning oʻz nazariyasi bor, oʻsha nazariyaga amal qilinmasa oxiri voy boʻlishi mumkin.

@birgap
👍42🤬3🥰2
Abituriyentlik paytimda DTM degich tashkilot imtihonlarga juda oz qolgan boʻlsa ham kvotalar soni, test tuziladigan kitoblar roʻyxati, yoʻnalishlar boʻyicha imtihon boʻladigan fanlarni eʼlon qilmay hammani stressga qoʻyardi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ham oʻsha DTMdan oʻrgandi shekilli. Mana, oʻquv yili boshlanishiga 3 oygina qoldi. Vazirlik esa quyidagi masalalarga hamon oydinlik kiritmagan:

1. "Mening maʼnaviy hamrohim" darsliklari mavjud boʻlsa, ular amaliyotga joriy qilinsa, darsni kim oʻtadi? Necha soat oʻtadi? Qaysi fan hisobiga oʻtadi?

2. 4-, 5-, 8-sinflarning darsliklari yangilanishi kerak edi. Milliy oʻquv dasturini joriy qilish taqvimi boʻyicha (adashmasam) shunday. Ammo vazirlik bu haqida lom-mim demayapti.

3. Tanlov fanlar boʻyicha eʼlon qilingan gʻoyaga hamon nuqta qoʻyilmagan. Ular uchun oʻquv-dasturlari, metodik mahsulotlar (taqvim mavzu reja emas) tayyorlanishi uchun soʻnggi qarorga kelib olish muhim.

Aslida, bu qarorlarni vazirlik oʻzidan soqit qilib qoʻya qoldi. Bu masalalardagi barcha huquq Administratsiya huzurida tashkil etilgan yangi Markaz zimmasiga oʻtdi. Lekin oʻsha Markaz hali ishga tushmadi, menimcha. Vazirlik ularni turtkilashi, aniqlik talab qilishi kerak.

@birgap
👍20🔥2