Shokir Tursun qarashlari
5.76K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Ommalashtirish platformasi haqida oʻylar (2-qism)

Ommalashtirish degan gʻoyada qanday xatolarimiz bor (menimcha):

1. Biz bir soatlik dars ishlanmasini ham ommalashtirish uchun yuborishga ruxsat berdik. Bir soatlik dars ishlanmasi nima? Biror mavzuning qanday texnologiyalar asosida oʻtilishi, baholanishi – oʻquvchiga yetkazilish usuli. Mavzu nima asosida shakllanadi – yagona darsliklar. Shunday ekan, dars ishlanmaning 90 foizi darslikka tayanilgan boʻladi. Bunday ishni ommalashtirish haqida oʻylashning oʻzi gʻalati.

Agar biz yagona darsliklar emas, oʻquvchi egallashi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar jamlanmasi oʻqituvchiga berilib, mana, istagan usuling, istagan topshirigʻingni qoʻlla, lekin bizga mana shu koʻnikmalarga ega oʻquvchi tayyorlab ber deydigan tizimda ishlaganimizda, HA, bir yoki bir necha soatlik dars ishlanmasini ommalashtirish haqida oʻylasak boʻlardi. Yagona darslik tizimi ishlar ekan, dars ishlanmalarni ommalashtirishni unutishimiz kerak.

2. Oʻqituvchilarga ishlarga nisbatan qoʻyiladigan qatʼiy talablar aytilmadi.
Istagan odam, istagan narsasini joyladi (birovdan koʻchirgan narsasi, 4 varaqli slaydi, darsni qanday oʻtishi haqida gapirib bergan videosi). Istagan odam oʻz ishini joylay olishiga qarshi emasman, lekin tizim unga qatʼiy talablar qoʻysa hamma ham “ijod namunasi”ni joylayvermaydi. Oʻylab koʻradi, ovora boʻlganimga arzimaydi deydi. Turmush oʻrtogʻim aytganidek, Kemridj universiteti (University of Cambridge) dunyoda 2-oʻrinda turadigan universitet. Unga hamma, istagan odam, hujjat topshirishi mumkin, lekin hamma topshirmaydi. Sababi, uning oʻqishga qabul qilish talablari mavjud. Ovora boʻlib hujjat topshirganim bilan kira olmayman deydi Potensiali yetmasligini his qiladi. Topshirmoqchi boʻlganlar esa, oʻqishga qabul qilinish imkoniyatini oshirish uchun bir necha yil davomida potensialini oshirish yoʻlida oʻz ustida ishlaydi, tayyorlanadi. Ommalashtirish.uz platformasida ham ana shunday talablar joriy qilinishi lozim. Ana shunda istagan odam istagan narsasini joylamaydi, ovoz yigʻish jarayoni ham ikkinchi planga tushib qoladi.

Nizomdagi mezonlar – pdf boʻlsin, 300 MB boʻlsin, 7 daqiqa boʻlsin, degan narsalar talab emas, shakl xolos. Talab mazmunga qoʻyilishi lozim. Mazmunga qoʻyilgan talab qanday boʻlishini keyingi qismda tushuntirishga harakat qilaman.

@birgap
👍25
Ommalashtirish platformasi haqida oʻylar (3-qism)

Masalan, metodik qoʻllanma / tavsiyaning mazmuniga qanday talablar qoʻyish mumkin:

1.
Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya sinovdan oʻtgani (kamida 50 oʻquvchi oʻrtasida) haqidagi maʼlumot mavjud.

2. Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya qaysi jihatlariga koʻra boshqalardan ustun turishi izohlangan, ilmiy tadqiqotlarning xulosalari yordamida asoslangan (ilmiy tadqiqot oʻqituvchiniki boʻlishi shart emas, lekin xulosasiga tayanishi mumkin).

3. Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya yangilik kiritishga asoslangan.

Aynan mana shunday mezonlarga mos kelmaydigan ishlar yaroqsiz deb qaraladi va ommalashtirish uchun tavsiya etilmaydi (1 million ovoz yigʻgan boʻlsa ham).

Xoʻsh, bu talablarni qoʻyishdan maqsad nima? Oʻqituvchini qiynashmi? Yoʻq, uni izlanishga undash, yangilik yaratishga undash. Oʻzi biror metod, texnologiya yoki metodologiyani boshqasidan ustun deyish uchun asoslar kerak, nega ustun? Qaysi jihatlari bilan ustun? Bu qanday aniqlandi?. Falon mavzuni tushuntirish uchun falon usuldan foydalanish yaxshi deyish bilan ish bitmaydi. Bu juda ham xato usul. Oʻqituvchilarni mana shu dunyoqarashdan ham qutqargan boʻlamiz.

Davomi boʻlsa kerak…

@birgap
👍221
Maktabimizda ajoyib anʼana bor. Juma kuni oʻquvchilar bir-birlariga rahmat aytib xat yozishadi. Kimdir vazifada yordam bergani uchun sinfdoshiga, kimdir kitob topib bergani uchun kattaroq oʻquvchiga.

Endi bu jumadan boshlab, oʻqituvchilarga ham yozish mumkin boʻlgan shekilli, menga ham ikkita xat keldi. Mana bu motivatsiya deyiladi.

Ha, maqtanyapman, lekin boshqa maktablar ham oʻrgansa boʻladigan odat. Oʻzaro munosabatlar yaxshi boʻlgan jamiyat farovonroq yashaydi.

@birgap
👍119🥰15👏8🔥6👎1😢1
Filologiya yoʻnalishiga ixtisoslashgan kanallar ancha kam, ayniqsa, “YouTube”da. Hozir sizlarga bir kanal tavsiya qilaman, unda turli asarlarning tahlili, grammatik qoidalar izohi, til va adabiyotga oid qiziqarli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Aytmoqchimanki, oʻqituvchi yoki filolog uchun kerakli kanal.

Kiring, koʻring, videolar ostida oʻz izohlaringiz qoldiring. Muallif erinmay javob beradi. Bundan tashqari, kanalga obuna boʻlib, qoʻngʻiroqcha tugmasini bosib qoʻysangiz, yangi videolar chiqqanda bexabar qolmaysiz.

Kanal manzili:
https://youtube.com/@meningtilim

P.S.: video ostida izoh yozish uchun YouTubeda roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak, oʻtib qoʻyaveringlar, yaxshi narsa.
👍298
Ommalashtirish ekspertlari oʻz ishlarini yakunladi.

Endi xulosalar umumlashtirilmoqda. IMK (ilmiy-metodik kengash)larning yakuniy xulosasini olish va sertifikatlarni tayyorlash jarayoni qoldi.

Mana shular oʻtgachgina ommalashtirishning keyingi mavsumi boshlanadi. Xatolardan xulosa chiqardik, endi bu xatolar soni kamayadi (butkul bexato ish boʻlmaydi).

@birgap
👍10
Nima deb oʻylaysizlar, IMK xulosalari ommaviy eʼlon qilinsinmi?

Nega soʻrayapman, u yerda qaysi ishlar koʻchirilgan ekani, qaysi ishlar savodsizlarcha qilingani ochiq oydin yozilgan boʻladi. Familiyangiz qarshisida koʻchirilgan ish muallifi tamgʻasi turishiga qanday qaraysiz?

Bu oʻqituvchi obroʻsiga taʼsir qiladi. Oʻquvchilari oldida bir tiyin boʻladi unqalar.

Sizlar nima deysizlar, shafqatsiz boʻlish kerakmi?

@birgap
👍43😁5🔥3
#gapning_uchini_chiqaraman

Dars ishlanma deb, darsda qoʻllanadigan slaydlarni joylashni niyat qilganlar, bu fikringizdan qayting. Ovoz yigʻishda 1000 ball olgan boʻlsangiz ham ular ommalashtirishga tavsiya etilmaydi. Chunki dars davomida qoʻllanadigan salyd bu dars ishlanma emas. Buni koʻpchilik tasdiqlasa kerak.

@birgap
👍37😢2👏1
Ekspertlardan eng koʻp tushayotgan izoh:

Ushbu ishda imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar koʻp.

Qiziq-da, oʻqituvchilar oʻz ishini joylashdan oldin imlo xatolari yoʻqmikan, deb oʻqib koʻrmaganmi yoki xato qilayotganini bilmaganmi? Nega bunaqa ishlar koʻp? E'tiborsizlarcha munosabatda boʻlishgan.

Lekin shu ammamga shu pochcham degan gap ham bor.

@birgap
😁29👍8🤩2👏1
Kitob.uz degan sayt ishga tushirilganini bilsangiz kerak. U yerda barcha darslik, metodik qoʻllanma hamda mashq daftarlarini onlayn koʻrish mumkinligidan xabardor boʻlmasangiz, aytib qoʻyay dedim.

Darsliklar manzili:
https://kitob.uz/catalog/genres/145

@birgap
👍28
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
20-26-mavzular_OʻK.pdf
12.2 MB
6-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:

Buyuk ipak yoʻli
Miniatyura - moʻjaz surat
Oqsaroyga bitilgan hikmat
Konstitutsiya - bosh qomusimiz
Davlatni kim boshqaradi?
Oʻz deputatingizni bilasizmi?
Oʻquv yili oxirida takrorlash

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍15🥰1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
18-21-mavzular_OʻK.pdf
10.7 MB
7-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:

"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali
Oliy Majlis
Mualliflik huquqi
Oʻquv yili oxirida takrorlash

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍9
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
53-65-darslar_OʻK.pdf
10.2 MB
10-sinf Ona tili 53 - 65-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍9👏62👎1
Ajoyib tendensiya haqida

Men pedagogikada gʻarbning tadqiqotlari, ishlari va qarorlarini hurmat qilaman, havasdaman. Ammo ularning baʼzi harakatlari ham borki, ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas. Umuman olganda, hozir aytadiganlarim gʻarb pedagogikasining emas, xalqaro tashkilotlarning qiligʻi. Pedagoglar aybdor emas bunda.

Xalqaro tashkilotlar taʼlim uchun pul tikadi va baʼzi huquqlarni oʻziga oladi. Masalan, dasturlar, standartlar va darsliklarga xulosa berish.

Xalqaro tashkilotlar standart va dasturlarga global fuqarolik, dunyoviylik, boshqalarga toqatlilikni kiritishni qattiq istashadi. Darsliklarda qora tanli bolalar, nogiron bolalar, sariq sochlilar, turli din vakillari ham bosh qahramon sifatida tanlanishini talab qilishadi. Lekin hijobli qizlarning rasmlariga eʼtiroz bildirishadi (kamida hijobli qizlarning rasmini qoʻyishni talab qilishmaydi). Buni diniy targʻibot deya baholashadi.

Eng alam qiladigani, bizning hukumat ham shunday oʻylaydi. Nogiron bolaning rasmi - mayli, sariq bolaning rasmi - mayli, qora tanli bolaning rasmi - mayli, yarim yalongʻoch bolaning rasmi - mayli, lekin hijobli ayol yoki qizning rasmi - yoʻq.

Tushunmayman, tenglik deganda nimani aytishadi oʻzi. Harxillik, toqatlilik tushunchalari ortida nima yotadi ularning nazdida.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, hijob bu diniy atribut emas, masalan, hoch belgisi bu aniq diniy atribut, xristian rohibalarining kiyimi aniq diniy atribut, ammo hijob kundalik kiyim. U hech yerda rasman diniy atribut sifatida tan olinmagan. MENIMCHA.

@birgap
👍52👏15🔥3
Assalomu alaykum!

Kanalni kuzatadigan barcha musulmonlarni bugungi bayram bilan qutlayman!

Oilangizga sogʻlik, baxt, farovonlik tilayman.

Yurtimiz doimo tinch boʻlsin.

@birgap
🥰5814👍14🕊9
Forwarded from IT taʼlim
Jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi

🎚️ O'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish elektron platformasidan joriy yilning 23-yanvaridan – 1-fevraliga qadar bo'lgan muddatda 34 649 nafar o'qituvchilari ro'yxatdan o'tdi va jami 9 064 ta ijodiy ishlar kelib tushdi. Ulardan 2 848 tasini metodik qo'llanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodarslar tashkil etdi.

✍️ Elektron platformaga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralash bosqichidan o'tdi. Bunda eng yaxshi ishlar o'qituvchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan aniqlandi.

🫥 2– saralashda elektron platformaga yuklangan ilg‘or ish tajribalarini baholash jarayoniga barcha fanlar kesimida 254 nafar ekspert jalb qilindi.

🏃‍♂️ So'nggi baholash natijalariga ko'ra, jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi. Shulardan 3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 68 ta ish Respublika, 104 ta ish viloyat, 279 ta ish tuman bosqichda ommalashtirildi.

Quyidagi havola orqali Ilmiy metodik kengash qarori va sertifikatlarni onlayn shaklda yuklab olish mumkin: ➡️ http://certificate-ommalashtirish.uz/table

⚙️ Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👎1
Koʻpchilik Ommalashtirish nizomi boʻyicha 1-turdan oʻtgan 100ta ishning hammasi qaysidir darajada ommalashishi kerak edi nega bunday boʻlmadi deyapti.

Oʻsha aytilayotgan nizomning shunday bandi borki, (rasmda e band) u ekspertlarga ishni ommalashtirishga tavsiya etmaslik huquqini beradi.

1-turdan yuqori ball olgan koʻp ishlar koʻchirilgan, eski dastur asosida qilingan, birorta yangiligi boʻlmagan ishlar boʻlib chiqdi. Xoʻsh, agar oʻsha e band boʻlmaganda, ana shu ishlar ham hech yoʻq tuman darajasida ommalashishi kerak edi.

@birgap
👍27👎9🥱2
Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys

Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning qiymati baribir muhim boʻlishi kerak. Qiymat uning samaradorligi asosida chiqadi.

Ikki tushunchaning farqini yaxshi tushuntirish uchun bir boʻlgan voqeani aytib beraman.

Universitet oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogikadan bir haftalik seminar oʻtyapman. Mavzular orasida kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish ham bor. 40 daqiqa davomida oʻqituvchilarga tushuncha berdim. Keyin topshiriq berdim, guruh boʻlib, kreativ gʻoya yaratishlari va uni taqdimot qilishlari kerak edi.

Bir guruh quyosh batareyalari bilan jihozlangan yengil avtomobil gʻoyasini taqdim qildi. Mashina hech qanday pul sarflamasangiz ham yuradi. Zavoddan quyosh paneli bilan chiqadi. Tabiatning oʻzi buni taʼminlaydi. Ham zararsiz. Zoʻr-a?

Bu - kreativ gʻoya.

Lekin taqdimotdan soʻng boshqa guruh aʼzosi boʻlgan fizik oʻqituvchi eʼtiroz bildirib qoldi. Shu taqdimotni tanqidiy koʻrib chiqsam maylimi dedi. Ruxsat berdim. Uning soʻzlari quyidagicha:

“Agar bu yengil avtomobil boʻlsa, bu mashina uzoq yurmaydi, joyidan jilmasligi ham mumkin. Chunki avtomobilni qoʻzgʻatish va yurgizish uchun maʼlum miqdordagi quvvat kerak. Mashina sirtining hajmi hamda unga joylashadigan quyosh panellari hajmini hisoblab chiqsak, bu juda kam quvvat boʻlib, mashinani qoʻzgʻatish uchun yetmaydi. Insoniyat hali bu ixtiroga yetib kela olmagan. Aks holda, avtomobil zavodlari allaqachon buni yoʻlga qoʻygan boʻlardi. Yaʼni gʻoya yaxshi, lekin samarasiz.”

Koʻryapsizmi, gʻoya rostdan ham zoʻr. Lekin uning samarasi yoʻq. Samarasiz gʻoya esa har qancha kreativ boʻlmasin yoʻqlikka mahkum. Biz kreativ gʻoyalar axlatxonasini emas, samarali gʻoyalar omborini ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak.

@birgap
👍143
Yaqinda shu masala koʻtarilgan edi. Shu kunlarda yana avj olibdi.

Shu rasmlarni joylashtirib, ikki xil e'tiroz bildirishmoqda:

1. Bu etimologiya (tilshunosliknig soʻzlarning tarixi, kelib chiqishi bilan shugʻullanadigan sohasi), 1-sinf oʻquvchisi uchun ogʻir, tushunmaydi buni. Etimologiya universitetda oʻrgatilishi kerak.

2. Soʻzlarning xato yozilganiga qarang "oʻtuk", "kerpich", "tustagʻon", "yoʻgʻurt". Darslik uchun uyat emasmi?

Hozir shu ikki xil e'tirozga javob beraman (keyingi postda).

@birgap
👍15