Shokir Tursun qarashlari
5.76K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
#kamsiyo
- Maktabda o'qigan kezlarimiz, bolalikda, maktabga "kamsiyo" (komissiya-tekshiruvchi ya'ni) keladi deb o'qituvchilar tashvishga tushib qolsa, mening ko'z oldimga qop-qora qo'rqinchli maxluq kelardi, chunki tojik tilida "siyoh" - qora degani, - deydi FT o'z xotiralarini hikoya qilib.
Yillar o'tdi, ammo shu vahima ta'lim dargohlarida hanuz bor.
O'qituvchi bo'lib yigirma yildan ortiq ishladim, har kuni, har majlisda "agar komissiya kelib qolsa" deb ogohlantirildi, keraksiz qog'ozbozliklar, tadbirlar, forma, tartib - qoida namoyishi kabilar ana shu sirli
"kamsiyo" hujumiga tayyor turish vositasi o'laroq targ'ib (talab) qilindi, ammo o'sha tekshiruvchi ikki martagina men ishlaydigan joyga kelgan edi.
Birinchisida 7 kishi bo'lib darsimga kirgan, bolalarning daftarini rejadagi sanaga mosligini tekshirgan, ikkinchisida O'MK degan papkani varaqlashday muhim vazifani ado etishgan edi.

Mana shu ikkita tashrif uchun 20 yildan ortiq faoliyat davrimda yuzlab qog'oz to'ldirdim, hadik ichida yashadim, ijod qilishdan ko'ra qolipga moslashishga tirishdim.
Esiz, umr..
@suvaydo
👍64😢13👏1
179-bet_audiotopshiriq-uchun.docx
13.7 KB
Hurmatli ona tili fani oʻqituvchilari ayniqsa 6-sinflarga dars oʻtuvchi oʻqituvchilar!

6-sinf Ona tili darsligining 179-betida quyidagicha topshiriq mavjud:

Audiomatnni tinglang, juft va takroriy feʼllarni yozib oling.

Bu topshiriqning audiomatni tayyorlanmagani sabab yuqoridagi faylda berilgan soʻzlarni oʻzingiz oʻqib berishingiz soʻraladi.

Bundan tashqari, ushbu topshiriqdan oldin oʻquvchilarga lugʻatdan foydalanib, "juft" va "takror" soʻzlari nimani anglatishini aniqlashlarini aytsangiz ham boʻladi. Bu soʻzlarning izohini lugʻatdan koʻrish orqali oʻquvchilarda atamaning mohiyati boʻyicha tasavvur yaxshiroq shakllanadi.

Ushbu kamchilik keyingi yilgacha bartaraf etiladi. Hushyor ustozlarga alohida rahmat!

@birgap
👍48👎14🔥2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Tanlov boshlanibdi!

Tanlov shartlari:
Qatnashuvchilar yoshi: 3-8 yoshdagi bolalar
Jarayon:

☝️1. Bola “Oq ayiq qayerda?” mavzusiga rasm chizadi.
☝️2. Rasmga qarab oʻz hikoyasini toʻqidi va uni telefon videosiga aytib beradi.

Video shartlari:
· davomiyligi 1 daqiqadan ortmasligi kerak
· bolaning tovushi yaxshi eshitilishi kerak
· bolaning yuzi va u chizgan rasm ravshan koʻrinishi kerak

☝️3. Yozilib olingan video 👉@kichik_ijodkor2023👈 (t.me/kichik_ijodkor2023) Telegram kanaliga quyidagi maʼlumotlar bilan birga joylashtiriladi:
· Videodagi bolaning ismi familiyasi
· Yoshi
· Yashaydigan shahri/viloyati

Barcha talablarga toʻgʻri kelgan videolargina tanlovda qatnashish uchun qabul qilinadi va Dinara Muminovaning Facebookdagi “Kichik ijodkor” 2023 tanlovi sahifasiga joylanadi.

Bu yerda tanlov shartlari bilan to'liq tanishib chiqing. 👉
https://telegra.ph/TANLOVNI-BOSHLADIK-03-31
👍5🔥1😁1
Ommalashtirish platformasi haqida oʻylar (1-qism)

Oʻqituvchilar ommalashtirish.uz platformasiga oʻz ijod namunalarini joylashtirishdi. Keyin hamma oʻzi uchun ovoz yigʻishni boshladi. Kimdir reklama qildi, kimdir iltimos. Kimdir barcha tanish oʻqituvchilariga yolvordi. "Men sizga ovoz berdim, endi siz ham menga ovoz berib yuboring", – deganlar ham boʻldi. Bu birinchi tur edi.

Afsuski, birinchi tur jamoatchilikda keskin eʼtirozlarni keltirib chiqardi. Kim olgʻirroq boʻlsa, oʻsha yutib ketdi. Yaxshi ishlar qolib ketdi degan keskin fikr shakllandi. Deyarli hamma birinchi turdan norozi.

Oʻylab qaraganda, bu ovoz yigʻish jarayoni, aslida, oʻta tabiiy jarayon. Qonunchilik oʻz ijod namunasini targʻib qilish usullarini cheklamaydi (agar u ijod namunasi qonunga zid va qoʻporuvchilik gʻoyalari bilan sugʻorilmagan boʻlsa). Men buni toʻgʻri qabul qilishimiz kerakligini soʻragan boʻlardim. Yaʼni ovoz berish jarayoni jamoatchilik aytganiday, juda yomon va yaroqsiz emas. Bir oʻqituvchi oʻz karyerasi yoʻlida turli usullarni qoʻllayapti. Oʻz ishini boshqalarga qoʻrqmay koʻrsatyapti. Mana shu meni ishim, kiringlar, koʻringlar, baholanglar deyapti.

Hozir hamma bu bosqichni bekor qilishni soʻrayapti. Men esa biroz shoshmaslikni, doʻppini bir chetga qoʻyib, oʻylab koʻrishni taklif qilaman. Balkim, ovoz berishni qoldirib, jarayonning oʻzini qayta koʻrib chiqarmiz. Yaʼni muammo ovoz yigʻishda emas, ommalashtirish degan gʻoyaning oʻzida boʻlsa-chi?

@birgap
👍17
Ommalashtirish platformasi haqida oʻylar (2-qism)

Ommalashtirish degan gʻoyada qanday xatolarimiz bor (menimcha):

1. Biz bir soatlik dars ishlanmasini ham ommalashtirish uchun yuborishga ruxsat berdik. Bir soatlik dars ishlanmasi nima? Biror mavzuning qanday texnologiyalar asosida oʻtilishi, baholanishi – oʻquvchiga yetkazilish usuli. Mavzu nima asosida shakllanadi – yagona darsliklar. Shunday ekan, dars ishlanmaning 90 foizi darslikka tayanilgan boʻladi. Bunday ishni ommalashtirish haqida oʻylashning oʻzi gʻalati.

Agar biz yagona darsliklar emas, oʻquvchi egallashi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar jamlanmasi oʻqituvchiga berilib, mana, istagan usuling, istagan topshirigʻingni qoʻlla, lekin bizga mana shu koʻnikmalarga ega oʻquvchi tayyorlab ber deydigan tizimda ishlaganimizda, HA, bir yoki bir necha soatlik dars ishlanmasini ommalashtirish haqida oʻylasak boʻlardi. Yagona darslik tizimi ishlar ekan, dars ishlanmalarni ommalashtirishni unutishimiz kerak.

2. Oʻqituvchilarga ishlarga nisbatan qoʻyiladigan qatʼiy talablar aytilmadi.
Istagan odam, istagan narsasini joyladi (birovdan koʻchirgan narsasi, 4 varaqli slaydi, darsni qanday oʻtishi haqida gapirib bergan videosi). Istagan odam oʻz ishini joylay olishiga qarshi emasman, lekin tizim unga qatʼiy talablar qoʻysa hamma ham “ijod namunasi”ni joylayvermaydi. Oʻylab koʻradi, ovora boʻlganimga arzimaydi deydi. Turmush oʻrtogʻim aytganidek, Kemridj universiteti (University of Cambridge) dunyoda 2-oʻrinda turadigan universitet. Unga hamma, istagan odam, hujjat topshirishi mumkin, lekin hamma topshirmaydi. Sababi, uning oʻqishga qabul qilish talablari mavjud. Ovora boʻlib hujjat topshirganim bilan kira olmayman deydi Potensiali yetmasligini his qiladi. Topshirmoqchi boʻlganlar esa, oʻqishga qabul qilinish imkoniyatini oshirish uchun bir necha yil davomida potensialini oshirish yoʻlida oʻz ustida ishlaydi, tayyorlanadi. Ommalashtirish.uz platformasida ham ana shunday talablar joriy qilinishi lozim. Ana shunda istagan odam istagan narsasini joylamaydi, ovoz yigʻish jarayoni ham ikkinchi planga tushib qoladi.

Nizomdagi mezonlar – pdf boʻlsin, 300 MB boʻlsin, 7 daqiqa boʻlsin, degan narsalar talab emas, shakl xolos. Talab mazmunga qoʻyilishi lozim. Mazmunga qoʻyilgan talab qanday boʻlishini keyingi qismda tushuntirishga harakat qilaman.

@birgap
👍25
Ommalashtirish platformasi haqida oʻylar (3-qism)

Masalan, metodik qoʻllanma / tavsiyaning mazmuniga qanday talablar qoʻyish mumkin:

1.
Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya sinovdan oʻtgani (kamida 50 oʻquvchi oʻrtasida) haqidagi maʼlumot mavjud.

2. Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya qaysi jihatlariga koʻra boshqalardan ustun turishi izohlangan, ilmiy tadqiqotlarning xulosalari yordamida asoslangan (ilmiy tadqiqot oʻqituvchiniki boʻlishi shart emas, lekin xulosasiga tayanishi mumkin).

3. Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya yangilik kiritishga asoslangan.

Aynan mana shunday mezonlarga mos kelmaydigan ishlar yaroqsiz deb qaraladi va ommalashtirish uchun tavsiya etilmaydi (1 million ovoz yigʻgan boʻlsa ham).

Xoʻsh, bu talablarni qoʻyishdan maqsad nima? Oʻqituvchini qiynashmi? Yoʻq, uni izlanishga undash, yangilik yaratishga undash. Oʻzi biror metod, texnologiya yoki metodologiyani boshqasidan ustun deyish uchun asoslar kerak, nega ustun? Qaysi jihatlari bilan ustun? Bu qanday aniqlandi?. Falon mavzuni tushuntirish uchun falon usuldan foydalanish yaxshi deyish bilan ish bitmaydi. Bu juda ham xato usul. Oʻqituvchilarni mana shu dunyoqarashdan ham qutqargan boʻlamiz.

Davomi boʻlsa kerak…

@birgap
👍221
Maktabimizda ajoyib anʼana bor. Juma kuni oʻquvchilar bir-birlariga rahmat aytib xat yozishadi. Kimdir vazifada yordam bergani uchun sinfdoshiga, kimdir kitob topib bergani uchun kattaroq oʻquvchiga.

Endi bu jumadan boshlab, oʻqituvchilarga ham yozish mumkin boʻlgan shekilli, menga ham ikkita xat keldi. Mana bu motivatsiya deyiladi.

Ha, maqtanyapman, lekin boshqa maktablar ham oʻrgansa boʻladigan odat. Oʻzaro munosabatlar yaxshi boʻlgan jamiyat farovonroq yashaydi.

@birgap
👍119🥰15👏8🔥6👎1😢1
Filologiya yoʻnalishiga ixtisoslashgan kanallar ancha kam, ayniqsa, “YouTube”da. Hozir sizlarga bir kanal tavsiya qilaman, unda turli asarlarning tahlili, grammatik qoidalar izohi, til va adabiyotga oid qiziqarli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Aytmoqchimanki, oʻqituvchi yoki filolog uchun kerakli kanal.

Kiring, koʻring, videolar ostida oʻz izohlaringiz qoldiring. Muallif erinmay javob beradi. Bundan tashqari, kanalga obuna boʻlib, qoʻngʻiroqcha tugmasini bosib qoʻysangiz, yangi videolar chiqqanda bexabar qolmaysiz.

Kanal manzili:
https://youtube.com/@meningtilim

P.S.: video ostida izoh yozish uchun YouTubeda roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak, oʻtib qoʻyaveringlar, yaxshi narsa.
👍298
Ommalashtirish ekspertlari oʻz ishlarini yakunladi.

Endi xulosalar umumlashtirilmoqda. IMK (ilmiy-metodik kengash)larning yakuniy xulosasini olish va sertifikatlarni tayyorlash jarayoni qoldi.

Mana shular oʻtgachgina ommalashtirishning keyingi mavsumi boshlanadi. Xatolardan xulosa chiqardik, endi bu xatolar soni kamayadi (butkul bexato ish boʻlmaydi).

@birgap
👍10
Nima deb oʻylaysizlar, IMK xulosalari ommaviy eʼlon qilinsinmi?

Nega soʻrayapman, u yerda qaysi ishlar koʻchirilgan ekani, qaysi ishlar savodsizlarcha qilingani ochiq oydin yozilgan boʻladi. Familiyangiz qarshisida koʻchirilgan ish muallifi tamgʻasi turishiga qanday qaraysiz?

Bu oʻqituvchi obroʻsiga taʼsir qiladi. Oʻquvchilari oldida bir tiyin boʻladi unqalar.

Sizlar nima deysizlar, shafqatsiz boʻlish kerakmi?

@birgap
👍43😁5🔥3
#gapning_uchini_chiqaraman

Dars ishlanma deb, darsda qoʻllanadigan slaydlarni joylashni niyat qilganlar, bu fikringizdan qayting. Ovoz yigʻishda 1000 ball olgan boʻlsangiz ham ular ommalashtirishga tavsiya etilmaydi. Chunki dars davomida qoʻllanadigan salyd bu dars ishlanma emas. Buni koʻpchilik tasdiqlasa kerak.

@birgap
👍37😢2👏1
Ekspertlardan eng koʻp tushayotgan izoh:

Ushbu ishda imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar koʻp.

Qiziq-da, oʻqituvchilar oʻz ishini joylashdan oldin imlo xatolari yoʻqmikan, deb oʻqib koʻrmaganmi yoki xato qilayotganini bilmaganmi? Nega bunaqa ishlar koʻp? E'tiborsizlarcha munosabatda boʻlishgan.

Lekin shu ammamga shu pochcham degan gap ham bor.

@birgap
😁29👍8🤩2👏1
Kitob.uz degan sayt ishga tushirilganini bilsangiz kerak. U yerda barcha darslik, metodik qoʻllanma hamda mashq daftarlarini onlayn koʻrish mumkinligidan xabardor boʻlmasangiz, aytib qoʻyay dedim.

Darsliklar manzili:
https://kitob.uz/catalog/genres/145

@birgap
👍28
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
20-26-mavzular_OʻK.pdf
12.2 MB
6-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:

Buyuk ipak yoʻli
Miniatyura - moʻjaz surat
Oqsaroyga bitilgan hikmat
Konstitutsiya - bosh qomusimiz
Davlatni kim boshqaradi?
Oʻz deputatingizni bilasizmi?
Oʻquv yili oxirida takrorlash

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍15🥰1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
18-21-mavzular_OʻK.pdf
10.7 MB
7-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:

"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali
Oliy Majlis
Mualliflik huquqi
Oʻquv yili oxirida takrorlash

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍9
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
53-65-darslar_OʻK.pdf
10.2 MB
10-sinf Ona tili 53 - 65-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍9👏62👎1
Ajoyib tendensiya haqida

Men pedagogikada gʻarbning tadqiqotlari, ishlari va qarorlarini hurmat qilaman, havasdaman. Ammo ularning baʼzi harakatlari ham borki, ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas. Umuman olganda, hozir aytadiganlarim gʻarb pedagogikasining emas, xalqaro tashkilotlarning qiligʻi. Pedagoglar aybdor emas bunda.

Xalqaro tashkilotlar taʼlim uchun pul tikadi va baʼzi huquqlarni oʻziga oladi. Masalan, dasturlar, standartlar va darsliklarga xulosa berish.

Xalqaro tashkilotlar standart va dasturlarga global fuqarolik, dunyoviylik, boshqalarga toqatlilikni kiritishni qattiq istashadi. Darsliklarda qora tanli bolalar, nogiron bolalar, sariq sochlilar, turli din vakillari ham bosh qahramon sifatida tanlanishini talab qilishadi. Lekin hijobli qizlarning rasmlariga eʼtiroz bildirishadi (kamida hijobli qizlarning rasmini qoʻyishni talab qilishmaydi). Buni diniy targʻibot deya baholashadi.

Eng alam qiladigani, bizning hukumat ham shunday oʻylaydi. Nogiron bolaning rasmi - mayli, sariq bolaning rasmi - mayli, qora tanli bolaning rasmi - mayli, yarim yalongʻoch bolaning rasmi - mayli, lekin hijobli ayol yoki qizning rasmi - yoʻq.

Tushunmayman, tenglik deganda nimani aytishadi oʻzi. Harxillik, toqatlilik tushunchalari ortida nima yotadi ularning nazdida.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, hijob bu diniy atribut emas, masalan, hoch belgisi bu aniq diniy atribut, xristian rohibalarining kiyimi aniq diniy atribut, ammo hijob kundalik kiyim. U hech yerda rasman diniy atribut sifatida tan olinmagan. MENIMCHA.

@birgap
👍52👏15🔥3
Assalomu alaykum!

Kanalni kuzatadigan barcha musulmonlarni bugungi bayram bilan qutlayman!

Oilangizga sogʻlik, baxt, farovonlik tilayman.

Yurtimiz doimo tinch boʻlsin.

@birgap
🥰5814👍14🕊9