Shokir Tursun qarashlari
5.75K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
20-26-mavzular_OʻK.pdf
12.2 MB
6-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:

Buyuk ipak yoʻli
Miniatyura - moʻjaz surat
Oqsaroyga bitilgan hikmat
Konstitutsiya - bosh qomusimiz
Davlatni kim boshqaradi?
Oʻz deputatingizni bilasizmi?
Oʻquv yili oxirida takrorlash

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍19🤔1
18-21-mavzular_OʻK.pdf
10.7 MB
7-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:

"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali
Oliy Majlis
Mualliflik huquqi
Oʻquv yili oxirida takrorlash

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍8
53-65-darslar_OʻK.pdf
10.2 MB
10-sinf Ona tili 53 - 65-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 kunlik bepul onlayn marafon orqali mental arifmetika kasbini o'rganib oling!


Darslar kim uchun?
- Mental arifmetikaga qiziqadigan barcha uchun.

Darsni kim o'tadi?
- Darslarni minglab shogirdlar chiqargan, 4 yillik tajribaga ega ustoz Muhammad Husayn ustoz o'tadilar.

Marafon qachon boshlanadi?
- 11-mart, 20:00da birinchi dars bo'lib o'tadi.

Marafonda qatnashish necha pul?
- Mutlaqo BEPUL!

Qanday qatnashsam bo'ladi?
- Mana shu link orqali ro'yxatdan o'tasiz va sizga marafon bo'lib o'tadigan yopiq kanal havolasi beriladi.

Postni yaqinlaringiz ulashing, AbakusShop do’konidan bitta kitobni bepul qo'lga kiriting!

👉Ro'yxatdan o'tish uchun ko'k yozuv ustiga bosing:
https://ustozpro.uz/p/marafon-mart/

Bu postni 7ta tanishingizga yuboring, skrinshotni @abakus_sotuvchi’ga jo’nating va sovg'a vaucherini qo’lga kiriting

@ustozpro_uz - o’qituvchilar kasbiy rivojlanish markazi
👍7
Forwarded from IT taʼlim
Darslabki saralashdan 2048 ta ish o'tgan deb topildi

⬇️www.ommalashtirish.uz elektron platformasiga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralashdan o'tdi.

⚙️ 1-saralashning yakuniy natijalari haqida quyidagi link orqali bilib oling!
➡️https://ommalashtirish.uz/result-teacher-season

⚙️ Fanlar kesimida baholashga qabul qilingan ishlar soni haqida quyidagi havola orqali bilib oling!
➡️https://telegra.ph/Dastlabki-saralashdan-otgan-ishlar-soni-03-11

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👎4
Shokir Tursun qarashlari
@birgap
Mana bu videoni qarang, unda oʻqituvchilar tarmoqda mashhur boʻlgan qoʻshiqqa oʻz talqinlarida video olishgan.

Qoʻshiqda "муж купил" yaʼni, "erim olib bergan" degan soʻzlar bor. Maktab oʻqituvchilari esa eri olib bergan narsani koʻrsatmoqda. Biri sumkasini, biri kiyimini, biri telefonini.

"Militsiya UZB" degan tagi-tugi nomaʼlum norasmiy telegram kanalda esa bu video ostiga "dars berish oʻrniga trendga ergashib yurishibdi, oʻqituvchilar ahvoli shu" mazmunida yozib ulashgan.

Yakkasaroy tumani hokimiyati esa bu voqeaga izoh bildirib, maktab direktori bilan suhbat uyushtirilgani, ularga tushuntirish ishlari olib borilgani haqida rasmiy munosabat bermoqda.

Xoʻsh, tafakkur qilib ayting-chi, oʻqituvchilar ishida nima yomonlik bor? Mehnat kodeksining qaysi bandini buzishgan? Oʻqituvchiga xursandchilik qilish mumkin emasmi? Nega ular bilan hokimiyat suhbat uyushtirib, tushuntirish ishlari olib bormoqda?

Siz mana shunday bosim ostida ushlanadigan oʻqituvchi kelajakda normal odam tayyorlab bera olishiga qanchalik ishonasiz?

Menimcha, bu vaziyatda vazirlik oʻqituvchilarni himoya qilishi, ular bilan suhbat uyushtirishdan oldin vazirlik bilan bogʻlanish kerakligini aytishi, tuman hokimligi oʻqituvchilarga bosim qilmasligi kerakligini eslatishi, bu vaziyat takrorlansa hokimiyat bilan sudlashishlari (ishchanligiga salbiy taʼsir oʻtkazgani uchun) mumkinligini bildirishi kerak.

Aslida bunday munosabatni Kasaba uyushmalari federatsiyasi berishi kerak, lekin bu federatsiyaning nomi ulugʻ, suprasi yoʻq (quruq emas, suprasi yoʻq).

Oʻqituvchilarni kimdir himoya qilishi kerak.

@birgap
👍129🔥4👏41👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish  6-aprelgacha davom etadi
👍10
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
Birinchi liga qishki mavsumi ham yakunlandi!

Bugun “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan Birinchi liga qishki mavsumi so‘nggi turi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Jami 12 tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar kuchli beshlikni egalladi:

1-o‘rin: Sodiq school jamoasi;
2-o‘rin: Kronos jamoasi;
3-o‘rin: OKMK jamoasi;
4-o‘rin: Novator jamoasi;
5-o‘rin: Born to win jamoasi.

💰Kuchli uchlikni egallagan jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - 9 million so‘m;
2-o‘rin - 7 million so‘m;
3-o‘rin - 5 million so‘m.

Nizomga asosan yuqoridagi besh jamoa Professional ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

@zakovatklubi
👍353🔥1
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
#kamsiyo
- Maktabda o'qigan kezlarimiz, bolalikda, maktabga "kamsiyo" (komissiya-tekshiruvchi ya'ni) keladi deb o'qituvchilar tashvishga tushib qolsa, mening ko'z oldimga qop-qora qo'rqinchli maxluq kelardi, chunki tojik tilida "siyoh" - qora degani, - deydi FT o'z xotiralarini hikoya qilib.
Yillar o'tdi, ammo shu vahima ta'lim dargohlarida hanuz bor.
O'qituvchi bo'lib yigirma yildan ortiq ishladim, har kuni, har majlisda "agar komissiya kelib qolsa" deb ogohlantirildi, keraksiz qog'ozbozliklar, tadbirlar, forma, tartib - qoida namoyishi kabilar ana shu sirli
"kamsiyo" hujumiga tayyor turish vositasi o'laroq targ'ib (talab) qilindi, ammo o'sha tekshiruvchi ikki martagina men ishlaydigan joyga kelgan edi.
Birinchisida 7 kishi bo'lib darsimga kirgan, bolalarning daftarini rejadagi sanaga mosligini tekshirgan, ikkinchisida O'MK degan papkani varaqlashday muhim vazifani ado etishgan edi.

Mana shu ikkita tashrif uchun 20 yildan ortiq faoliyat davrimda yuzlab qog'oz to'ldirdim, hadik ichida yashadim, ijod qilishdan ko'ra qolipga moslashishga tirishdim.
Esiz, umr..
@suvaydo
👍64😢13👏1
179-bet_audiotopshiriq-uchun.docx
13.7 KB
Hurmatli ona tili fani oʻqituvchilari ayniqsa 6-sinflarga dars oʻtuvchi oʻqituvchilar!

6-sinf Ona tili darsligining 179-betida quyidagicha topshiriq mavjud:

Audiomatnni tinglang, juft va takroriy feʼllarni yozib oling.

Bu topshiriqning audiomatni tayyorlanmagani sabab yuqoridagi faylda berilgan soʻzlarni oʻzingiz oʻqib berishingiz soʻraladi.

Bundan tashqari, ushbu topshiriqdan oldin oʻquvchilarga lugʻatdan foydalanib, "juft" va "takror" soʻzlari nimani anglatishini aniqlashlarini aytsangiz ham boʻladi. Bu soʻzlarning izohini lugʻatdan koʻrish orqali oʻquvchilarda atamaning mohiyati boʻyicha tasavvur yaxshiroq shakllanadi.

Ushbu kamchilik keyingi yilgacha bartaraf etiladi. Hushyor ustozlarga alohida rahmat!

@birgap
👍48👎14🔥2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Tanlov boshlanibdi!

Tanlov shartlari:
Qatnashuvchilar yoshi: 3-8 yoshdagi bolalar
Jarayon:

☝️1. Bola “Oq ayiq qayerda?” mavzusiga rasm chizadi.
☝️2. Rasmga qarab oʻz hikoyasini toʻqidi va uni telefon videosiga aytib beradi.

Video shartlari:
· davomiyligi 1 daqiqadan ortmasligi kerak
· bolaning tovushi yaxshi eshitilishi kerak
· bolaning yuzi va u chizgan rasm ravshan koʻrinishi kerak

☝️3. Yozilib olingan video 👉@kichik_ijodkor2023👈 (t.me/kichik_ijodkor2023) Telegram kanaliga quyidagi maʼlumotlar bilan birga joylashtiriladi:
· Videodagi bolaning ismi familiyasi
· Yoshi
· Yashaydigan shahri/viloyati

Barcha talablarga toʻgʻri kelgan videolargina tanlovda qatnashish uchun qabul qilinadi va Dinara Muminovaning Facebookdagi “Kichik ijodkor” 2023 tanlovi sahifasiga joylanadi.

Bu yerda tanlov shartlari bilan to'liq tanishib chiqing. 👉
https://telegra.ph/TANLOVNI-BOSHLADIK-03-31
👍5🔥1😁1
Ommalashtirish platformasi haqida oʻylar (1-qism)

Oʻqituvchilar ommalashtirish.uz platformasiga oʻz ijod namunalarini joylashtirishdi. Keyin hamma oʻzi uchun ovoz yigʻishni boshladi. Kimdir reklama qildi, kimdir iltimos. Kimdir barcha tanish oʻqituvchilariga yolvordi. "Men sizga ovoz berdim, endi siz ham menga ovoz berib yuboring", – deganlar ham boʻldi. Bu birinchi tur edi.

Afsuski, birinchi tur jamoatchilikda keskin eʼtirozlarni keltirib chiqardi. Kim olgʻirroq boʻlsa, oʻsha yutib ketdi. Yaxshi ishlar qolib ketdi degan keskin fikr shakllandi. Deyarli hamma birinchi turdan norozi.

Oʻylab qaraganda, bu ovoz yigʻish jarayoni, aslida, oʻta tabiiy jarayon. Qonunchilik oʻz ijod namunasini targʻib qilish usullarini cheklamaydi (agar u ijod namunasi qonunga zid va qoʻporuvchilik gʻoyalari bilan sugʻorilmagan boʻlsa). Men buni toʻgʻri qabul qilishimiz kerakligini soʻragan boʻlardim. Yaʼni ovoz berish jarayoni jamoatchilik aytganiday, juda yomon va yaroqsiz emas. Bir oʻqituvchi oʻz karyerasi yoʻlida turli usullarni qoʻllayapti. Oʻz ishini boshqalarga qoʻrqmay koʻrsatyapti. Mana shu meni ishim, kiringlar, koʻringlar, baholanglar deyapti.

Hozir hamma bu bosqichni bekor qilishni soʻrayapti. Men esa biroz shoshmaslikni, doʻppini bir chetga qoʻyib, oʻylab koʻrishni taklif qilaman. Balkim, ovoz berishni qoldirib, jarayonning oʻzini qayta koʻrib chiqarmiz. Yaʼni muammo ovoz yigʻishda emas, ommalashtirish degan gʻoyaning oʻzida boʻlsa-chi?

@birgap
👍17