Shokir Tursun qarashlari
5.79K subscribers
854 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Endi kulminatsion savol:

Oʻquvchilarga turli uslub va turlicha maqsad-mazmundagi matnlar berilishi kerak boʻlsa ular qanday boʻladi?

Barchamiz bilamizki, avvalgi Ona tili darsliklarida faqat badiiy asarlardan olingan parchalar yoki gazetada badiiy uslubda yozilgan matnlardan uzib olingan gaplar berilar edi. Matn deyarli berilmagan (bu bilan avvalgi darsliklar yomon demayapman, ularning yondashuvi boshqa edi, ular nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishni maqsad qilmagan edi).

Yangi darsliklarda turli uslubdagi (badiiy, ommabop, ilmiy-ommabop, rasmiy), turlicha maqsad-mazmundagi (koʻngil yozish, axborot berish, tushuntirish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, ishontirish, tasvirlash va tavsiflash, murojaat qilish) matnlar berilgani sababi yuqorida savollarga javoblarda berildi. Shu matnlar turli fanlarga oid boʻlishi oʻta-oʻta tabiiy hol-ku. Buning nimasi sizni qiynoqqa solyapti? Axir ilmiy-ommabop matn hayotimizda eng koʻp uchratadigan matnimiz ekan, u oʻzida turli fanlarni qamrab olar ekan, nega ona tili oʻsha mazmundagi materiallardan foydalanmasligi kerak? Nega ularni tushunish, tahlil qilish, yaratishni oʻrgatmasligi kerak ekan? Buning mantigʻi qayerda?

Faqatgina bir uslubdagi (badiiy), bir maqsad-mazmundagi (koʻngil ochish) matnlar va ulardan yulib olingan gaplarni qoʻllash orqali oʻquvchida nutqiy kompetensiyani rivojlantirib boʻlmasligini tushundingiz, deb oʻylayman.

Darslikda berilgan matnlardagi maʼlumotlar yodlash yoki oʻsha fanni oʻrgatish uchun emas, oʻquvchida oʻsha uslub va maqsad-mazmunda muloqot koʻnikmasini (nutqiy kompetensiyani) rivojlantirish, uni tilning real materiallari bilan tanishtirish maqsadida berilganni ham anglab yetgan boʻlsangiz kerak.

“Nega unda 6-7-sinf Ona tili darsliklarida badiiy matnlar koʻrinmaydi?”, – deyishingiz mumkin. Javob oddiy, chunki bu uslubdagi matnlar ustida ishlash uchun alohida Adabiyot fani mavjud.

@birgap
👍28👎9🥰1💩1
Menimcha, shuning oʻzi yetarli boʻlishi kerak. Tafakkur qilishni oʻzingizga qoldirdim.

@birgap
👍27🔥53👎3
Assalomu alaykum! Kecha matnlar mavzusi nega bunaqa ekani haqida tushuntirishga urindim. Hamma oʻziga xulosa chiqarib oldi, degan umiddaman.

Bugungi mavzu grammatik qoidalarning tartibsiz ekani.

Aslida tartib bor. Buning qanday tartib ekanini bugun bilib olasiz.

Oldindan aytib qoʻyay, bugun uzun-uzun narsalarni oʻqishga toʻgʻri keladi.

Hozir hamma ishda, men ham. Shuning uchun kechga tomon boshlaymiz.

@birgap
👍43🤔1
Bugun ajoyib kun boʻldi. Maktabda kengashga kirdim. Yarim yillik hisobotlar tinglandi. Bizning maktabda Sifat nazorati boʻlimi mavjud. Oʻsha boʻlim ikki xil soʻrovnoma oʻtkazibdi. Birinchisi, oʻquvchilarning eng sevimli oʻqituvchisi kim ekanini, ikkinchisi, kim yaxshi dars oʻtishini aniqlashga qaratilgan soʻrovnoma ekan.

Meni xursand qilgani, har ikki soʻrovnomada ham eng yaxshi 5ta oʻqituvchi roʻyxatida ekanman.

Odam boshqacha xursand boʻlarkan.

@birgap
👍181👏3416🔥7
39-43-darslar_OʻK.pdf
3.6 MB
10-sinf Ona tili 39 - 43-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍18🥰2
Assalomu alaykum!

6-7-sinf nazorat ishlariga tavsiyalarni ertaga e'lon qilamiz, Xudo xohlasa. Ungacha, qaysi nazorat ishiga yetib kelganingizni izohlarda yozib keting.

P.S.: yuqoridagi grammatikaning betartib ekani haqidagi masalani unutmadik. Toʻychilik deganday, ishlar juda koʻpayib ketdi.

@birgap
👍28👎3🤔3
Forwarded from GrantGO
"Sunday Talks" navbatdagi soni
Filologlar xorijda o‘qishi uchun qanday yo‘nalish va grantlar bor?

👩‍🎓 "Sunday Talks" ushbu soni spikeri jamoamiz a'zosi, kompyuter lingvistikasi yo'nalishi magistratura talabasi — Mohiyaxon Uzoqova

Suhbat davomida filologiya talabalari uchun chet elda o'qish uchun qanday yo'nalishlar va grantlar mavjud ekani haqida ma'lumot berib o'tamiz

Barcha qiziquvchilarni 12-fevral, Yakshanba soat 20:30 da @grantgouz kanalida kutib qolamiz!

Kimlar uchun
— Filologiya fanlari talabalari
— Chet elda o'qishni davom ettirish uchun o'ziga mos yo'nalish topishga qiynalayotganlar

Suhbat vaqti
12.02.2023 20:30

Suhbat joyi
@grantgouz kanali

Mohiyaxon Uzoqova blogi
@komp_ling_uz

#sunday_talks

Telegram | Youtube | Instagram
👍13🔥3
17_Sayyohlarga-gidlik-qilsam-chi_OʻK.pdf
2 MB
6-sinf Ona tili "Sayyohlarga gidlik qilsam-chi?" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍3
Audio
#6-sinf_audio_matn
6-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn

🎧Sayyohlarga gidlik qilsam-chi 151-bet

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍15
Audio
6-sinf. Ona tili. 157-bet.

Ulugʻbek rasadxonasi haqidagi audiomatn.

@birgap
👍7
15_Ochiq-osmon-ostidagi-muzey_OʻK.pdf
2.8 MB
7-sinf Ona tili "Ochiq osmon ostidagi muzey" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍18
Audio
#7_sinf_audio_matn
7-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn

🎧Soʻrovnoma natijasini yozish 150-bet

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍121
Ommalashtirish platformasi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak.

Nima deb oʻylaysiz, ushbu platformaga keladigan ishlarning mazmuniga qoʻyiladigan talab yuqori boʻlishi ma'qulmi yoki oʻqituvchilarni qiynamaylik degan qarash bilan ishlarni baholash mezonlari oson boʻlgani ma'qulmi?

Shaxsiy fikrim shundayki, mezon talablari oʻta qattiq boʻlishi lozim. Toʻgʻri, ommalashgan ishlar uchun beriladigan mukofot katta emas, lekin bu ish namuna deyilishi uchun u texnik, metodik, pedagogik talablarni toʻliq bajarishi lozim. Qachongacha boʻlaveradi, qiynamaylik, ezmaylik yondashuvida ishlaymiz?

Oʻqituvchi sifatida kelgan ishlarning koʻpi bilan tanishdim. Ular haqida keyinroq yozaman. Bir narsani tushundimki, ommalashtirish uchun ish deganda oʻqituvchilar boshqa narsani tushunadi. Koʻpchilik bir texnologiyani koʻrsatib, mana shunaqa oʻqitish kerak degan. Menda haqli savol tugʻilyapti:

1. Bu texnologiya nimasi bilan boshqalardan ustun?

2. Bu texnologiya samarali ekanini qanday statistika bilan aniqlashgan?

3. Bu texnologiyaning samarali boʻlishini qaysi omillar ta'minlab turadi?

Mana shu savollarga javob bera olmaydigan ishlar ommalashmasligi kerak, deb oʻylayman.

Ommalashtirish mezonlari boʻyicha fikrlarimni yozib turaman.

@birgap
👍23
Jamiyatimizda ajoyib odat bor: sening boshing, uning ichidagi gʻoyalar emas, yoshing muhim. Yoshmisan, gapirishga, katta yoshdagi odamlarga qarshi chiqishga haqqing yoʻq.

Tushunmayman shu qadriyatimizni.

P.S.: rasm UNICEF tashkil etgan yigʻinda olingan. Bugun oʻquvchilarning taʼlim natijalarini baholash yuzasidan qilinishi kerak boʻlgan ishlarni aniqlash borasidagi yigʻinda edim.

@birgap
👍25👏4🤓2
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yakshanba_motivatsiyasi
Farzandingizning qobiliyatlaridan koʻra mehnatlarini koʻproq qadrlang!

🔹Nega bolaligida favqulodda isteʼdod egalarining hammasi ham hayotining keyingi qismida muvaffaqiyatga erisha olmaydi? Yoki sodda qilib aytganda isteʼdod soʻnib qoladi?

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍25
44-49-darslar_OʻK.pdf
4.7 MB
10-sinf Ona tili 44 - 49-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍5🔥3
18-19-mavzular_OʻK.pdf
3.4 MB
6-sinf Ona tili "Peshtoqdagi bitiklar" hamda "Minorayi Kalon" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍18
16-17-mazvular_OʻK.pdf
5.1 MB
7-sinf Ona tili "Temiryoʻllar" hamda "Boburnoma – memuar asar" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍212
Bir mamlakatda bir fandan bir necha xil darslik amal qilishi mumkinmi?

Bu savolga javob – ha. Lekin buni tushunish uchun standart, dastur va darslik tushunchalarini farqlab olmoq kerak.

Taʼlim standarti – maʼlum fan yuzasidan, taʼlimning maʼlum bosqichi (davri)da taʼlim oluvchi oʻrganishi, oʻzlashtirishi lozim boʻlgan koʻnikmalar jamlanmasi. Oddiyroq aytganda, taʼlim orqali boriladigan manzil. Masalan, oʻquvchi oʻquv yili oxiriga borib nimalar qila olishi kerakligi taʼlim standartlarida aks etadi. Shuning uchun uni malaka talablari, taʼlim natijalari deb ham nomlashadi. Taʼlim standartlari har bir sinf uchun alohida ishlab chiqilishi toʻgʻri boʻladi. Oʻzbekistonda avvalgi Davlat taʼlim standartlarida har bir sinf kesimida oʻquvchilarga malaka talablari qoʻyilmagan edi. 4-sinfga, 9-sinfga, 11-sinfga mavjud edi xolos. Shu muammoni hal qilish uchun Milliy oʻquv dasturi loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Milliy oʻquv dasturi nomi ostida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1 – 11-sinf oʻquvchilari uchun barcha fanlardan taʼlim standartlari ishlab chiqilgan. Milliy oʻquv dasturi qisman tasdiqlangan boʻlib, hozircha 4-, 5-, 8-, 9-, 11-sinflar loyiha darajasida turibdi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yildan Milliy oʻquv dasturi toʻliq joriy qilinishini aytmoqda.

davomi keyingi postda

@birgap
👍9
davomi, boshi avvalgi postda

Taʼlim dasturi – taʼlim standartlarida belgilangan manzilga eltuvchi yoʻl. Unda maqsadga erishish uchun qaysi yoʻldan yurilishi, nimalar qilinishi belgilangan boʻladi. Bir manzilga eltuvchi turlicha yoʻllar boʻlgani kabi, bir standart talabiga javob beradigan bir necha dasturlar boʻlishi mumkin. Yurtimizda hozircha yagona dastur amal qilmoqda. Lekin esayotgan shamollarga qarasak, muqobil dasturlar ham joriy qilinishiga yaqin qolgan. Masalan, RTI tashkiloti, Komil Allamjonov aytgan “fin darsliklari”.

Darslik – maʼlum dastur asosida yaratilgan vosita. Ha, shunday, darslik bu shunchaki vosita. Xattaxta, marker, ruchka, daftar qanday vosita boʻlsa, darslik ham shunday vosita. Darslik tabu, u taʼlim yoʻnalishini belgilab beradi deyish katta xato. Bir dastur asosida bir necha xil darslik yaratish mumkin. Eng maʼquli har bir darslik uchun alohida dastur boʻlishi. Yurtimizda muqobil darsliklar havosi ham esa boshlagan. Masalan, RTI tashkiloti tomonidan tayyorlangan, hozirda Namangan va Sirdaryoda tajriba-sinovdan oʻtayotgan darsliklar (bu darsliklar 100% muqobil); Komil Allamjonov vaʼda berayotgan, 2023 – 2024-oʻquv yilidan boshlab amalga kiritiladigan darsliklar (ular aynan muqobil boʻladimi, yoki amaldagi darsliklar oʻrniga kiritiladimi aniq bilmayman).

Xulosa shuki, bir mamlakatda bir fandan bir necha xil darslik mavjud boʻlishi oʻta tabiiy hol. Lekin oʻsha davlat qatʼiy taʼlim standartlarini belgilab olishi kerak. Hukumat komissiyasi dasturlar va darsliklarning standartlarga mos yoki aksincha ekani haqida xulosa berib tursa bas. Taʼlim standartlari ham bir davlatda yagona boʻlishi lozim. Prezident maktablari uchun alohida standart, ijod maktablari uchun alohida standart, ixtisoslashgan maktablar uchun alohida standart, umumiy oʻrta talʼim maktablari (oddiy maktablar) uchun alohida standart boʻlishi – mantiqsizlik.

@birgap
👍16