Shokir Tursun qarashlari
5.79K subscribers
854 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
13. Tutilmay_gapiraman_OʻK.pdf
187.2 KB
7-sinf Ona tili “Tutilmay gapiraman” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍17
35-dars_OʻK.pdf
785.3 KB
10-sinf Ona tili 35-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍6
36-37-dars_OʻK.pdf
1.5 MB
10-sinf Ona tili 36-37-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍81😁1
6-sinf. "Ona tili" darsligi 120-betida berilgan ushbu topshiriqda hech qanday audiomatn mavjud emas. Bunda oʻqituvchi soʻzlarni oʻzi oʻqib berishi yoki oʻquvchilarga oʻqitishi nazarda tutilgan. Ya'ni oʻquvchilar ushbu oʻzlashma soʻzlarning toʻgʻri oʻqilishi va imlosini oʻrganib olsalar bas.

@birgap
👍5
Forwarded from IT taʼlim
1-2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi majmuasi

1-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fani uchun
👇

🔹Darslikning 1-qismi;
🔹Darslikning 2-qismi;
🔹Darslik uchun audio materiallar;
🔹Mashq daftari;
🔹O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma.

2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fani uchun👇

🔹Darslikning 1-qismi;
🔹Darslikning 2-qismi;
🔹Darslik uchun audio materiallar;
🔹Mashq daftari;
🔹O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍21👎1
38-dars_OʻK.pdf
614 KB
10-sinf Ona tili 38-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍20
16. Hadislar_hikmati_O'K.pdf
170.8 KB
6-sinf Ona tili “Hadislar hikmati” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍4
14. Yozuvchi_boʻlish_osonmi_OʻK.pdf
172.3 KB
7-sinf Ona tili “Yozuvchi boʻlish osonmi?” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍11🍾2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarjimasi:

- Mana bu 5 dollarni olib qoʻying.

- Kechirasiz, men tilanchi (uysiz odam) emasman, oʻqituvchiman.

- Haa, unda mana 10 dollar.

P.S.: rahmi kelib qoʻshib berdi

@birgap
😢40👍10😁8👎5🤣3👏1
Nega ona tili darsligida turli fanlardan maʼlumotlar berilgan?

Mana shu savol qoʻpolroq aytsam, jonimga tegib ketdi.

Bu borada kattaroq material tayyorlayapman, lekin ungacha baʼzi narsalarni yozib turaman.

Qisqa-qisqa postlar boʻladi, yuraklaring siqilmay tursin.

@birgap
👍26😢7
Hurmatli ustozlar, nazorat ishiga nima olish haqida koʻp soʻrabsiz, bugun oʻqib chiqib, koʻrdim.

Afsuski, shaxsiy hayotimdagi tashvishlar sabab nazorat ishi materiallari tayyorlashga ulgurmadim.

Sizlarda ikki xil yoʻl bor:

1. Oldin bergan namunalar asosida oʻzingiz material tayyorlash.

2. Esse, insho yozdirish yoki ogʻzaki bajariladigan topshiriq berish.

Shunday boʻlib qoldi-da endi😊

P.S.: avvalgi tavsiyaviy materiallarini kanalning fayllari roʻyxatidan qarab topsangiz boʻladi.

@birgap
👍173
Biror muammoning yechimiga, odatda, turli savollar berish bilan boriladi.

“Nega ona tili darsliklarida turli fanlardan maʼlumotlar berilgan? Ona tilida fizikaga nima bor? Biz qomusiy olimmizmi?”, – deydiganlarga masalani tushuntirish uchun savollar bera boshlayman. Ular esa “meni kalaka qilyapsizmi ?”, – deya javobdan qochishadi. Hech kim bilib tugʻilmasligini aytganlar ham boʻlgan.

Aslida toʻgʻri tartibda berilgan savollarga toʻgʻri javoblarni bersak, nega shunday ekanini ham oson tushunamiz. Ishoning, hamma biladi buni, lekin savollarni toʻgʻri tartibda qoʻya olmaslikmi, javoblarni toʻliq bilmaslikmi, bilgan narsasini haq deb turib olishmi – nimadir tushunishga xalal beradi.

Har bir postda bittadan savol qoʻyaman va unga javob beraman. Ana shu postlar oxirida nega shunaqa ekanini tushunib olasiz (deb oʻylayman).

Boshladik...

@birgap
👍25
1-savol.

Ona tili fani oʻquvchida qanday kompetensiyalarni rivojlantirishi (shakllantirishi) kerak?

Ona tili fani oʻquvchida ikki xil kompetensiyani rivojlantirishi (shakllantirishi) kerak:
1. Nutqiy kompetensiya
2. Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya oʻz ichiga yana 4 koʻnikma (malaka)ni oladi:

Passiv:
1. Oʻqib tushunish
2. Tinglab tushunish

Aktiv:
1. Yozma nutq
2. Ogʻzaki nutq

@birgap
👍31
2-savol.

Nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun bizga (eng birinchi navbatda) nimalar kerak?

1. Autentik matnlar. Autentik deganda real matnlar tushuniladi. Yaʼni matn autentik deyilishi uchun u oʻrgatilayotgan til muhitida, oʻsha til tashuvchisi tomonidan yozilgan yoki professional tarzda tarjima qilingan boʻlishi lozim. Autentik matnlar real hayotiy maqsadlar, aniq auditoriya uchun yoziladi: koʻngil ochish (badiiy matnlar), xabardor qilish (axborot matnlari, oʻzida maʼlumot tashuvchi matnlar), tushuntirish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, ishontirish, hujjatlashtirish (rasmiy ish qogʻozlari). Yaʼni bunday matnlarni gazeta, jurnal, saytlar, bloglar, kitoblar, ensiklopediyalardan topish mumkin boʻladi.

Autentik matnlar til oʻqitishda juda ham muhim, chunki oʻquvchilar ular orqali real muloqotda qoʻllaniladigan til birliklarini, muloqot jarayonida sodir boʻladigan ijtimoiy-madaniy kontekstlarni oʻrganib boradi.

2. Audio va video materiallar.


@birgap
👍15
3-savol.

Matn deganda nimani tushunishimiz kerak?

Matn tushunchasi koʻpchilikning ongida juda tor shakllangan (bunda ularni aybdor qilish fikridan yiroqman). Matn bu maʼno anglatadigan hamma narsa. Yaʼni matnni kengroq qaraydigan boʻlsak, koʻchadagi svetofor ham, yoʻl belgilari ham, yoʻlkoʻrsatkichlar ham, eʼlonlar, bannerlar ham, badiiy asarlar ham, ilmiy maqolalar ham, yangilik saytlarida chiqadigan maqolalar ham va h.k. lar matndir.

@birgap
👍19👎2
4-savol.

Matnning qanday turlari bor?

Oʻzbek matnshunosligida matn turlari ajratib berilgan boʻlsa-da, metodikada ularni quyidagicha ajratgan maʼqul.

1. Uslubiga koʻra
2. Maqsad-mazmuniga koʻra

Uslubiga koʻra: badiiy, ommabop, ilmiy-ommabop, ilmiy, rasmiy.
Maqsad-mazmuniga koʻra: koʻngil yozish, axborot berish, tushuntirish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, ishontirish, tasvirlash va tavsiflash, murojaat qilish.

@birgap
👍17👎1
5-savol.

Oʻquvchining nutqiy kompetensiyasi yaxshi deyishimiz uchun u nimalarga qodir boʻlishi lozim?

Oʻqigan, eshitgan matnini tushunishi, mazmunini anglashi lozim. Turli maqsadlarda, turli auditoriya uchun ogʻzaki va yozma tarzda nutq yarata olishi zarur.

Bu maʼlum bir vaqt davomida shugʻullanish ortidan keladigan tajriba hisoblanadi. Yaʼni oʻquvchiga oʻz ona tilisida yozilgan matnlarni tushunadi deb qarash notoʻgʻri. Bu borada yaxshigina tadqiqotlar qilingan. Oʻqishni biladi degani tushunadi degani emas. Imloni biladi degani matn yarata oladi degani emas. Gaplarni biladi degani turli maqsadlarda ogʻzaki nutq tuza oladi degani ham emas.

Bu koʻnikmalar turli topshiriqlar (savollar berish, savol tuzishni oʻrgatish, qayta bayon qildirish, matn yozdirish – umuman tushunishni oʻrgatishga qaratilgan topshiriqlar) orqali rivojlantiriladi.

@birgap
👍21👎1
Maktab bitiruvchisi yuqoridagi nutqiy koʻnikmalarni oʻzlashtirishi kerakligi belgilab qoʻyilgan.

@birgap
👍12