Shokir Tursun qarashlari
5.81K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Respublika ta'lim markazi metodistlari Mansur Siddiq (Ona tili) va Sevara Xasanova (tabiiy fanlar) 6-sinf darajasida "Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusida integratsion dars tashkillashtirishibdi.

Chiqindi mavzusi kesimida ona tilining ham, tabiiy fanlarning ham oʻz koʻnikmalari mavjud. Metodistlar esa ana shu koʻnikmalarni yaxlitlash, umumiy maxrajga keltirish mumkin deb hisoblabdilar va namuna sifatida dars ham oʻtib berishibdi.

Koʻrishni qattiq tavsiya qilaman!

Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=8fgoAc-Uu_g

Video Respublika ta'lim markazi matbuot xizmati tomonidan suratga olingan hamda qayta ishlangan.

P.S.: integratsiya nima, uning foydasi qandayligi haqida keyinroq gaplashamiz.
👍14
13. Raqamlashgan-dunyo_OʻK.pdf
226.1 KB
6-sinf Ona tili “Raqamlashgan dunyo” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍6
11. Fizika-hayotni-yengillashtiradi_OʻK.pdf
177.1 KB
7-sinf Ona tili “Fizika hayotni yengillashtiradi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍9👏2
Audio
#audiomatn

Sinf: 3
Darslik: Ona tili va oʻqish savodxonligi 2-qism
Mavzu: Zamonaviy texnologiyalar
Nom: Egiluvchan robot
Bet: 6

@birgap
👍5
Bilamizki, oʻqituvchi oʻquvchi bajargan ishga, uning javobiga oʻz munosabatini, mulohazasini bildirishi kerak. Men buni izoh-mulohaza deb atayman, ingliz tilida feedback (fidbek) deyiladi.

Izoh-mulohazaning samaralisi va samarasizi boʻladi.

Endi savol:
Sizningcha, samarali izoh-mulohaza qanday boʻladi-yu, samarasizi qanday boʻladi?

Izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Toʻgʻri javobni esa keyinroq yozaman.

@birgap
👍14💩2👏1
Yaxshi yangilik bor, ertaga, Xudo xohlasa, 10-sinf "Adabiyot" darsligining oʻzbek tilidagi nusxasi rasman e'lon qilinar ekan. Ungacha esa, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillaridagi nusxalarini ulashib turaman.

Bu kitoblarni mana bu kanaldan olganman.
👍10
33-dars_OʻK.pdf
831.5 KB
10-sinf Ona tili 33-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍12
34-dars_OʻK.pdf
562.1 KB
10-sinf Ona tili 34-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍10
Assalomu alaykum! Quyida sizlarga "Ma'rifat" gazetasida e'lon qilingan 2 maqolani ulashyapman.

1. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/GIBRID-DARSLIKLAR.htm

2. http://marifat.uz/marifat/v_pomosh_uchitelu-marifat/Ona-tilimi-yoki-har-sohadan-bir-shingil.htm

Toʻgʻrisi, ikkala maqolani ham boshlaridan va oxiridan biroz oʻqidim (oʻqiy oldim), chunki hammasi siyqasi chiqqan, minglab marta tushuntirish berilgan, asoslangan, hissiyot bilan "yaratilgan" muammolar.

Oʻylab qolaman, shu odamlar biror marta oʻzimiz bilan gaplashmay, bahslashmay, haqiqatni anglashga urinmay yugurib borib, "Ma'rifat"ga yozaveradi. Gazeta ham biladi, necha marta shunday maqolalarga tushuntirish berganmiz, ammo qayta-qayta bir xil gapni chaynayveradi ular ham. Bilamiz, gazetaga "xayp" kerak.

Bizga esa oʻrganish yoqimsiz, 40 yildan beri oʻrganib qolgan issiq joyimizdan turgimiz, ketimizni koʻtarib olamga boqqimiz kelmaydi-da yuqoridagi kabi maqolalarni yozib tashlaymiz. Yomonotliq qilish shunchalik osonki bizga.

Xullas, koʻp gapirmayman, bu maqolalarda keltirilgan "ona tilida hamma fandan bir shingil ma'lumot bor", "ona tili emas gibrid", "oʻzi bu ona tilimi?" kabi e'tirozlarga mana shu kanalda ham, rasmiy kanallarda ham, saytlarda ham koʻp marta yozdik. Shunda ham tushunishmagan (tushunishni istashmagan) boʻlsa, menda boshqa gap yoʻq. Battar boʻlishsin!

Xulosa esa oʻzingizga, sizning xulosangizga men aralashmayman, oʻz fikrimni aytdim, sizda ham fikr boʻlsa bemalol qoldirib ketavering.

P.S.: darsliklarning yetkazib berilishiga muallif javobgar boʻlmaydi (buni ham milyard marta aytganman)

@birgap
👍38🔥3
adabiyot_10_2-qism_168.pdf
73.6 MB
#yangi_darslik

Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchum

🔆10-sinf Adabiyot
📌2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍11
Tovba, ruslar nima qilsa shuni toʻtiday takrorlash qon-qonimizga, genlarimizgacha oʻrnashib ketgan-ey.

Bugun bir savol soʻrashdi.

Olimlar reytingini aniqlashga qaratilgan bir indeks bor ekan - "Hirsch index" oʻshaning oʻzbekchasi qaysi harf bilan yoziladi "x"mi yoki "h"mi?

Men koʻp oʻylamasdan, "h" dedim. Chunki ingliz tilidagi bu atama oʻsha tilning oʻzida ham "Hirsch index" deb yoziladi. Ya'ni "h" bilan.

Keyin Fanlar Akademiyasi "xirsh" deb yozarkan-da deyishdi.

Saytlarini qarab koʻrsam rostdan ham xirsh indeksi deb yozisharkan. Bundan tashqari Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar akademiyasi, Yangi Oʻzbekiston gazetasi ham "xirsh" deb yozarkan.

Endi menda savol tugʻildi. Nega "hirsh" emas "xirsh", bunda hikmat ne?

Tanish muharrirdan soʻrasam Vikipediyada rus tilidagi Индекс Хирша degan maqolaga havola yubordi. Tushundimki, bu atamani ruslar qanday yozsa shunday olganmiz. Oʻsha Fanlar Akademiyasining ham, gazeta muharrirlarining ham aqliga ruslarda "h" yoʻq, shuning uchun hamma narsani "x" bilan yozishadi, bizda "h" bor oʻshandan foydalanaylik degan fikr kelmagan boʻlsa deb tutaqdim.

Nega hamma narsani ruslar qanday qilsa shunday qilishimiz kerak? Nega asl manbadan emas, ruslar orqali olib kelishimiz kerak hamma narsani? Haliyam ulardan ozod boʻlmadikmi? Oʻzi O.Henryni O'Genri, Harry Potterni Garri Potter, Heinrich Heineni Genrix Geyne qilib olganimiz kam edi. Endi ingliz tili bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqamiz boʻlsa ham oraga rus dallolini qoʻshaveramizmi?

Birinchi navbatda ongni mustaqil qilib olmoq zarur, tananing mustaqilligiga oʻshandagina erishiladi.

@birgap
👍68👏7🔥5
#mana_grammatika

"Ona tili" darsliklarida grammatika yoʻq deydiganlar uchun (2-qism)

Koʻpchilik yangi yondashuvdagi “Ona tili” darsliklarida grammatika yoʻq deb jar solmoqda. Men ular bilan tortishmoqchi emasman. 7-sinf darsligidagi grammatik mashqlar va qoidalarni rasm koʻrinishida yigʻib chiqdim, shuni e’tiboringizga havola qilmoqchiman xolos. Xulosani oʻzingizga qoldiraman.

Qoida emas, topshiriq koʻrinishidagi grammatika berilgan rasmlar ostiga qaysi grammatik koʻnikma uchun ekanini yozib qoldiraman.

Ushbu turkum maqolalarda matn yaratish, oʻqib tushunish, tinglab tushunish, soʻzlashga oid mashq va topshiriqlar kiritilmaydi. Hammasi grammatik koʻnikmani shakllantirish uchun ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlardir.

Diqqat! Ushbu material darslikning 3 ta mavzusi ("Qutb yulduzi", "C vitamini", "Kurash - milliy sport turi") doirasida toʻplangan. Ushbu maqola koʻp qismli boʻlib boshqa mavzulardan olingan suratlarni keyingi qismlarda koʻrishingiz mumkin boʻladi.

Maqolani oʻqish uchun quyidagi yoʻnaltmaga bosing:

https://shokiryuldash.medium.com/ona-tili-darsliklarida-grammatika-yoʻq-deydiganlar-uchun-2-qism-738295c3c72f

Maqolaning birinchi qismi

@birgap
👍17🔥1