Shokir Tursun qarashlari
5.81K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Ona tili darsliklarining barchasi (1-, 2-, 3-, 6-, 7-, 10-sinf) nashrdan chiqqan, hududlarga tarqatish uchun yuborilgan. Ya'ni Ona tili darsliklari bilan yuqoridagi muammo mavjud emas.

@birgap
👏16👍7
Kirib kelayotgan yil barchangizga omad, baxt va salomatlik olib kelsin.

2022-yil men uchun zoʻr oʻtdi. Koʻp ishlar qilishga ulgurdim, lekin ikki voqea boʻldiki, hammasidan aʼlo. Biri chindan sevib qolganim boʻlsa, ikkinchisi ayamning oyoqlari operatsiya qildirganimiz boʻldi. Ayam salkam 10 yillik ogʻriqlardan qutuldilar.

Ulugʻbek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” degan qoʻshigʻiga ishlangan klipda yigit qizni koʻrib qolishi bilan rangsiz hayotiga rang kiradi. Sevish mana shunaqa narsa ekan, klipning shu bir necha soniyasida juda yaxshi ochib berishgan ekan.

Hammangizga sevib, sevilib yurishni tilayman!

@birgap
40👍31🎉5🔥4🥰1
Hurmatli ustozlar! Maktabgacha va maktab ta'limi (bunchayam uzun boʻlib ketibdi bu nom😁) vazirligi uchun darslarni hafta kunlariga taqsimlash boʻyicha bir taklif kiritmoqchi edim. Buning uchun menga amaldagi dars jadvallari ham kerak boʻlyapti. 6-7-sinflarniki kerak. Kimdadir rasmi boʻlsa izohlarda qoldira oladimi?

Taklif mazmuni qisqacha bunday:
Oʻquvchilarga hozir bir kunda kamida 4 ta fan oʻtiladi shular sonini kamaytirishni oʻylayapman. Masalan, dushanba kuni matematika va adabiyot oʻtilsin faqat. Yoki Matematika, adabiyot va bitta bir soatlik fan qoʻshib oʻtilsin.

Bu hozircha taklifning xomakisi, bu fikrni rivojlantirib, baland pastini oʻylab keyin yana alohida e'lon qilaman.

@birgap
👍50👏10👎74😁1
Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar! Maktabgacha va maktab ta'limi (bunchayam uzun boʻlib ketibdi bu nom😁) vazirligi uchun darslarni hafta kunlariga taqsimlash boʻyicha bir taklif kiritmoqchi edim. Buning uchun menga amaldagi dars jadvallari ham kerak boʻlyapti. 6-7-sinflarniki…
Qiziq, yuqoridagi postimni odamlar fanlarni qisqartirish haqida deb tushunishyapti.

Men fanlarni qisqartirish haqida emas, dars jadvalini optimallashtirish haqida taklif ishlamoqchiman.

Fanlarni qisqartirish yoki fakultativ koʻrinishga oʻtkazish haqida FIKRlarimni esa alohida katta post qilib yozaman.

@birgap
👍30🥰3👏2🤔21
Respublika ta'lim markazi metodistlari Mansur Siddiq (Ona tili) va Sevara Xasanova (tabiiy fanlar) 6-sinf darajasida "Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusida integratsion dars tashkillashtirishibdi.

Chiqindi mavzusi kesimida ona tilining ham, tabiiy fanlarning ham oʻz koʻnikmalari mavjud. Metodistlar esa ana shu koʻnikmalarni yaxlitlash, umumiy maxrajga keltirish mumkin deb hisoblabdilar va namuna sifatida dars ham oʻtib berishibdi.

Koʻrishni qattiq tavsiya qilaman!

Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=8fgoAc-Uu_g

Video Respublika ta'lim markazi matbuot xizmati tomonidan suratga olingan hamda qayta ishlangan.

P.S.: integratsiya nima, uning foydasi qandayligi haqida keyinroq gaplashamiz.
👍14
13. Raqamlashgan-dunyo_OʻK.pdf
226.1 KB
6-sinf Ona tili “Raqamlashgan dunyo” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍6
11. Fizika-hayotni-yengillashtiradi_OʻK.pdf
177.1 KB
7-sinf Ona tili “Fizika hayotni yengillashtiradi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍9👏2
Audio
#audiomatn

Sinf: 3
Darslik: Ona tili va oʻqish savodxonligi 2-qism
Mavzu: Zamonaviy texnologiyalar
Nom: Egiluvchan robot
Bet: 6

@birgap
👍5
Bilamizki, oʻqituvchi oʻquvchi bajargan ishga, uning javobiga oʻz munosabatini, mulohazasini bildirishi kerak. Men buni izoh-mulohaza deb atayman, ingliz tilida feedback (fidbek) deyiladi.

Izoh-mulohazaning samaralisi va samarasizi boʻladi.

Endi savol:
Sizningcha, samarali izoh-mulohaza qanday boʻladi-yu, samarasizi qanday boʻladi?

Izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Toʻgʻri javobni esa keyinroq yozaman.

@birgap
👍14💩2👏1
Yaxshi yangilik bor, ertaga, Xudo xohlasa, 10-sinf "Adabiyot" darsligining oʻzbek tilidagi nusxasi rasman e'lon qilinar ekan. Ungacha esa, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillaridagi nusxalarini ulashib turaman.

Bu kitoblarni mana bu kanaldan olganman.
👍10
33-dars_OʻK.pdf
831.5 KB
10-sinf Ona tili 33-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍12
34-dars_OʻK.pdf
562.1 KB
10-sinf Ona tili 34-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

@birgap
👍10
Assalomu alaykum! Quyida sizlarga "Ma'rifat" gazetasida e'lon qilingan 2 maqolani ulashyapman.

1. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/GIBRID-DARSLIKLAR.htm

2. http://marifat.uz/marifat/v_pomosh_uchitelu-marifat/Ona-tilimi-yoki-har-sohadan-bir-shingil.htm

Toʻgʻrisi, ikkala maqolani ham boshlaridan va oxiridan biroz oʻqidim (oʻqiy oldim), chunki hammasi siyqasi chiqqan, minglab marta tushuntirish berilgan, asoslangan, hissiyot bilan "yaratilgan" muammolar.

Oʻylab qolaman, shu odamlar biror marta oʻzimiz bilan gaplashmay, bahslashmay, haqiqatni anglashga urinmay yugurib borib, "Ma'rifat"ga yozaveradi. Gazeta ham biladi, necha marta shunday maqolalarga tushuntirish berganmiz, ammo qayta-qayta bir xil gapni chaynayveradi ular ham. Bilamiz, gazetaga "xayp" kerak.

Bizga esa oʻrganish yoqimsiz, 40 yildan beri oʻrganib qolgan issiq joyimizdan turgimiz, ketimizni koʻtarib olamga boqqimiz kelmaydi-da yuqoridagi kabi maqolalarni yozib tashlaymiz. Yomonotliq qilish shunchalik osonki bizga.

Xullas, koʻp gapirmayman, bu maqolalarda keltirilgan "ona tilida hamma fandan bir shingil ma'lumot bor", "ona tili emas gibrid", "oʻzi bu ona tilimi?" kabi e'tirozlarga mana shu kanalda ham, rasmiy kanallarda ham, saytlarda ham koʻp marta yozdik. Shunda ham tushunishmagan (tushunishni istashmagan) boʻlsa, menda boshqa gap yoʻq. Battar boʻlishsin!

Xulosa esa oʻzingizga, sizning xulosangizga men aralashmayman, oʻz fikrimni aytdim, sizda ham fikr boʻlsa bemalol qoldirib ketavering.

P.S.: darsliklarning yetkazib berilishiga muallif javobgar boʻlmaydi (buni ham milyard marta aytganman)

@birgap
👍38🔥3
adabiyot_10_2-qism_168.pdf
73.6 MB
#yangi_darslik

Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchum

🔆10-sinf Adabiyot
📌2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍11