Audio
👍10
Audio
👍14
Shokir Tursun qarashlari
4-nazorat-ishi-uchun-tavsiya.docx
6-sinf nazorat ishi yuzasidan kichik tavsiya.
Ushbu faylda esse va uni baholash mezonlari mavjud.
Siz mana shu mezonlarga tayangan holda oʻquvchilar uchun qiziq boʻlgan biror mavzuda matn yozdirsangiz boʻladi.
Mavzular quyidagi shaklda boʻlgani maʼqul:
Yoʻl harakati qoidalarini buzish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Eng yoqtirgan oʻyiningiz qaysi? U haqida maʼlumot bering.
Sizga qor va yomgʻir yoqadimi? Nima uchun? Qor yoki yomgʻir yoqqanda nimalar qilasiz?
Diqqat! Soʻzlar sonini bu faylda keltirilgan sondan 30 - 50 ni ayirib hisoblashingiz mumkin.
@birgap

👍25👎5
Forwarded from Orif Tolib
“Birodar” soʻzi haqida
Bu ot asli tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha soʻz. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan oʻtgan koʻrinadi.
➡️ Birodar “Avesto” tili va eski forschadagi brotar soʻzidan kelib chiqqandir. U sanskritcha bhrotr soʻzi bilan oʻzakdosh.
➡️ Hind-yevropa tillarida turli tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiladi: kurdcha (kurmancha) bira; lotincha frater; italyancha fratre; fransuzcha frère; inglizcha brother; nemischa bruder; eski slavyancha braty, ruscha brat kabi.
Hozirgi oʻzbek tilida aka-uka maʼnosi bilan bir qatorda doʻst, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qoʻllanadi.
“Shevashunos”dan.
@oriftolib

👍29🔥2💩1
Kamola Aliyeva (Ayollar huquqlarini himoya qilish faoli)ning aytishicha, "Zumrad va Qimmat" ertagining yangi versiyasi yozilgan. Oʻzi koʻp eshitayotgan edim, bu ertakda ayollar huquqlari toptalishi yaqqol koʻzga tashlanadi, qizlar uy ishlarini qila olsagina yaxshi qiz boʻladi degan gʻoya mavjud degan gaplarni.
"Yaxshi qiz"ning oʻzbek modeli haqidagi qarashga qarshiman. Yaʼni uy qizi boʻlish yaxshilikning mezoni boʻlmasligi kerak. Yangi ertak borasida biror fikr aytishdan yiroqman, matnni koʻrishim kerak.
Yana aytiladiki, shunga oʻxshash qayta yozilgan ertaklar soni 30dan ortiq.
Demak, bizda endi "Yangi oʻzbek xalq ertaklari" ham boʻladi.
Qoʻllab-quvvatlayman, gʻoyalarni mana shunday qilib singdirish kerak, lekin mavjudlarini qayta yozish bilan emas, yangilarini boshidan yaratish bilan qilinsa yaxshiroq boʻlarmidi degan qarashim ham yoʻq emas.

👍31
Shokir Tursun qarashlari
Kamola Aliyeva (Ayollar huquqlarini himoya qilish faoli)ning aytishicha, "Zumrad va Qimmat" ertagining yangi versiyasi yozilgan. Oʻzi koʻp eshitayotgan edim, bu ertakda ayollar huquqlari toptalishi yaqqol koʻzga tashlanadi, qizlar uy ishlarini qila olsagina…
Kamola Alieyeva maʼlumotni toʻliq bermagan yoki yaxshi tushunmay uzatgan.
Hozir BMT saytini koʻrdim. Oʻzgartirilgan ertaklar faqat bizning millatga tegishli emas. Butun dunyoning jami 28ta mashhur ertagi qayta yozilibdi. Uning ichida "Alisa moʻjizalar mamlakatida", "Qurbaqaga aylangan malika", "Jek va loviya poyasi" ertaklari ham bor.
Inglizchani bilganlar ertaklarni mana shu manzildan oʻqishi mumkin:
eca.unwomen.org/fairytales
Ushbu ertaklar "Uxlama, uygʻon: yangi avlod uchun ertaklarni qayta yarat" loyihasi doirasida qayta ishlangan.

interactive.unwomen.org
Awake not sleeping
Reimagining fairy tales for a new generation
👍10
Forwarded from Magistrlar Official
❗️Rasman: Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2022-yil 5-dekabr kuni ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.
📆 Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.
Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
@magistrlarofficial

👍26
Hurmatli ustozlar!
Dushanba kundan 10-sinf Ona tili darsliklari uchun ham oʻqituvchi qaydlarini yuborishni reja qilyapmiz.
Qaysi mavzu va qaysi darsga kelganingizni bilib olishim kerak.

👍58😁5👏2❤1✍1🤬1
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Yoʻq boʻlib qolganim uchun uzr. Mana 20 kun boʻlibdiki, kanalga umuman e'tibor qila olmadim.
Bu vaqt davomida bir tomondan oilam bilan bogʻliq ishlar bilan band boʻlgan boʻlsam, ikkinchi tomondan 4-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi ustida qizgʻin ishlayotgan edim. Bugunga kelib hammasi joyiga qaytdi. Yana sizlar bilan birgaman. Kerakli ma'lumotlarni ulashib turishga harakat qilaman.

👍49
Oxirgi yangilik sifatida aytishim mumkinki, 10-sinf "Adabiyot" darsligining ogʻirligi belgilangan me'yordan oshib ketganligi sabab uni ikki qismga ajratib nashr qilish masalasi koʻrib chiqilayotgan ekan. Shu sabab bilan ushbu darslik sizlarga yetib bormagan.
Demak, xulosa qilamiz, agar siz yil boshidan beri yangi darslik asosida oʻqitayotgan boʻlsangiz oʻz ixtiyoringiz bilan oʻsha darslikdan foydalanishda (elektron) davom etishingiz mumkin. Agar yil boshidan beri eski darslikdan foydalanayotgan boʻlsangiz unda oʻsha darslikdan davom ettirishingiz mantiqan toʻgʻri boʻladi.

👍23
Ona tili darsliklarining barchasi (1-, 2-, 3-, 6-, 7-, 10-sinf) nashrdan chiqqan, hududlarga tarqatish uchun yuborilgan. Ya'ni Ona tili darsliklari bilan yuqoridagi muammo mavjud emas.
@birgap
@birgap
👏16👍7
Kirib kelayotgan yil barchangizga omad, baxt va salomatlik olib kelsin.
2022-yil men uchun zoʻr oʻtdi. Koʻp ishlar qilishga ulgurdim, lekin ikki voqea boʻldiki, hammasidan aʼlo. Biri chindan sevib qolganim boʻlsa, ikkinchisi ayamning oyoqlari operatsiya qildirganimiz boʻldi. Ayam salkam 10 yillik ogʻriqlardan qutuldilar.
Ulugʻbek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” degan qoʻshigʻiga ishlangan klipda yigit qizni koʻrib qolishi bilan rangsiz hayotiga rang kiradi. Sevish mana shunaqa narsa ekan, klipning shu bir necha soniyasida juda yaxshi ochib berishgan ekan.
Hammangizga sevib, sevilib yurishni tilayman!

❤40👍31🎉5🔥4🥰1
Hurmatli ustozlar! Maktabgacha va maktab ta'limi (bunchayam uzun boʻlib ketibdi bu nom😁) vazirligi uchun darslarni hafta kunlariga taqsimlash boʻyicha bir taklif kiritmoqchi edim. Buning uchun menga amaldagi dars jadvallari ham kerak boʻlyapti. 6-7-sinflarniki kerak. Kimdadir rasmi boʻlsa izohlarda qoldira oladimi?
Taklif mazmuni qisqacha bunday:
Oʻquvchilarga hozir bir kunda kamida 4 ta fan oʻtiladi shular sonini kamaytirishni oʻylayapman. Masalan, dushanba kuni matematika va adabiyot oʻtilsin faqat. Yoki Matematika, adabiyot va bitta bir soatlik fan qoʻshib oʻtilsin.
Bu hozircha taklifning xomakisi, bu fikrni rivojlantirib, baland pastini oʻylab keyin yana alohida e'lon qilaman.

👍50👏10👎7❤4😁1
Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar! Maktabgacha va maktab ta'limi (bunchayam uzun boʻlib ketibdi bu nom😁) vazirligi uchun darslarni hafta kunlariga taqsimlash boʻyicha bir taklif kiritmoqchi edim. Buning uchun menga amaldagi dars jadvallari ham kerak boʻlyapti. 6-7-sinflarniki…
Qiziq, yuqoridagi postimni odamlar fanlarni qisqartirish haqida deb tushunishyapti.
Men fanlarni qisqartirish haqida emas, dars jadvalini optimallashtirish haqida taklif ishlamoqchiman.
Fanlarni qisqartirish yoki fakultativ koʻrinishga oʻtkazish haqida FIKRlarimni esa alohida katta post qilib yozaman.

👍30🥰3👏2🤔2❤1
Respublika ta'lim markazi metodistlari Mansur Siddiq (Ona tili) va Sevara Xasanova (tabiiy fanlar) 6-sinf darajasida "Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusida integratsion dars tashkillashtirishibdi.
Chiqindi mavzusi kesimida ona tilining ham, tabiiy fanlarning ham oʻz koʻnikmalari mavjud. Metodistlar esa ana shu koʻnikmalarni yaxlitlash, umumiy maxrajga keltirish mumkin deb hisoblabdilar va namuna sifatida dars ham oʻtib berishibdi.
Koʻrishni qattiq tavsiya qilaman!
Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=8fgoAc-Uu_g
Video Respublika ta'lim markazi matbuot xizmati tomonidan suratga olingan hamda qayta ishlangan.
P.S.: integratsiya nima, uning foydasi qandayligi haqida keyinroq gaplashamiz.

YouTube
Integratsion dars | Fan: Ona tili va tabiiy fanlar
Mavzu: Qayta ishlanadigan chiqindilar.
O'qituvchilar: Respublika ta'lim markazi Ona tili fani metodisti Mansur Siddiqov hamda Tabiiy fanlar fan metodisti Sevara G‘iyosiddinovna

13. Raqamlashgan-dunyo_OʻK.pdf
226.1 KB
6-sinf Ona tili “Raqamlashgan dunyo” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

👍6
11. Fizika-hayotni-yengillashtiradi_OʻK.pdf
177.1 KB
7-sinf Ona tili “Fizika hayotni yengillashtiradi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
@birgap
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
@birgap
👍9👏2
Audio
#audiomatn
Sinf: 3
Darslik: Ona tili va oʻqish savodxonligi 2-qism
Mavzu: Zamonaviy texnologiyalar
Nom: Egiluvchan robot
Bet: 6

👍5
Bilamizki, oʻqituvchi oʻquvchi bajargan ishga, uning javobiga oʻz munosabatini, mulohazasini bildirishi kerak. Men buni izoh-mulohaza deb atayman, ingliz tilida feedback (fidbek) deyiladi.
Izoh-mulohazaning samaralisi va samarasizi boʻladi.
Endi savol:
Sizningcha, samarali izoh-mulohaza qanday boʻladi-yu, samarasizi qanday boʻladi?
Izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Toʻgʻri javobni esa keyinroq yozaman.

👍14💩2👏1
Yaxshi yangilik bor, ertaga, Xudo xohlasa, 10-sinf "Adabiyot" darsligining oʻzbek tilidagi nusxasi rasman e'lon qilinar ekan. Ungacha esa, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillaridagi nusxalarini ulashib turaman.
Bu kitoblarni mana bu kanaldan olganman.

Telegram
Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazining telegram
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61559792759579
YouTube: https://www.youtube.com/@edurtm_uz
✉️ E-mail: info@recuz.org