Shokir Tursun qarashlari
5.83K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Hurmatli ustozlar! Men sanoqda adashib ketdim. Hozirgi vaqtda 2-, 3-, 6-, 7-, 10-sinflarda qaysi mavzularga kelganingiz haqida izohlarda yozib qoldira olasizlarmi?

Men chalkashib ketganim sabab sizlarga vaqtida yordam bera olmay qolyapman.

@birgap
👍21
10. Teleboshlovchi bo'lib qolsam_OʻK.pdf
240.4 KB
6-sinf Ona tili “Teleboshlovchi boʻlib qolsam” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍12
Bir qarashda bu yerda dars boʻlmayapti.

Ha, shunday. Sinfni tashqaridan koʻrgan odam dars boʻlmayapti degan xulosaga kelishi aniq.

Men oʻquvchilarni shunday erkin ishlashiga imkon yaratishni yaxshi koʻraman. Bu yerda oʻquvchilar bir necha kishilik guruhlarga boʻlinib, oʻzlari oʻtkazgan soʻrovnoma asosida xulosaviy matn tayyorlashmoqda. Maslahatli toʻy tarqamas deganlaridek, hamma bir-biri bilan fikr almashib ishlamoqda.

P.S.: soʻrovnoma mavzulari maktab hayoti bilan bogʻliq boʻlgan. Masalan, "Kutubxonaga qanday kitoblar kerak?", "Qaysi toʻgaraklar ochilishini istaysiz?", "Sizningcha, maktabdagi eng katta muammo nima?" va h.k.

@birgap
👍33👏3
Shokir Tursun qarashlari
Bir qarashda bu yerda dars boʻlmayapti. Ha, shunday. Sinfni tashqaridan koʻrgan odam dars boʻlmayapti degan xulosaga kelishi aniq. Men oʻquvchilarni shunday erkin ishlashiga imkon yaratishni yaxshi koʻraman. Bu yerda oʻquvchilar bir necha kishilik guruhlarga…
Koʻpchilik sinfda oʻquvchilar soni kam boʻlgani uchun buni qilish mumkin deyishyapti.

Ba'zilarning fikricha esa, oʻquvchilar hali bunday erkinlikka tayyor emas.

Ha, sizningcha bu xulosalar toʻgʻriga oʻxshashi mumkin, lekin bular butkul haqiqat emas.

Siz oʻquvchilarni guruhga boʻlib qoʻyganingizdan keyin oʻquvchilar oʻzaro maslahatlashib ishlaydi. Bu oʻquvchilar soni 10ta boʻlsa ham, 50ta boʻlsa ham shovqin boʻladi degani. Ya'ni bu yerda farq shovqinning darajasida xolos. Agar biz boʻladigan shovqinga toqat qila olsak, oʻquvchilar soni ahamiyatsiz.

Erkinlikka tayyor emaslik haqidagi fikrga esa qoʻshilaman. Men ham oʻquvchilarimni birdan bunday erkinlikka "tashlab" qoʻymaganman. Ular bilan kam-kamdan oʻz-oʻzini boshqarish boʻyicha ishladik. Mana endi 2 oy oʻtib, oʻzlarini bemalol boshqara olyaptilar. Demak, yechim ularga erkin boʻlishni oʻrgatish. Erkinlik berishdan qoʻrqar ekanmiz, hech qachon erkin qila olmaymiz.

@birgap
👍31🔥4🤔2🥰1
Ertaga (27-noyabr) kuni Oʻqituvchilar oʻrtasidagi "Zakovat" intellektual turnirining final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Bizning maktab jamoasi ham Toshkent shahridan finalga chiqqan.

Duo qilib turgaysiz, Alloh yuzimizni yorugʻ qilsin!

Kanalda raqiblar boʻlsa, omad tilayman!

@birgap
👍51🏆14🔥1🙏1
Oʻqituvchilar oʻrtasidagi Zakovat intellektual turnirining finali tugadi. Bizning maktab jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bundan xursandman. Rahbariyat ham hamma sharoitlarni yaratib berdi. Shugʻullanishimiz uchun vaqt va savollar, turnir davomida ahvolimiz haqida tinmay xabar olishlar va h.k.

Endi maqtanadigan joyi - bizdan yuqoridagi ikki oʻrin ham oliy taʼlim muassasalarining jamoalariga tegdi.

"Sodiq school" bu yil ochilgan maktab. Ilk katta gʻalaba.

Oʻyin juda qizgʻin boʻldi. Birinchi oʻrin 35, ikkinchi oʻrin 34, uchinchi oʻrin 33 ball ekanidan ham "jang" qizgʻin boʻlganini sezish mumkin.

Qoʻllab turgan, omad tilagan hammaga rahmat! Sizlarga ham nasib qilsin.

Allohga shukr yuzimiz yorugʻ boʻldi.

Asosiysi bir jamoa oʻlaroq shakllana oldik. Sardorning aytishicha, hamma oʻz sohasining savolini olib berdi.

1-turda 12 ta savoldan 12 ta topganimiz ham maqtansa arziydigan natija😎

@birgap
👍106🔥54🥰4🎉3
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik
#raqamlashtirish

⚡️150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi

🔰 Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

📌 Platformada:

o‘quv adabiyotlar;
ilmiy maqolalar;
monografiyalar;
dissertatsiyalar;
avtoreferatlar

va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.

➡️ Shuningdek, hozirda oliy ta'lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17🥰1
5-nazorat ishi.docx
14.8 KB
#nazorat_ishi

7-sinf. Ona tili fanidan 5-nazorar ishi uchun namuna.

Ushbu namunadan foydalanish ixtiyoriy.

Namunaga ijodiy yondashgan holda mustaqil nazorat ishi materialini ham tayyorlash mumkin.

Agar nazorat materialini qogʻozga chiqarib, oʻquvchilarga berishga imkoningiz boʻlmasa, oʻzingiz boshqa qulay usulni qoʻllashingiz mumkin (masalan, soʻzlarni doskaga yozish, soʻzlar va iboralarni, ularning ma'nolarini, gaplarni oʻqib berish).

P.S.: ushbu material kanal mulki hisoblanadi. Iltimos, uni oʻz kanalingiz yoki guruhlaringizda tarqatishda kanal nomini eslab oʻting.

@birgap
👍19🔥2
5-nazorat ishi_Kalit_baholash.docx
21.3 KB
7-sinf. Ona tili fanidan 5-nazorar ishi uchun namunaning javoblari va baholash mezoni.

Ushbu faylda toʻgʻri javoblar berilgan boʻlib, uni oʻquvchilar koʻzidan yiroq tutmoq lozim.

P.S.: ushbu material kanal mulki hisoblanadi. Iltimos, uni oʻz kanalingiz yoki guruhlaringizda tarqatishda kanal nomini eslab oʻting.

@birgap
👍17🥰1
11. Eksport import_OʻK.pdf
192.6 KB
6-sinf Ona tili “Eksport-import” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍3
12. Soliqlarni to'lab borasizmi_OʻK.pdf
258.1 KB
6-sinf Ona tili “Soliqlarni toʻlab borasizmi?” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍5
9. Maqsadli_xarajatlar_OʻK.pdf
189.4 KB
7-sinf Ona tili “Maqsadli xarajatlar” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍12
10. Bobomning_pensiyasi_OʻK.pdf
245.3 KB
7-sinf Ona tili “Bobomning pensiyasi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍15
Audio
6-sinf. Ona tili. "Chegarada nega boj toʻlanadi?" audiomatni

@birgap
👍10
Audio
7-sinf. Ona tili. "Hisob soʻzlar" audiomatni. Maqsadli xarajatlar mavzusi

@birgap
👍14
Shokir Tursun qarashlari
4-nazorat-ishi-uchun-tavsiya.docx
6-sinf nazorat ishi yuzasidan kichik tavsiya.

Ushbu faylda esse va uni baholash mezonlari mavjud.

Siz mana shu mezonlarga tayangan holda oʻquvchilar uchun qiziq boʻlgan biror mavzuda matn yozdirsangiz boʻladi.

Mavzular quyidagi shaklda boʻlgani maʼqul:

Yoʻl harakati qoidalarini buzish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Eng yoqtirgan oʻyiningiz qaysi? U haqida maʼlumot bering.

Sizga qor va yomgʻir yoqadimi? Nima uchun? Qor yoki yomgʻir yoqqanda nimalar qilasiz?

Diqqat! Soʻzlar sonini bu faylda keltirilgan sondan 30 - 50 ni ayirib hisoblashingiz mumkin.

@birgap
👍25👎5
Forwarded from Orif Tolib
“Birodar” soʻzi haqida

Bu ot asli tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha soʻz. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan oʻtgan koʻrinadi.

➡️ Birodar “Avesto” tili va eski forschadagi brotar soʻzidan kelib chiqqandir. U sanskritcha bhrotr soʻzi bilan oʻzakdosh.

➡️ Hind-yevropa tillarida turli tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiladi: kurdcha (kurmancha) bira; lotincha frater; italyancha fratre; fransuzcha frère; inglizcha brother; nemischa bruder; eski slavyancha braty, ruscha brat kabi.

Hozirgi oʻzbek tilida aka-uka maʼnosi bilan bir qatorda doʻst, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qoʻllanadi.

“Shevashunos”dan.

@oriftolib
👍29🔥2💩1
Kamola Aliyeva (Ayollar huquqlarini himoya qilish faoli)ning aytishicha, "Zumrad va Qimmat" ertagining yangi versiyasi yozilgan. Oʻzi koʻp eshitayotgan edim, bu ertakda ayollar huquqlari toptalishi yaqqol koʻzga tashlanadi, qizlar uy ishlarini qila olsagina yaxshi qiz boʻladi degan gʻoya mavjud degan gaplarni.

"Yaxshi qiz"ning oʻzbek modeli haqidagi qarashga qarshiman. Yaʼni uy qizi boʻlish yaxshilikning mezoni boʻlmasligi kerak. Yangi ertak borasida biror fikr aytishdan yiroqman, matnni koʻrishim kerak.

Yana aytiladiki, shunga oʻxshash qayta yozilgan ertaklar soni 30dan ortiq.

Demak, bizda endi "Yangi oʻzbek xalq ertaklari" ham boʻladi.

Qoʻllab-quvvatlayman, gʻoyalarni mana shunday qilib singdirish kerak, lekin mavjudlarini qayta yozish bilan emas, yangilarini boshidan yaratish bilan qilinsa yaxshiroq boʻlarmidi degan qarashim ham yoʻq emas.

@birgap
👍31
Shokir Tursun qarashlari
Kamola Aliyeva (Ayollar huquqlarini himoya qilish faoli)ning aytishicha, "Zumrad va Qimmat" ertagining yangi versiyasi yozilgan. Oʻzi koʻp eshitayotgan edim, bu ertakda ayollar huquqlari toptalishi yaqqol koʻzga tashlanadi, qizlar uy ishlarini qila olsagina…
Kamola Alieyeva maʼlumotni toʻliq bermagan yoki yaxshi tushunmay uzatgan.

Hozir BMT saytini koʻrdim. Oʻzgartirilgan ertaklar faqat bizning millatga tegishli emas. Butun dunyoning jami 28ta mashhur ertagi qayta yozilibdi. Uning ichida "Alisa moʻjizalar mamlakatida", "Qurbaqaga aylangan malika", "Jek va loviya poyasi" ertaklari ham bor.

Inglizchani bilganlar ertaklarni mana shu manzildan oʻqishi mumkin:

eca.unwomen.org/fairytales

Ushbu ertaklar "Uxlama, uygʻon: yangi avlod uchun ertaklarni qayta yarat" loyihasi doirasida qayta ishlangan.

@birgap
👍10
Forwarded from Magistrlar Official
❗️Rasman: Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil 5-dekabr kuni ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.

📆 Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

@magistrlarofficial
👍26