Shokir Tursun qarashlari
5.85K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Yangi ona tili darsliklari mualliflaridan biri Shokir Tursun boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish fanlari birlashtirilgani sababini ayrimlar hali ham tushunmayotganligi haqida yozibdi.

Aslida o'qish (o'qigan ma'lumotini tushunish, tahlil qilish, unga munosabat bildirish) - to'rtta til ko'nikmasidan biri. Til ko'nikmalariga o'qigan yoki eshitgan ma'lumotini tushunish hamda fikrini og'zaki va yozma tarzda yetkazish kiradi. Maktab til ta'limining maqsadi - tildan samarali foydalanishni (ya'ni til ko'nikmalarini) o'rgatishdir, til haqidagi bilimlar (so'z boyligi, til qoidalari) esa shu maqsadga xizmat qilishi kerak.

Ya'ni, "o'qish" degan alohida fan (soha) mavjud emas, o'qish - til domenining (sohasning) bir komponenti. Faqat bizda shu paytgacha "ona tili" deganda til qoidalarini tizimli o'rgatish (ya'ni tilshunoslik) tushunilgan. Suratlarda keltirilgan Angliya, Finlyandiya va Turkiya boshlang'ich sinflar ona tili darsliklari namunalarida ham matn bilan ishlash (o'qish) ona tilining ichida ketyapti.
👍19😁1
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga daftar tekshirganlik uchun haq Ona tili va oʻqish savodxonligi soati qancha boʻlsa, oʻshancha soat toʻlanishi kerak. Negaki, hozir oʻqituvchi har bir soatda daftar tekshirishga majbur.

P.S.: bu mening xulosam, hukumat irodasiga mos kelmasligi mumkin.

@birgap
👍26🔥7👏1
7-sinf “Ona tili” darsligida "Kurashning qayta tugʻilishi" matni bor, ammo ona tili faniga oid bironta topshiriq yoʻq degan e'tirozli xat kelibdi. Qiziq, odamlar ona tili deganda nimani tushunarkin deb oʻylab qolaman ba’zan.

Tasavvur qilaylik, e’tirozli xatni yuborgan odam ona tili deganda grammatikani tushunadi. Xoʻsh, unda yuqoridagi topshiriqlar grammatika boʻlmay nima?

P.S.: rasmlar 7-sinf, "Ona tili" darsligining "Kurash - milliy sport turi" mavzusidan olingan.

@birgap
👍12
Kelinglar, shunchaki hamma oʻz fikrini yozib ketadi.

1. Ona tili deganda siz nimani tushunasiz (umuman, til deganda nimani tushunishingizni aytsangiz ham boʻladi)?

2. Ona tili oʻqituvchisining vazifasi nimalardan iborat?

Shunchaki, oʻz fikrimizni yozib ketamiz, bir-birimizning fikrimizga munosabat bildirmaymiz.

Menga juda ham qiziq.

@birgap
👍27
8. Veterinar_OʻK.pdf
222.8 KB
7-sinf Ona tili “Veterinar” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍9
9. Kompyuter_grafikasi_OʻK.pdf
247.8 KB
6-sinf Ona tili “Kompyuter grafikasi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍17
4-nazorat-ishi-uchun-tavsiya.docx
14.5 KB
7-sinf. Ona tili. Nazorat ishi uchun tavsiya.

Bu yerda esse va uning baholash mezonlari keltirilgan.

1. Esse mavzusini oʻzgartirishingiz mumkin. Mezonlar umumiy boʻlib, barcha esselarga nisbatan qoʻllash mumkin.

2. Ushbu mezonlar 7-sinflar uchun moslashtirilgan. Yuqori sinflarga mos kelmaydi.

Bu faqat tavsiya boʻlib, foydalanish majburiy emas.

P.S.: esse mavzusini oʻzgartirganingizda mavzuning oʻtilgan darslar asosida boʻlishiga harakat qiling. Badiiy mavzu tanlamang.

@birgap
👍10
Hurmatli ustozlar! Men sanoqda adashib ketdim. Hozirgi vaqtda 2-, 3-, 6-, 7-, 10-sinflarda qaysi mavzularga kelganingiz haqida izohlarda yozib qoldira olasizlarmi?

Men chalkashib ketganim sabab sizlarga vaqtida yordam bera olmay qolyapman.

@birgap
👍21
10. Teleboshlovchi bo'lib qolsam_OʻK.pdf
240.4 KB
6-sinf Ona tili “Teleboshlovchi boʻlib qolsam” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍12
Bir qarashda bu yerda dars boʻlmayapti.

Ha, shunday. Sinfni tashqaridan koʻrgan odam dars boʻlmayapti degan xulosaga kelishi aniq.

Men oʻquvchilarni shunday erkin ishlashiga imkon yaratishni yaxshi koʻraman. Bu yerda oʻquvchilar bir necha kishilik guruhlarga boʻlinib, oʻzlari oʻtkazgan soʻrovnoma asosida xulosaviy matn tayyorlashmoqda. Maslahatli toʻy tarqamas deganlaridek, hamma bir-biri bilan fikr almashib ishlamoqda.

P.S.: soʻrovnoma mavzulari maktab hayoti bilan bogʻliq boʻlgan. Masalan, "Kutubxonaga qanday kitoblar kerak?", "Qaysi toʻgaraklar ochilishini istaysiz?", "Sizningcha, maktabdagi eng katta muammo nima?" va h.k.

@birgap
👍33👏3
Shokir Tursun qarashlari
Bir qarashda bu yerda dars boʻlmayapti. Ha, shunday. Sinfni tashqaridan koʻrgan odam dars boʻlmayapti degan xulosaga kelishi aniq. Men oʻquvchilarni shunday erkin ishlashiga imkon yaratishni yaxshi koʻraman. Bu yerda oʻquvchilar bir necha kishilik guruhlarga…
Koʻpchilik sinfda oʻquvchilar soni kam boʻlgani uchun buni qilish mumkin deyishyapti.

Ba'zilarning fikricha esa, oʻquvchilar hali bunday erkinlikka tayyor emas.

Ha, sizningcha bu xulosalar toʻgʻriga oʻxshashi mumkin, lekin bular butkul haqiqat emas.

Siz oʻquvchilarni guruhga boʻlib qoʻyganingizdan keyin oʻquvchilar oʻzaro maslahatlashib ishlaydi. Bu oʻquvchilar soni 10ta boʻlsa ham, 50ta boʻlsa ham shovqin boʻladi degani. Ya'ni bu yerda farq shovqinning darajasida xolos. Agar biz boʻladigan shovqinga toqat qila olsak, oʻquvchilar soni ahamiyatsiz.

Erkinlikka tayyor emaslik haqidagi fikrga esa qoʻshilaman. Men ham oʻquvchilarimni birdan bunday erkinlikka "tashlab" qoʻymaganman. Ular bilan kam-kamdan oʻz-oʻzini boshqarish boʻyicha ishladik. Mana endi 2 oy oʻtib, oʻzlarini bemalol boshqara olyaptilar. Demak, yechim ularga erkin boʻlishni oʻrgatish. Erkinlik berishdan qoʻrqar ekanmiz, hech qachon erkin qila olmaymiz.

@birgap
👍31🔥4🤔2🥰1