Hozir mavridi emasdir-u lekin aytib qoʻyaveray
11-noyabr ham bayram kuni deb belgilanishi mumkin ekan. Bu degani 11-noyabr taqvimda “qizil” boʻladi. Oʻzbekistonliklarning barchasi dam oladi oʻsha kuni.
Agar shu qonun tasdiqlansa, unda umumtaʼlim maktablarining birinchi chorak taʼtil kunlarini ham qayta koʻrib chiqish kerak boʻladi. Masalan, hozir 4-noyabrda taʼtilga chiqiladi va 6 kun dam olinadi. 10-noyabrdan 2-chorak boshlanadi. Agar 11-noyabr ham dam olish kuni boʻlsa, unda taʼtilni 6-noyabrdan boshlanadigan va 12-noyabrda tugaydigan qilish kerak. Chunki 10-kuni taʼtildan qaytib, bir kun oʻqib, keyin yana bir kun dam olish – gʻalati.
Esimga kelganda aytib qoʻydim-da.
11-noyabr "Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni" hisoblanadi.
P.S.: ha, Oʻzbekistonda shunaqa tashkilot va uning koʻplab xodimlari bor, ular nima ish qiladi bilmayman, biror xodimning (ayniqsa oʻqituvchilarning) huquqlarini himoya qilib bergan joyini eshitmaganman, Kasaba uyushmalari ishchilarning huquqlarini himoya qilishi kerak "kitobi" boʻyicha
@birgap

👍61😁21😐1
Kecha ajoyib gap eshitdim. Emishki, Moliya vazirligi boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga daftar tekshirish uchun toʻlanadigan haqning asosini soʻragan emish. Shu paytgacha qaysi asos bilan boʻlsa oʻsha-da asos dedim.
Savol esa mana bunday boʻldi:
Oldin Ona tili va Oʻqish degan fanlar bor edi. Oʻqituvchilar Ona tili fanida daftar tekshirgani uchun haq olardi. Endi Ona tili bilan Oʻqish qoʻshilgan. Shunda oʻqituvchilar nimaga daftar tekshirishga haq oladi? Nega Ona tili bilan Oʻqish qoʻshilgan oʻzi?
Miyam ishlamay qoldi.
Qaranglar, xoʻp avval oʻqituvchi Ona tili fanida daftar tekshirgani uchun haq olgan boʻlsa, endi Ona tili va Oʻqish fanlari qoʻshildi degani oʻqituvchi daftar tekshirmay qoʻyadi, yoki Ona tili fani tugatildi degani emas-ku. Salgina, juda ham kamgina tafakkur bilan yetish mumkin-ku bunga.
Bundan tashqari, bu savol menga Moliya vazirligidan toʻgʻridan toʻgʻri kelmadi, XTVdagi kimdir orqali keldi. Oʻsha odam hozir Ona tili va oʻqish savodxonligi fanlarida MASHQ DAFTARI bor ekanidan bexabarmikin deb oʻylab qoldim. Bunaqa daftar boshlangʻich sinf fanlarining yarmida bor-ku. Oʻshani tekshirgani uchun haq olaveradi oʻqituvchi.
Tavba, tavba.
Ikkinchi savol esa umuman asabimga tegdi. Ona tili bilan Oʻqish fanlarini nega qoʻshgansizlar oʻzi. Bu haqida kanalimda, seminarlarda, portallardan kelgan xatlarga javobda, ilmiy konferensiyalarda, vazirlikdagi majlislarda bot-bot takrorladik. Vazir oʻrinbosarlari ham bir necha marta bu ish nega qilinganini aytib intervyular berishdi. Yana XTV xodimi shu savolni berishi asabimga tegdi. Moliya esa Prezident qarorini oʻqimagan shekilli. 2020-yil 6-noyabrda qabul qilingan PQ-4884 raqamli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida aniq tiniq qilib Ona tili va Oʻqish fanlarini qoʻshish orqali yangicha yondashuvni joriy qilish yozib qoʻyilgan.
Ehhh, ustozlar, algʻov-dalgʻov zamonlarda qoldik.

👍36🔥2👏1
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Yangi ona tili darsliklari mualliflaridan biri Shokir Tursun boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish fanlari birlashtirilgani sababini ayrimlar hali ham tushunmayotganligi haqida yozibdi.
Aslida o'qish (o'qigan ma'lumotini tushunish, tahlil qilish, unga munosabat bildirish) - to'rtta til ko'nikmasidan biri. Til ko'nikmalariga o'qigan yoki eshitgan ma'lumotini tushunish hamda fikrini og'zaki va yozma tarzda yetkazish kiradi. Maktab til ta'limining maqsadi - tildan samarali foydalanishni (ya'ni til ko'nikmalarini) o'rgatishdir, til haqidagi bilimlar (so'z boyligi, til qoidalari) esa shu maqsadga xizmat qilishi kerak.
Ya'ni, "o'qish" degan alohida fan (soha) mavjud emas, o'qish - til domenining (sohasning) bir komponenti. Faqat bizda shu paytgacha "ona tili" deganda til qoidalarini tizimli o'rgatish (ya'ni tilshunoslik) tushunilgan. Suratlarda keltirilgan Angliya, Finlyandiya va Turkiya boshlang'ich sinflar ona tili darsliklari namunalarida ham matn bilan ishlash (o'qish) ona tilining ichida ketyapti.

👍19😁1
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga daftar tekshirganlik uchun haq Ona tili va oʻqish savodxonligi soati qancha boʻlsa, oʻshancha soat toʻlanishi kerak. Negaki, hozir oʻqituvchi har bir soatda daftar tekshirishga majbur.
P.S.: bu mening xulosam, hukumat irodasiga mos kelmasligi mumkin.

👍26🔥7👏1
7-sinf “Ona tili” darsligida "Kurashning qayta tugʻilishi" matni bor, ammo ona tili faniga oid bironta topshiriq yoʻq degan e'tirozli xat kelibdi. Qiziq, odamlar ona tili deganda nimani tushunarkin deb oʻylab qolaman ba’zan.
Tasavvur qilaylik, e’tirozli xatni yuborgan odam ona tili deganda grammatikani tushunadi. Xoʻsh, unda yuqoridagi topshiriqlar grammatika boʻlmay nima?
P.S.: rasmlar 7-sinf, "Ona tili" darsligining "Kurash - milliy sport turi" mavzusidan olingan.

👍12
Kelinglar, shunchaki hamma oʻz fikrini yozib ketadi.
1. Ona tili deganda siz nimani tushunasiz (umuman, til deganda nimani tushunishingizni aytsangiz ham boʻladi)?
2. Ona tili oʻqituvchisining vazifasi nimalardan iborat?
Shunchaki, oʻz fikrimizni yozib ketamiz, bir-birimizning fikrimizga munosabat bildirmaymiz.
Menga juda ham qiziq.

👍27
8. Veterinar_OʻK.pdf
222.8 KB
7-sinf Ona tili “Veterinar” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

👍9
9. Kompyuter_grafikasi_OʻK.pdf
247.8 KB
6-sinf Ona tili “Kompyuter grafikasi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
@birgap
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
@birgap
👍17
4-nazorat-ishi-uchun-tavsiya.docx
14.5 KB
7-sinf. Ona tili. Nazorat ishi uchun tavsiya.
Bu yerda esse va uning baholash mezonlari keltirilgan.
1. Esse mavzusini oʻzgartirishingiz mumkin. Mezonlar umumiy boʻlib, barcha esselarga nisbatan qoʻllash mumkin.
2. Ushbu mezonlar 7-sinflar uchun moslashtirilgan. Yuqori sinflarga mos kelmaydi.
Bu faqat tavsiya boʻlib, foydalanish majburiy emas.
P.S.: esse mavzusini oʻzgartirganingizda mavzuning oʻtilgan darslar asosida boʻlishiga harakat qiling. Badiiy mavzu tanlamang.

👍10