Shokir Tursun qarashlari
5.86K subscribers
856 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Ona tili 7-sinf 2-CH.pdf
9.1 MB
#yangi_darslik

🔆7-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍1
Ona tili 10-sinf 2-CH.pdf
3.5 MB
#yangi_darslik

🔆10-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍2
10-sinf "Ona tili" darsligidagi ushbu savolning javobi quyidagicha:

Javob: 10-15 ta oila oʻgʻlonlari tishlagan non oʻsha xonadonda osigʻliq turardi

Izoh: Qashshoqlik hukm surgan deyildi. Hatto urushga otlangan oʻgʻlonga tishlatish uchun non ham topilmay qolardi. Qaysi oilada non topilsa, hamma shu nonni tishlagan va oʻsha non saqlanadigan xonadonga ayollar yigʻilishgan.

@birgap
👍24
Audio
7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi audiomatni.

@birgap
👍101
7. Kelajak kasblari_OʻK.pdf
261.9 KB
📗7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍6
8. Dehqon yurtni boqadi_OʻK.pdf
235.7 KB
6-sinf Ona tili "Dehqon yurtni boqadi" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍8🔥1
adabiyot_6-sinf_2-CH.pdf
30.6 MB
#yangi_darslik

🔆6-sinf Adabiyot
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍3
adabiyot_7-sinf_2-CH.pdf
50.3 MB
#yangi_darslik

🔆7-sinf Adabiyot
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍9
adabiyot_10-sinf_2-CH.pdf
37.7 MB
#yangi_darslik

🔆10-sinf Adabiyot
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍4
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Hikoya izlash jarayonidagi o'ylar...

Ba'zan kerakli mavzuga mos, badiiy jihatdan juda yaxshi asar o'zbek adabiyotidan emas, chet el adabiyotidan chiqib qoladi. Lekin shu asarni darslikda bersak, ayrim o'qituvchi e'tiroz bildirishadi. Nega xorij adabiyoti, o'zimizda yo'qmidi, deydi ular. Yo'q, men bu noto'g'ri e'tiroz demoqchi emasman. Shunchaki, ba'zan o'zimizda yaxshi asar topilmay qolishini unutmasligimiz kerak, xolos. Bizda ertak, rivoyatlar ko'p. Lekin XXI asar bolalarning hayoti bilan bevosita bog'liq, zamonaviy asarlar juda-juda kam. Buni tan olishimiz ham kerak.
👍261
Bugun 11/11 ustozim Iroda Azimovaning tugʻilgan kuni.

Ustozdan juda koʻp narsa oʻrgandim(/yapman). Menga ilmiy rahbar emas, chin maʼnoda ustozlar. Ustoz bilan jamiyat, axloq, ilm, kino, kitob, metodika, sanʼat – hamma mavzuda suhbat qura olamiz. Har bir fikrlaridan oʻzim uchun xulosalar yasayman. Har bir suhbatdan keyin bir pogʻona oʻsganimni his qilaman.

Psixolingvistika yoʻnalishi boʻyicha aytib bergan xulosalari esa hayotimdagi eng kerakli bilimlarga aylangan, ana shu xulosalar bilan darslik yozaman, ana shu xulosalar bilan dars oʻtaman, ana shu xulosalar koʻzgusidan taʼlim standartlari va baholashga qarayman.

Eslayman, maqola yozib oldilariga olib kirganimda, “bu ilmiy maqola emas, buni oborib kun.uz ga bering”, deganlar. Ochigʻi, oʻsha boʻyi bir yil maqola yozolmaganman. Qoʻrqqanimdan, xafa boʻlganimdan emas, oʻzimga nisbatan talablarni qattiqlashtirganimdan.

Hammaning ham shunday ustozi boʻlishi kerak deb oʻylayman.

Ustozning yana bir xislati yoqadi, biror mavzuda bahs ketayotganda uning fikriga qarshi fikr aytsam, bu fojia emas. Men ustozingman, mening aytganim haq degan qoida yasab olmaganlar.

Ustozimni tugʻilgan kuni bilan qutlayman! Ilm ulashishdan charchamasinlar.

P.S.: aytgancha, ustozim oʻz ilmiy qarashlarini, til oʻrganish boʻyicha bilimlarini kanallarida doimiy oʻrtoqlashib boradilar. Kanal manzili:
https://t.me/psixolingvist

@birgap
👍434🔥2😁2
Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi “Vatan taqdiri mening qoʻlimda” mavzusidagi insholar tanlovining Respublika bosqichi yakunlangani haqida xabar bermoqda.

1-oʻrin: Ruxshona Oktyabrova (Xorazm viloyati)

2-oʻrin: Bonu Ziyatova (Samarqand viloyati)

3-oʻrin: Dilrabo Abdumajitova (Namangan viloyati)

Adolat bor joyda hamma rozi boʻlaveradi (albatta insoflilar). 1- hamda 3-oʻrinni olgan oʻquvchilarning ishini saralashda men tekshirganman. Ruxshona mendan eng yuqori ball olgandi. Dilrabo esa oʻrtacha ball bilan finalga chiqqandi. Mana finalda ham oʻz kuchlarini koʻrsata olishibdi.

Gʻoliblarni qutlayman!

Finalga chiqa olmaganlar esa ushbu ikki postni oʻqib koʻrsin:

1-post: https://t.me/birgap/1687
2-post: https://t.me/birgap/1692

@birgap
👍14
Kimdir "poldnik"ning oʻzbekchasini bilmasa. Bizning maktabda shunaqa nomlanadi. Hamma oʻquvchi tilidan ruscha "poldnik" soʻzini chiqarib tashlash harakatidamiz.

P.S.: rasm "Sodiq school" maktabida olingan.

@birgap
👍235
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining Toshkent shahridagi saralash o‘yini yakuniy natijasi

Toshkent shahrida o‘tgan saralash yakunida quyidagi jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Sodiq school;
3. O‘zbekiston Milliy universiteti.


Izoh: “Sharjah school” jamoasi a’zolari yetarli bo‘lmagani tufayli jamoaning natijasi hisobga olinmadi.

@zakovatklubi
👍10🤔2
Hozir mavridi emasdir-u lekin aytib qoʻyaveray

11-noyabr ham bayram kuni deb belgilanishi mumkin ekan. Bu degani 11-noyabr taqvimda “qizil” boʻladi. Oʻzbekistonliklarning barchasi dam oladi oʻsha kuni.

Agar shu qonun tasdiqlansa, unda umumtaʼlim maktablarining birinchi chorak taʼtil kunlarini ham qayta koʻrib chiqish kerak boʻladi. Masalan, hozir 4-noyabrda taʼtilga chiqiladi va 6 kun dam olinadi. 10-noyabrdan 2-chorak boshlanadi. Agar 11-noyabr ham dam olish kuni boʻlsa, unda taʼtilni 6-noyabrdan boshlanadigan va 12-noyabrda tugaydigan qilish kerak. Chunki 10-kuni taʼtildan qaytib, bir kun oʻqib, keyin yana bir kun dam olish – gʻalati.

Esimga kelganda aytib qoʻydim-da.

11-noyabr "Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni" hisoblanadi.

P.S.: ha, Oʻzbekistonda shunaqa tashkilot va uning koʻplab xodimlari bor, ular nima ish qiladi bilmayman, biror xodimning (ayniqsa oʻqituvchilarning) huquqlarini himoya qilib bergan joyini eshitmaganman, Kasaba uyushmalari ishchilarning huquqlarini himoya qilishi kerak "kitobi" boʻyicha

@birgap
👍61😁21😐1