Shokir Tursun qarashlari
5.88K subscribers
856 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Dorilfunun
Fargʻona Davlat Universtitetining qatagʻonlar davri muzeyidagi bu arxiv fotosuratlarda 1933-38yi qatagʻon qilingan ayollar aks etgan.

Insonparvar Sovet hokimiyati qamagan, surgun qilgan, otgan ojizalar...

Basya Mitkul Germaniyada oʻqib kelgan, dars bergan va 1939-yili qatl etilgan.

Oʻn toʻqqiz yil oʻtirib chiqqan Tojixon Shodiyevaning achchiq qismatini bilmagan Farg'onalik yoʻq.

Abdurauf Fitratning ayoli Hikmat Fitratovaning suratini qizi Sevara Fitratning arxivida koʻrgandim...

Yana bir suratga qadalgan koʻzlarimda yosh qalqdi. U qayerda olingani maʼlum emas. Balkin umuman Oʻzbekiston xududi ham emasdir.
Muhimi ojizalarga miltiq oʻqtaganlar biz yarim asr qargʻagan fashistlar emas, bolalikdanoq savlatiga havas qilib, “chest”bergan va koʻr-koʻrona faxrlangan shonli armiya askarlaridir.

Safga tizib otilayotgan xotin-qizlar orasida esa... Qornini ushlab , jallodining koʻziga moʻltirab turgan homilador ayolning nigohlariga koʻzingiz tushdimi? Manfur, qotil, tizimga boʻlgan nafrat aks etmaganmi?

Mana nima uchun bu zolimliklarga koʻz yumayotgan manqurt qullardan nafratlanaman.

***

Soʻldirsa gulingni, ilohim, yonsin,
Yeru osmon koʻrsin koʻz yummay bedor.
Vaqt — ulugʻ hakamdir.
Ruhing uygʻonsin,
Asriy umidim — Sen. Sen borsan. Sen — bor.

Roviylar ne uchun?
Haq va Haqiqat!
Asirlik zanjirin parchalab tashla.
Vujudingni yoqsin alamli fikrat,
Ayon haqiqatga, haq yoʻlga boshla...

Rauf PARFI

©️Feysbukdan, Muazzam Ibrohim sahifasidan olindi.

📱@fakultetFilologiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27😢141
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Teacher Azam taxallusi bilan videoblog yuritadigan shaxsning oʻqituvchi haqidagi fikrlari.

@birgap
👍10❤‍🔥6😁1
Quyidagi manzilda oʻquvchilarimga ayrim imlo qoidalarini qanday oʻrgatganim haqida yozdim.

Oʻquvchilarim qoidalarni formulaga aylantira olishgan.

Matnni oʻqish uchun yoʻnaltma:

https://shokiryuldash.medium.com/o%CA%BBquvchilarimga-ayrim-imlo-qoidalarini-qanday-o%CA%BBrgatdim-d7634f34b330

@birgap
👍35🥰5
Forwarded from TentakMinds
Маддоҳ тайёрлаб берамиз!

Нега бунақамиз а? Қайтага ҳокимга муаммомизни айтишимиз керак эмасми? Балки у айнан муаммоларни ўрганишга келаётгандир?

Қачонгача "фаровон ва бахтли фуқаро" ролини ўйнарканмиз а?

@tentakminds
👍36🤬8🤔2❤‍🔥1👎1
Qisqa qilib aytsam, Qarshiga kuyov boʻladigan boʻldim.

Hammaga baxt nasib etsin!

@birgap
👍12218😁10🥰9🤔8🤯6🎉5
Chet ellik mutaxassislarning koʻpchiligini yoqtirmayman

Bir necha yildan beri Oʻzbekiston tomonidan chaqirilgan oʻnlab xalqaro ekspertlar bilan ishlashga toʻgʻri keldi. Koʻplab yaxshi ekspertlar bor ekanini rad etmagan holda aytamanki, chet elliklarning juda koʻpchiligi Oʻzbekistonda yaxshi mutaxassislar yoʻq deb oʻylaydi. Mavzuning juda-juda elementar, bakalavr darajasidan ham quyiroq qismlarini tushuntirishadi.

Toʻgʻri, mavzuni bir boshidan tushuntirmoqchidir deb oʻylashingiz mumkin, lekin tinglovchilari kim ekanini, ularda qanday bilimlar borligini bilmay turib maʼruza qiladigan odamni yaxshi mutaxassis deya olmayman. Bundan tashqari oʻsha boshidan nariga ham oʻtmaydi, chuqurlashmaydi. Mavzu haqida gapiradi, xolos.

Shuning uchun chet ellik ekspert dars oʻtarkan, desa ensam qotadigan boʻlgan. Oʻzim bilgan narsalarni eshitgani borishim kerak ekan-da deb qoʻyaman.

Bu gaplarni yozishimdan maqsad, chet elda Oʻzbekistonning imidji juda yomon, donor tashkilotlar bizni oʻta yomon ahvolda deb bilishadi. Uchinchi dunyo davlatlaridan biri sanaydi. Afrikaning eng chekka hududlari uchun tayyorlagan maʼruzalarini gapirishadi (oʻxshatish qilish uchun aytyapman).

Shunaqa payti, “hey, nima bizni saviyasiz, omi deb oʻylayapsanmi, yigʻishtir karamshoʻrvangni, tuzukroq narsalardan gapir” degim keladi-yu, andisha qilaman. Anchagina mablagʻ evaziga kelgan axir.

Oldin ham aytgan edim, oʻzimizda potensial yuqori, lekin bizda sharoit yoʻq. Agar bizga oʻsha ekspertlarga toʻlanadigan darajada haq toʻlashsa, ularning davlatidagi sharoitlarni yaratib berishsa, oʻzimiz qila olamiz oʻsha ishlarni. Tizimda gap koʻp.

@birgap
👍34👏6💯31
Ishonasizlarmi, yoʻqmi, Oʻzbekistonda bir mutaxassis bir kishining oyligiga ikki kishining ishini qiladi (kamida ikki kishi, ba'zan uch kishi).

Tan olamizmi, yoʻqmi, kambagʻal davlatmiz. Ilm esa qimmat narsa.

@birgap
👍35😢11🔥5👏2
Oʻzim bilan boʻlgan voqea

XTVga boshlangʻich sinflarda baholashni oʻzgartirish, tizimlashtirish, obyektivlashtirish haqida gʻoya bilan bordim (XTVning oʻzi soʻragan edi, baholashni oʻzgartirish kerak deb).

U yerdagi vallomatga esa, qarashlarim yoqmadi. Tushuntirishga, asoslashga urina boshlaganimda esa, "nechanchi yilsiz, necha yil maktabda ishlagansiz, qaysi universitetni bitirgansiz", deb soʻradi. Hozir buning nima ahamiyati bor desam, "ha, endiii, sizga oʻxshagan bitta aqllini deb ta'limning oyogʻini osmondan qilmaymiz-ku" javobini oldim. Laptopimni yuziga qaratib qoʻygandim, shart yopdim-da, boshqasiga qildira qolinglar deb chiqib ketdim.

Vazirlikdan chiqyapman-u, hammasini tashlab ketvorgim keldi, "oʻl-a, baholashning "B"sini ham tushunmaydigan, testologiyadan butkul xabarsiz bir vallomat seni haqorat qildi, shu kerakmidi senga" dedim oʻzimga. RTMga borib arizamni yozaman deb ham oʻyladim, lekin fikrimdan qaytdim. Tushunadiganroq, tushunmasa ham eshitib koʻradigan odam kelsa yana urinib koʻrarman deb qoʻydim.

@birgap
👍22😢20
Kelinglar, fikrlashamiz.

Bu Qarshidagi Oʻzbek oilasi yodgorligi. Shu yodgorlikni sinchiklab kuzatib, oʻz munosabatingizni izohlarda yozib keting.

Ertaga men oʻz munosabatimni post qilib yozaman.

@birgap
👍24
Shokir Tursun qarashlari
Kelinglar, fikrlashamiz. Bu Qarshidagi Oʻzbek oilasi yodgorligi. Shu yodgorlikni sinchiklab kuzatib, oʻz munosabatingizni izohlarda yozib keting. Ertaga men oʻz munosabatimni post qilib yozaman. @birgap
Ushbu monumentni koʻrganimda quyidagilarni oʻyladim:

1. Ha, bu rostdan ham tipik oʻzbek oilasi boʻlibdi:
a) otaning qoʻli oʻgʻilning yelkasida, qizidan uzoq;

b) oʻgʻil zamonaviy kiyingan va oʻqiydi (oʻqimishli);

d) qizning qoʻlidagi qumgʻon (koʻza boʻlishi ham mumkin) uning roʻzgʻor ishlariga koʻmib qoʻyilgan xoʻjalik odami ekanini anglatadi.

Tipik oʻzbek oilasi shunaqa edi, hamma urgʻu oʻgʻilga qaratilardi. Hamma yaxshi narsalar unga edi, lekin hozir koʻp narsa oʻzgaryapti, qadriyatlar doim oʻzgarib, rivojlanib turishi bor gap. Monument ana shu oʻzgarishlarni oʻzida umuman aks ettirmagan.

2. Gʻoyaviy jihatdan juda boʻsh asar boʻlgan ekan. Odamlarga mafkuraviy ta’sir qila olmaydi. Bu turdagi yodgorlik mafkuraviy kuchga ega boʻlmasa, uning mavjud boʻlmagani yaxshi.

3. Nega oilada faqat oʻgʻil zamonga mos, nima butun kelajak shu oʻgʻildanmi, jamiyatning kelajagida ayol-qizlarning oʻrni yoʻqmi?

4. Umuman bu yodgorlik bilan nima demoqchi boʻlishgan oʻzi?

5. Qizning yuzidagi tabassummi? Yoʻq, alamga oʻxshash bir narsa, alamli tabassum. Ichingda darding lim, armonlarga toʻlib qolgansan, lekin jilmayishing kerak. Bu xuddi shunga oʻxshaydi.

Mana shu monumentni koʻrganimda Aziz Nesinning "Gʻaroyib bolalar" romanidagi sakkizta qiz koʻrgan va bir qizini oʻgʻil bola koʻrsatish uchun Hikmat deb ism qoʻygan, uni oʻgʻil bolacha kiyintirib yuradigan ota haqidagi parcha esimga tushib ketdi, bizda ham qanchalab Hikmatlar bor ekan-a...

P.S.: bu shunchaki mening oʻylarim, xolos. Shunchaki oʻylarim...

@birgap
👍57
Bu dunyoda psixolingvistika degan soha bor ekanidan xabardormisiz?

Biz universitetda oʻqiganimizda Ona tilini oʻzlashtirishning psixolingvistik asoslari fani oʻqitilgan. Oʻsha fan doirasida olgan bilimlarimiz bugun Ona tili oʻqitishda burilish qilishda (nokamtarlik boʻlsa ham aytaman shuni) mislsiz yordam bermoqda.

Ushbu soha miya va til munosabatini oʻrganadi, til insonning miyasida qanday “harakatlanishi” haqida bilimlarni beradi. Ayni mana shu bilimlarning sizda boʻlishi hozirgi ona tili oʻqitishga joriy qilinayotgan yondashuvni tushunishga, oldingizdagi tumanning koʻtarilishiga yordami tegadi.

Oʻzbekistonda psixolingvistika va neyrolingvistika yoʻnalishida ilmiy ish qilgan birinchi tadqiqotchi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Iroda Azimova shu sohani oʻrgatish maqsadida onlayn kurslar tashkil qilmoqda. Aynan Iroda Azimovaning darslaridan keyingina til oʻqitish aslida qanday kechishi kerakligi, umuman til miyamizda qanday qayta ishlanishi, oʻrganilishi haqida tiniq tasavvurlarga ega boʻlganman.

Bundan tashqari Iroda Azimova (ustozim) MSc European Masters in Clinical Linguistics (Yevropa Ittifoqining Niderlandiya va Germaniya universitetlarida tashkil etilgan Klinik tilshunoslik boʻyicha qoʻshma magistraturasi bitiruvchisi), psixolingvistika, neyrolingvistika va til taʼlimi boʻyicha qator ilmiy maqolalar muallifi, Xalq taʼlimi aʼlochisi hisoblanadi.

Bilimni shu sohaning egasidan olish juda muhim, unday mutaxassis sizga soha haqida gapirib bermaydi, sohaning aniq maʼlumotlarini beradi, kerakli koʻnikmalarni shakllantiradi (oʻzimdan misol). Ishontirib aytamanki, mana shu kursni tamomlasangiz darsliklarda berilayotgan topshiriqlar ortidagi mazmunni, shunga oʻxshash topshiriqlar yaratishni oʻrganib olasiz.

Shuni alohida ta'kidlashim kerakki, mana shu ustozim boʻlmaganlarida hozirgi darajamning yarmiga ham chiqolmagan boʻlardim. Shuning uchun sizlarga ham kursda qatnashib koʻrishni tavsiya qilaman.

Kurs haqidagi toʻliq maʼlumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

https://t.me/psixolingvist/74

P.S.: Iroda Azimova yangi yondashuvdagi Ona tili oʻqish savodxonligi va Ona tili darsliklari mulliflaridan sanaladi.

@birgap
👍24❤‍🔥1🔥1
Ona tili 6-sinf 2-CH.pdf
11.4 MB
#yangi_darslik

🔆6-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍2
Ona tili 7-sinf 2-CH.pdf
9.1 MB
#yangi_darslik

🔆7-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍1
Ona tili 10-sinf 2-CH.pdf
3.5 MB
#yangi_darslik

🔆10-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍2
10-sinf "Ona tili" darsligidagi ushbu savolning javobi quyidagicha:

Javob: 10-15 ta oila oʻgʻlonlari tishlagan non oʻsha xonadonda osigʻliq turardi

Izoh: Qashshoqlik hukm surgan deyildi. Hatto urushga otlangan oʻgʻlonga tishlatish uchun non ham topilmay qolardi. Qaysi oilada non topilsa, hamma shu nonni tishlagan va oʻsha non saqlanadigan xonadonga ayollar yigʻilishgan.

@birgap
👍24
Audio
7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi audiomatni.

@birgap
👍101
7. Kelajak kasblari_OʻK.pdf
261.9 KB
📗7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍6
8. Dehqon yurtni boqadi_OʻK.pdf
235.7 KB
6-sinf Ona tili "Dehqon yurtni boqadi" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap
👍8🔥1