Assalomu alaykum. Hurmatli adabiyot ustozlari, chorak yakunida nazorat ishi sifatida boʻlim (fasl) oxiridagi takrorlash darsini ishlatishingiz mumkin. Takrorlash darsi aynan chorak davomida qamrab olingan kompetensiyalarni tekshirishga moʻljallangan.
Yoki shu takrorlash darsini namuna qilib olib, oʻquvchilarga notanish badiiy matn asosida topshiriqlar tuzib ishlatsangiz boʻladi.
© Komil Jalilov ("Adabiyot" darsliklari mualliflaridan biri)
@birgap

👍8🥰4
Bolalarni qalloblikka oʻrgatmang
Bu mavzuda avval ham yozgan edim. Mana ikki yildirki, turli tanlovlarda hakam sifatida ishlayman. Toʻgʻrisi, tanlovda hakamlik yoki esse (insho) tekshirish desa yuragim bezillaydigan boʻlgan. Sabab bu ishni yoqtirmasligimda emas, aksincha, tanlovga kelgan ishlarning 70% dan koʻpi koʻchirilgan boʻlib chiqishida.
Ustozlar, siz shu oʻquvchingizning tanlovga nima yuborayotganini koʻrmaganmisiz, koʻchirmakashlik yomon odat ekanligini bu birovning tahoratiga namoz oʻqishday gap ekanini aytmaganmisiz. Nega shuncha aytsak ham yana koʻchirilgan ishlar kelaveradi tanlovlarga. Biz farzandlarimizga oʻgʻrilikni oʻrgatyapmizmi? Ularni jinoyatchi qilib tarbiyalayapmizmi?
Mana "Vatan taqdiri mening qoʻlimda" tanlovining bir hududdagi ahvoli, oʻzi jami 13ta ish kelgan oʻsha hududdan, ularning 8tasi KOʻCHIRILGAN.
Vatanimiz taqdiri mana shu koʻchirmachi, oʻgʻri, gʻurursiz, orsiz oʻquvchilarning qoʻlidami?
Ustozlar, ota-onalar, sizlar mana shunaqa yoshlarni tarbiyalayapsizlarmi?

👍39😱10
Shokir Tursun qarashlari
Bolalarni qalloblikka oʻrgatmang Bu mavzuda avval ham yozgan edim. Mana ikki yildirki, turli tanlovlarda hakam sifatida ishlayman. Toʻgʻrisi, tanlovda hakamlik yoki esse (insho) tekshirish desa yuragim bezillaydigan boʻlgan. Sabab bu ishni yoqtirmasligimda…
Aytadiganim shu - men hakamlik qilgan birorta tanlovda koʻchirilgan ishlar butkul baho olmaydi.
Endi koʻchirmakashlarni maktabi bilan birga e'lon qilib sharmanda qilamiz shekilli. Oʻshanda toʻxtashadi shekilli bular.
Kuyib ketyapman, achinyapman, afsuslanyapman.
Shu tanlovda oʻquvchilarim qatnashaman desa, yoʻq, men hakamman, oʻrin olib qolsang, gap-soʻz boʻladi debman-a. Shunaqa boʻlishini bilganimda oʻquvchilarimga yozishga ruxsat bergan boʻlardim.

👍36👎3💩1
Bugun dam olish kuni (menda), shuning uchun bir kuzatishim haqida aytmoqchiman
Oʻzbek estradasida (shou biznesida) sevgi izhor qilingan, muhabbat joʻsh urgan, baxt haqidagi qoʻshiqlar juda kamayib ketibdi. 20-30 yil oldin aytilgan qoʻshiqlarda bu mavzu ancha koʻp boʻlgan ekan.
Hozir qoʻshiqchilar koʻproq ayriliq, hijron haqida kuylayapti, menimcha.
Xullas, oʻzbek estradasi "aldab ketding" "tashlab ketding", "bevafosan", "boylikka uchding", "xiyonat qilding" kabi diydiyolarga toʻlib ketgan.
Gʻamga botib ketganmizmi deyman.
Oʻzi munosabatlarda muammolarni hal qilishga urinishdan koʻra koʻproq sherikni ayblab qoʻya qolish qonimizda bor, shekilli.
Baxtni his qilishni, hayotga sal pozitiv qarashni oʻrganaylik.

👍52😁8🔥3❤2
Shokir Tursun qarashlari
Bugun dam olish kuni (menda), shuning uchun bir kuzatishim haqida aytmoqchiman Oʻzbek estradasida (shou biznesida) sevgi izhor qilingan, muhabbat joʻsh urgan, baxt haqidagi qoʻshiqlar juda kamayib ketibdi. 20-30 yil oldin aytilgan qoʻshiqlarda bu mavzu ancha…
Boʻlajak turmush oʻrtogʻimga shu xulosam haqida aytganimda qiziq bir gʻoyani ilgari surgandi:
"Oʻzi jamiyatimizda tuygʻular bilan ishlash yoʻq, tuygʻular yashiriladi, yaqinlar tugul oʻsha odamni oʻziga ham aytilmaydi. Kimnidir sevish juda uyatli deb qaraladi. Ojizlik deb qaraladi. Bu jinoyat darajasiga chiqariladi."
Bu borada suyukligim fikrlariga qoʻshilaman. Biz rostdan ham tuygʻular haqida gaplashmaymiz, tuygʻularni boshqarishni oʻrgatmaymiz. Ichimizdagi tuygʻular kun kelib "sasib" qoladi keyin.
Balkim, jamiyatimizdagi alamzadalikda mana shuning ham hissasi bordir.

👍37🐳2
- Eshitdingmi, yangi darsliklar “otmen” boʻlganmish.
- Qayoqdan bilding?
- Ana, mahallaning xotinlari aytyapti.
- Ularga kim aytibdi?
- Axir DTM test tuziladigan darsliklar roʻyxatini e’lon qilibdi-ku!
DTM mana shu yil juda toʻgʻri qaror qildi. 2023-yilgi OTMga kirish imtihonlarida bu yil chiqarilgan darsliklardan emas avvalgi yillarda chiqarilgan darsliklar asos qilib olinarkan. Toʻgʻri-da!
Tushuntiraman
Oʻzimdan misol, men oʻqigan paytda darsliklar boshqa edi, keyin OTMga topshirgunimcha ancha oʻzgargan, men oʻsha oʻzgargan darsliklar asosida test ishlaganman (oʻqimaganlarim asosida ham, chunki men kollejda oʻqiganman, imtihonda esa litsey darsliklaridan ham savollar boʻlardi). Bu juda gʻalati-ku! Men imtihonga kirganimda men maktabga oʻqigan davrdagi darsliklardan savol tuzilsa maʼqul boʻlardi. Adolatdan ham. Bu safar imtihonga kiradiganlar yangi darsliklarni koʻrmagan, shuning uchun ularga oʻzlari oʻqigan darsliklardan test tuzish qaysidir maʼnoda adolatni taʼminlashdir.
Endi boshqa masala
Umuman darslikdan savol tuzish bu katta xato. Darslikdan tuzilgan savol baribir xotirani tekshirishga aylanib ketaveradi. Test koʻnikmalar asosida tuzilishi kerak. Shu paytgacha Ona tili darsliklaridan aynan test tuzilmagan, tilshunoslikning qaysidir qoidasi asosida test tuzilgan. Bu qaysidir maʼnoda koʻnikmani tekshirishga kiradi.
Yangi darsliklarda ham tilshunoslikda tan olingan biror qoida oʻzgargani yoʻq. Oʻsha koʻrsatish olmoshi – oʻsha koʻrsatish olmoshi. Savol esa koʻrsatish olmoshidan tuziladi, darslikdagi misoldan emas. Agar shu paytgacha tan olingan biror qoidani buzib tashlagan boʻlsak, masalan, kesimni ikkinchi darajali boʻlakka aylantirib qoʻyish, buni aytinglar. Unday qilmaganmiz-ku, toʻgʻrimi?
Demak xulosa qilamiz:
1. Testning yangi darsliklardan emas, eskilaridan tuzilishi qaysidir maʼnoda abituriyentlar uchun adolatdan.
2. Darslikka asoslanish xato yondashuv.
3. Testlarda koʻnikmalar tekshirilishi kerak (esingizda boʻlsa men 1-nazorat ishlari uchun ana shunday namuna bergan edim).
4. Yangi darsliklarda tilshunoslikning biror qoidasi oʻzgarib qolmagan. Shunchaki, qoida berish, qoidani qoʻllashni oʻrgatish usuli oʻzgargan.
5. DTMda imtihonda savol tuzish uchun tasdiqlanmadi degani darslik tasdiqlanmadi degani emas, mezon DTM emas. Darsliklar tasdiqlangan.
DTMni toʻgʻri qaror bilan yana bir marta tabriklayman!

👍42🔥5😁5👎3🤮3❤1🤯1
"Vatan taqdiri mening qoʻlimda" tanlovi uchun kelgan ishlarni tekshirib boʻldik
Mening faoliyatimda birinchi marta maktabdan yuborilgan ishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Respublika komissiyasi koʻrib chiqdi. Yaʼni, hududlar saralamadi bu safar.
Toʻgʻrisi, hayotimdagi eng ogʻir tanlov boʻldi. Sabab esa, koʻchirmakashlar, tanlov mohiyatini anglamagan (oʻqituvchisi tanishtirmaganmi deyaman-da), mavzu qolib vatanning bebaholigi haqida yozganlar boʻldi.
Ochigʻi, birortasini finalga chiqarmaslik kerak deb ham oʻyladim, lekin final boʻlishi kerak baribir.
Deyarli hamma vatanni sevish, vatan muqaddasligi haqida yozgan. Prezidentga rahmatlar yogʻdirgan (shundan hech qutulmadik-da).
Tanlov mavzusi esa "Vatan taqdiri mening qoʻlimda" edi. Unda oʻquvchi kelajakda vatan uchun nimalar qilishi, bugungi muammolarni qanday bartaraf etishi haqida yozishi kerak edi.
Deyarli hammada bir xil gap, "yaxshi oʻqib, aʼlo baholar olib, vatanimga xizmat qilaman", sharoitlar uchun prezidentga rahmat".
Jon bolajonlar, tushuninglar, sharoitlar uchun prezidentga rahmat aytish kerak emas, bu uning xizmat vazifasi. U xalqqa manfaatli qarorlar qabul qilishi uchun saylangan, shuning uchun oylik oladi, shuning uchun oilasi va oʻzi daxlsiz yashaydi. Xizmat vazifasini bajargan hammani ulugʻlab, unga rahmatlar, olqishlar yogʻdiravermaymiz-ku!
P.S.: natijalarni soʻramanglar, vazirlik dushanba kuni eʼlon qilib qolsa kerak.

👍46😁17😢11🔥4
Ona tili hamda Ona tili va oʻqish savodxonligi fanlaridan namunaviy nazorat ishlari 2-chorakdan boshlab toʻliq eʼlon qilinadi.
P.S.: Adabiyot haqida hozircha bir nima deya olmayman.
@birgap
P.S.: Adabiyot haqida hozircha bir nima deya olmayman.
@birgap
👍12
Bugun ertalab ishga kelishda shu qoʻshiqni eshitib qoldim. Oʻquvchilarim bilan tahlil qilamiz deb koʻnglimga tugib qoʻygandim.
Kelib, sheʼrni koʻrsatdim-da, mantiqsizliklar, xato qoʻllangan soʻzlarni topinglar. Umuman, mana shu toʻrtlikka baho beringlar, faqat asosli boʻlsin dedim.
Oʻquvchilarim juda yaxshi ishlashdi, "shoir" xatolarini men kutgandan koʻra yaxshiroq ochishdi.
Oʻquvchilarimga mana shunaqa topshiriqlarni koʻp beraman. Tilga ehtiyotkorlikni, soʻzga xushyorlikni oshiradi bu.
Bu topshiriq orqali qaysi koʻnikmalar rivojlantirilmoqda degan haqli savol tugʻilishi mumkin sizda. Javob beraman.
1. Soʻzlash. Soʻzlaganda ham omma oldida va asosli soʻzlash. Chunki oʻquvchi sinfdoshlariga oʻz fikrlarini tushuntirib, asoslab berishi kerak.
2. Tanqidiy fikrlash. Oʻquvchilar oʻz bilimlarini ishga solib "shoir"ning ixtirolarini tahlil va tanqid qiladilar.
3. Leksikologiya boʻyicha bilimlar. Oʻquvchilar har bir soʻzning maʼnosini alohida tahlil qiladilar.

👍47😢2🤔1🤬1
Shokir Tursun qarashlari
Bugun ertalab ishga kelishda shu qoʻshiqni eshitib qoldim. Oʻquvchilarim bilan tahlil qilamiz deb koʻnglimga tugib qoʻygandim. Kelib, sheʼrni koʻrsatdim-da, mantiqsizliklar, xato qoʻllangan soʻzlarni topinglar. Umuman, mana shu toʻrtlikka baho beringlar,…
Asosiy koʻnikma - til materialini tanqidiy baholash. Aslida, ona tilining oxirgi maqsadi shu boʻlishi kerak.
© Iroda Azimova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
@birgap
© Iroda Azimova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
@birgap
👍13🔥1
Forwarded from Dorilfunun
Fargʻona Davlat Universtitetining qatagʻonlar davri muzeyidagi bu arxiv fotosuratlarda 1933-38yi qatagʻon qilingan ayollar aks etgan.
Insonparvar Sovet hokimiyati qamagan, surgun qilgan, otgan ojizalar...
Basya Mitkul Germaniyada oʻqib kelgan, dars bergan va 1939-yili qatl etilgan.
Oʻn toʻqqiz yil oʻtirib chiqqan Tojixon Shodiyevaning achchiq qismatini bilmagan Farg'onalik yoʻq.
Abdurauf Fitratning ayoli Hikmat Fitratovaning suratini qizi Sevara Fitratning arxivida koʻrgandim...
Yana bir suratga qadalgan koʻzlarimda yosh qalqdi. U qayerda olingani maʼlum emas. Balkin umuman Oʻzbekiston xududi ham emasdir.
Muhimi ojizalarga miltiq oʻqtaganlar biz yarim asr qargʻagan fashistlar emas, bolalikdanoq savlatiga havas qilib, “chest”bergan va koʻr-koʻrona faxrlangan shonli armiya askarlaridir.
Safga tizib otilayotgan xotin-qizlar orasida esa... Qornini ushlab , jallodining koʻziga moʻltirab turgan homilador ayolning nigohlariga koʻzingiz tushdimi? Manfur, qotil, tizimga boʻlgan nafrat aks etmaganmi?
Mana nima uchun bu zolimliklarga koʻz yumayotgan manqurt qullardan nafratlanaman.
***
Soʻldirsa gulingni, ilohim, yonsin,
Yeru osmon koʻrsin koʻz yummay bedor.
Vaqt — ulugʻ hakamdir.
Ruhing uygʻonsin,
Asriy umidim — Sen. Sen borsan. Sen — bor.
Roviylar ne uchun?
Haq va Haqiqat!
Asirlik zanjirin parchalab tashla.
Vujudingni yoqsin alamli fikrat,
Ayon haqiqatga, haq yoʻlga boshla...
Rauf PARFI
©️Feysbukdan, Muazzam Ibrohim sahifasidan olindi.
📱 @fakultetFilologiya

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27😢14❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤🔥6😁1
Quyidagi manzilda oʻquvchilarimga ayrim imlo qoidalarini qanday oʻrgatganim haqida yozdim.
Oʻquvchilarim qoidalarni formulaga aylantira olishgan.
Matnni oʻqish uchun yoʻnaltma:
https://shokiryuldash.medium.com/o%CA%BBquvchilarimga-ayrim-imlo-qoidalarini-qanday-o%CA%BBrgatdim-d7634f34b330

Medium
Oʻquvchilarimga ayrim imlo qoidalarini qanday oʻrgatdim
Dars yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda xattaxtaga quyidagilarni yozdim:
👍35🥰5
Forwarded from TentakMinds
Маддоҳ тайёрлаб берамиз!
Нега бунақамиз а? Қайтага ҳокимга муаммомизни айтишимиз керак эмасми? Балки у айнан муаммоларни ўрганишга келаётгандир?
Қачонгача "фаровон ва бахтли фуқаро" ролини ўйнарканмиз а?
@tentakminds

👍36🤬8🤔2❤🔥1👎1
Toʻgʻrisi, hech qachon bunaqa post yozmasdim, lekin shu safar bu qoidamni buzdim.
Oʻzim guvoh boʻlganim uchun.
Operatsiyaga 32 million kerak ekan.
https://telegra.ph/Ehson-vaqti-11-02
Oʻzim guvoh boʻlganim uchun.
Operatsiyaga 32 million kerak ekan.
https://telegra.ph/Ehson-vaqti-11-02
Telegraph
Ehson vaqti
Университетга кираверишда бир амаки қоровуллик қилади. Негадир доим қовоғини солиб ӯтирарди. Ҳаётдан норози, ҳеч кимга ҳеч қачон яхшилиги тегмайди деб ӯйлайсиз. Талабалар ҳам унинг қӯрс муомаласидан безор эди. Мен тӯғрисини айтсам, шу одамга рӯпара келишдан…
😢25👍12
Chet ellik mutaxassislarning koʻpchiligini yoqtirmayman
Bir necha yildan beri Oʻzbekiston tomonidan chaqirilgan oʻnlab xalqaro ekspertlar bilan ishlashga toʻgʻri keldi. Koʻplab yaxshi ekspertlar bor ekanini rad etmagan holda aytamanki, chet elliklarning juda koʻpchiligi Oʻzbekistonda yaxshi mutaxassislar yoʻq deb oʻylaydi. Mavzuning juda-juda elementar, bakalavr darajasidan ham quyiroq qismlarini tushuntirishadi.
Toʻgʻri, mavzuni bir boshidan tushuntirmoqchidir deb oʻylashingiz mumkin, lekin tinglovchilari kim ekanini, ularda qanday bilimlar borligini bilmay turib maʼruza qiladigan odamni yaxshi mutaxassis deya olmayman. Bundan tashqari oʻsha boshidan nariga ham oʻtmaydi, chuqurlashmaydi. Mavzu haqida gapiradi, xolos.
Shuning uchun chet ellik ekspert dars oʻtarkan, desa ensam qotadigan boʻlgan. Oʻzim bilgan narsalarni eshitgani borishim kerak ekan-da deb qoʻyaman.
Bu gaplarni yozishimdan maqsad, chet elda Oʻzbekistonning imidji juda yomon, donor tashkilotlar bizni oʻta yomon ahvolda deb bilishadi. Uchinchi dunyo davlatlaridan biri sanaydi. Afrikaning eng chekka hududlari uchun tayyorlagan maʼruzalarini gapirishadi (oʻxshatish qilish uchun aytyapman).
Shunaqa payti, “hey, nima bizni saviyasiz, omi deb oʻylayapsanmi, yigʻishtir karamshoʻrvangni, tuzukroq narsalardan gapir” degim keladi-yu, andisha qilaman. Anchagina mablagʻ evaziga kelgan axir.
Oldin ham aytgan edim, oʻzimizda potensial yuqori, lekin bizda sharoit yoʻq. Agar bizga oʻsha ekspertlarga toʻlanadigan darajada haq toʻlashsa, ularning davlatidagi sharoitlarni yaratib berishsa, oʻzimiz qila olamiz oʻsha ishlarni. Tizimda gap koʻp.

👍34👏6💯3❤1
Shokir Tursun qarashlari
Chet ellik mutaxassislarning koʻpchiligini yoqtirmayman Bir necha yildan beri Oʻzbekiston tomonidan chaqirilgan oʻnlab xalqaro ekspertlar bilan ishlashga toʻgʻri keldi. Koʻplab yaxshi ekspertlar bor ekanini rad etmagan holda aytamanki, chet elliklarning juda…
Ya'ni oʻz darajangdagi odamdan oʻzingning darajangdan past ma'ruza eshitishni yoqtirmayman.
Yana ham yomoni - xoʻrozqand chet elniki desa yotvolib yalaydigan hukumat.

👍31
Ishonasizlarmi, yoʻqmi, Oʻzbekistonda bir mutaxassis bir kishining oyligiga ikki kishining ishini qiladi (kamida ikki kishi, ba'zan uch kishi).
Tan olamizmi, yoʻqmi, kambagʻal davlatmiz. Ilm esa qimmat narsa.

👍35😢11🔥5👏2