Bugungi mavzu ancha qisqa edi, u oʻz yakuniga yetdi. Kirishga, jonli tinglashga imkoniyati boʻlmaganlar quyidagi yoʻnaltma orqali oʻtib koʻrishlari mumkin.
👨🏫Ma'ruzachi: Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi muallifi, Respublika ta'lim markazi metodisti Shokir Tursun
🗒Mavzu: Oʻquvchilar oʻz ona tilisini qanday oʻzlashtiradi?
🔗Videoning koʻrish uchun yoʻnaltma:
https://www.youtube.com/watch?v=_VRS9-TUMWQ
@birgap

YouTube
Oʻquvchilar oʻz ona tilini qanday oʻzlashtiradi?
👍13👏1
Xullas, baholash masalasida hali bir qarorga kela olmadik.
Koʻplab oʻqituvchilarga avval tavsiya sifatida berilgan baholash ishi ma'qul kelgan ekan. Shuning uchun barcha sinflarda nazorat ishlarini uzatishni boshlaymiz. Vazirlik koʻnmasa, oʻzi bilar☺️.
Menimcha, 2-chorakni yakunlash uchun oʻtkaziladigan nazorat ishlariga ulgursak kerak, ulgurmasak keyingi chorakdan e'lon qilamiz.
P.S.: nazorat ishlari tavsiyaviy boʻladi va faqatgina yangilangan darsliklar asosida tuziladi.

👍17
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
6. Ko'z nurini asraylik_OʻK.pdf
234.5 KB
📗6-sinf Ona tili "Ko'z nurini asraylik!" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

7. Jigar eng mehnatkash a'zo_OʻK.pdf
281.6 KB
📗6-sinf Ona tili "Jigar eng mehnatkash a'zo" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
6. Kurash-milliy sport turi_OʻK.pdf
238.6 KB
📗7-sinf Ona tili "Kurash — milliy sport turi" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
7. Kelajak kasblari_OʻK.pdf
261.9 KB
📗7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍15🥰2❤1
Assalomu alaykum! Ertangi suhbat esingizdami?
Mualliflar jamoasi sizlarni kutadi.
Suhbatda Klaraxon Mavlonova, Zulfiya Rashidova, Saʼdullo Quronov, Mansur Siddiqov hamda Shokir Tursun savollaringizga javob beradilar.
Zulfiya Rashidova amaliyotchi oʻqituvchi sifatida taklif etilgan. Ushbu ustozdan ham foydali tavsiyalarni eshitishingiz mumkin boʻladi.
Ovozli chat havolasini ertaga ulashaman.

👍23🔥4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Sa'dullo Quronovning ta'lim tizimida obyektiv baholash mezonlari yo'qligi haqidagi fikrlarini davom ettirgan holda. Prezident Administratsiyasi tuzgan ishchi guruh ekspertlaridan biri, O'zbekistondagi yetakchi pedagogik OTM bo'lgan Nizomiy nomidagi TDPUning (katta ehtimol bilan, ilmiy darajali) mutaxassisining yangi 7-sinf "Adabiyot" darsligiga bergan xulosasi. Bu xulosa darsliklar tahlili yoki psixodidaktikasi bo'yicha ilmiy talablarga emas, shunchaki subyektiv yondashuvga asoslangan, degan fikrdaman.
O'z navbatida men ham ishchi guruh tashkil qilgan Prezident Administratsiyasiga va ishchu guruh ishini muvofiqlashtirgan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga savollar bilan murojaat qilsam:
1. Darsliklar madhiya bilan boshlanishi talabi qo'yilgan rasmiy hujjat bormi? Yoki darsliklar madhiya bilan boshlansa, o'quvchilar o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir qilishi to'g'risida ilmiy tadqiqotlar natijalari mavjudmi?
(davomi bor ...)

👍15🤔4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
(oldingi postning davomi...)
2. Darslikning kirish qismidagi badiiy tahlil namunasining aynan qaysi jihatlari va qaysi mezonlarga ko'ra "noma'qbul"?
3. Ernest Hemingueyning fikri keltirilishi darslikning samaradorligiga qanday salbiy ta'sir qilgan?
4. Savol-topshiriqlarning maktab o'quvchisi emas, OTM talabalariga mosligi qaysi taksonomiya yoki ramka (framework) asosida aniqlandi?
5. Mavzular ketma-ketligini qayta ko'rib chiqish zarurati nima bilan asoslanadi?
6. Darslikning 22-betidagi ma'lumot va rasm Zulfiya haqida bo'lmasa, kim haqida?
7. Darslikdagi loyiha ishlari, juft bo'lib va guruhda ishlashga qaratilgan topshiriqlar "interfaol usul" bo'lmasa, unda "interfaol usul" deganda nima tushuniladi?
8. Qaysi matnlar va nima uchun qayta tahrir qilinishi lozim?
9. Aynan qaysi savol va topshiriqlar qaysi jihatdan ko'rib chiqilishi lozim?
Administratsiya va (yoki) inspeksiya javobini kutaman. O'ylaymanki, javob kanal obunachilari va ta'lim sohasi mutaxassislariga ham qiziq bo'ladi.

Telegram
Senzurasiz
Sa'dullo Quronovning ta'lim tizimida obyektiv baholash mezonlari yo'qligi haqidagi fikrlarini davom ettirgan holda. Prezident Administratsiyasi tuzgan ishchi guruh ekspertlaridan biri, O'zbekistondagi yetakchi pedagogik OTM bo'lgan Nizomiy nomidagi TDPU mutaxassisining…
👍26🔥3
Xullas, mana shu savol haqida.
Men bu savolni tuzgan odam javob beruvchidan nimani xohlayotganini umuman tushunmadim.
Bu savolda Ven diagrammasi xato ishlatilgan deb oʻylayman. Matnga qoʻllanadigan Ven diagrammasi oʻxshash va farqli jihatlarni topishga qaratilgan boʻladi va u hammamiz bilgan ikkita doiradan iborat boʻladi (rasmda 2-chizma). Boshqa shakllar boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Shu savolni kim tuzgan boʻlsa ham xato tuzibdi.
Umuman, bunday savollar nimaga kerak, oʻqituvchining qaysi koʻnikmasini baholaydi bu savol? Yoʻq joydan savol kavlab topadiganlarni tushunmay oʻtib ketsam kerak.
17-, 20- va 21-savollarni ham qaranglar. Bu nimasi axir. Darslikda berilgan matnlar ichidagi ma'lumotlarni soʻrashmi bu? Bu bilan savol beruvchi nimani aniqlamoqchi? Oʻqituvchi darslikni yodlaganliginimi?
Oʻqituvchilarning toifa imtihonlarini tashkil qiladigan tashkilot odam boʻlmaydi shekilli.

👍30🤔4
Shokir Tursun qarashlari
Assalomu alaykum! Ertangi suhbat esingizdami? Mualliflar jamoasi sizlarni kutadi. Suhbatda Klaraxon Mavlonova, Zulfiya Rashidova, Saʼdullo Quronov, Mansur Siddiqov hamda Shokir Tursun savollaringizga javob beradilar. Zulfiya Rashidova amaliyotchi oʻqituvchi…
🔗Ovozli chatda ishtirok e'tish uchun yoʻnaltma👇
https://t.me/edurtm_uz?livestream
https://t.me/edurtm_uz?livestream
Telegram
Respublika ta'lim markazi |Rasmiy
XTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi
Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
✉️ E-mail: rtm@xtv.uz

👍2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Yana ta'limda baholash haqida. Ta'limning uch muhim komponenti: standartlar, (dasturlar), metodika va baholash bir-biri bilan hamohang ishlamasa, uchalasi uch tarafga sudrasa, ta'lim barbod bo'ladi.
Kecha darsliklar mualliflari bilan bilan suhbatda o'qituvchilar "DTM va attestatsiya testlari qaysi darslikdan tushadi?" degan savol berishdi. Savolning bunday qo'yilishi - baholashning noto'g'ri ishlayotganligidir. Chunki darslikdan tuzilgan test xotirani tekshiradi. Maktab ta'limining maqsadi esa xotirani rivojlantirish, darsliklarni yod oldirish emas. Maktab ta'limining maqsadi - o'quvchiga hayotda kerakli kompetensiyalarni shakllantirish va fundamental bilimlar berish. O'qituvchining ham mahorati uning darsliklarni qanchalik yod bilishida emas.
To'g'ri, xotirani tekshirish oson. Darslikning istalgan betidagi ma'lumotni olib test tuzasiz. Appelyatsiyada ham shuni ko'rsatasiz: "mana, javobing noto'g'ri!" Lekin bunday yondashuv faqat "qori"larni yetishtiradi, ta'limni va jamiyatni halokatga yetaklaydi.

👍17👎2
Forwarded from Dorilfunun
⭕️ ⭕️ ⭕️ “MUHOKAMATUL LUGʻATAYN” TANLOVI
TANLOVNING MAQSADI
Alisher Navoiy hazratlari merosini chuqur o‘rganish, uning asl qadr-qiymatini anglash.
TANLOVNING SHARTLARI
Ishtirok etuvchilar uchun qat’iy talablar yo‘q. Yozishni uddalaydigan har bir kishi qatnasha oladi.
Qatnashuvchilardan “Muhokamatul lug‘atayn” asari haqida tahliliy asar yozish talab qilinadi.
😀 Asosiy masala – “Muhokamatul lug‘aytayn”ning mohiyatini bugungi tilda oson va shirali tilda tushuntirib berishdir. Imkon qadar pafos hamda shaxsiy hissiyotlardan cheklanish tavsiya qilinadi.
Tanlovda faqat bir nafar muallif qatnasha oladi. Jamoa bo‘lib yozilgan va bir necha muallif ismi ko‘rsatilgan asarlar qabul qilinmaydi.
Tanlov uchun topshirilgan asarlarning hajmi, janri, soni mualliflarning ixtiyoridadir. Ishtirokchi bir necha maqola yoki boshqa janrdagi asarlarini taqdim qila oladi.
✅️ Asarlar Doc. formatida tahrirlangan holda topshirilishi kerak. Tashih va tahrirga muhtoj matnlar qatnashuvchiga to‘g‘irlab berishi uchun qaytariladi.
😀 Matnlar Times New Roman shriftida, 14 lik o‘lchamda, yuqori, past, o‘ng va chap taraflardan 2 sm joy qoldirilgan holda saqlanishi maqsadga muvofiq. Bu shartlar bajarilmasa, ish qatnashchiga to‘g‘irlashi uchun qaytariladi.
😀 Tanlov uchun ijodiy ishlar 2022-yilning 30-dekabr kuni soat 23:59 ga qadar telegramdagi t.me/tanlov22 profilida qabul qilinadi.
TANLOV NATIJALARI
Tanlovga qabul qilingan ishlar ichidan saralari to‘plam shaklida chop etiladi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash kuni barcha ishtirokchilarga beriladi.
⚡️ Tanlovda 1-o‘rinni olgan ishtirokchiga 10 million so‘m mukofot puli atalgan.
Boshqa o‘rinlarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar belgilangan.
Ishtirokchilarni taqdirlash marosimi 2023-yilning 5-fevral kuni soat 10:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
😀 Homiy va hamkorlar t.me/tanlov22 manziliga murojaat qilishlari so‘raladi.
Tashkiliy qo‘mita.
©️Akrom Malik
📱 Kanalimiz:@fakultetFilologiya
TANLOVNING MAQSADI
Alisher Navoiy hazratlari merosini chuqur o‘rganish, uning asl qadr-qiymatini anglash.
TANLOVNING SHARTLARI
Ishtirok etuvchilar uchun qat’iy talablar yo‘q. Yozishni uddalaydigan har bir kishi qatnasha oladi.
Qatnashuvchilardan “Muhokamatul lug‘atayn” asari haqida tahliliy asar yozish talab qilinadi.
Tanlovda faqat bir nafar muallif qatnasha oladi. Jamoa bo‘lib yozilgan va bir necha muallif ismi ko‘rsatilgan asarlar qabul qilinmaydi.
Tanlov uchun topshirilgan asarlarning hajmi, janri, soni mualliflarning ixtiyoridadir. Ishtirokchi bir necha maqola yoki boshqa janrdagi asarlarini taqdim qila oladi.
TANLOV NATIJALARI
Tanlovga qabul qilingan ishlar ichidan saralari to‘plam shaklida chop etiladi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash kuni barcha ishtirokchilarga beriladi.
Boshqa o‘rinlarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar belgilangan.
Ishtirokchilarni taqdirlash marosimi 2023-yilning 5-fevral kuni soat 10:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Tashkiliy qo‘mita.
©️Akrom Malik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
Assalomu alaykum. Hurmatli adabiyot ustozlari, chorak yakunida nazorat ishi sifatida boʻlim (fasl) oxiridagi takrorlash darsini ishlatishingiz mumkin. Takrorlash darsi aynan chorak davomida qamrab olingan kompetensiyalarni tekshirishga moʻljallangan.
Yoki shu takrorlash darsini namuna qilib olib, oʻquvchilarga notanish badiiy matn asosida topshiriqlar tuzib ishlatsangiz boʻladi.
© Komil Jalilov ("Adabiyot" darsliklari mualliflaridan biri)

👍8🥰4
Bolalarni qalloblikka oʻrgatmang
Bu mavzuda avval ham yozgan edim. Mana ikki yildirki, turli tanlovlarda hakam sifatida ishlayman. Toʻgʻrisi, tanlovda hakamlik yoki esse (insho) tekshirish desa yuragim bezillaydigan boʻlgan. Sabab bu ishni yoqtirmasligimda emas, aksincha, tanlovga kelgan ishlarning 70% dan koʻpi koʻchirilgan boʻlib chiqishida.
Ustozlar, siz shu oʻquvchingizning tanlovga nima yuborayotganini koʻrmaganmisiz, koʻchirmakashlik yomon odat ekanligini bu birovning tahoratiga namoz oʻqishday gap ekanini aytmaganmisiz. Nega shuncha aytsak ham yana koʻchirilgan ishlar kelaveradi tanlovlarga. Biz farzandlarimizga oʻgʻrilikni oʻrgatyapmizmi? Ularni jinoyatchi qilib tarbiyalayapmizmi?
Mana "Vatan taqdiri mening qoʻlimda" tanlovining bir hududdagi ahvoli, oʻzi jami 13ta ish kelgan oʻsha hududdan, ularning 8tasi KOʻCHIRILGAN.
Vatanimiz taqdiri mana shu koʻchirmachi, oʻgʻri, gʻurursiz, orsiz oʻquvchilarning qoʻlidami?
Ustozlar, ota-onalar, sizlar mana shunaqa yoshlarni tarbiyalayapsizlarmi?

👍39😱10
Shokir Tursun qarashlari
Bolalarni qalloblikka oʻrgatmang Bu mavzuda avval ham yozgan edim. Mana ikki yildirki, turli tanlovlarda hakam sifatida ishlayman. Toʻgʻrisi, tanlovda hakamlik yoki esse (insho) tekshirish desa yuragim bezillaydigan boʻlgan. Sabab bu ishni yoqtirmasligimda…
Aytadiganim shu - men hakamlik qilgan birorta tanlovda koʻchirilgan ishlar butkul baho olmaydi.
Endi koʻchirmakashlarni maktabi bilan birga e'lon qilib sharmanda qilamiz shekilli. Oʻshanda toʻxtashadi shekilli bular.
Kuyib ketyapman, achinyapman, afsuslanyapman.
Shu tanlovda oʻquvchilarim qatnashaman desa, yoʻq, men hakamman, oʻrin olib qolsang, gap-soʻz boʻladi debman-a. Shunaqa boʻlishini bilganimda oʻquvchilarimga yozishga ruxsat bergan boʻlardim.

👍36👎3💩1
Bugun dam olish kuni (menda), shuning uchun bir kuzatishim haqida aytmoqchiman
Oʻzbek estradasida (shou biznesida) sevgi izhor qilingan, muhabbat joʻsh urgan, baxt haqidagi qoʻshiqlar juda kamayib ketibdi. 20-30 yil oldin aytilgan qoʻshiqlarda bu mavzu ancha koʻp boʻlgan ekan.
Hozir qoʻshiqchilar koʻproq ayriliq, hijron haqida kuylayapti, menimcha.
Xullas, oʻzbek estradasi "aldab ketding" "tashlab ketding", "bevafosan", "boylikka uchding", "xiyonat qilding" kabi diydiyolarga toʻlib ketgan.
Gʻamga botib ketganmizmi deyman.
Oʻzi munosabatlarda muammolarni hal qilishga urinishdan koʻra koʻproq sherikni ayblab qoʻya qolish qonimizda bor, shekilli.
Baxtni his qilishni, hayotga sal pozitiv qarashni oʻrganaylik.

👍52😁8🔥3❤2
Shokir Tursun qarashlari
Bugun dam olish kuni (menda), shuning uchun bir kuzatishim haqida aytmoqchiman Oʻzbek estradasida (shou biznesida) sevgi izhor qilingan, muhabbat joʻsh urgan, baxt haqidagi qoʻshiqlar juda kamayib ketibdi. 20-30 yil oldin aytilgan qoʻshiqlarda bu mavzu ancha…
Boʻlajak turmush oʻrtogʻimga shu xulosam haqida aytganimda qiziq bir gʻoyani ilgari surgandi:
"Oʻzi jamiyatimizda tuygʻular bilan ishlash yoʻq, tuygʻular yashiriladi, yaqinlar tugul oʻsha odamni oʻziga ham aytilmaydi. Kimnidir sevish juda uyatli deb qaraladi. Ojizlik deb qaraladi. Bu jinoyat darajasiga chiqariladi."
Bu borada suyukligim fikrlariga qoʻshilaman. Biz rostdan ham tuygʻular haqida gaplashmaymiz, tuygʻularni boshqarishni oʻrgatmaymiz. Ichimizdagi tuygʻular kun kelib "sasib" qoladi keyin.
Balkim, jamiyatimizdagi alamzadalikda mana shuning ham hissasi bordir.

👍37🐳2
- Eshitdingmi, yangi darsliklar “otmen” boʻlganmish.
- Qayoqdan bilding?
- Ana, mahallaning xotinlari aytyapti.
- Ularga kim aytibdi?
- Axir DTM test tuziladigan darsliklar roʻyxatini e’lon qilibdi-ku!
DTM mana shu yil juda toʻgʻri qaror qildi. 2023-yilgi OTMga kirish imtihonlarida bu yil chiqarilgan darsliklardan emas avvalgi yillarda chiqarilgan darsliklar asos qilib olinarkan. Toʻgʻri-da!
Tushuntiraman
Oʻzimdan misol, men oʻqigan paytda darsliklar boshqa edi, keyin OTMga topshirgunimcha ancha oʻzgargan, men oʻsha oʻzgargan darsliklar asosida test ishlaganman (oʻqimaganlarim asosida ham, chunki men kollejda oʻqiganman, imtihonda esa litsey darsliklaridan ham savollar boʻlardi). Bu juda gʻalati-ku! Men imtihonga kirganimda men maktabga oʻqigan davrdagi darsliklardan savol tuzilsa maʼqul boʻlardi. Adolatdan ham. Bu safar imtihonga kiradiganlar yangi darsliklarni koʻrmagan, shuning uchun ularga oʻzlari oʻqigan darsliklardan test tuzish qaysidir maʼnoda adolatni taʼminlashdir.
Endi boshqa masala
Umuman darslikdan savol tuzish bu katta xato. Darslikdan tuzilgan savol baribir xotirani tekshirishga aylanib ketaveradi. Test koʻnikmalar asosida tuzilishi kerak. Shu paytgacha Ona tili darsliklaridan aynan test tuzilmagan, tilshunoslikning qaysidir qoidasi asosida test tuzilgan. Bu qaysidir maʼnoda koʻnikmani tekshirishga kiradi.
Yangi darsliklarda ham tilshunoslikda tan olingan biror qoida oʻzgargani yoʻq. Oʻsha koʻrsatish olmoshi – oʻsha koʻrsatish olmoshi. Savol esa koʻrsatish olmoshidan tuziladi, darslikdagi misoldan emas. Agar shu paytgacha tan olingan biror qoidani buzib tashlagan boʻlsak, masalan, kesimni ikkinchi darajali boʻlakka aylantirib qoʻyish, buni aytinglar. Unday qilmaganmiz-ku, toʻgʻrimi?
Demak xulosa qilamiz:
1. Testning yangi darsliklardan emas, eskilaridan tuzilishi qaysidir maʼnoda abituriyentlar uchun adolatdan.
2. Darslikka asoslanish xato yondashuv.
3. Testlarda koʻnikmalar tekshirilishi kerak (esingizda boʻlsa men 1-nazorat ishlari uchun ana shunday namuna bergan edim).
4. Yangi darsliklarda tilshunoslikning biror qoidasi oʻzgarib qolmagan. Shunchaki, qoida berish, qoidani qoʻllashni oʻrgatish usuli oʻzgargan.
5. DTMda imtihonda savol tuzish uchun tasdiqlanmadi degani darslik tasdiqlanmadi degani emas, mezon DTM emas. Darsliklar tasdiqlangan.
DTMni toʻgʻri qaror bilan yana bir marta tabriklayman!

👍42🔥5😁5👎3🤮3❤1🤯1
"Vatan taqdiri mening qoʻlimda" tanlovi uchun kelgan ishlarni tekshirib boʻldik
Mening faoliyatimda birinchi marta maktabdan yuborilgan ishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Respublika komissiyasi koʻrib chiqdi. Yaʼni, hududlar saralamadi bu safar.
Toʻgʻrisi, hayotimdagi eng ogʻir tanlov boʻldi. Sabab esa, koʻchirmakashlar, tanlov mohiyatini anglamagan (oʻqituvchisi tanishtirmaganmi deyaman-da), mavzu qolib vatanning bebaholigi haqida yozganlar boʻldi.
Ochigʻi, birortasini finalga chiqarmaslik kerak deb ham oʻyladim, lekin final boʻlishi kerak baribir.
Deyarli hamma vatanni sevish, vatan muqaddasligi haqida yozgan. Prezidentga rahmatlar yogʻdirgan (shundan hech qutulmadik-da).
Tanlov mavzusi esa "Vatan taqdiri mening qoʻlimda" edi. Unda oʻquvchi kelajakda vatan uchun nimalar qilishi, bugungi muammolarni qanday bartaraf etishi haqida yozishi kerak edi.
Deyarli hammada bir xil gap, "yaxshi oʻqib, aʼlo baholar olib, vatanimga xizmat qilaman", sharoitlar uchun prezidentga rahmat".
Jon bolajonlar, tushuninglar, sharoitlar uchun prezidentga rahmat aytish kerak emas, bu uning xizmat vazifasi. U xalqqa manfaatli qarorlar qabul qilishi uchun saylangan, shuning uchun oylik oladi, shuning uchun oilasi va oʻzi daxlsiz yashaydi. Xizmat vazifasini bajargan hammani ulugʻlab, unga rahmatlar, olqishlar yogʻdiravermaymiz-ku!
P.S.: natijalarni soʻramanglar, vazirlik dushanba kuni eʼlon qilib qolsa kerak.

👍46😁17😢11🔥4