Shokir Tursun qarashlari
5.89K subscribers
857 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Yaxshi yangilik

6-sinf Ona tili darsliklari toʻliq nashr etib boʻlinibdi. Endi tez orada hammaga yetkazilarkan.

@birgap
👍67
Bugun universitetga dars oʻtish uchun bordim. Kech kirib ketdi. 18:00lar chamasi chiqib ketayotsam, universitet qorovuli bino oldidagi daraxt barglarini uzun tayoq bilan qoqyapti.

Kuzatib turganlardan nimaga unaqa qilyaptilar deb soʻrasam "ayollari koʻcha supuruvchi boʻlib ishlaydi shu yerda" deyishdi.

Ichimda barglarni nega qoqib tushiradi, tovba, dedim-u, ortidan jilmayib ham qoʻydim. Oxir oqibat ayoliga oson boʻlishini oʻylayapti-da.

@birgap
👏77👍40🥰11😢52😁1
Bir necha soatlar oldin Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida "faxrli" birinchi oʻringa chiqib olibdi.

Nimadadir birinchi oʻrindamiz.

Mana nima uchun yomgʻir, yomgʻir deyman.

Hurmatli qishloqda yashaydiganlar, men qishloqqa yomgʻir soʻramayapman. Gapimni oʻsha tomonga buravermanglar. Men shaharga soʻrayapman, qishloqqa emas.

Mobodo, xabaringiz boʻlmasa, bilib oling, shaharda yoqqan yomgʻir qishloqda yogʻmasligi mumkin, bir shaharning boshqa-boshqa tumanlarida ikki xil ob-havo boʻlganini ham koʻrganman.

Meni qishloqni oʻylamaslikda ayblashdan oldin, biroz shularni tafakkur qilinglar.

@birgap
👍20😱6🔥2😢2
Soat 23:13. Hakamlar hayʼati oʻz ishini yakunlab uyga qaytmoqda.

Oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan esselar tanlovida hakam edim. Ishlarni baholab, hamma rasmiyatchiliklarni yakunlab, uyga qaytyapmiz.

P.S.: natijalarni ertalab rasmiy kanallardan olarsizlar. Hech kim oʻzgartirib qoʻya olmaydi baribir.

@birgap
👍3
Mana shu suhbat qoldirildi.

Oʻzi bugun ona tili oʻqituvchilari hamda mualliflar oʻrtasida onlayn suhbat boʻlishi kerak edi. Oʻqituvchilardan kelgan takliflarga koʻra bu jonli suhbat 25-oktyabrga qoldirildi.

Bugun attestatsiyaga kirayotgan barcha ustozlarga omad! Alloh zehningizni oʻtkir qilsin!

@birgap
👍12
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Loikka 3-02.pdf
6.2 MB
Fin maktablari uchun 3-sinf ona tili (fin tili) darsligi namunasi. Fin tilini tushunmaganlar ham metodik yondashuv haqida tasavvur hosil qilishlari mumkin: asosiy e'tibor nutq ko'nikmalarini, xususan, matnni tushunish ko'nikmalalarini rivojlantirishga qaratiilgan. Matnni tushunish, hatto ona tilida ham, jo'n hodisa emas va uni bosqichma-bosqich rivojlantirish kerak. YUNISEF o'tkazgan taqdiqot natijalariga ko'ra, boshlang'ich maktabni bitirayotganlarning yarmidan ko'pi ta'lim olib borilayotgan tildagi matnni tushunmas ekan - bu yillar davomida noto'g'ri olib borilgan til ta'limi natijasi hamdir. Mana endi bu yondashuv to'g'rilanmoqda: misol uchun, o'zbek maktablarining 3-sinfi uchun ona tili darsligini fin darsligi bilan solishtirsangiz, materialning taqdim qilinishi va dizaynda farqlar bo'lsa ham, metodik yondashuv o'xshash ekanligini ko'rishingiz mumkin: nutq ko'nikmalari va fikrlash, tahlil qilish birlamchi.
👍16
Yaqin kunlarda zoom platformasida darslar boshlanadi. Hammani kutaman.

Sanasini alohida e'lon qilaman.

@birgap
👍31🤩2
Forwarded from Orif Tolib
Tyutor – murabbiy demak

Tilimizda oxirgi bir yil ichida paydo boʻlgan bu atama talabalarning maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi mutaxassisni anglatadi.

Tyutor – inglizcha soʻz. Ingliz tiliga lotin tilidan qadimgi fransuz tili orqali oʻtgan. Taxminlarga koʻra, bu soʻzning ildizi sanskrit tiliga borib taqalishi mumkin.

Tyutor zamonaviy ingliz tilida ustoz, murabbiy, xususiy taʼlim bilan shugʻullanuvchi mutaxassis maʼnolarida qoʻllanadi.

Oʻzbek tilida oliy taʼlim muassasasi xodimini anglatadi. U talabalarning qiziqishlari, darsdan keyingi mashgʻulotlari, yashash sharoitlari kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Bu mazmunni oʻzbek tilida shu paytgacha qoʻllanib kelayotgan murabbiy soʻzi bemalol bera oladi. Fikrimcha, tilimizda tayyor soʻz turgan paytda yana yangi atama qidirish mutlaqo ortiqcha.

@oriftolib
👍21🔥3
Men doim 21-oktyabrda aytadigan gap:

Oʻzbek tiliga bayram emas, yordam kerak.

@birgap
👍120🔥14💯13😢4
Forwarded from IT taʼlim
Respublika ta’lim markazi metodistlari tomonidan 2022-2023-o‘quv yili davomida fan metodistlari, o‘qituvchilar uchun metodik xizmat ko‘rsatish faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan o‘quv-seminarlar o'tkaziladi.

O'quv-seminariga bugun, 22-oktyabrdan start beriladi.

👨‍🏫Ma'ruzachi: Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi muallifi, Respublika ta'lim markazi metodisti Shokir Tursun
🗒Mavzu: Oʻquvchilar oʻz ona tilisini qanday oʻzlashtiradi?
Vaqt: 15:00
🔗Seminarda ishtirok etish uchun link: https://us02web.zoom.us/j/82754731940?pwd=am5kekllY0RkNno1OFExWW5YZUVqUT09

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍11
Bugungi mavzu ancha qisqa edi, u oʻz yakuniga yetdi. Kirishga, jonli tinglashga imkoniyati boʻlmaganlar quyidagi yoʻnaltma orqali oʻtib koʻrishlari mumkin.

👨‍🏫Ma'ruzachi: Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi muallifi, Respublika ta'lim markazi metodisti Shokir Tursun

🗒Mavzu: Oʻquvchilar oʻz ona tilisini qanday oʻzlashtiradi?

🔗Videoning koʻrish uchun yoʻnaltma:
https://www.youtube.com/watch?v=_VRS9-TUMWQ

@birgap
👍13👏1
Xullas, baholash masalasida hali bir qarorga kela olmadik.

Koʻplab oʻqituvchilarga avval tavsiya sifatida berilgan baholash ishi ma'qul kelgan ekan. Shuning uchun barcha sinflarda nazorat ishlarini uzatishni boshlaymiz. Vazirlik koʻnmasa, oʻzi bilar☺️.

Menimcha, 2-chorakni yakunlash uchun oʻtkaziladigan nazorat ishlariga ulgursak kerak, ulgurmasak keyingi chorakdan e'lon qilamiz.

P.S.: nazorat ishlari tavsiyaviy boʻladi va faqatgina yangilangan darsliklar asosida tuziladi.
👍17
6. Ko'z nurini asraylik_OʻK.pdf
234.5 KB
📗6-sinf Ona tili "Ko'z nurini asraylik!" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
7. Jigar eng mehnatkash a'zo_OʻK.pdf
281.6 KB
📗6-sinf Ona tili "Jigar eng mehnatkash a'zo" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
6. Kurash-milliy sport turi_OʻK.pdf
238.6 KB
📗7-sinf Ona tili "Kurash — milliy sport turi" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
7. Kelajak kasblari_OʻK.pdf
261.9 KB
📗7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍15🥰21
Assalomu alaykum! Ertangi suhbat esingizdami?

Mualliflar jamoasi sizlarni kutadi.

Suhbatda Klaraxon Mavlonova, Zulfiya Rashidova, Saʼdullo Quronov, Mansur Siddiqov hamda Shokir Tursun savollaringizga javob beradilar.

Zulfiya Rashidova amaliyotchi oʻqituvchi sifatida taklif etilgan. Ushbu ustozdan ham foydali tavsiyalarni eshitishingiz mumkin boʻladi.

Ovozli chat havolasini ertaga ulashaman.

@birgap
👍23🔥4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Sa'dullo Quronovning ta'lim tizimida obyektiv baholash mezonlari yo'qligi haqidagi fikrlarini davom ettirgan holda. Prezident Administratsiyasi tuzgan ishchi guruh ekspertlaridan biri, O'zbekistondagi yetakchi pedagogik OTM bo'lgan Nizomiy nomidagi TDPUning (katta ehtimol bilan, ilmiy darajali) mutaxassisining yangi 7-sinf "Adabiyot" darsligiga bergan xulosasi. Bu xulosa darsliklar tahlili yoki psixodidaktikasi bo'yicha ilmiy talablarga emas, shunchaki subyektiv yondashuvga asoslangan, degan fikrdaman.

O'z navbatida men ham ishchi guruh tashkil qilgan Prezident Administratsiyasiga va ishchu guruh ishini muvofiqlashtirgan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga savollar bilan murojaat qilsam:

1. Darsliklar madhiya bilan boshlanishi talabi qo'yilgan rasmiy hujjat bormi? Yoki darsliklar madhiya bilan boshlansa, o'quvchilar o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir qilishi to'g'risida ilmiy tadqiqotlar natijalari mavjudmi?

(davomi bor ...)
👍15🤔4
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
(oldingi postning davomi...)

2. Darslikning kirish qismidagi badiiy tahlil namunasining aynan qaysi jihatlari va qaysi mezonlarga ko'ra "noma'qbul"?

3. Ernest Hemingueyning fikri keltirilishi darslikning samaradorligiga qanday salbiy ta'sir qilgan?

4. Savol-topshiriqlarning maktab o'quvchisi emas, OTM talabalariga mosligi qaysi taksonomiya yoki ramka (framework) asosida aniqlandi?

5. Mavzular ketma-ketligini qayta ko'rib chiqish zarurati nima bilan asoslanadi?

6. Darslikning 22-betidagi ma'lumot va rasm Zulfiya haqida bo'lmasa, kim haqida?

7. Darslikdagi loyiha ishlari, juft bo'lib va guruhda ishlashga qaratilgan topshiriqlar "interfaol usul" bo'lmasa, unda "interfaol usul" deganda nima tushuniladi?

8. Qaysi matnlar va nima uchun qayta tahrir qilinishi lozim?

9. Aynan qaysi savol va topshiriqlar qaysi jihatdan ko'rib chiqilishi lozim?

Administratsiya va (yoki) inspeksiya javobini kutaman. O'ylaymanki, javob kanal obunachilari va ta'lim sohasi mutaxassislariga ham qiziq bo'ladi.
👍26🔥3
Xullas, mana shu savol haqida.

Men bu savolni tuzgan odam javob beruvchidan nimani xohlayotganini umuman tushunmadim.

Bu savolda Ven diagrammasi xato ishlatilgan deb oʻylayman. Matnga qoʻllanadigan Ven diagrammasi oʻxshash va farqli jihatlarni topishga qaratilgan boʻladi va u hammamiz bilgan ikkita doiradan iborat boʻladi (rasmda 2-chizma). Boshqa shakllar boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Shu savolni kim tuzgan boʻlsa ham xato tuzibdi.

Umuman, bunday savollar nimaga kerak, oʻqituvchining qaysi koʻnikmasini baholaydi bu savol? Yoʻq joydan savol kavlab topadiganlarni tushunmay oʻtib ketsam kerak.

17-, 20- va 21-savollarni ham qaranglar. Bu nimasi axir. Darslikda berilgan matnlar ichidagi ma'lumotlarni soʻrashmi bu? Bu bilan savol beruvchi nimani aniqlamoqchi? Oʻqituvchi darslikni yodlaganliginimi?

Oʻqituvchilarning toifa imtihonlarini tashkil qiladigan tashkilot odam boʻlmaydi shekilli.

@birgap
👍30🤔4