#mana_grammatika
"Ona tili" darsliklarida grammatika yoʻq deydiganlar uchun (1-qism)
Koʻpchilik yangi yondashuvdagi “Ona tili” darsliklarida grammatika yoʻq deb jar solmoqda. Men ular bilan tortishmoqchi emasman. 7-sinf darsligidagi grammatik mashqlar va qoidalarni rasm koʻrinishida yigʻib chiqdim, shuni e’tiboringizga havola qilmoqchiman, xolos. Xulosani oʻzingizga qoldiraman.
Qoida emas, topshiriq koʻrinishidagi grammatika berilgan rasmlar ostiga qaysi grammatik koʻnikma uchun ekanini yozib qoldiraman.
Ushbu turkum maqolalarda matn yaratish, oʻqib tushunish, tinglab tushunish, soʻzlashga oid mashq va topshiriqlar kiritilmaydi. Hammasi grammatik koʻnikmani shakllantirish uchun ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlardir.
Diqqat! Ushbu material darslikning 3 ta mavzusi doirasida toʻplangan. Ushbu maqola koʻp qismli boʻlib boshqa mavzulardan olingan suratlarni keyingi qismlarda koʻrishingiz mumkin boʻladi.
Maqolani toʻliq koʻrish uchun quyidagi yoʻnaltmaga bosing:
https://shokiryuldash.medium.com/ona-tili-darsliklarida-grammatika-yo%CA%BBq-deydiganlar-uchun-1-qism-880f8a5a6183
@birgap

Medium
“Ona tili” darsliklarida grammatika yoʻq deydiganlar uchun (1-qism)
Koʻpchilik yangi yondashuvdagi “Ona tili” darsliklarida grammatika yoʻq deb jar solmoqda. Men ular bilan tortishmoqchi emasman. 7-sinf…
👍25
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov bilan shaxsan uchrashdik.
Biz murojaatda bergan savollarga javob berdi.
Endi ertaga finlar bilan birgalikda tayyorlangan darsliklarni koʻrsatishar ekan. Ularning mutaxassislari bilan uchrashuv boʻladi.
Agar taʼlim mazmuni borasidagi qarashlarimiz mos tushsa birgalikda ishlaymiz. Mos kelmasa, men shunchaki oʻynamay qoʻya qolaman.

🤔16👍13❤1💯1
Shokir Tursun qarashlari
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov bilan shaxsan uchrashdik. Biz murojaatda bergan savollarga javob berdi. Endi ertaga finlar bilan birgalikda tayyorlangan darsliklarni koʻrsatishar ekan. Ularning…
Bu men toʻliq ular tomonga oʻtdim degani emas. Hali darsliklarni koʻrmadik.
Oʻzgartirish uchun takliflarimiz qabul qilinsagina istiqbolda birga ishlaymiz, aks holda oʻsha gap.

👍13
Assalomu alaykum! Barcha sinflarda Ona tili hamda Ona tili va oʻqish savodxonligi fanlaridan nazorat ishlari bugun soat 21:00da e'lon qilinadi.
Ertadan boshlab tavsiyaviy nazorat ishlaridan foydalansangiz boʻladi.

👍43🔥4👎1
Hurmatli ustozlar! Kecha vazirlikda boʻldim. Siz bilan qoʻllayotgan baholash modelimiz hozircha tasdiqlanmadi. Shuning uchun hozircha hamma oʻzi istagan usulda nazorat ishi oʻtkazib turaversin. Model tasdiqlangach oʻzim xabar qilaman. Sizlarni ovora qilmoqchi emasman.
Imkon boʻlsa bu safar ogʻzaki nazorat ishi oʻtkazing. Oʻquvchilarga biror mavzu berib, guruh boʻlib tayyorlanishlariga vaqt bering. Keyin ular birgalikda yaratgan nutqlarini soʻzlab berishsin. Oʻsha nutq asosida ularga baho qoʻying. Xatolarini aytib keting.
6-sinflardan "Global isish" mavzusidagi radionutq asosida nazorat ishi oʻtkazsangiz ham boʻladi.
7-sinflar "Mening yoʻlchi yulduzim" mavzusidagi ijodiy matn asosida nazorat ishi oʻtkazsangiz boʻladi. Bunda koʻproq imloviy emas, mazmunga baho qoʻyishingizni maslahat beraman. Masalan, 5 bahoning 40 foizi imlo va grammatika uchun, 60 foizi mazmun uchun boʻlsa, maqsadga muvofiq boʻlardi.

👍24❤5👏2🥰1
Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar! Kecha vazirlikda boʻldim. Siz bilan qoʻllayotgan baholash modelimiz hozircha tasdiqlanmadi. Shuning uchun hozircha hamma oʻzi istagan usulda nazorat ishi oʻtkazib turaversin. Model tasdiqlangach oʻzim xabar qilaman. Sizlarni ovora qilmoqchi…
Baholash masalasini tez kunlarda hal qilamiz. Yo u yoqlik, yo bu yoqlik qilamiz. Vaʼda beraman, men gʻoyam uchun kurashaman (doim kurashganman ham).
Biz faqatgina baholashning shakli haqida emas, mazmuni haqida ham qaygʻuryapmiz.
Kechagi konflikt ham diktantni xulosaviy (summativ) baholash uchun ishlatish borasida chiqdi.
Men diktantning baholash uchun maʼqul usul emasligini, undan dars davomida yoki formativ baholashda foydalanish maʼqul boʻlishi haqida koʻp gapirganman.
Diktant shaklan va mazmunan hozir biz rivojlantirayotgan koʻnikmalarni baholab bera olmaydi. Summativ baho bu hukm ekanini hisobga olsak, endi ona tili boʻyicha maʼlum davr uchun hukmni faqat imlo va punktuatsiyaga qarab (diktant bilan faqat shuni baholash mumkin) oʻqish xato ekani aksiomaga aylanib boʻlgan.

👍27👏1
AXBOROT XATI_16.11..pdf
436.9 KB
Assalomu alaykum! 16-noyabr kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Ona tili va adabiyot hamda uni oʻqitishga oid konferensiya boʻlmoqda.
Barcha maʼlumotni ushbu axborot xatidan olishingiz mumkin.

👍4
Darslik yetib bormagan maktablar, xafa boʻlmanglar. Mualliflarning oʻzida ham yoʻq darslik. Faqat rasmi bor bizda.
@birgap
@birgap
😁32👍7😱2
Hurmatli ustozlar!
Oʻylaymanki, kanalimda taʼlimga beeʼtibor boʻlgan odam yoʻq.
Biz hozirda Ona tili va oʻqish savodxonligi fani darsliklari hamda mashq daftarlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. 1-2-3-sinflarning hammasi koʻrilmoqda.
Darslik asosida dars oʻtdingiz, real amaliyotda koʻrdingiz. Bizga sizlarning yordamingiz kerak.
1. Darslikdagi mavzularga qanday oʻzgartirish kerak?
2. Qaysi topshiriqni oʻzgartirgan maʼqul deb oʻylaysiz?
3. Mashq daftarlari bilan qanday muammolar mavjud?
Umuman olganda, darslikni yanada takomillashtirish uchun qanday taklifingiz bor.
Muammolarni darslik betini rasmga olgan holda yuborsangiz xursand boʻlardik.
Biz barchasini oʻqiymiz. Bunisiga men vaʼda beraman.
Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik!
Barchasini mana shu xabar izohlarida yozishingiz mumkin.
Diqqat! Hozircha faqat 1-2-3-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari haqida gap ketmoqda.

👍48🤔3🥰1
Shokir Tursun qarashlari pinned «Hurmatli ustozlar! Oʻylaymanki, kanalimda taʼlimga beeʼtibor boʻlgan odam yoʻq. Biz hozirda Ona tili va oʻqish savodxonligi fani darsliklari hamda mashq daftarlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. 1-2-3-sinflarning hammasi koʻrilmoqda. Darslik asosida dars…»
Qayta ishlanadigan chiqindilar_OʻK.pdf
211 KB
6-sinf. Ona tili
"Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

Qayta ishlanadigan chiqindilar_OʻK_mustahkamlash.pdf
149.8 KB
6-sinf. Ona tili
"Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusidan keyingi "Mustahkamlash" darsining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
@birgap
"Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusidan keyingi "Mustahkamlash" darsining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
@birgap
👍5
5. C vitamini_OʻK.pdf
181.5 KB
7-sinf. Ona tili
"C vitamini" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
@birgap
"C vitamini" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
@birgap
👍16🤯1
Shu kunlarda muhim boʻlib turgan masala haqida ikki yil oldin yozgan ekanman. Shu fikrimda sobitman.
Yana qaytaraman, hissiyot bilan tilni sevish mumkin, xolos. Uni rivojlantirish uchun kamchiliklarni tan olish va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrish kerak. Bunda hamma ishtirok etishi zarur. Hamma!
Maqolani quyidagi manzildan oʻqishingiz mumkin:
https://shokiryuldash.blogspot.com/2020/05/hissiyot-bilan-tilni-sevish-mumkin-ammo.html

Blogspot
Hissiyot bilan tilni sevish mumkin, ammo rivojlantirib boʻlmaydi
Til o'qitish metodikasi, kompyuter lingvistikasi, ilmiy maqolalar, xulosalar, yangiliklar
👍9
Oktyabr - Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari uchun azob oyi.
Tanlovlar juda koʻpayib ketadi.
Yuzlab esse va 300ga yaqin videoni koʻrib chiqayotgan men.

👏22🤯15👍13
Yaxshi yangilik
6-sinf Ona tili darsliklari toʻliq nashr etib boʻlinibdi. Endi tez orada hammaga yetkazilarkan.

👍67
Bugun universitetga dars oʻtish uchun bordim. Kech kirib ketdi. 18:00lar chamasi chiqib ketayotsam, universitet qorovuli bino oldidagi daraxt barglarini uzun tayoq bilan qoqyapti.
Kuzatib turganlardan nimaga unaqa qilyaptilar deb soʻrasam "ayollari koʻcha supuruvchi boʻlib ishlaydi shu yerda" deyishdi.
Ichimda barglarni nega qoqib tushiradi, tovba, dedim-u, ortidan jilmayib ham qoʻydim. Oxir oqibat ayoliga oson boʻlishini oʻylayapti-da.

👏77👍40🥰11😢5❤2😁1
Bir necha soatlar oldin Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida "faxrli" birinchi oʻringa chiqib olibdi.
Nimadadir birinchi oʻrindamiz.
Mana nima uchun yomgʻir, yomgʻir deyman.
Hurmatli qishloqda yashaydiganlar, men qishloqqa yomgʻir soʻramayapman. Gapimni oʻsha tomonga buravermanglar. Men shaharga soʻrayapman, qishloqqa emas.
Mobodo, xabaringiz boʻlmasa, bilib oling, shaharda yoqqan yomgʻir qishloqda yogʻmasligi mumkin, bir shaharning boshqa-boshqa tumanlarida ikki xil ob-havo boʻlganini ham koʻrganman.
Meni qishloqni oʻylamaslikda ayblashdan oldin, biroz shularni tafakkur qilinglar.

👍20😱6🔥2😢2
Soat 23:13. Hakamlar hayʼati oʻz ishini yakunlab uyga qaytmoqda.
Oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan esselar tanlovida hakam edim. Ishlarni baholab, hamma rasmiyatchiliklarni yakunlab, uyga qaytyapmiz.
P.S.: natijalarni ertalab rasmiy kanallardan olarsizlar. Hech kim oʻzgartirib qoʻya olmaydi baribir.

👍3