Shokir Tursun qarashlari
5.9K subscribers
858 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
6-7-sinflarda Ona tili fanidan 2-nazorat ishi ogʻzaki taqdimot tarzida oʻtkaziladi.

Taqdimot shartlari va baholash mezonlari tez orada e'lon qilinadi.

Unutmang, bu faqat tavsiya, xolos. Majbur ekanman degan tushuncha shakllanib qolmasin.

@birgap
👍26👎1
Komil Allamjonov 1-2-sinflar uchun yangi darsliklar yaratilishini eʼlon qildi.
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=640176310806199&id=100044415070011

Bu jarayonda meni oʻylantirayotgan savollar:

1. Oʻtgan yili milliy oʻquv dasturi asosida 1-2-sinflar uchun darsliklar yaratildi. Milliy oʻquv dasturini va u asosidagi 1-2-sinf darsliklarini yaratish uchun davlat byudjetidan ham, xalqaro tashkilotlar mablagʻlaridan ham kattagina summa ajratildi (xususan, YUNISEF xalqaro ekspertlarni jalb qilish uchun mablagʻ sarfladi). Bu mablagʻlar havoga uchadimi?

2. Yana 1-2-sinflar uchun yangi darsliklar yaratish zarurati nima uchun tugʻildi? Oʻtgan yili yaratilib, maktablarga yetkazilgan, hozirda foydalanilayotgan darsliklarning samarasizligi boʻyicha biron ilmiy asoslangan tadqiqot oʻtkazildimi? Bu tadqiqot natijalari mavjudmi, ular bilan tanishish imkoni bormi?

3. Qaysi hujjatga asosan Prezident administratsiyasi, xususan, unda taʼlim masalalariga javobgar boʻlmagan Komil Allamjonov taʼlim mazmuni va darsliklar bilan shugʻullanmoqda? Unga bu vakolatni kim, qaysi hujjat asosida, qaysi qonuniy asosga koʻra bergan?

4. Miliy oʻquv dasturini va u asosda darsliklarni bosqichma bosqich joriy qilish vazifasini Respublika taʼlim markaziga yuklagan Prezident qarorlari bor. Oʻtgan yili yaratilib amaliyotga joriy qilingan 1-2-sinflar darsliklari ham shu qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy qilingan edi. Bu qarorlar oʻz kuchini yoʻqotdimi, bekor qilindimi? Agar "ha" boʻlsa, nima asosda, agar "yoʻq" boʻlsa, administratsiyaning bu harakatlari bu qarorlarga qay darajada mos keladi?

5. Taʼlim oʻyinchoqmi, har safar yangi rahbar kelsa istagan ishini qiladigan?

Bu savollarimga konkret javoblar bera oladigan mutasaddi bormi?
👍285😢4👎1🔥1
Xullas, bir odamning harakatlari bilan 1-2-sinflar uchun yangi dastur va darslik yaratilishi haqidagi gaplar aylana boshladi. Bu menga unchalik yoqmadi. Hali hamma sinflar bitta yondashuv asosida yozib tugatmagan edik. Menimcha bu oʻzgarishlarga yana 4-5 yil bor edi. Lekin... afsuski, bu Oʻzbekiston.

Shuncha mehnatni chippakka chiqarib yana eski usullarni qaytarishmoqchimi, bilmadim. Hali ularning darsliklarini koʻrmadim, aytishlaricha, tayyor emish. Koʻrmagan boʻlsam ham eshitdim, koʻrgan bilganlar aytdi.

Odamning ishtiyoqini soʻndirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi bizni hukumat.

Darsliklar haqida tinmay valdirayotgan saroy blogerlari yuqorida Komil Jalilov bergan savollarni koʻtara oladimi? "Dux"i yetarmikin mana shu masalani koʻtarishga.

Oʻzi oʻzgartirilganiga 2 yil ham boʻlmagan darsliklarni yana qayta oʻzgartirish uchun pulni qayerdan olisharkin?

Vey, xullasda, odamni ishlagisi ham kelmay qoldi oʻzi.

@birgap
👍18😱4🤯3
❗️«Bir yilgina foydalanilgan darslikni qaytadan yaratish uchun ilmiy asoslangan sabab kerak!» — Komil Jalilov

Maktab darsliklari mualliflaridan biri Komil Jalilov «Gazeta.uz» bilan suhbatda 1−2-sinf darsliklarini aprobatsiya qilinishiga munosabat bildirdi.

«Shunchaki kimgadir bu darsliklar yoqmagani yoki kimdir yangi darsliklar yaratishga ketadigan mablagʻlardan manfaatdor boʻlgani yoki kimdir tepada „yangi dastur va darsliklar yaratdim“ deb „ochko“ ishlashni xohlab qolgani uchungina darsliklarni yangilash davlat tizimining ishlamasligini koʻrsatadi, nazarimda. Keyingi safar tepada shaxslar oʻzgarsa, yana hammasi qaytadan boshlanadimi shunda?», — dedi u.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2022/10/07/textbooks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
👍20😁2
Forwarded from Dorilfunun
Telegramda biror tanishingiz yoki yaqiningiz orqali shu xabar kelsa, kirib yurmang. O'zingizdan ham, xabar kelgan odamdan ham buni o'chirib tashlang.

Aks holda, telegramingizga boshqa shaxslar uchun "dostup" berib qo'yishingiz mumkin.

📱@fakultetFilologiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Boʻlayotgan ishlarga jim qarab turish biz uchun ogʻir. Qoʻlimizdan kelmaydi. Shuning uchun ayrim mualliflar nomidan Komil Jalilov Prezident Administratsiyasi hamda Prezidentga murojaat yoʻlladi.

Shuni unutmaslik kerakki, mualliflar jamoasi hech qachon raqobat va ekspertizaga qarshi emas, ulardan qoʻrqmaydi. Bizni qiynayotgan masala, lobbistlar, taʼlimdan oʻz moddiy manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻlganlar, mana men yangilik qildim deb Prezident oldida "ochko" olishni istaydiganlarning asossiz aralashuvlaridir.

Yana bir muhim narsani bilib qoʻyishingiz kerak, darsliklarning ekspertiza natijalari mualliflar jamoasiga umuman taqdim etilgani yoʻq. Ba’zi ekspertlarga esa yomon deb xulosa berasan degan bosimlar ham boʻlganini eshitdik. Bu esa oʻz-oʻzidan ekspertizaning haqqoniy ekaniga shubha uygʻotadi. Nega mualliflar bilan dialog qilinmayapti, nega hamma ekspertiza yeng ichida oʻtkazilyapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Prezident Administratsiyasiga Prezident virtual qabulxonasi (portal) orqali yoʻllangan rasmiy murojaat. Umid qilamizki, portal ishlayapti va unga kelib tushayotgan murojaatlar jiddiy oʻrganiladi.

Murojaat matnini mana bu yerda toʻliq oʻqishingiz mumkin:

https://telegra.ph/Murojaat-matni-10-08

@birgap
👍22😢5👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eyy, bu ishlarni hammasiga qoʻl siltab ketvorgisi kelyapti odamni.

Mayli, kim nima qilsa gunohi oʻziga. Men hech narsani anglamay turganlar, oʻqituvchilar va oʻquvchilarga achinaman, xolos.

Xay, endi shu paytgacha yangilangan darsliklar boʻyicha oʻz yordamimni berib tura qolaman. Umidim shu.

Videodan lavha: oʻzi xalqimizga biz qilayotgan oʻzgarishlar kerakmidi?

@birgap
👍16🔥3
#mana_grammatika

"Ona tili" darsliklarida grammatika yoʻq deydiganlar uchun (1-qism)

Koʻpchilik yangi yondashuvdagi “Ona tili” darsliklarida grammatika yoʻq deb jar solmoqda. Men ular bilan tortishmoqchi emasman. 7-sinf darsligidagi grammatik mashqlar va qoidalarni rasm koʻrinishida yigʻib chiqdim, shuni e’tiboringizga havola qilmoqchiman, xolos. Xulosani oʻzingizga qoldiraman.

Qoida emas, topshiriq koʻrinishidagi grammatika berilgan rasmlar ostiga qaysi grammatik koʻnikma uchun ekanini yozib qoldiraman.

Ushbu turkum maqolalarda matn yaratish, oʻqib tushunish, tinglab tushunish, soʻzlashga oid mashq va topshiriqlar kiritilmaydi. Hammasi grammatik koʻnikmani shakllantirish uchun ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlardir.

Diqqat! Ushbu material darslikning 3 ta mavzusi doirasida toʻplangan. Ushbu maqola koʻp qismli boʻlib boshqa mavzulardan olingan suratlarni keyingi qismlarda koʻrishingiz mumkin boʻladi.

Maqolani toʻliq koʻrish uchun quyidagi yoʻnaltmaga bosing:

https://shokiryuldash.medium.com/ona-tili-darsliklarida-grammatika-yo%CA%BBq-deydiganlar-uchun-1-qism-880f8a5a6183

@birgap
👍25
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov bilan shaxsan uchrashdik.

Biz murojaatda bergan savollarga javob berdi.

Endi ertaga finlar bilan birgalikda tayyorlangan darsliklarni koʻrsatishar ekan. Ularning mutaxassislari bilan uchrashuv boʻladi.

Agar taʼlim mazmuni borasidagi qarashlarimiz mos tushsa birgalikda ishlaymiz. Mos kelmasa, men shunchaki oʻynamay qoʻya qolaman.

@birgap
🤔16👍131💯1
Assalomu alaykum! Barcha sinflarda Ona tili hamda Ona tili va oʻqish savodxonligi fanlaridan nazorat ishlari bugun soat 21:00da e'lon qilinadi.

Ertadan boshlab tavsiyaviy nazorat ishlaridan foydalansangiz boʻladi.

@birgap
👍43🔥4👎1
Hurmatli ustozlar! Kecha vazirlikda boʻldim. Siz bilan qoʻllayotgan baholash modelimiz hozircha tasdiqlanmadi. Shuning uchun hozircha hamma oʻzi istagan usulda nazorat ishi oʻtkazib turaversin. Model tasdiqlangach oʻzim xabar qilaman. Sizlarni ovora qilmoqchi emasman.

Imkon boʻlsa bu safar ogʻzaki nazorat ishi oʻtkazing. Oʻquvchilarga biror mavzu berib, guruh boʻlib tayyorlanishlariga vaqt bering. Keyin ular birgalikda yaratgan nutqlarini soʻzlab berishsin. Oʻsha nutq asosida ularga baho qoʻying. Xatolarini aytib keting.

6-sinflardan "Global isish" mavzusidagi radionutq asosida nazorat ishi oʻtkazsangiz ham boʻladi.

7-sinflar "Mening yoʻlchi yulduzim" mavzusidagi ijodiy matn asosida nazorat ishi oʻtkazsangiz boʻladi. Bunda koʻproq imloviy emas, mazmunga baho qoʻyishingizni maslahat beraman. Masalan, 5 bahoning 40 foizi imlo va grammatika uchun, 60 foizi mazmun uchun boʻlsa, maqsadga muvofiq boʻlardi.

@birgap
👍245👏2🥰1
Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar! Kecha vazirlikda boʻldim. Siz bilan qoʻllayotgan baholash modelimiz hozircha tasdiqlanmadi. Shuning uchun hozircha hamma oʻzi istagan usulda nazorat ishi oʻtkazib turaversin. Model tasdiqlangach oʻzim xabar qilaman. Sizlarni ovora qilmoqchi…
Baholash masalasini tez kunlarda hal qilamiz. Yo u yoqlik, yo bu yoqlik qilamiz. Vaʼda beraman, men gʻoyam uchun kurashaman (doim kurashganman ham).

Biz faqatgina baholashning shakli haqida emas, mazmuni haqida ham qaygʻuryapmiz.

Kechagi konflikt ham diktantni xulosaviy (summativ) baholash uchun ishlatish borasida chiqdi.

Men diktantning baholash uchun maʼqul usul emasligini, undan dars davomida yoki formativ baholashda foydalanish maʼqul boʻlishi haqida koʻp gapirganman.

Diktant shaklan va mazmunan hozir biz rivojlantirayotgan koʻnikmalarni baholab bera olmaydi. Summativ baho bu hukm ekanini hisobga olsak, endi ona tili boʻyicha maʼlum davr uchun hukmni faqat imlo va punktuatsiyaga qarab (diktant bilan faqat shuni baholash mumkin) oʻqish xato ekani aksiomaga aylanib boʻlgan.

@birgap
👍27👏1
AXBOROT XATI_16.11..pdf
436.9 KB
Assalomu alaykum! 16-noyabr kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Ona tili va adabiyot hamda uni oʻqitishga oid konferensiya boʻlmoqda.

Barcha maʼlumotni ushbu axborot xatidan olishingiz mumkin.

@birgap
👍4
Farzandlarim.

P.S.: 10-sinf Ona tilida muallif emasman.

@birgap
👍206
Darslik yetib bormagan maktablar, xafa boʻlmanglar. Mualliflarning oʻzida ham yoʻq darslik. Faqat rasmi bor bizda.

@birgap
😁32👍7😱2
Hurmatli ustozlar!

Oʻylaymanki, kanalimda taʼlimga beeʼtibor boʻlgan odam yoʻq.

Biz hozirda Ona tili va oʻqish savodxonligi fani darsliklari hamda mashq daftarlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. 1-2-3-sinflarning hammasi koʻrilmoqda.

Darslik asosida dars oʻtdingiz, real amaliyotda koʻrdingiz. Bizga sizlarning yordamingiz kerak.

1. Darslikdagi mavzularga qanday oʻzgartirish kerak?
2. Qaysi topshiriqni oʻzgartirgan maʼqul deb oʻylaysiz?
3. Mashq daftarlari bilan qanday muammolar mavjud?

Umuman olganda, darslikni yanada takomillashtirish uchun qanday taklifingiz bor.

Muammolarni darslik betini rasmga olgan holda yuborsangiz xursand boʻlardik.

Biz barchasini oʻqiymiz. Bunisiga men vaʼda beraman.

Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik!

Barchasini mana shu xabar izohlarida yozishingiz mumkin.

Diqqat! Hozircha faqat 1-2-3-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari haqida gap ketmoqda.

@birgap
👍48🤔3🥰1
Shokir Tursun qarashlari pinned «Hurmatli ustozlar! Oʻylaymanki, kanalimda taʼlimga beeʼtibor boʻlgan odam yoʻq. Biz hozirda Ona tili va oʻqish savodxonligi fani darsliklari hamda mashq daftarlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. 1-2-3-sinflarning hammasi koʻrilmoqda. Darslik asosida dars…»
Qayta ishlanadigan chiqindilar_OʻK.pdf
211 KB
6-sinf. Ona tili

"Qayta ishlanadigan chiqindilar"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍4
Qayta ishlanadigan chiqindilar_OʻK_mustahkamlash.pdf
149.8 KB
6-sinf. Ona tili

"Qayta ishlanadigan chiqindilar"
mavzusidan keyingi "Mustahkamlash" darsining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍5