4_Global_isish_OʻK.pdf
218 KB
6-sinf. Ona tili
"Global isish" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

👍6❤1
3_Turon-yoʻlbarsi_OʻK.pdf
252.4 KB
7-sinf. Ona tili
"Turon yoʻlbarsi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
"Turon yoʻlbarsi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
👍6❤2
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
7-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn
🎧Sun’iy intellekt 9-bet
🎧Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy 24-bet
🎧Reytingi eng baland kasblar 64-bet
🎧Hisob soʻzlar 87-bet
🎧Syurpriz 115-bet
🎧Dron nega “dron” deyilgan? 145-bet
🎧Soʻrovnoma natijasini yozish 150-bet
🎧Sharq taronalari 172-bet
🎧Sharq taronalari haqida 173-bet
🎧Mualliflik huquqi 191-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

👍5
Kuni kecha oʻquvchilarga kulminatsiya, tugun kabi tushunchalarni oʻrgatishim kerak boʻldi. Qoidasini quruq aytganim bilan yaxshi anglasholmaydi. Keyin quyidagi usulni qoʻlladim:
1. Oʻquvchilarga 2 ta yoʻldan birini tanlashni aytdim, darsni ana shu tanlagan yoʻllari asosida oʻtishimizni ta'kidladim:
A) oʻqib tushunishga oid topshiriq bajaramiz, men matn va test beraman, ular ishlashadi;
B) animatsion film koʻramiz (qisqa metrajli), keyin u haqida gaplashamiz.
Oʻquvchilarim qisqa metrajli filmni tanlashlari tabiiy edi, ulardan soʻrab oʻtirmay shuni qoʻyib bersam boʻlaverardi. Oʻquvchilar fikrini soʻrash orqali mas'uliyatni oʻzlariga olishlarini, ularning fikri ham muhim ekanini anglatmoqchi boʻldim. Bu koʻnikma hisoblanadi, shunday usullar bilan asta-sekin shakllantirib boriladi.
Oʻqib tushunishni tanlashganda ham tugun va kulminatsiyani tushuntira olardim, chunki savollarda aynan shular soʻralgan edi.
2. Quyidagi ikki qisqa metrajli animatsion filmlarni koʻrdik:
"Toshkesarlar" hamda "Janob Befarq"
3. Mana shu ikki film orqali, tugun nima, kulminatsiya nima, biror voqea hikoya qilinganda qanday qismlardan iborat boʻladi, kirish nima, voqealar rivoji nima, syujet nima kabi savollarga javob berib ketdim. Qoida aytmadim, filmdan aniq misollar koʻrsatdim.
Endi tavsiya: bolalarga biror mavzu haqida yozdirmoqchi boʻlsangiz, shu mavzuga yaqin qisqa metrajli fimlarni qoʻyib bering. Ular bilan bu haqida suhbatlashing.
YouTubega kirib CGI animated short films deb qidirsangiz, juda koʻp shunday filmlar chiqadi agar qidiruvni CGI animated short films award winning degan jumla bilan bersangiz faqatgina eng sifatli, turli tanlovlarda oʻrin olgan filmlar chiqadi.
Bunday filmlarning yutuq tomoni shuki, ularda odatda, soʻz boʻlmaydi, hammasi voqealar, harakatlar bilan ochib beriladi. Ya'ni tarjima qilishga hojat yoʻq. Bundan tashqari eng uzuni ham 10 daqiqadan oshib ketmaydi.
@birgap

YouTube
Wire Cutters [Animated Short] by Jack Anderson
A chance encounter proves fateful for 2 robots mining on a desolate planet.
Contact: Hello@Jackanders.com
jackanders.com
Created By: Jack Anderson
Original Score By: Cody Bursch
Sound Design By: Jackie! Zhou
Additional Animation: Jen Re, Erica Robinson…

👍54❤2🤔1
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
#Diqqat_tanlovT
Tanlovning maktab bosqichiga start berildi
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.
Bugun tanlovning maktab bosqichiga start berildi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Navoiy bizni kutib ol!
Hozircha meni Navoiy shahar 18-maktab direktori kutib olishidan boshqa maʼlumotni bilmayman.

👍17🔥2😁2❤1👏1💯1
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Китобнинг фойдаси!
Муҳаммадфозил эсингиздами!? Роса пост қилганман:
(1)
(2)
(3)
(4)
Мана бу хабар мени йиғлатди:
МИННАТДОРЛИК ХАТИ
Ассалому алайкум 6-синф она тили дарслиги муаллифлари.
Не бахтки, ўзим 6-синф раҳбари сифатида ўқувчиларим томонидан ушбу дарсликда фарзандимни расмини кўришим мени шу фарзандимни дунёга келтиришимдаги бутун вужудимдаги қийноқларимни буткул унуттирди. Хар бир она учун фарзандини камолини кўришдек, айниқса унинг ютуқларини кўришдек улкан бахт бўлмаса керак.
Бугун ана шу бахтдан мени баҳраманд қилдингиз.
1-октябрь Устозлар кунида дунёда энг катта совғани ўзим олдим ўқитувчи сифатида.
Аллохимга минг шукур. Фарзандим орқали энг катта ва оғир медални сиз тақдингиз менга!
Илохим билимли ёшларни халкимизга мақташдан хеч қачон чарчаманглар.
Сизлар туфайли ёш авлод албатта энг катта ва баланд илм чўққиларини эгаллашади.
Сизларга чексиз хурмат билан :
Муқимжонова Мукаммал Мансуровна, Ўзбекистон тумани 50-мактаб тарих фани ўқитувчиси (Мухаммадфозил Исмоиловнинг онаси)
@DOMLAJON

👍47❤2👏1
Kanalimdagi barcha oʻqituvchilarni bayram bilan qutlayman!
Alloh ilm ulashishdan charchatmasin! Shu bilan birga, oilangizga halovat bersin!

👍50🎉10❤7🔥4👏4🙏1
4. Qutb yulduzi_ok.pdf
211.9 KB
7-sinf. Ona tili
"Qutb yulduzi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
"Qutb yulduzi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
👍8
1-nazorat ishi yuzasidan kelgan savollarga javoblar.
1-qism.
Savol: nazorat ishida berilgan “Sigir va Zagʻcha” matni darslikda yoʻq. Darslikda oʻtilmagan mavzudan nazorat ishi olish gʻalati emasmi?
Javob:
1. Nazorat ishida darslikda oʻtilmagan mavzu tanlanmagan, aksincha, oʻtilgan mavzulardan chetga chiqilmagan.
2. Tilga olingan “Sigir va Zagʻcha” matni darslikda yoʻq, lekin u mavzu emas, matn. Nazorat ishlarida darslikda ishlatilgan matnlardan foydalanilmaydi. Begona matn beriladi, lekin savollarning koʻnikmasi darslikda berilgan koʻnikmalar bilan ayni boʻladi.
Ona tili va oʻqish savodxonligidan 2-sinf 1-nazorat ishida “Sigir va Zagʻcha” matni asosida tuzilgan savollarning koʻnikmasi quyidagicha:
1. Sigir birovning pichanini yeb qoʻygani uchun zagʻcha uni choʻqiydi?
Koʻnikma: matnda ochiq aytilgan maʼlumotni tushunish
2. Sigir qora boʻlgani uchun uning orqasi ogʻrimaydi?

3. Tullash jarayoni nima?
Koʻnikma: bir necha gaplar asosida umumiy xulosa chiqarish
4. Sigir zagʻchani haydasa nima boʻladi?
Koʻnikma: maʼlumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, oʻquvchilar 1-nazorat ishiga qadar bu koʻnikmalarga oid savollar bilan bir necha marta yuzlashishgan.
Koʻnikmalar nomidan vahima qilmanglar. Bular shunaqa qoʻrqinchli tuyulgani bilan aslida oson koʻnikmalar. Undan tashqari, bular yozma javob beradigan emas, variantlar ichidan bittasini tanlaydigan savollar.
Koʻplab oʻquvchilar qiynalganining sababi esa bunday imtihon shaklining begonaligidir. Natijalardan qoʻrquvga tushmaslik kerak.

👍16
Imtihonlar natijasi yomon boʻlishining sabablaridan bir test formati (testning shakli, savollar qurilishi, javoblar berilishi)ning test topshiruvchi uchun begona ekanligidir.
Buni yaqinda oʻtkazilgan Ona tilidan birinchi nazorat ishlari ham koʻrsatib berdi.
Ushbu xulosani maktab va DTM aloqasini tushuntirish uchun ham ishlatish mumkin. Yaʼni biz maktabda oʻquvchilarni DTM testlarida tushadigan test formatiga tayyorlab bormaymiz. Nazorat ishlarimiz butkul boshqacha. Bu esa oʻquvchilarning DTM dovonidan oʻta olmasligiga sabab boʻlayotgani ehtimoli yuqori.
Bu asosiy faktor demoqchi emasman, lekin koʻplab faktorlar ichida buning ham oʻz oʻrni bor.
Repetitorlar esa oʻquvchiga maʼlumotlarni yetkazishdan tashqari DTM test formatiga ham toʻliq tayyorlab boradi, savol berish usullari bilan tanishtiradi, variantlar ichida xatolarini chiqarib yuborishni oʻrgatadi.
Xullas, shunaqa nazariyam bor.

👍17🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-sinf “Ona tili va o'qish savodxonligi” darsligidagi (41-sahifa) “Jajji pingvin Loloning sarguzashtlari” multfilmini tomosha qiling" topshirig‘i uchun video manba
@birgap
@birgap
👍6
Foydali havolalar
7-sinf.
Darslik birinchi chorak
Oʻqituvchilar uchun qaydlar (qoʻllanma):
"Ijtimoiy tarmoqlar" mavzusi
"Zamonamiz qahramonlari" mavzusi
"Turon yoʻlbarsi" mavzusi
"Qutb yulduzi" mavzusi
Audiomatnlar

👍17👎1
Foydali havolalar
6-sinf.

"Til - muloqot vositasi" mavzusi
"Qisqacha tarjimayi holim" mavzusi
"Shifoxona" mavzusi
"Global isish" mavzusi

👍4❤2
Foydali havolalar
3-sinf.
Oʻqituvchilar uchun qoʻllanma
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi 1-qism
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi 2-qism
Audiomatnlar 1-qism uchun

👍9👏2
Malaka oshirish deganda koʻpchilik oʻqituvchilar maʼlum binoga borib oʻrganib kelish yoki onlayn biror kursda oʻqishni tushunadi. Aslida bunday emas. Malaka oshirishning turlari shunchalik koʻpki, siz har kuni malaka oshirishdan oʻtayotgan boʻlasiz. Siz bu harakatlaringizga malaka oshirish harakati sifatida qarashni boshlasangiz ularning samarasi ham ortadi deb oʻylayman.
Darsni rejalashtirish (Darsga tayyorgarlik koʻrish)
Xalq orasida “konspekt” deyishadi. Darsingizni qanday tashkil etishni reja qilarkansiz eng samarali usullar haqida oʻylaysiz, boshqalarning nimalar qilishini surishtirasiz. Mana shu vaziyat malaka oshirish hisobiga oʻtadi.
Dars tahlillarida qatnashish
Biror hamkasbingizning darsini tahlil qilar ekansiz, istaysizmi yoʻqmi undan nimanidir oʻrganasiz. Hech boʻlmaganda, nima qilmaslikni oʻrganasiz. Siz buni real dars jarayonida koʻrganingiz uchun xulosalaringiz ham ancha asosli boʻladi. Buni ham malaka oshirish deb atash mumkin.
Oʻzingizni kuzatish (bu yangi usul)
Masalan, 7-“A” sinfga oʻtgan darsingizni videoga yozib olasiz. Uyga borib videoni koʻrib qayerda nima xato qilganingiz, qaysi harakatingiz samara berganini tahlil qilasiz. Qarabsizki, 7-“B” sinfga shu mavzuni oʻtganingizda bu foyda beradi. “A” sinfga oʻtilgan darsdan koʻra “B” sinfga oʻtilgan dars samaraliroq chiqadi. Shunday qilib qaysidir mavzuni samarali oʻtish usulingizni “topib” olasiz. Keyingi yillarda ham shundan foydalanish mumkin boʻladi. Bu eng zoʻr malaka oshirish boʻlsa kerak.

👍27❤1
Zulfiya Rashidovani taniysiz-a?
Shu opam ona tili va adabiyot fanini oʻqitish yoʻnalishida onlayn kurs ochibdi. Yangi oʻqituvchilar, yangi yondashuvni oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun zoʻr imkoniyat.
Kurs haqida maʼlumotlarni mana shu post va undan keyingi postlardan olishingiz mumkin:
https://t.me/suvaydo/1739

👍27👎3🤔1
6-7-sinflarda Ona tili fanidan 2-nazorat ishi ogʻzaki taqdimot tarzida oʻtkaziladi.
Taqdimot shartlari va baholash mezonlari tez orada e'lon qilinadi.
Unutmang, bu faqat tavsiya, xolos. Majbur ekanman degan tushuncha shakllanib qolmasin.

👍26👎1
Komil Allamjonov 1-2-sinflar uchun yangi darsliklar yaratilishini eʼlon qildi.
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=640176310806199&id=100044415070011
Bu jarayonda meni oʻylantirayotgan savollar:
1. Oʻtgan yili milliy oʻquv dasturi asosida 1-2-sinflar uchun darsliklar yaratildi. Milliy oʻquv dasturini va u asosidagi 1-2-sinf darsliklarini yaratish uchun davlat byudjetidan ham, xalqaro tashkilotlar mablagʻlaridan ham kattagina summa ajratildi (xususan, YUNISEF xalqaro ekspertlarni jalb qilish uchun mablagʻ sarfladi). Bu mablagʻlar havoga uchadimi?
2. Yana 1-2-sinflar uchun yangi darsliklar yaratish zarurati nima uchun tugʻildi? Oʻtgan yili yaratilib, maktablarga yetkazilgan, hozirda foydalanilayotgan darsliklarning samarasizligi boʻyicha biron ilmiy asoslangan tadqiqot oʻtkazildimi? Bu tadqiqot natijalari mavjudmi, ular bilan tanishish imkoni bormi?
3. Qaysi hujjatga asosan Prezident administratsiyasi, xususan, unda taʼlim masalalariga javobgar boʻlmagan Komil Allamjonov taʼlim mazmuni va darsliklar bilan shugʻullanmoqda? Unga bu vakolatni kim, qaysi hujjat asosida, qaysi qonuniy asosga koʻra bergan?
4. Miliy oʻquv dasturini va u asosda darsliklarni bosqichma bosqich joriy qilish vazifasini Respublika taʼlim markaziga yuklagan Prezident qarorlari bor. Oʻtgan yili yaratilib amaliyotga joriy qilingan 1-2-sinflar darsliklari ham shu qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy qilingan edi. Bu qarorlar oʻz kuchini yoʻqotdimi, bekor qilindimi? Agar "ha" boʻlsa, nima asosda, agar "yoʻq" boʻlsa, administratsiyaning bu harakatlari bu qarorlarga qay darajada mos keladi?
5. Taʼlim oʻyinchoqmi, har safar yangi rahbar kelsa istagan ishini qiladigan?
Bu savollarimga konkret javoblar bera oladigan mutasaddi bormi?

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
👍28❤5😢4👎1🔥1
Xullas, bir odamning harakatlari bilan 1-2-sinflar uchun yangi dastur va darslik yaratilishi haqidagi gaplar aylana boshladi. Bu menga unchalik yoqmadi. Hali hamma sinflar bitta yondashuv asosida yozib tugatmagan edik. Menimcha bu oʻzgarishlarga yana 4-5 yil bor edi. Lekin... afsuski, bu Oʻzbekiston.
Shuncha mehnatni chippakka chiqarib yana eski usullarni qaytarishmoqchimi, bilmadim. Hali ularning darsliklarini koʻrmadim, aytishlaricha, tayyor emish. Koʻrmagan boʻlsam ham eshitdim, koʻrgan bilganlar aytdi.
Odamning ishtiyoqini soʻndirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi bizni hukumat.
Darsliklar haqida tinmay valdirayotgan saroy blogerlari yuqorida Komil Jalilov bergan savollarni koʻtara oladimi? "Dux"i yetarmikin mana shu masalani koʻtarishga.
Oʻzi oʻzgartirilganiga 2 yil ham boʻlmagan darsliklarni yana qayta oʻzgartirish uchun pulni qayerdan olisharkin?
Vey, xullasda, odamni ishlagisi ham kelmay qoldi oʻzi.

👍18😱4🤯3