OT_7_1-nazorat-ishi.docx
18.4 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
7-sinf Ona tili fanidan o'quvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)
📌Ushbu faylni chop etib, o'quvchilar qo'liga tarqatish lozim.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

👍3
OT_7_1-nazorat-ishi-oʻqituvchi-uchun.docx
15.8 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
7-sinf Ona tili fanidan o'qituvchilar uchun koʻrsatmalar (1-nazorat ishi)
📌Ushbu fayl faqat o'qituvchilar uchun bo'lib, nazorat ishini o'tkazish, baholash mezonlari va ballarni qo'yish qismlaridan iborat.
Ushbu faylni ota-onalar yoki o'quvchilar ko'rmasligi lozim.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
7-sinf Ona tili fanidan o'qituvchilar uchun koʻrsatmalar (1-nazorat ishi)
📌Ushbu fayl faqat o'qituvchilar uchun bo'lib, nazorat ishini o'tkazish, baholash mezonlari va ballarni qo'yish qismlaridan iborat.
Ushbu faylni ota-onalar yoki o'quvchilar ko'rmasligi lozim.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍9
Nazorat ishlarini qogʻozga chiqarishda maktab yordam bermasa, bir marta chiqarib hamma oʻquvchi uchun ishlating.
Javoblarni varaqqa belgilashsin. Ammo, oʻsha varaqlarni ham saqlab qoʻying.
@birgap

Nazorat materiallarini kim chop etishi kerak?
Oldin aytganimday Respublika taʼlim markazi oʻquv jarayonida qoʻllanadigan barcha vositalar mazmunini oʻzgartirish bilan band. Navbat baholash (nazorat ishlari)ga ham yetib keldi, ammo nazorat ishlarini samarali tashkillash uchun katta toʻsiq borligini hammamiz bilamiz.
Tayyorlangan nazorat materiallari albatta qogʻozda chop etishni talab etadi. Bu oʻqituvchi uchun chiqim boʻlmasligi kerak. Barcha nazorat materiallarini maktab taʼminlab berishi lozim. Nazorat materiali aslida taʼlim vazirligi va maktab uchun kerak. Oʻqituvchining shakllantiruvchi baholashi borki, oʻquvchilarini nazorat qilib bora oladi. Xulosaviy baholashlar esa toʻlaqonli vazirlik va maktab maʼmuriyatini qiziqtirishi kerak. Aynan mana shu baholash orqali u oʻqituvchining samaradorligini ham aniqlay oladi. Bu eng yaxshi qurol hisoblanadi.
Buni qachon tushunib yetishadi, bilmayman, lekin aytishdan tinmayman.
Yana qaytarib aytaman, aslida, taqvim rejada belgilangan nazorat ishi materiallarini maktab maʼmuriyati TEKINga chop etib berishi kerak. Bunga alohida mablagʻ ajratish shart.
Birgina shu muammodan qochibmi, baholashning qadrini bilmaymi, shu paytgacha eng samarasiz usullardan foydalanib kelganmiz doim. Diktant, bayon til koʻnikmalarini tekshirishdagi eng samarasiz usul hisoblanadi. Testlar boʻlardi oldin ham, lekin uni oʻqituvchi oʻzi oʻqib berardi. Oʻsha testlarning mazmuni ham baholashni samarali qilish uchun kamlik qilardi.
Hukumatda ikki yoʻl bor:
1. Vaziyatni shu holicha qoldirish va baholashning ahamiyatini “nol”ga teng deb bilaverish.
2. Samarali baholashning muhim ekanini anglash va vaziyatni oʻqituvchilar foydasiga hal etish.

👍35🤔2
Bugun koʻpchilik yuqorida berilgan nazorat materiallarini qoʻllab koʻrdi.
Ertga har bir savol yuzasidan tushuntirishlar berib chiqaman.
Yaʼni bu savol nimani aniqlashi kerak edi, oʻquvchining javobi bizga nimani aytmoqda kabi savollarga javob olasizlar.
Ana shunday qilib, bir necha nazorat ishida sizlarga bahoni oʻqishni oʻrgataman. Yaʼni nazorat ishining natijasi nimalarni aytib bera olishini tushuntiraman.
Ungacha nazorat ishi qanday oʻtgani haqida izohlarda yozsangiz boʻladi.
Bor boʻlinglar!

👍15
Navoiyliklar, salomatmisizlar?
Uzunquloq gaplarga qaraganda 27-28-sentyabr kunlari Navoiyga xizmat safari bilan ketamiz. Men shu viloyat boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga seminar oʻtishim belgilangan.
Hozircha aynan qayeriga borishimizni, kimlar chaqirilganini bilmayman.
Xudo xohlasa, uchrashguncha.

👍30❤3👏2
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
Ona tili 6-sinf_1_67.pdf
15.3 MB
#yangi_darslik #1_chorak
🔆6-sinf Ona tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

👍5
Ustozim, yaqin maslakdoshim Komil Jalilov RTMga boʻlayotgan axborot hujumi, noxolis postlar va unga ergashayotgan uquvsiz xalq vakillari uchun zoʻr maqola yozibdi.
Sal koʻzni oching, sizga "bomba dalil" deyilayotgan narsalar umuman "bomba" emas, gugurtchalik ham kuchi yoʻq debdi.
https://telegra.ph/Axborot-xurujlari-bomba-dalillar-o%CA%BBzi-qay-darajada-bomba-09-24

Telegraph
Axborot xurujlari: “bomba” “dalil”lar oʻzi qay darajada “bomba”?
Oxirgi kunlarda Respublika taʼlim markaziga qarshi faol “axborot xuruji” boshlandi. Bu xurujda kontekstdan yulib olingan alohida soʻzlar yoki jumlalar, darsliklardagi ayrim topshiriqlar “bayroq” qilib olinib, RTMga qarshi “dalil” sifatida ishlatilmoqda. Bundan…
👏19👍6
4_Global_isish_OʻK.pdf
218 KB
6-sinf. Ona tili
"Global isish" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

👍6❤1
3_Turon-yoʻlbarsi_OʻK.pdf
252.4 KB
7-sinf. Ona tili
"Turon yoʻlbarsi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
"Turon yoʻlbarsi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
👍6❤2
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
7-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn
🎧Sun’iy intellekt 9-bet
🎧Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy 24-bet
🎧Reytingi eng baland kasblar 64-bet
🎧Hisob soʻzlar 87-bet
🎧Syurpriz 115-bet
🎧Dron nega “dron” deyilgan? 145-bet
🎧Soʻrovnoma natijasini yozish 150-bet
🎧Sharq taronalari 172-bet
🎧Sharq taronalari haqida 173-bet
🎧Mualliflik huquqi 191-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
🎧Sun’iy intellekt 9-bet
🎧Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy 24-bet
🎧Reytingi eng baland kasblar 64-bet
🎧Hisob soʻzlar 87-bet
🎧Syurpriz 115-bet
🎧Dron nega “dron” deyilgan? 145-bet
🎧Soʻrovnoma natijasini yozish 150-bet
🎧Sharq taronalari 172-bet
🎧Sharq taronalari haqida 173-bet
🎧Mualliflik huquqi 191-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍5
Kuni kecha oʻquvchilarga kulminatsiya, tugun kabi tushunchalarni oʻrgatishim kerak boʻldi. Qoidasini quruq aytganim bilan yaxshi anglasholmaydi. Keyin quyidagi usulni qoʻlladim:
1. Oʻquvchilarga 2 ta yoʻldan birini tanlashni aytdim, darsni ana shu tanlagan yoʻllari asosida oʻtishimizni ta'kidladim:
A) oʻqib tushunishga oid topshiriq bajaramiz, men matn va test beraman, ular ishlashadi;
B) animatsion film koʻramiz (qisqa metrajli), keyin u haqida gaplashamiz.
Oʻquvchilarim qisqa metrajli filmni tanlashlari tabiiy edi, ulardan soʻrab oʻtirmay shuni qoʻyib bersam boʻlaverardi. Oʻquvchilar fikrini soʻrash orqali mas'uliyatni oʻzlariga olishlarini, ularning fikri ham muhim ekanini anglatmoqchi boʻldim. Bu koʻnikma hisoblanadi, shunday usullar bilan asta-sekin shakllantirib boriladi.
Oʻqib tushunishni tanlashganda ham tugun va kulminatsiyani tushuntira olardim, chunki savollarda aynan shular soʻralgan edi.
2. Quyidagi ikki qisqa metrajli animatsion filmlarni koʻrdik:
"Toshkesarlar" hamda "Janob Befarq"
3. Mana shu ikki film orqali, tugun nima, kulminatsiya nima, biror voqea hikoya qilinganda qanday qismlardan iborat boʻladi, kirish nima, voqealar rivoji nima, syujet nima kabi savollarga javob berib ketdim. Qoida aytmadim, filmdan aniq misollar koʻrsatdim.
Endi tavsiya: bolalarga biror mavzu haqida yozdirmoqchi boʻlsangiz, shu mavzuga yaqin qisqa metrajli fimlarni qoʻyib bering. Ular bilan bu haqida suhbatlashing.
YouTubega kirib CGI animated short films deb qidirsangiz, juda koʻp shunday filmlar chiqadi agar qidiruvni CGI animated short films award winning degan jumla bilan bersangiz faqatgina eng sifatli, turli tanlovlarda oʻrin olgan filmlar chiqadi.
Bunday filmlarning yutuq tomoni shuki, ularda odatda, soʻz boʻlmaydi, hammasi voqealar, harakatlar bilan ochib beriladi. Ya'ni tarjima qilishga hojat yoʻq. Bundan tashqari eng uzuni ham 10 daqiqadan oshib ketmaydi.

YouTube
Wire Cutters [Animated Short] by Jack Anderson
A chance encounter proves fateful for 2 robots mining on a desolate planet.
Contact: Hello@Jackanders.com
jackanders.com
Created By: Jack Anderson
Original Score By: Cody Bursch
Sound Design By: Jackie! Zhou
Additional Animation: Jen Re, Erica Robinson…

👍54❤2🤔1
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
#Diqqat_tanlovT
Tanlovning maktab bosqichiga start berildi
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.
Bugun tanlovning maktab bosqichiga start berildi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Tanlovning maktab bosqichiga start berildi
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.
Bugun tanlovning maktab bosqichiga start berildi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍5
Navoiy bizni kutib ol!
Hozircha meni Navoiy shahar 18-maktab direktori kutib olishidan boshqa maʼlumotni bilmayman.

👍17🔥2😁2❤1👏1💯1
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Китобнинг фойдаси!
Муҳаммадфозил эсингиздами!? Роса пост қилганман:
(1)
(2)
(3)
(4)
Мана бу хабар мени йиғлатди:
МИННАТДОРЛИК ХАТИ
Ассалому алайкум 6-синф она тили дарслиги муаллифлари.
Не бахтки, ўзим 6-синф раҳбари сифатида ўқувчиларим томонидан ушбу дарсликда фарзандимни расмини кўришим мени шу фарзандимни дунёга келтиришимдаги бутун вужудимдаги қийноқларимни буткул унуттирди. Хар бир она учун фарзандини камолини кўришдек, айниқса унинг ютуқларини кўришдек улкан бахт бўлмаса керак.
Бугун ана шу бахтдан мени баҳраманд қилдингиз.
1-октябрь Устозлар кунида дунёда энг катта совғани ўзим олдим ўқитувчи сифатида.
Аллохимга минг шукур. Фарзандим орқали энг катта ва оғир медални сиз тақдингиз менга!
Илохим билимли ёшларни халкимизга мақташдан хеч қачон чарчаманглар.
Сизлар туфайли ёш авлод албатта энг катта ва баланд илм чўққиларини эгаллашади.
Сизларга чексиз хурмат билан :
Муқимжонова Мукаммал Мансуровна, Ўзбекистон тумани 50-мактаб тарих фани ўқитувчиси (Мухаммадфозил Исмоиловнинг онаси)
@DOMLAJON

👍47❤2👏1
Kanalimdagi barcha oʻqituvchilarni bayram bilan qutlayman!
Alloh ilm ulashishdan charchatmasin! Shu bilan birga, oilangizga halovat bersin!

👍50🎉10❤7🔥4👏4🙏1
4. Qutb yulduzi_ok.pdf
211.9 KB
7-sinf. Ona tili
"Qutb yulduzi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
"Qutb yulduzi" mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
👍8
1-nazorat ishi yuzasidan kelgan savollarga javoblar.
1-qism.
Savol: nazorat ishida berilgan “Sigir va Zagʻcha” matni darslikda yoʻq. Darslikda oʻtilmagan mavzudan nazorat ishi olish gʻalati emasmi?
Javob:
1. Nazorat ishida darslikda oʻtilmagan mavzu tanlanmagan, aksincha, oʻtilgan mavzulardan chetga chiqilmagan.
2. Tilga olingan “Sigir va Zagʻcha” matni darslikda yoʻq, lekin u mavzu emas, matn. Nazorat ishlarida darslikda ishlatilgan matnlardan foydalanilmaydi. Begona matn beriladi, lekin savollarning koʻnikmasi darslikda berilgan koʻnikmalar bilan ayni boʻladi.
Ona tili va oʻqish savodxonligidan 2-sinf 1-nazorat ishida “Sigir va Zagʻcha” matni asosida tuzilgan savollarning koʻnikmasi quyidagicha:
1. Sigir birovning pichanini yeb qoʻygani uchun zagʻcha uni choʻqiydi?
Koʻnikma: matnda ochiq aytilgan maʼlumotni tushunish
2. Sigir qora boʻlgani uchun uning orqasi ogʻrimaydi?

3. Tullash jarayoni nima?
Koʻnikma: bir necha gaplar asosida umumiy xulosa chiqarish
4. Sigir zagʻchani haydasa nima boʻladi?
Koʻnikma: maʼlumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, oʻquvchilar 1-nazorat ishiga qadar bu koʻnikmalarga oid savollar bilan bir necha marta yuzlashishgan.
Koʻnikmalar nomidan vahima qilmanglar. Bular shunaqa qoʻrqinchli tuyulgani bilan aslida oson koʻnikmalar. Undan tashqari, bular yozma javob beradigan emas, variantlar ichidan bittasini tanlaydigan savollar.
Koʻplab oʻquvchilar qiynalganining sababi esa bunday imtihon shaklining begonaligidir. Natijalardan qoʻrquvga tushmaslik kerak.

👍16
Imtihonlar natijasi yomon boʻlishining sabablaridan bir test formati (testning shakli, savollar qurilishi, javoblar berilishi)ning test topshiruvchi uchun begona ekanligidir.
Buni yaqinda oʻtkazilgan Ona tilidan birinchi nazorat ishlari ham koʻrsatib berdi.
Ushbu xulosani maktab va DTM aloqasini tushuntirish uchun ham ishlatish mumkin. Yaʼni biz maktabda oʻquvchilarni DTM testlarida tushadigan test formatiga tayyorlab bormaymiz. Nazorat ishlarimiz butkul boshqacha. Bu esa oʻquvchilarning DTM dovonidan oʻta olmasligiga sabab boʻlayotgani ehtimoli yuqori.
Bu asosiy faktor demoqchi emasman, lekin koʻplab faktorlar ichida buning ham oʻz oʻrni bor.
Repetitorlar esa oʻquvchiga maʼlumotlarni yetkazishdan tashqari DTM test formatiga ham toʻliq tayyorlab boradi, savol berish usullari bilan tanishtiradi, variantlar ichida xatolarini chiqarib yuborishni oʻrgatadi.
Xullas, shunaqa nazariyam bor.

👍17🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-sinf “Ona tili va o'qish savodxonligi” darsligidagi (41-sahifa) “Jajji pingvin Loloning sarguzashtlari” multfilmini tomosha qiling" topshirig‘i uchun video manba
@birgap
@birgap
👍6