Shokir Tursun qarashlari
5.92K subscribers
858 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
6-sinf Ona tili darsliklari yetib bormagani, hamma elektron nusxadan foydalanayotganini hisobga olib, koʻpchilik aytgan usul, birinchi nazorat ishini bayon shaklida olib turishingiz mumkin.

Mana shunisi adolatdan boʻlsa kerak.

@birgap
👍5
OʻTOʻS_2_1-nazorat-ishi.docx
18.2 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'quvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu faylni chop etib, o'quvchilar qo'liga tarqatish lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍3
OʻTOʻS_2_1-nazorat-ishi-oʻqituvchi-uchun.docx
15.6 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'qituvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu fayl faqat o'qituvchilar uchun bo'lib, nazorat ishini o'tkazish, baholash mezonlari va ballarni qo'yish qismlaridan iborat.

Ushbu faylni ota-onalar yoki o'quvchilar ko'rmasligi lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍6
OʻTOʻS_3_1-nazorat-ishi.docx
18.2 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'quvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu faylni chop etib, o'quvchilar qo'liga tarqatish lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍7
OʻTOʻS_3_1-nazorat-ishi-oʻqituvchi-uchun.docx
16 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'qituvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu fayl faqat o'qituvchilar uchun bo'lib, nazorat ishini o'tkazish, baholash mezonlari va ballarni qo'yish qismlaridan iborat.

Ushbu faylni ota-onalar yoki o'quvchilar ko'rmasligi lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍2
2- va 3-sinflarning nazorat ishlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot.

Oʻquvchilar matn asosida test topshiriqlarini bajarayotganda matn ulardan olib qoʻyilmasin. Matn va test bir varaqda boʻlsin.

Oʻquvchilar javoblarni alohida varaqqa emas, shu qogʻozning oʻziga belgilashsin.

Oʻquvchilarning ismi, familiyasi va sinfi varaqning istalgan qismiga yozilishi mumkin.

Ushbu varaqlar oʻquvchidan yigʻib olingach, maktabda 2 yil davomida saqlansin.

@birgap
👍11
OT_7_1-nazorat-ishi.docx
18.4 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
7-sinf Ona tili fanidan o'quvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu faylni chop etib, o'quvchilar qo'liga tarqatish lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍3
OT_7_1-nazorat-ishi-oʻqituvchi-uchun.docx
15.8 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
7-sinf Ona tili fanidan o'qituvchilar uchun koʻrsatmalar (1-nazorat ishi)

📌Ushbu fayl faqat o'qituvchilar uchun bo'lib, nazorat ishini o'tkazish, baholash mezonlari va ballarni qo'yish qismlaridan iborat.

Ushbu faylni ota-onalar yoki o'quvchilar ko'rmasligi lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍9
Nazorat ishlarini qogʻozga chiqarishda maktab yordam bermasa, bir marta chiqarib hamma oʻquvchi uchun ishlating.

Javoblarni varaqqa belgilashsin. Ammo, oʻsha varaqlarni ham saqlab qoʻying.

@birgap
Nazorat materiallarini kim chop etishi kerak?

Oldin aytganimday Respublika taʼlim markazi oʻquv jarayonida qoʻllanadigan barcha vositalar mazmunini oʻzgartirish bilan band. Navbat baholash (nazorat ishlari)ga ham yetib keldi, ammo nazorat ishlarini samarali tashkillash uchun katta toʻsiq borligini hammamiz bilamiz.

Tayyorlangan nazorat materiallari albatta qogʻozda chop etishni talab etadi. Bu oʻqituvchi uchun chiqim boʻlmasligi kerak. Barcha nazorat materiallarini maktab taʼminlab berishi lozim. Nazorat materiali aslida taʼlim vazirligi va maktab uchun kerak. Oʻqituvchining shakllantiruvchi baholashi borki, oʻquvchilarini nazorat qilib bora oladi. Xulosaviy baholashlar esa toʻlaqonli vazirlik va maktab maʼmuriyatini qiziqtirishi kerak. Aynan mana shu baholash orqali u oʻqituvchining samaradorligini ham aniqlay oladi. Bu eng yaxshi qurol hisoblanadi.

Buni qachon tushunib yetishadi, bilmayman, lekin aytishdan tinmayman.

Yana qaytarib aytaman, aslida, taqvim rejada belgilangan nazorat ishi materiallarini maktab maʼmuriyati TEKINga chop etib berishi kerak. Bunga alohida mablagʻ ajratish shart.

Birgina shu muammodan qochibmi, baholashning qadrini bilmaymi, shu paytgacha eng samarasiz usullardan foydalanib kelganmiz doim. Diktant, bayon til koʻnikmalarini tekshirishdagi eng samarasiz usul hisoblanadi. Testlar boʻlardi oldin ham, lekin uni oʻqituvchi oʻzi oʻqib berardi. Oʻsha testlarning mazmuni ham baholashni samarali qilish uchun kamlik qilardi.

Hukumatda ikki yoʻl bor:
1. Vaziyatni shu holicha qoldirish va baholashning ahamiyatini “nol”ga teng deb bilaverish.
2. Samarali baholashning muhim ekanini anglash va vaziyatni oʻqituvchilar foydasiga hal etish.

@birgap
👍35🤔2
Bugun koʻpchilik yuqorida berilgan nazorat materiallarini qoʻllab koʻrdi.

Ertga har bir savol yuzasidan tushuntirishlar berib chiqaman.

Yaʼni bu savol nimani aniqlashi kerak edi, oʻquvchining javobi bizga nimani aytmoqda kabi savollarga javob olasizlar.

Ana shunday qilib, bir necha nazorat ishida sizlarga bahoni oʻqishni oʻrgataman. Yaʼni nazorat ishining natijasi nimalarni aytib bera olishini tushuntiraman.

Ungacha nazorat ishi qanday oʻtgani haqida izohlarda yozsangiz boʻladi.

Bor boʻlinglar!

@birgap
👍15
Navoiyliklar, salomatmisizlar?

Uzunquloq gaplarga qaraganda 27-28-sentyabr kunlari Navoiyga xizmat safari bilan ketamiz. Men shu viloyat boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga seminar oʻtishim belgilangan.

Hozircha aynan qayeriga borishimizni, kimlar chaqirilganini bilmayman.

Xudo xohlasa, uchrashguncha.

@birgap
👍303👏2
4_Global_isish_OʻK.pdf
218 KB
6-sinf. Ona tili

"Global isish"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
👍61
3_Turon-yoʻlbarsi_OʻK.pdf
252.4 KB
7-sinf. Ona tili

"Turon yoʻlbarsi"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.
👍62
Kuni kecha oʻquvchilarga kulminatsiya, tugun kabi tushunchalarni oʻrgatishim kerak boʻldi. Qoidasini quruq aytganim bilan yaxshi anglasholmaydi. Keyin quyidagi usulni qoʻlladim:

1. Oʻquvchilarga 2 ta yoʻldan birini tanlashni aytdim, darsni ana shu tanlagan yoʻllari asosida oʻtishimizni ta'kidladim:

A) oʻqib tushunishga oid topshiriq bajaramiz, men matn va test beraman, ular ishlashadi;

B) animatsion film koʻramiz (qisqa metrajli), keyin u haqida gaplashamiz.

Oʻquvchilarim qisqa metrajli filmni tanlashlari tabiiy edi, ulardan soʻrab oʻtirmay shuni qoʻyib bersam boʻlaverardi. Oʻquvchilar fikrini soʻrash orqali mas'uliyatni oʻzlariga olishlarini, ularning fikri ham muhim ekanini anglatmoqchi boʻldim. Bu koʻnikma hisoblanadi, shunday usullar bilan asta-sekin shakllantirib boriladi.

Oʻqib tushunishni tanlashganda ham tugun va kulminatsiyani tushuntira olardim, chunki savollarda aynan shular soʻralgan edi.

2. Quyidagi ikki qisqa metrajli animatsion filmlarni koʻrdik:

"Toshkesarlar" hamda "Janob Befarq"

3. Mana shu ikki film orqali, tugun nima, kulminatsiya nima, biror voqea hikoya qilinganda qanday qismlardan iborat boʻladi, kirish nima, voqealar rivoji nima, syujet nima kabi savollarga javob berib ketdim. Qoida aytmadim, filmdan aniq misollar koʻrsatdim.

Endi tavsiya: bolalarga biror mavzu haqida yozdirmoqchi boʻlsangiz, shu mavzuga yaqin qisqa metrajli fimlarni qoʻyib bering. Ular bilan bu haqida suhbatlashing.

YouTubega kirib CGI animated short films deb qidirsangiz, juda koʻp shunday filmlar chiqadi agar qidiruvni CGI animated short films award winning degan jumla bilan bersangiz faqatgina eng sifatli, turli tanlovlarda oʻrin olgan filmlar chiqadi.

Bunday filmlarning yutuq tomoni shuki, ularda odatda, soʻz boʻlmaydi, hammasi voqealar, harakatlar bilan ochib beriladi. Ya'ni tarjima qilishga hojat yoʻq. Bundan tashqari eng uzuni ham 10 daqiqadan oshib ketmaydi.

@birgap
👍542🤔1
#Diqqat_tanlovT
Tanlovning maktab bosqichiga start berildi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.
Bugun tanlovning maktab bosqichiga start berildi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍5
Navoiy bizni kutib ol!

Hozircha meni Navoiy shahar 18-maktab direktori kutib olishidan boshqa maʼlumotni bilmayman.

@birgap
👍17🔥2😁21👏1💯1
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Китобнинг фойдаси!

Муҳаммадфозил эсингиздами!? Роса пост қилганман:
(1)

(2)

(3)

(4)

Мана бу хабар мени йиғлатди:

МИННАТДОРЛИК ХАТИ

Ассалому алайкум 6-синф она тили дарслиги муаллифлари.
Не бахтки, ўзим 6-синф раҳбари сифатида ўқувчиларим томонидан ушбу дарсликда фарзандимни расмини кўришим мени шу фарзандимни дунёга келтиришимдаги бутун вужудимдаги қийноқларимни буткул унуттирди. Хар бир она учун фарзандини камолини кўришдек, айниқса унинг ютуқларини кўришдек улкан бахт бўлмаса керак.
Бугун ана шу бахтдан мени баҳраманд қилдингиз.
1-октябрь Устозлар кунида дунёда энг катта совғани ўзим олдим ўқитувчи сифатида.
Аллохимга минг шукур. Фарзандим орқали энг катта ва оғир медални сиз тақдингиз менга!
Илохим билимли ёшларни халкимизга мақташдан хеч қачон чарчаманглар.
Сизлар туфайли ёш авлод албатта энг катта ва баланд илм чўққиларини эгаллашади.
 Сизларга чексиз хурмат билан :
Муқимжонова Мукаммал Мансуровна, Ўзбекистон тумани 50-мактаб тарих фани ўқитувчиси (Мухаммадфозил Исмоиловнинг онаси)

@DOMLAJON
👍472👏1