Shokir Tursun qarashlari
5.93K subscribers
858 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
#sodiq_schooldagi_darslar

Bugundan rostmana darslar oʻtishni boshladim. Ikki hafta davomida oʻquvchilarimga ham rasmiy, ham norasmiy ruhdagi tarjimayi hol yozishni oʻrgatmoqchiman.

Bugun shunga ilk qadamlarni qoʻydik.

Matn oʻqish davomida matnda qoʻllangan ikkita tinish belgisi – koʻpnuqta va vergul haqida maʼlumotlarni berib ketdim. Leksikologiya boʻlimi uchun matndagi notanish soʻzlarni oʻrgandik.

Rasm asosida savol-javob qildik.

Uyga vazifa sifatda imloviy va ishoraviy xatolarga toʻla matn berdim, toʻgʻrilab kelishadi. Bundan tashqari, 5 kishilik guruhlarga boʻlinib, innovatsiya soʻzining turli koʻrinishlarini oʻrganishlari va innovatsion tuman (hudud, shahar) birikmalari qanchalik toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini tahlil qilib kelishlari ham kerak boʻladi.

Koʻpnuqtaning xususiyatlari, sanash ohangida vergulning ishlatilishi, baʼzi soʻzlarning imlosi va notanish soʻzlarning maʼnosi. Bundan tashqari yaxshi tashkillangan eʼlon matni qanday boʻlishi haqida maʼlumotga ega boʻlishdi. Ikki soatda berilsa shuncha bilim berilar-da, toʻgʻrimi?

P.S.: ular 8-sinf.

@birgap
👍27
IZOH

Ushbu rasm 3-sinf "Ona tili va oʻqish savodxonligi" kitobining 18-betidan olingan. Unda "bilmay" soʻzida L harfi tushib qolganini koʻrishingiz mumkin.

Esingizda boʻlsa imloviy va texnik xato farqlarini yuqoriroqda tushuntirgan edim. Mana shu texnik xatoga misol boʻla oladi.

Bu yerda mualliflar ushbu soʻzning yozilishi bilmaydi degan xulosa chiqmasligi kerak, bu texnik sabablar bilan qoralamada toʻgʻri boʻlgan soʻzning xatoga aylanib qolishidir.

Toʻgʻri, hozir oʻzimizni oqlamoqchi emasman, lekin sizlarni xabardor qilmoqchiman.

Oʻquvchilarga toʻgʻri tushuntirishingiz mumkin, mana shunaqa holatlar ham boʻlib turadi deb.

Buni mualliflar ancha oldin payqagan edi, lekin afsuski, unda darsliklar maktab tomon yoʻl olib boʻlgandi. Toʻgʻrilashning imkoni yoʻq edi.

Barcha mualliflar, muharrir, musahhih va dizaynerlar nomidan uzr soʻrayman.

P.S.: qaysi muallif oʻz darsligidagi xatoni kanaliga qoʻyadi-ya😊

@birgap
👍384🤔3
Men juda ishonuvchan odamman. Sizlar uy vazifasini bajarmay kelsangiz-u sabab sifatida nima bahona keltirsangiz ham ishonaveraman, imkon beraveraman. Masalan, chiroq oʻchib qoldi, ruchkam yozmay qoldi, uxlab qoldim, qarindoshlar kelib qoldi kabi.

Lekin vijdoningiz bilan qiladigan muloqotingizga aralashmayman, u bilan qanday kelishish oʻzingizga havola. Men shunchaki ishonaman.

Hamma oʻquvchilarimga shuni aytib chiqqanman. Hammasi dastlab jilmaydi, keyin biroz oʻylanib qolishdi.

@birgap
👍328👏1
Ona tili 7-sinf_1_63.pdf
68.2 MB
#yangi_darslik #1_chorak

🔆7-sinf Ona tili

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍9🤔1
7-sinf Ona tili darsligi Ijtimoiy tarmoqlar mavzusidagi bir QR kod ishlamay qolgani haqida aytishyapti. Oʻsha maqola daryo.uz saytida joylashgan edi. Afsuski, rostdan ham saytda shu maqola ochilmayapti.

Yechim izlab koʻrdim va topdim. Faqat buni koʻpchilikka yetkazish kerak.

Saytning mobil versiyasi arxivida ushbu maqola saqlanib turgan ekan. Daryo.uz ma'muriyati bilan gaplashib bu muammoni hal qilamiz. Ungacha quyidagi havola orqali oʻsha QR kodda berilgan maqola matni bilan tanishishingiz mumkin:

https://m.daryo.uz/2017/07/06/ijtimoiy-tarmoqlarning-6-ta-ilmiy-asoslantirilgan-xavfli-jihati/

@birgap
👍17
Musiqa yoki tasviriy sanʼatda qobiliyati yoʻq oʻquvchingizga nima asosda va nechchi baho qoʻyasiz?

Izohlarda yozib ketishingiz mumkin.

@birgap
👍4
Ha aytgandek, men ishlaydigan maktabda oʻquvchilar birinchi soatda telefonlarini topshirishadi. 7-soatdan keyin, qoʻshimcha darslari boʻlsa 17:00da olishadi.

@birgap
👍29
Maktablarda oʻtkaziladigan nazorat ishlarining materiallari markaziy organ tomonidan tayyorlanishi, standartlashtirilishi kerak.

Oʻsha nazorat ishlarining natijalari, varaqalar maktabda 2 oʻquv yili davomida toʻliq saqlanishi maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari, oʻsha nazorat natijalari turli ilmiy tadqiqotlar uchun tadqiqotchilarga soʻrov asosida berilishi lozim.

Ana shunday qilib taʼlim qay tomonga yurayotganini aniqlash mumkin boʻladi.

Oʻylaymanki, XTV ham mana shu fikrda.

@birgap
👍38
kundalik.com saytida 1-2-3-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi fanining uyga vazifa qismini oʻchirib qoʻyishganmi?
Anonymous Poll
23%
Ha
47%
Yoʻq
7%
1-2-sinf oʻchgan
22%
Saytni ishlatmayapmiz
👍6
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
“Bill Geyts yoki Ilon Mask varianti ham bo‘lgan, ammo Murod Nazarov tanlangan”, “Muhabbat o‘quvchini qiziqtirgan mavzu”. Maktab darsliklari mualliflari jamoatchilik e’tiroziga javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan maktab darsliklarining ijara narxlari va darsliklarning mazmuni keng muhokama qilindi. “Daryo” mazkur fikrlarga javoban prezidentga murojaat yo‘llagan maktab darsliklari mualliflarini suhbatga tortdi.

Batafsil — http://dy.uz/FiSzG

So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo
👍24
Men maktabda diskriminatsiya joriy qildim.

Oʻgʻil bolalarni sensirayman, qizlarni sizlayman.

@birgap
👍61🤔6👎4🔥4
Bugun oʻquvchilar bilan bir narsaga kelishdik.

Hozir hammamiz oʻzbek tilida gapirganda beixtiyor boshqa tildagi soʻzlarni qoʻshib yuboramiz. Oʻquvchilarim ana shunday soʻzlarni aniqlashadi, misollar topishadi. Men ularni yigʻib, lugʻat (oʻquv lugʻatidir balki) holiga keltiraman. Keyin uni barcha maktablarga elektron tarqatamiz. Bepul.

Tuzuvchi sifatida barcha oʻquvchilarimning ismi kiritiladi.

@birgap
👍43
Oʻquvchilarim xatolari bor matnni toʻgʻrilashmoqda.

@birgap
👍18
Koʻpchilik yangi darsliklar asosidagi nazorat materiallarini soʻrab murojaat qilibdi.

Xudo xohlasa shu haftaning ikkinchi qismiga oʻtib ketmay hammasini e'lon qilamiz.

@birgap
👍15
Tavsiyaviy nazorat materiallari bugun tushdan soʻng uzatiladi. Xudo xohlasa.

@birgap
👍19👏2
6-sinf Ona tili darsliklari yetib bormagani, hamma elektron nusxadan foydalanayotganini hisobga olib, koʻpchilik aytgan usul, birinchi nazorat ishini bayon shaklida olib turishingiz mumkin.

Mana shunisi adolatdan boʻlsa kerak.

@birgap
👍5
OʻTOʻS_2_1-nazorat-ishi.docx
18.2 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'quvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu faylni chop etib, o'quvchilar qo'liga tarqatish lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍3
OʻTOʻS_2_1-nazorat-ishi-oʻqituvchi-uchun.docx
15.6 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'qituvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu fayl faqat o'qituvchilar uchun bo'lib, nazorat ishini o'tkazish, baholash mezonlari va ballarni qo'yish qismlaridan iborat.

Ushbu faylni ota-onalar yoki o'quvchilar ko'rmasligi lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍6
OʻTOʻS_3_1-nazorat-ishi.docx
18.2 KB
#Nazorat_materiali #tavsiya
3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'quvchilar uchun nazorat materiali (1-nazorat ishi)

📌Ushbu faylni chop etib, o'quvchilar qo'liga tarqatish lozim.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍7