Shokir Tursun qarashlari
5.9K subscribers
858 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu videoni yozayotganimizda koʻzimga yosh keldi. Xoʻrligim keldi, shu ishga majbur boʻlganimizdan afsusdaman.

Shum bolada aytardi: "Endi bildim - yeyish kerak". Men esa, endi bildim - surish kerak deyman.

@birgap
😢23👍11
Ona tili taʼlimini yangilash ishlariga 2019-yildan boshlab qoʻshilganman. Mana 3 yildan beri shu qozonda ustozlarim bilan qaynayapman.

Uydagilar ham juda yaxshi biladi, mazmunni oʻzgartirish ishlari sabab bir necha kunlab uyga kelmay ishlagan vaqtlarim boʻldi. Shu ishni amalga oshirish uchun oʻrganib chiqqan manbalarimiz roʻyxati keltirsam oxiriga yetolmay zerikib ketasiz.

Xullas, xabaringiz boʻlsa kerak, bir necha kundirki, baʼzi bir yuzsiz blogerlar (buyurtma asosida) ijtimoiy tarmoqlarda yangi darsliklar, ularning mualliflari borasida yolgʻon-yashiq maʼlumotlar tarqatish bilan band. Yozayotganlari sohadan butkul uzoq odam ekanini koʻrsatib turibdi.

Bundan 5-6 oy oldin oʻzimga dars bergan ustozlarim, alamzada odamlar ustimdan turli tashkilotlarga arz qilishgan edi. Emishki, men talaba ekanman va darslik yozishga layoqatsiz ekanman. Kerakli asoslar bilan buning notoʻgʻri ekanini isbotlagan edik. Shu bilan boʻldi, darslik mojarosi tugadi deb oʻylagandim. Afsuski, bu hali ancha davom etadi shekilli. Darsliklar hali maktablarga yetib bormay turib ularni va mualliflarni obroʻsizlantirish kampaniyasi boshlanib ketdi.

Men oʻzimiz yozgan darsliklarga toʻliq ishonaman. Kimdir bundan shubha qilsa, marhamat, ilmiy asoslari bilan keltirib bersin, men bunday sogʻlom munozaraga doim tayyorman. Turli mansabdor va boylarning xizmatini qiladigan, ichida jamoaga alam saqlagan, eng asosiysi, sohadan deyarli bexabar komissiya aʼzolari tekshirmasin. Oʻz sohasining egalari tahlil qilsin.

Mualliflar jamoasi, shaxsan men ham, sogʻlom raqobat va adolat tarafdorimiz.

Nima boʻlganda ham men vijdonim oldida tozaman, ustozlarim, onam, singlim oldida yuzim yorugʻ.

Ta’limni oʻz biznes maydoniga aylantirishni istayotganlarga esa gapim yoʻq, ular shunchaki bunga arzimaydi, menimcha.

@birgap
👏29👍19🔥21
1-qism_MP3.rar
37.4 MB
3-sinf. Ona tili va oʻqish savodxonligi audiomatnlari. 1-qism uchun.

Arxivdan chiqarsangiz 1-qismda kerak boʻladigan barcha audiomateriallar bor. Qaysi material qaysi betda joylashganini "betlar" deb nomlangan fayldan koʻrib olishingiz mumkin.

Saldan keyin arxivdan chiqarishda qiynaladiganlar uchun hammasini alohida ham tashlayman.


@birgap
👍6
#Audio_matnlar
1-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 1-qismi uchun tayyorlangan audio matnlar

🎧Hoshimjonning oilasi 7-bet;
🎧Dialog 14-bet;
🎧Gaplar 25-bet;
🎧Bayramlar haqida 29-bet;
🎧Suvning vatani 46-bet;
🎧Hademay 59-bet;
🎧Hayvonlar tovushi 65-bet;
🎧Echki bolalari va yovuz bo'ri 66-bet;
🎧So'zlar 78-bet;
🎧Sabzavotlar nima dedydi? 81-bet;
🎧Mukaqmmal xotira egasi 88-bet;
🎧Sport turlari 94-bet;

1-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 2- qismi uchun tayyorlangan audio matnlar

🎧Serkaboboning xiylasi 10-bet;
🎧Loy va qog'oz kitoblar 20-bet;
🎧Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari 24-bet ;
🎧She'r 34-bet;
🎧Bahor keldi 39-bet;
🎧Tekinxo'r 42-bet;
🎧Yerning yo‘ldoshi 66-bet;
🎧Dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar 87-bet.

2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 1-qismi uchun tayyorlangan audio matnlar

🎧Nobel mukofoti 13-bet
🎧Ko'chmanchi qushlar 61-bet
🎧Oltin koni 51-bet
🎧Qo'ng'ir ayiq 43-bet
🎧Sharikning tug'ilgan kuni 19-bet
🎧Maktab 17-bet
🎧Hashar elga yarashar 36-bet
🎧Joy nomlari 40-bet
🎧O'zbek hunarmandlari 99-bet
🎧Oshxonamiz ramzi 6-bet
🎧Kelajak me'mori 109-bet
🎧Tanamiz-mo'jizamiz 91-bet
🎧Mehnatkash choynak 82-bet
🎧Ertak qahramonlari 71-bet

2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 2- qismi uchun tayyorlangan audio matnlar

🎧Sobirjon fermer 5-bet
🎧Hayvonlar podshosi 12-bet
🎧Men vaqtni boshqaraman 14-bet
🎧Kelajak robotlarnikimi? 23-bet
🎧Ikki g'aroyib ixtiro 32-bet
🎧Quyoshning kaltagi 36-bet
🎧Kutubxonadagi suhbat 42-bet
🎧Yaxshilik ortidan yaxshilik keladi 49-bet
🎧Amirni yenggan non 60-bet
🎧Dangasa harflar 69-bet
🎧Ketkazyapmiz bo'yoqni 80-bet
🎧Boloalar qo'shiqlari 85-bet
🎧Tovushlar 87-bet
🎧Qoida bilmas yalmog'iz 95-bet
🎧Ikki yo'l 106-bet

3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 1-qismi uchun tayyorlangan audio matnlar

🎧Mustaqillik maydoni 6-bet
🎧5 yoshida 500 kitob 15-bet
🎧Ilk jamoat transporti 29-bet
🎧Yurtim guli – xongul 32-bet
🎧Dunyo okeanlari 45-bet
🎧Baraka daryosi 54-bet
🎧Salomatlik garovi 65-bet
🎧Ozon qatlami 77-bet
🎧Sen mening qahramonimsan 88-bet
🎧Koʼchat ekish sirlari 103-bet
🎧Pulning qopqonlari 113-bet
🎧Yetti xazina 122-bet
🎧
Mars – qizil sayyora 131-bet

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍6👎2
Bugun 4 soat dars oʻtdim. 8-sinflarga.

Asosan, tanishdik, sinf qonun qoidalarini ishlab chiqdik (ustoz amal qiladigan qoidalar, shogirdlar amal qiladigan qoidalar alohida).

Ulardan oʻzi haqida matn yozib berishlarini soʻradim. Qoʻlimda 48 oʻquvchining (2 ta sinf) yozgan matni turibdi. Ularning koʻnglidagilarni bilib olganim yaxshi, bu orqali oʻquvchilarimga yaqinroq his qilaman oʻzimni.

Oʻquvchilardan menga qanday talab qoʻyishlarini, men qanday qoidalarga amal qilishim kerakligini soʻradim, yozib berishdi. Umumlashtirganda quyidagicha chiqdi:

1. Qiziqarli dars oʻtish (oʻyinlar bilan, zeriktirmasdan)
2. Oʻquvchilarning fikriga qiziqish va hurmat qilish
3. Darsga kechikmay kelish
4. Oʻquvchilar javob berishayotganda diqqat bilan tinglash
5. Sifatli dars oʻtish (oʻzbek tilini chuqurroq oʻrgatish)
6. Barcha oʻquvchilarga birdek adolatli munosabatda boʻlish
7. Turli vaziyatlarda oʻquvchini tushunish

Men bularga amal qilaman, chunki ular quyidagi ikki qoidaga amal qilishga va'da berishdi:

1. Oʻqish
2. Topshiriqlarni bajarishga qasd qilish

@birgap
👍74
Baʼzi pedagogikadan uzoq blogerlar yoki ichida qorasi borlar Murod Nazarovning darslikka kiritilgani xato, u odam hali tirik, qayerdan bilamiz bir yildan keyin u qingʻir ish qilsa-chi. Darslikdan chiqarib tashlaymizmi, darslikni qayta nashr qilamizmi deb savollar berishyapti.

7-sinf Oʻzbek tili (Ona tili emas) darsligiga rostdan ham Murod Nazarov haqidagi matn kiritilgan ekan. Koʻrdim, mutaxassis sifatida aytaman, bu matn oʻqib tushunish koʻnikmasi uchun tanlangan, xolos. Boshqa unsurlar umuman sezilgani yoʻq.

Kelinglar, yuqoridagi kabi oʻylayotgan blogerlarning qarashi boʻyicha boshqa fanlarni ham koʻrib chiqamiz:

Adabiyot. Birorta ham tirik shoirni kiritmaymiz, chunki u bir yildan keyin Vatanga xiyonat qilishi yoki jinoyat sodir etishi mumkin. Faqat oʻlgan ijodkorlar bilan ishlaymiz.

Musiqa. Birorta ham tirik bastakorning musiqasidan foydalanmaymiz, u ham jinoyat qilib qoʻyishi mumkin, yoki biror musiqasi oʻgʻirlagan chiqish ehtimoli bor.

Tasviriy sanʼat. Birorta ham tirik rassom haqida maʼlumot bermaymiz, iloji boʻlsa tirik rassomlarning rasmlarini darslikka ham kiritmaymiz, ular ham jinoyatga moyil baribir.

Endi davlat tadbirlarida ham tirik aktyorlar, qoʻshiqchilar, raqqosalar chiqmasin, ular ham bir yildan keyin jinoyat qilib qoʻyishi mumkin.

Tavba, nima endi faqat oʻliklar bilan ishlaylikmi? Darsliklar bugungi kundan 15 yil orqada yursinmi? Tafakkur qilmaysizlarmi?

@birgap
👍42🔥17👏6😁5💩4👎3🤯3
7-Sinf.zip
53.3 MB
7-sinf. Ona tili. Audiomatnlar.

7-sinf Ona tili fanidan audiomatnlar.

Oldin arxivdan chiqarib olish kerak.

@birgap
👍18🤯2
Assalomu alaykum! Menga 2-, 3-, 6-, 7-, 10-sinflarning sanasi kiritilgan taqvim mavzu rejasi kerak.

Esingizda boʻlsa nazorat ishlarini yuboramiz degandik. Sanalarni taxminan bilib olsam yaxshi edi.

Taqvimiy rejaning yangi darsliklar asosidagisi kerak. Unga sana ham qoʻyilgan boʻlishi kerak. Sana boʻlmasa, unaqasi oʻzimda ham bor.

Fan: Ona tili

Yordam qilarsizlar...

P.S.: imkon boʻlsa, izohlarda rasm sifatida qoldiring.

@birgap
👍12
2. Qisqacha tarjimayi holim_OʻK.pdf
212.7 KB
6-sinf. Ona tili

"Qisqacha tarjimayi holim"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

P.S.: shu sinfning audiomatnlarini ham tez orada e'lon qilamiz. Texnik muammolar chiqib qoldi.

@birgap
👍9
2. Zamonamiz qahramonlari_OʻK.pdf
235.7 KB
7-sinf. Ona tili

"Zamonamiz qahramonlari"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍6
Shu qoʻshiq chiqqanda men kollejni tamomlayotgan edim, adashmasam.

Qarang, 10 yilcha oldin ham juda yaxshi klipmeyker (klip tayyorlovchi) va bastakorlarimiz boʻlgan ekan. Klip gʻoyasining qanchalik yaxshi ekaniga oʻzingiz baho bering.

Oʻzi nega buni kanalga qoʻydim.

10- yoki 11-sinflarda mana shu klipni muhokama qilish mumkin. Quyidagi savollarni tavsiya sifatida qoldiraman:

1. Klip rejissyori bu bilan nima demoqchi?
2. Klipdagi voqealarning hayotga qanday aloqasi bor?
3. Qaysi oʻrinlari sizni ta'sirlantirdi? Nima uchun?
4. Klip oxirida boʻlgan voqeaga nisbatan nima deysiz? Ular toʻgʻri qildimi? Shunday qilishlari shart edimi?

https://youtu.be/CFtq9Z33hYE
👍22
Koʻpchilik texnik xato va imloviy xatoni farqlay olmaydi.

Soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

Suiisteʼmol soʻzini suyisteʼmol, suiistemol, suisteʼmol, suistemol, susteʼmol, sustemol kabi yozib qoʻysangiz bu imloviy xato. Yaʼni siz soʻzning qanday yozilishi toʻgʻri boʻlishini bilmaysiz. Qilgan xatolaringiz inson ehtimoliy qilishi mumkin boʻlgan imloviy xatolardir:

Suyisteʼmol deb yozganingizda yonma-yon kelgan unlilarning yozilishi bilmagan boʻlasiz.

Suisteʼmol yozsangiz bu soʻzning ikki i bilan yozilishini bilmagan boʻlasiz.

Suiistemol yozsangiz tutuq belgisi haqida bilimlaringiz yetarli emasdek tuyuladi.

Susteʼmol deb yozsangiz aytilishi va yozilishida farq qiluvchi soʻzlar borasida bilimingiz kam deyish mumkin.

Endi shu soʻzni suiisteʼmlo, suiistʼemol, siusteʼmol kabi yozsangiz yoki duiisteʼmol, suiisteʼnol kabi bir harfni boshqasiga almashtirib yozsangiz bular imloviy emas, texnik xato boʻladi. Bir harfni boshqasiga almashtirib qoʻyishda shunga diqqat qilish kerakki, oʻsha harf oʻzgarishi butunlay boshqa maʼnoni beradigan soʻz paydo boʻlishiga sabab boʻlmasligi kerak.

Texnik xatoni shunday tushuntirish mumkinki, bunday xato qilgan odam imloni biladi, lekin qandaydir eʼtiborsizlik, shoshilish yoki boshqa sabab bilan shunga yoʻl qoʻygan boʻladi. Texnik xatoni toʻgʻri tushunish kerak deb oʻylayman. Har holda hammamiz odammiz – xato qilamiz.

Kitoblarda ham texnik xato boʻlsa muharrir yoki musahhihni boʻralatib soʻkmayman (ichimda), imlo xatolarni esa kechirmaslik kerak deb oʻylayman.

@birgap
👍48
6-sinf Ona tili audiomatnlari ertaga Respublika ta'lim markazi rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.

Mana shu kanalda:
https://t.me/rtm_metodik_xizmat

@birgap
👍1
Dars jadvalim. Tanishuv darslari tugadi. Endi ertadan haqiqiy darslar boshlanadi.

Taassurotlarimni ulashib turaman.

Ammo aytishim kerakki, 8-, 9-sinf boʻlsalar-da deyarli boshidan boshlashga toʻgʻri keladi shekilli, lekin vaqt bor, hammasiga ulgursa boʻladi.

@birgap
👍19
Bizning maktabda zoʻr odat bor ekan. Tanaffus boʻlganini qoʻngʻiroq emas musiqa sadolari bildiradi. Musiqa oʻchsa darsga kirish boʻldi degani.

Men e'tibor berdim, asosan, milliy musiqalar. Bugun Sevara Nazarxonning kuni boʻldi. Birinchi soat tugaganda "Ulugʻimsan vatanim" yangrayotgan edi.

@birgap
👍5715
3. Shifoxona_ok.pdf
242.2 KB
6-sinf. Ona tili. Shifoxona mavzusi. Oʻqituvhi uchun qaydlar.

Mana shu mavzuda bir audiomatn bor. U yerda alohida-alohida olingan 15 ga yaqin soʻz bor. Audiomatnda shular oʻqib eshittirilishi kerak. Shu mavzuning audiosi yoʻq. Aslida buni oʻqituvchi oʻzi oʻqib berishi yetarli.

Qaysi soʻzlar ekani yuqoridagi oʻqituvchi qaydlarida berilgan. Darslikda 25-betga toʻgʻri keladi.

Yana bir yaxshi yangilik bor, adashmasam Respublika ta'lim markazi barcha yangi darsliklarning rasmiy elektron nusxasini oʻz sahifalariga joylashtirish uchun tayyorlanmoqda. Tez orada e'lon qilishni boshlashsa kerak.

@birgap
👍10🔥1
#sodiq_schooldagi_darslar

Bugundan rostmana darslar oʻtishni boshladim. Ikki hafta davomida oʻquvchilarimga ham rasmiy, ham norasmiy ruhdagi tarjimayi hol yozishni oʻrgatmoqchiman.

Bugun shunga ilk qadamlarni qoʻydik.

Matn oʻqish davomida matnda qoʻllangan ikkita tinish belgisi – koʻpnuqta va vergul haqida maʼlumotlarni berib ketdim. Leksikologiya boʻlimi uchun matndagi notanish soʻzlarni oʻrgandik.

Rasm asosida savol-javob qildik.

Uyga vazifa sifatda imloviy va ishoraviy xatolarga toʻla matn berdim, toʻgʻrilab kelishadi. Bundan tashqari, 5 kishilik guruhlarga boʻlinib, innovatsiya soʻzining turli koʻrinishlarini oʻrganishlari va innovatsion tuman (hudud, shahar) birikmalari qanchalik toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini tahlil qilib kelishlari ham kerak boʻladi.

Koʻpnuqtaning xususiyatlari, sanash ohangida vergulning ishlatilishi, baʼzi soʻzlarning imlosi va notanish soʻzlarning maʼnosi. Bundan tashqari yaxshi tashkillangan eʼlon matni qanday boʻlishi haqida maʼlumotga ega boʻlishdi. Ikki soatda berilsa shuncha bilim berilar-da, toʻgʻrimi?

P.S.: ular 8-sinf.

@birgap
👍27
IZOH

Ushbu rasm 3-sinf "Ona tili va oʻqish savodxonligi" kitobining 18-betidan olingan. Unda "bilmay" soʻzida L harfi tushib qolganini koʻrishingiz mumkin.

Esingizda boʻlsa imloviy va texnik xato farqlarini yuqoriroqda tushuntirgan edim. Mana shu texnik xatoga misol boʻla oladi.

Bu yerda mualliflar ushbu soʻzning yozilishi bilmaydi degan xulosa chiqmasligi kerak, bu texnik sabablar bilan qoralamada toʻgʻri boʻlgan soʻzning xatoga aylanib qolishidir.

Toʻgʻri, hozir oʻzimizni oqlamoqchi emasman, lekin sizlarni xabardor qilmoqchiman.

Oʻquvchilarga toʻgʻri tushuntirishingiz mumkin, mana shunaqa holatlar ham boʻlib turadi deb.

Buni mualliflar ancha oldin payqagan edi, lekin afsuski, unda darsliklar maktab tomon yoʻl olib boʻlgandi. Toʻgʻrilashning imkoni yoʻq edi.

Barcha mualliflar, muharrir, musahhih va dizaynerlar nomidan uzr soʻrayman.

P.S.: qaysi muallif oʻz darsligidagi xatoni kanaliga qoʻyadi-ya😊

@birgap
👍384🤔3
Men juda ishonuvchan odamman. Sizlar uy vazifasini bajarmay kelsangiz-u sabab sifatida nima bahona keltirsangiz ham ishonaveraman, imkon beraveraman. Masalan, chiroq oʻchib qoldi, ruchkam yozmay qoldi, uxlab qoldim, qarindoshlar kelib qoldi kabi.

Lekin vijdoningiz bilan qiladigan muloqotingizga aralashmayman, u bilan qanday kelishish oʻzingizga havola. Men shunchaki ishonaman.

Hamma oʻquvchilarimga shuni aytib chiqqanman. Hammasi dastlab jilmaydi, keyin biroz oʻylanib qolishdi.

@birgap
👍328👏1