Shokir Tursun qarashlari
5.81K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Loyihaga asoslangan ta'lim.docx
18.8 KB
Kimdir ikki kun oldin shaxsiydan yozib loyihaga asoslangan ta'lim haqida soʻragan edi. Afsus, oʻsha payt yordam berolmagandim.

Hozir shu haqida kichikroq matnni yuboryapman, bu dastlabki tushunchalarni shakllantirish uchun yetarli boʻladi, menimcha.

P.S.: oʻylaymanki, soʻragan odam kanalimda bor, chunki qidirib topolmadim hozir oʻsha odamni.

P.S.2: matnda imloviy va uslubiy xatolar boʻlishi mumkin. Toʻgʻrilab chiqishga oʻzimda kuch topa olmadim hozir. Uzr soʻrayman!

@birgap
👍11🤔1
Darsliklar muammosiga aralashmadim va jarayonni zimdan kuzatdim. Masalaning ijobiy hal boʻlgani esa meni xursand qildi. Ayrimlar darsliklarni chop qilish sohasi monopoliya boʻlishi haqidagi gapirishyapti. Ularning xavotirlarini ham tushunaman. Ammo meni masalaning boshqa tomoni bezovta qilyapti.

Darsliklarni nashrga tayyorlashga masʼul boʻlgan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining keyingi paytlarda olib borayotgan ijobiy ishlaridan xabarim bor. Ijodkor jamoa tomonidan 6 sinf uchun tayyorlangan "Ona tili" darsligini bir sidra koʻrib ham berganman. Bu darslikda hadisi shariflardan ham unumli foydalanilgan. Oʻquvchi oʻz ona tilini oʻrganish barobarida qadriyatlarimiz bilan ham tanishtirib boriladi. Jamoaning boshqa ishlari ham shunday sifatli ado qilinyapti, degan fikrdaman.

Darsliklarning ijara muammosi (xalqqa yaqin boʻlgan dard)ni qoʻzgʻash orqali, umuman, muammoga aloqasi boʻlmagan tashkilot — Respublika taʼlim markazi ishiga xalal berilmasa boʻldi. Ijodkorlar jamoasining tenderlar va korrupsiyaga umuman aloqasi yoʻq. Yaqindagina yaratilgan darsliklarni hammasini boshqatdan boshlash toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki shuncha qilingan mehnat havoga sovuriladi va maktab oʻquvchilari tajriba quyonchalariga aylanadi. Yana yangi oʻquv dasturi, yana yangi darsliklar yaratish uchun esa byudjetdan pullar sovurilishi mumkin.

Mubashshir Ahmad
@birgap
👍31
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
Shu kunlardagi har xil fikr, e’tiroz va iddaolarni o’qib shunday xulosaga kelyapmanki, bizga yangiliklar, islohotlar emas, ular(ning zarurati) haqida gapirish ko'proq yoqadi.
Aslida hech nimani o'zgartirishni, o'z ustimizda ishlashni, izlanishni istamaymiz.
Yangi narsani o'rganishga majbur qiladiganlardan cho'chiymiz, hatto nafratlanamiz..
To'y o'tkazish bilan bog'liq yuzlab yangiliklarni kashf qildik oxirgi yuz yilda.. osh pishirishda rekord ham o'rnatdik..
ammo darslik yangilansa, panshaxa bilan qarshi olyapmiz.

Mana bu e'tirozni qarang:
Ona tiliga bosha fanlar “qorishtirib tashlangan” emish.
Xo’p, til nima o’zi? Grammatik qidalar yig’indisimi? Tilni o’rganish - qoidalarni o’zlashtirishmi?

Shu kungacha biz ishlatib kelgan ona tili darsliklarida “tizimlilik” bor edi, to’g’ri, lekin qaysi olim tadqiqoti xulosasiga tayanib amal qilingan edi bu tizimlilikka?
Miya oldin fonetika, keyin mofemika, keyin morfologiya, keyin sintaksis kabi ketma-ketlikda qabul qilishi haqida qaysi tilshunos xulosa qilgan edi?

Ezmalikday ko’rinsa, uzr, ammo yozgim keldi.
20 yillik repetitor, uxlayotgan joyida turtib so’rasang, istalgan qoidani, hatto morfemalarni tutilmay ayta oladigan, x va h da xato qilmaydigan, DTM testlarini yechishning oson yo’llarini yuzlab o’quvchilariga o’rgatgan va o’zini zo’r ona tili o’qituvchisi deb o’ylaydigan men(!) 37 yoshimda ingliz tili o’rganishga ahd qilib, o’zim ona tilini bolalarga o’rgatadigan usuldan ketib HECH NIMANI O’RGANA OLMADIM.

Bir chekkadan: oldin tovushlar, keyin artikllar, so’z turkumlari, gap bo’laklari qabilida qoidalarni yozib chiqardim, mashq ishlardim, (Bonk, Murphy) orqadan kalitiga qarab tekshirardim, ammo bu juda zerikarli edi va men baribir na gapira oldim va na birorta film ko’rsam ilg’ay oldim...

Keyin o’quvchilarga qo’shilib Lily Education o’quv markaziga bordim. U yerda ertaklar, hikoyalar bilan ta’lim berardi. Har oy bittadan kitob o’qirdik, o’sha kitobda uchragan so’zlarni yodlardik, o’sha matnda yuz bergan fonetik hodisa yoki gap qurilishi bilan bog’liq qoidalarni o’rganardik, o’sha matn haqida xulosalarni yozib berardik, o’sha asar yuzasidan suhbat qilardik. Grammatika alohida dars sifatida o’tib berilmasdi ham.

Bir yildan keyin Riks Education o’quv markaziga bordim. Uni qarangki, ingliz tili grammatikasini maxsus, izchil, ketma-ketlikda o’rganmagan bo’lsam ham, 50ta testdan 40tasini to’g’ri yechdim. Gaplarni o’qib ko’rib qaysi artikl, so’z yoki yordamchi so’z mos kelishini o’ylab ko’rib ishladim.

Bu markazda eng yaxshi ustozlardan ta’lim oldim. Ham o’quvchi kitobi, ham mashq kitobidagi topshiriqlarni bajarish, ham BBC radiosidan eshittirishlarni tinglab, darsda muhokama qilish, ham turli ilmiy-ommabop, publitsistik maqolalar o’qish – bularning bari til o’rganishga qunt va ilhom berardi. Bu darslarimizda ham yo’q edi “izchillik”, “qoidalar ketma-ketligi”!!
O’zimizning ona til darsliklarimizda doim u yoki bu ijodkor (shoir, adib)ning asaridan olingan parcha - badiiy matn (ko’pincha didaktik mavzudagi)ni berilgan qoidaga misol tariqasida o’rgangan bo’lsak, ingliz tilidagi maqolalar turli mavzularda edi. Global isish deysizmi, neftni qayta ishlash deysizmi, futbolist yoki san’atkor hayoti, musiqa turlari, sonet janri xususiyatlari..

Men soatlab lug’at titsam ham, bitta audioni qirq martalab eshitsam ham, malol kelmas, ayrim o’quvchilarning “kap-katta ayolning bolasi tengilar bilan o’quv markaziga qatnab yurgan”idan hayratlangan nigohlarini sezsam ham, parvo qilmas, balki o’zgacha bir ruh bilan yangi mavzu, yangi matnning nima haqidaligiga qiziqar, shuningdek, turli sohaga oid bililarim ham oshayotganini his qilardim. Endi ingliz tilidagi dialoglar, kinolar oldingiday qulog’imga “vra-vra-vra” bo’lib eshitilmasdi, MEN TUSHUNA BOSHLAGANDIM!!

A boshqa tomondan, nega o’zbek tilini shunday o’rgatish mumkin emas? deb o’ylardim..
👍28🔥6👎2
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
Yangi darsliklarni qo’limga olib, men aynan shundan quvondim, endi biz ham o’quvchilar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, sun’iy intellekt, biznes loyiha tuzish kabi mavzularda fikr almasha olamiz, diagrammalar, xaritalar bilan ishlash ko’nikmasini shakllantiramiz. Matn tuzishni o’rganamiz turli uslub va mavzuda!!!

Yangi darsliklar asosida endigina 3-4 soat dars o’tdim maktabda, ammo ayta olamanki, o’quvchilar qiziqish va ishiyoq bilan topshiriqlarni bajarishyapti.

Oldinlari “sifatlovchi aniqlovchini toping”, gap bo’laklariga ajrating”, “lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni belgilang” qabilidagi topshiriqlarimni peshonasi tirishib, uf tortib, “menga kelajakda kerak bo’ladimi shu bilim?”, “chunki” so’zining aynan qaysi bog’lovchi turi ekanligini bilmasam ham, gapda to’g’ri qo’llasam bo’ldi-da” deydigan o’quvchilar oldida o’zimni ularning vaqtlarini behuda sovurayotganday his qilardim.

Oldingi darsliklar bilan yillab ishladik, necha avlodni o’qitdik, lekin o’z ona tilisida na yoza olishiga, na gapirolishiga erishdik. Savodni-ku, gapirmasam ham bo’ladi. (manaman degan odamga ham “xayol-hayol?”, “fidoiy-fidoyi”, “suiste’mol-suiiste’mol?” deb savol bering, kamida bitta xato qiladi)

Yangi darsliklar haqida qat’iy hukm aytishdan oldin uni hech bo’lmasa, bir o’quv yili davomida ishlatib ko’raylik.
Hamkasblarimga taklif qilardim, iloj bo’lsa, bitta sinfni eski, boshqasini yangi darslik bilan o’qitib ko’rishsa, qaysi birida dars qiziqarliroq va samaraliroq bo’lishini yil oxirida sarhisob qilishsa..
Yangi o’quv dasturlarini yaratganlar, darslik yozganlar..jadidlarni eslatyapti.. xalqni o’ylab..baloga qolgan ziyolilarni..
Alloh oson qilsin..
@suvaydo
👍28👎4
Yuqoridagi postni bir marta oʻqidim. Qayta oʻqiy olmasdim.

Yana bir marta oʻqiganimda 3 kundan beri koʻzimga chiqolmayotgan yosh aniq chiqib ketardi.

Odamlardan juda ham xafa boʻlib ketyapman, qayoqdagi savodsiz, yuzsiz, iymonsiz bir "kompromatuzb" deganining ortidan yugurib, nima desa ergashmoqda.

Yoʻq, odamlardan xafa boʻlmabman, ularga achinayotgan ekanman, ha, achinyapman.

@birgap
👍18😢4👎2
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi darsliklar haqida o'zingiz va o'quvchilarning taassurotlari bilan o'rtoqlashing!

Ustozlar, mana, yangi o'quv yilini ham boshlab oldik! Zamonaviy, rang-barang darsliklar qoʻlingizga yetib bormoqda.

Keling, shu post ostiga video murojaatlar qoldiring. Yangi darsliklar haqida o'zingiz va o'quvchilarning taassurotlari bilan o'rtoqlashing.

Ishoning, bu ijodiy jamoaga katta motivatsiya bag'ishlaydi!

📌Videoda Toshkent shaharidagi 39-maktab
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Raʼno Muratova oʻz taassurotlari bilan boʻlishdi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍14
Bugun 3-sinf audiolarining barchasini, ertaga 6-sinfnikini toʻliq eʼlon qilaman.

@birgap
👏33👍9
Hurmatli ustozlar, 6-, 7-, 10-sinf "Ona tili" darsliklarining elektron nusxasini oʻzimiz tez orada e'lon qilamiz. Iltimos, turli kanallarda tarqalgan nusxalarga ishonmang. Ular eng soʻnggi nusxa emas. Keyinroq ba'zi kichik oʻzgartirishlar kiritilgan.

@birgap
👍21
1. Til - muloqot vositasi_OʻK.pdf
209.3 KB
6-sinf. Ona tili

"Til - muloqot vositasi"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍7
1. Ijtimoiy tarmoqlar_OʻK.pdf
209.7 KB
7-sinf. Ona tili

"Ijtimoiy tarmoqlar"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍4
Ona tili_Metodika (3 sinf)_uzb.pdf
11.5 MB
#metodik_qollanma

📗3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi uchun metodik qo'llanma.
📌Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu videoni yozayotganimizda koʻzimga yosh keldi. Xoʻrligim keldi, shu ishga majbur boʻlganimizdan afsusdaman.

Shum bolada aytardi: "Endi bildim - yeyish kerak". Men esa, endi bildim - surish kerak deyman.

@birgap
😢23👍11
Ona tili taʼlimini yangilash ishlariga 2019-yildan boshlab qoʻshilganman. Mana 3 yildan beri shu qozonda ustozlarim bilan qaynayapman.

Uydagilar ham juda yaxshi biladi, mazmunni oʻzgartirish ishlari sabab bir necha kunlab uyga kelmay ishlagan vaqtlarim boʻldi. Shu ishni amalga oshirish uchun oʻrganib chiqqan manbalarimiz roʻyxati keltirsam oxiriga yetolmay zerikib ketasiz.

Xullas, xabaringiz boʻlsa kerak, bir necha kundirki, baʼzi bir yuzsiz blogerlar (buyurtma asosida) ijtimoiy tarmoqlarda yangi darsliklar, ularning mualliflari borasida yolgʻon-yashiq maʼlumotlar tarqatish bilan band. Yozayotganlari sohadan butkul uzoq odam ekanini koʻrsatib turibdi.

Bundan 5-6 oy oldin oʻzimga dars bergan ustozlarim, alamzada odamlar ustimdan turli tashkilotlarga arz qilishgan edi. Emishki, men talaba ekanman va darslik yozishga layoqatsiz ekanman. Kerakli asoslar bilan buning notoʻgʻri ekanini isbotlagan edik. Shu bilan boʻldi, darslik mojarosi tugadi deb oʻylagandim. Afsuski, bu hali ancha davom etadi shekilli. Darsliklar hali maktablarga yetib bormay turib ularni va mualliflarni obroʻsizlantirish kampaniyasi boshlanib ketdi.

Men oʻzimiz yozgan darsliklarga toʻliq ishonaman. Kimdir bundan shubha qilsa, marhamat, ilmiy asoslari bilan keltirib bersin, men bunday sogʻlom munozaraga doim tayyorman. Turli mansabdor va boylarning xizmatini qiladigan, ichida jamoaga alam saqlagan, eng asosiysi, sohadan deyarli bexabar komissiya aʼzolari tekshirmasin. Oʻz sohasining egalari tahlil qilsin.

Mualliflar jamoasi, shaxsan men ham, sogʻlom raqobat va adolat tarafdorimiz.

Nima boʻlganda ham men vijdonim oldida tozaman, ustozlarim, onam, singlim oldida yuzim yorugʻ.

Ta’limni oʻz biznes maydoniga aylantirishni istayotganlarga esa gapim yoʻq, ular shunchaki bunga arzimaydi, menimcha.

@birgap
👏29👍19🔥21
1-qism_MP3.rar
37.4 MB
3-sinf. Ona tili va oʻqish savodxonligi audiomatnlari. 1-qism uchun.

Arxivdan chiqarsangiz 1-qismda kerak boʻladigan barcha audiomateriallar bor. Qaysi material qaysi betda joylashganini "betlar" deb nomlangan fayldan koʻrib olishingiz mumkin.

Saldan keyin arxivdan chiqarishda qiynaladiganlar uchun hammasini alohida ham tashlayman.


@birgap
👍6