Shokir Tursun qarashlari
5.89K subscribers
857 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
1-qism. Shartli belgilar

Yangi “Ona tili” darsliklarida (6 – 7-sinf) rasmdagi shartli belgilardan foydalaniladi.

Yozma mashqni bajaring – ushbu belgi topshiriq daftarda yozma bajarilishi kerakligini anglatadi.

Topshiriqni bajaring – ushbu belgi topshiriqni sinf vaziyatidan kelib chiqib turlicha (ogʻzaki, yozma, guruh boʻlib) bajarish mumkinligiga ishora qiladi.

Qiziqarli mashgʻulot – ushbu belgi ostidagi topshiriq, asosan, guruh boʻlib bajarish uchun tavsiya etiladi. Bunda oʻquvchilar biror nima yasashlari, chizishlari yoki loyiha sifatida taqdim etishlari mumkin.

Uyga vazifa – ushbu belgi topshiriq uyda bajarish uchun moʻljallangani hamda mana shu yerda bir soatlik dars yakuniga yetishini anglatadi.

@birgap
👍7
Odamlar! Sizlarga yuz martacha aytdim, darsliklarning elektron varianti tarqatilmaydi. Tarqatsa ham faqatgina vazirlik tarqatadi. Vazirlikning ruxsatisiz tarqatish qonunga xilof.

Iltimos, mendan darslikning elektronini soʻrayvermanglar, foydasi yoʻq.


Qoʻshimcha:
Darsliklar toʻliq chop etilib boʻlgach elektron nusxani Respublika taʼlim markazining rasmiy kanalidan olish mumkin boʻlar ekan.

@birgap
👍13😁10
Shokir Tursun qarashlari pinned «Odamlar! Sizlarga yuz martacha aytdim, darsliklarning elektron varianti tarqatilmaydi. Tarqatsa ham faqatgina vazirlik tarqatadi. Vazirlikning ruxsatisiz tarqatish qonunga xilof. Iltimos, mendan darslikning elektronini soʻrayvermanglar, foydasi yoʻq. Qoʻshimcha:…»
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
Poytaxtga qaytishda avtobusda yangragan fikrlardan:

“Xalqimiz hashamatli toʻylarga emas, bir uyum temirga emas, dangʻillama uyga emas, odamlarning koʻziga boy va chiroyli koʻrinishga emas, FARZANDINING TAʼLIMIGA bor eʼtiborini qaratsa, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Amerika bizga havas qilishni boshlaydi, bizdan kelib tajriba oʻrganadi”.
👍46🔥5🤔2
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
2-qism. Bu mavzuda oʻrganamiz

6-7-sinf “Ona tili” darsliklariga “Bu mavzuda oʻrganamiz” rukni qoʻshilgan. Ushbu rukn har yangi mavzu boshlanganda keyingi 4 soatda nimalar oʻrganilishi haqida maʼlumot beradi.

Avvallari bunday maʼlumot faqat oʻqituvchilar uchun tayyorlangan qoʻllanmada boʻlar edi. Biz oʻquvchilar ham mavzu boshidanoq ularni nima kutib turganini bilishi foydali deb oʻyladik va shu ruknni kiritdik.

Aytish kerakki, har bir nutqiy mavzu doirasida kamida bitta grammatik qoida yoki imloviy savodxonlik boʻyicha koʻnikma oʻrganiladi. Diqqat qaratish lozim boʻlgan oʻrinlardan yana biri – endi qoidalar tilshunoslikdagi boʻlimlarga ajratilish tamoyili asosida joylashtirilmagan. Nutqiy mavzu doirasida qaysi qoidani oʻrganish qulay boʻlsa, shu qoida kiritilgan, albatta, oʻquvchilarning oʻzlashtira olish darajasi hisobga olingan holda.

@birgap
👍7😁1
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
3-qism. 3-sinf Mashq daftari

3-sinf oʻquvchilari uchun tayyorlangan “Ona tili va oʻqish savodxonligi mashq daftari”da rasmdagi belgi qoʻyilgan topshiriqlar uchraydi. Bu belgi topshiriqni mashq daftarida emas, alohida daftar yoki varaqda bajarish kerakligini anglatadi. Shuning uchun ham ular ostida boʻsh joy qoldirilmagan.

@birgap
👍2
Yangi oʻquv yili yaqin qoldi. 1- hamda 2-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligidan oʻqituvchi kitobini ulashyapman.

6- va 7-sinf oʻqituvchi kitoblari hali nashrga ketmadi. Hammasi oʻtgach ularni ham elektron yetkazamiz Xudo xohlasa.

@birgap
👍3
3-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi fani lingvistik koʻnikmalari.

Bu shuni anglatadiki, bu yil 3-sinf oʻqituvchilari oʻquvchilarida shu koʻnikmalarini rivojlantirishlari kerak, bundan ortigʻini ulardan hech kim talab qilmaydi (albatta, bu lingvistik tomondan, xolos).

@birgap
🤔1
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
#kino
Kecha ovozli chatda tavsiya qilinadigan, bolalar ko'rgach, birga muhokama qiladigan filmlarimiz borligini aytgandim.

O'quvchilarga ta'tilda ko'rish uhun tavsiya qilgan filmlar:
(7-,8- sinf)
1. Suyunchi.
2. Mahallada duv-duv gap
3. Vatan
4. Osmondagi bolalar 1,2
6. Novda
7. Kichkina tabib
8. Abdullajon
9. Masxaraboz
10. Chinor tagidagi duel
11. Tangalik bolalar

(9-, 10-, 11-sinf)
1. Qarzdor.
2. Suv yoqalab.
3. Ro'yo (Okaxon)
4. Berlin-Oqqo'rg'on
5. Dev va pakana.
6. Otamdan qolgan dalalar.
7. Ibrat
8. O'lik shoirlar jamiyati. (AQSH)
9. Little Women
10. Mo'jiza (Turkiya)
11. Hayot go'zal (Italiya)
12 Дети небес ( Eronniki)
13. Меня зовут Сэм.
14. Mona Liza tabassumi

Balki, oddiy o'zbekfilmlar ekan-ku, deb hayron bo'larsiz, gap shundaki, mening shovvozlarim bu filmlarni ko'rmagan ekan..
O'zbak qanday xalqligini (bo'lganini, bo'lishi kerakligini) qaysidir ma'noda, shu filmlar orqali ham anglatmoqchi bo'lamiz..

Yuqori sinflarga esa boshqa millat filmlarini ham qo'shdim, hozir esimga kelgani shular. Siz bu ro'yxatni yangilashingiz mumkin..
@suvaydo
👍1210
Davlat tadbiridaman. Toʻrttasi kirgan odamlarni joylashtiryapti. Oʻrtadan oʻtira boshlaganlarni turgʻizib chetki tomonlarga oʻtkazishyapti.

Zal birday toʻlib turishi kerak ekan. Kameraga chiroyli koʻrinishga urinishni qachon bas qilarkinmiz-a😡

Kelganlar oʻzi xohlagan joyda oʻtirsa, nima boʻlarkin? Videoda koʻrganlar anu tomonda 2ta stul boʻsh ekan deb kularmikin? Kulganda ham nima qipti?

Xullas, bilmayman, tushunmayman

@birgap
👍29🤬7🤔43
Bu tadbir boshlanmasidan asabimni buzib boʻldi. Hozir bir OTMning rektori kirib keldi zalga. Dastlab oʻz xodimlari oldidan koʻrmay oʻtib ketdi. Keyin pastga tushib zalga razm soldi-yu oʻz OTMida ishlaydigan oʻqituvchilar va talabalar oʻtirgan tomonga yurdi.

Keyin nima boʻldi? Shu joyda toʻxtab, taxmin qiling, 30 soniya oʻylang...

Ha, oʻsha xodimlar rektorlari ular tomon kelayotganini koʻrib "gurr" etib oʻrnilaridan turib ketdi, qoʻllari koʻksida, hammasi tirjayib bosh irgʻaydi, xolos. Boshqa bir burchakda oʻtirgan oʻsha OTM xodimlarini qoʻli bilan koʻrsatdi birov. Rektor shu tomonga nazar tashlagandiyam ular ham sheriklaridan qolishmaydigan hurmatni koʻrsatishdi.

Ularning nigohida, harakatlarida hurmat emas, itoat, qulluq qilish namoyon edi.

Men esa oʻtiribman asabiylasheeeb...

Shu gaplarni yozib tursam, bittasi mikrofonni olib, telefonlarni oʻchirib qoʻyinglar deyapti, gʻalati, juda gʻalati.

@birgap
😁25👍8🤯5
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡AQSH ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan o'zbek olima ayoli bilan suhbat

🔹"O‘qituvchiga o‘z ustida ishlash uchun vaqt qoldirish zarur!"
🔹"Agar o‘qituvchining ko‘rsatkichi past bo‘lsa uning litsenziyasi olib qo'yiladi".
🔹"O‘qituvchining qo'lida o‘quvchining tarbiyasini nazorat qiluvchi richag bor".

AQSH ta'lim tizimi rivojiga hissa qo'shayotgan bu elementlar haqida 10 yildan ko'proq AQSH maktablarida ishlagan, pedagogika fanlari doktori — Mavluda Oripova bilan o'tkazilgan suhbat orqali bilib olishingiz mumkin.

🎥Suhbatni YouTube da tomosha qilish.
📄Suhbatni matn ko'rinishida o'qish.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍11👏1
Forwarded from IT taʼlim
Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxonligi fanlaridan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yuboriladi

Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari amalga joriy qilingan sinflar uchun Ona tili va o'qish savodxonligi hamda Ona tili fanlaridan taqvim rejasida ko'rsatilgan nazorat ishlari uchun materiallar hamda baholash mezonlari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi hamda tavsiya (hozircha oʻqituvchilar aynan shu materiallar asosida baholashga majburlanmaydi) sifatida oʻqituvchilarga yuboriladi.

Respublika taʼlim markazi baholash bo'yicha mutaxassisi Shokir Tursunning taʼkidlashicha, ushbu nazorat materiallari orqali maʼlum davr oralig'ida o'quvchilar oʻzlashtirishi lozim boʻlgan ko'nikmalar tekshiriladi.

Bundan tashqari, nazorat materiallarini tahlil qilish bo'yicha qo'llanma ham boʻlib, o'qituvchilar oʻquvchilarining baholarini batafsil izohlab berish imkoniga ega bo'ladilar.

Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etiladi, vazirlik belgilangan taqvim-reja asosida hududiy xalq ta'limi boshqarmalarini nazorat materiallari bilan ta'minlaydi.

📌Nazorat materiallari yuboriladigan fanlar va sinflar roʻyxati:

1-, 2-, 3-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi;
6-, 7-, 10-sinflar uchun Ona tili.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍12
IT taʼlim
Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxonligi fanlaridan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yuboriladi Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari amalga joriy qilingan sinflar uchun Ona tili va o'qish savodxonligi…
Mana bu xabarni Ўқитувчи kanali ham chiqaribdi. Mayli, xabarni tarqatmasin demayman, bu borada umuman e'tirozim yoʻq. Meni qiynayotgani boshqa narsa.

Nega shu kanal kirillchada faoliyat olib boradi. Adashmasam, bu kanalning asosiy oʻquvchilar Xalq ta'limi tizimida ishlaydigan oʻqituvchilar. Kanal ham shu qatlamning faoliyatiga oid xabarlar tarqatadi. Shunday boʻlsa ham nega ular kirill yozuvidan foydalanadi? Axir maktab oʻqituvchilarning hammasi lotin yozuvini oʻqiy oladi-ku. Hamma darsliklar shu yozuvda chiqadi-ku!

Ba'zan tushunmay qolaman shunaqa narsalarga. Mamlakatdagi ikki yozuvlilikni shunaqa kanallar targʻib qilmasa yaxshi boʻlardi.

P.S.: Oʻqituvchi kanali rasmiy maqomga ega emas. Rasmiy XTV va RTM kanallari lotin yozuvidan foydalanadi.

@birgap
👍17
Ona tili_Darslik (3-sinf)_1-qism.pdf
43.7 MB
📘Fan: 3 -sinf Ona tili va o'qish savodxonligi 1-qism

📌Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍4🤡1
Ona tili_Darslik_2 qism (3 sinf)_o'zbek.pdf
166.9 MB
📘Fan: 3 -sinf Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism

📌Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍7
Ona tili_Metodika (3 sinf)_uzb.pdf
11.5 MB
#metodik_qollanma

📗3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi uchun metodik qo'llanma.
📌Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍8
7-sinf Ona tili darsligi maktablarga yetkazila boshladi deyishyapti. Kimdir oldimi? Taassurotlar qanday?

Darslikni olganlar, sizlar ham kuchayib ketdinglar, hali mualliflar olgani yoʻq.

@birgap
😁13👍3
6-sinf ham ketdi. Tez orada qoʻlingizda boʻladi, Xudo xohlasa.

@birgap
👍18