Shokir Tursun qarashlari
5.88K subscribers
856 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Ovozli chatimiz 20 daqiqadan soʻng boshlanadi. Soat 19:55 da kirishga ruxsat ochiladi.

Ovozli chatga quyidagi manzil orqali qoʻshilishingiz mumkin:
https://t.me/birgap?livestream

Bundan tashqari, kanal nomi ostidagi e'lonning ustiga bosish bilan ham ulansa boʻladi.

Birinchi navbatda Zulfiya Rashidova oʻz taqdimotlarini koʻrsatib, ma'ruza qiladilar, undan soʻng tinglovchilarga savol berish uchun vaqt ajratiladi.

Iltimos, ma'ruza vaqtida boʻlmay tursangiz, boshqalarga noqulaylik tugʻdirishi mumkin.

@birgap
👍14
Live stream started
Zulfiya Rashidovaga savollaringizni ovozli chatda berishga imkoningiz boʻlmasa mana shu bildirgining izohida qoldirishingiz mumkin, men oʻqib beraman.

@birgap
👍5
Live stream finished (1 hour)
Audio
Zulfiya Rashidova bilan boʻlgan suhbatning faqatgina ovozdan iborat nusxasi.

@birgap
👍73🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zulfiya Rashidova bilan boʻlgan suhbatning video koʻrinishda yozib olingan nusxasi. Bu yerda slaydlar ham koʻringan.

Zulfiya Rashidovaning shaxsiy kanaliga ushbu havola orqali oʻtish mumkin: @suvaydo

P.S.: oʻzlari ogohlantirganlaridek bu kanalda shunchaki qarashlar va fikrlar yoziladi. Pedagogik maslahatlar, metodik tavsiyalar berib borilmaydi.

@birgap
👍181
26 – 29-iyul kunlari Shahrisabzning Miroqi degan joyida boʻlaman. 27 – 29-kunlari 3-,6-,7-,10-sinflar Ona tili darsliklaridagi oʻzgarishlar haqida gaplashamiz. Zominda texnik sabab bilan oʻqituvchilarga toʻliq darslikni koʻrsata olmagan edik, bu safar toʻliq darslikni olib boryapmiz.

Mavzular davomida nimalarga diqqat qilish kerak, darslarni qanday tashkillash kerakligi borasida oʻz tavsiyalarimizni beramiz. Baholash ishlaridagi yangiliklar haqida ham aytadiganlarimiz bor.

Oʻylaymanki, seminarni imkon qadar yoritib borishga harakat qilaman, Zominda bu oʻxshamagan edi, chunki telefonda umuman antenna chiqmagan edi. Bu safar hammasi joyida boʻladi deb oʻylayman.

Seminarga borayotganlarga oq yoʻl! Koʻrishguncha.

@birgap
👍29
Uxlayotgan Qiz [Tarona.net]
Baxtiyor Rahmonov
Termularman atrofga baʼzan,
Tabiat-ku tuyular tengsiz.
Ammo goʻzal edi baridan
Uxlayotgan qiz...

@birgap
👍103😁2🔥1
Mirakidagi seminarlar tugadi. Internet juda yomon. Hech narsa yozolmadim ham. Bu yerdagi gaplarni sekin-sekin kanalga yozib borishga vaʼda beraman.

@birgap
👍20
Uyga yetib kelib oldim. Bu xizmat safari men uchun qiziq boʻldi. Oʻz sohasining yetuk mutaxassislari bilan dildan gurunglashdim. Taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha 10dan ortiq taklif aytvordig-ov.

Mayli, yaxshi dam olinglar. Yangiliklarni batafsil yozib boraman.

@birgap
👍29👎1🤔1🤮1
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
1-qism. Shartli belgilar

Yangi “Ona tili” darsliklarida (6 – 7-sinf) rasmdagi shartli belgilardan foydalaniladi.

Yozma mashqni bajaring – ushbu belgi topshiriq daftarda yozma bajarilishi kerakligini anglatadi.

Topshiriqni bajaring – ushbu belgi topshiriqni sinf vaziyatidan kelib chiqib turlicha (ogʻzaki, yozma, guruh boʻlib) bajarish mumkinligiga ishora qiladi.

Qiziqarli mashgʻulot – ushbu belgi ostidagi topshiriq, asosan, guruh boʻlib bajarish uchun tavsiya etiladi. Bunda oʻquvchilar biror nima yasashlari, chizishlari yoki loyiha sifatida taqdim etishlari mumkin.

Uyga vazifa – ushbu belgi topshiriq uyda bajarish uchun moʻljallangani hamda mana shu yerda bir soatlik dars yakuniga yetishini anglatadi.

@birgap
👍7
Odamlar! Sizlarga yuz martacha aytdim, darsliklarning elektron varianti tarqatilmaydi. Tarqatsa ham faqatgina vazirlik tarqatadi. Vazirlikning ruxsatisiz tarqatish qonunga xilof.

Iltimos, mendan darslikning elektronini soʻrayvermanglar, foydasi yoʻq.


Qoʻshimcha:
Darsliklar toʻliq chop etilib boʻlgach elektron nusxani Respublika taʼlim markazining rasmiy kanalidan olish mumkin boʻlar ekan.

@birgap
👍13😁10
Shokir Tursun qarashlari pinned «Odamlar! Sizlarga yuz martacha aytdim, darsliklarning elektron varianti tarqatilmaydi. Tarqatsa ham faqatgina vazirlik tarqatadi. Vazirlikning ruxsatisiz tarqatish qonunga xilof. Iltimos, mendan darslikning elektronini soʻrayvermanglar, foydasi yoʻq. Qoʻshimcha:…»
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
Poytaxtga qaytishda avtobusda yangragan fikrlardan:

“Xalqimiz hashamatli toʻylarga emas, bir uyum temirga emas, dangʻillama uyga emas, odamlarning koʻziga boy va chiroyli koʻrinishga emas, FARZANDINING TAʼLIMIGA bor eʼtiborini qaratsa, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Amerika bizga havas qilishni boshlaydi, bizdan kelib tajriba oʻrganadi”.
👍46🔥5🤔2
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
2-qism. Bu mavzuda oʻrganamiz

6-7-sinf “Ona tili” darsliklariga “Bu mavzuda oʻrganamiz” rukni qoʻshilgan. Ushbu rukn har yangi mavzu boshlanganda keyingi 4 soatda nimalar oʻrganilishi haqida maʼlumot beradi.

Avvallari bunday maʼlumot faqat oʻqituvchilar uchun tayyorlangan qoʻllanmada boʻlar edi. Biz oʻquvchilar ham mavzu boshidanoq ularni nima kutib turganini bilishi foydali deb oʻyladik va shu ruknni kiritdik.

Aytish kerakki, har bir nutqiy mavzu doirasida kamida bitta grammatik qoida yoki imloviy savodxonlik boʻyicha koʻnikma oʻrganiladi. Diqqat qaratish lozim boʻlgan oʻrinlardan yana biri – endi qoidalar tilshunoslikdagi boʻlimlarga ajratilish tamoyili asosida joylashtirilmagan. Nutqiy mavzu doirasida qaysi qoidani oʻrganish qulay boʻlsa, shu qoida kiritilgan, albatta, oʻquvchilarning oʻzlashtira olish darajasi hisobga olingan holda.

@birgap
👍7😁1
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
3-qism. 3-sinf Mashq daftari

3-sinf oʻquvchilari uchun tayyorlangan “Ona tili va oʻqish savodxonligi mashq daftari”da rasmdagi belgi qoʻyilgan topshiriqlar uchraydi. Bu belgi topshiriqni mashq daftarida emas, alohida daftar yoki varaqda bajarish kerakligini anglatadi. Shuning uchun ham ular ostida boʻsh joy qoldirilmagan.

@birgap
👍2
Yangi oʻquv yili yaqin qoldi. 1- hamda 2-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligidan oʻqituvchi kitobini ulashyapman.

6- va 7-sinf oʻqituvchi kitoblari hali nashrga ketmadi. Hammasi oʻtgach ularni ham elektron yetkazamiz Xudo xohlasa.

@birgap
👍3
3-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi fani lingvistik koʻnikmalari.

Bu shuni anglatadiki, bu yil 3-sinf oʻqituvchilari oʻquvchilarida shu koʻnikmalarini rivojlantirishlari kerak, bundan ortigʻini ulardan hech kim talab qilmaydi (albatta, bu lingvistik tomondan, xolos).

@birgap
🤔1
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
#kino
Kecha ovozli chatda tavsiya qilinadigan, bolalar ko'rgach, birga muhokama qiladigan filmlarimiz borligini aytgandim.

O'quvchilarga ta'tilda ko'rish uhun tavsiya qilgan filmlar:
(7-,8- sinf)
1. Suyunchi.
2. Mahallada duv-duv gap
3. Vatan
4. Osmondagi bolalar 1,2
6. Novda
7. Kichkina tabib
8. Abdullajon
9. Masxaraboz
10. Chinor tagidagi duel
11. Tangalik bolalar

(9-, 10-, 11-sinf)
1. Qarzdor.
2. Suv yoqalab.
3. Ro'yo (Okaxon)
4. Berlin-Oqqo'rg'on
5. Dev va pakana.
6. Otamdan qolgan dalalar.
7. Ibrat
8. O'lik shoirlar jamiyati. (AQSH)
9. Little Women
10. Mo'jiza (Turkiya)
11. Hayot go'zal (Italiya)
12 Дети небес ( Eronniki)
13. Меня зовут Сэм.
14. Mona Liza tabassumi

Balki, oddiy o'zbekfilmlar ekan-ku, deb hayron bo'larsiz, gap shundaki, mening shovvozlarim bu filmlarni ko'rmagan ekan..
O'zbak qanday xalqligini (bo'lganini, bo'lishi kerakligini) qaysidir ma'noda, shu filmlar orqali ham anglatmoqchi bo'lamiz..

Yuqori sinflarga esa boshqa millat filmlarini ham qo'shdim, hozir esimga kelgani shular. Siz bu ro'yxatni yangilashingiz mumkin..
@suvaydo
👍1210