Shokir Tursun qarashlari
5.88K subscribers
856 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Dorilfunun
#ertak

Kichkinaligimda Zumradni juda yaxshi ko'rardim. Nimagaligini bilmayman, hamma yaxshi ko'rardi uni. Endi-endi tushunayotgandekman, axir Zumrad zo'r qiz-da, kelin qilsa qilgulik.😏

•zulmga chidaydi;
•unga qarshilik ko'rsatmaydi;
•birovga aytib ham bermaydi;
•qoziga dodga bormaydi;
•men nimani xohlayman, deb emas, qo'ni-qo'shni, el-olam nima deydi, deb yashaydi;
•hamma haqoratlarga indamaaaay ketaveradi.

Dadasiyam shu ahvol.
Umuman, mazlum bo'lish fazilat.

Qimmat - yomon, chunki u ish qilmaydi, tetik, tambal va shartaki, kamiga himoyachisi ham bor. Himoyachisi - ayasi.

Bir kuni qayerdandir sehrgar kampir paydo bo'ladi, Zumradga uy tozalatib yaxshi qizligiga ishonch hosil qilgach, unga oq ot, sarpo-surug' va kuyov topib beradi.

Navbat Qimmatni sinovdan o'tkazishga kelganda unga uy supirtirib, idish yuvdirolmaydi,demak - u yomon qiz. Shunga Qimmat bilan ayasini sandiqqa qamab jazolaydi.

Hazil ham o'z yo'liga, zulm ko'rish va unga indamay ketishni fazilat deb singdirish - odam farzandiga qilingan zulmning kattalaridan. Bu qo'rqoqlikni hushyorlik, haqni aytishni fitnakashlik deb o'rgatish kabilarda ko'riladi.
"Zumrad va Qimmat" - shunchaki ertak, o'ziga ishonchi past qizlarni, haqiqat uchun kurashmaydiganlarni tarbiyalovchi ertak. Hayotda esa, Sehrgar kampir hech qachon kelmaydi. Odamlar ichida sizga yordam bera oladigan bir kishi bo'lsa,u ham Sizsiz.

Bizni O'zigagina qullik qilishimizni buyurgan Zot aziz kitobida nima deydi:
{....لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ}
"Zulm qilmassiz, va sizlarga ham zulm qilinmas"
Baqara surasi, 279-oyat.

Musulmonchilik va o'zbekchilikni ajratib olishga juda muhtojmiz.

©️Robiya Najmiddinova

↘️ @fakultetFilologiya
👍313🔥1
Yaxshi koʻrsam, koʻraman-u faqat zimdan,
Yaxshi koʻrsam nima qipti, yaxshi koʻrsam?

Million yilda bir tugʻildim zoʻrgʻa endi,
Kim bas kelar million yillik zoʻrga endi...
...
Yaxshi koʻrsam nima qipti, yaxshi koʻrsam?

P.S.: suygan odamingiz rasmini tasavvur qivorvoroʻrasizlar

@birgap
😁13👍3
Avvallari Ozodbek Nazarbekov har yilgi konsertida Mashrab gʻazalidan kamiga bitta qoʻshiq kuylardi. Meni Mashrabga mehr qoʻyishimga oʻsha qoʻshiqlarning ham taʼsiri bor. Mashrabning gʻazallari toʻplangan kitobni sotib olganman keyinchalik.

Keyin Bobur ijodidan olingan gʻazallar bilan butun boshli konsert berdi, keyin Lutfiy bilan ham shunday boʻldi. Bilasizmi yoʻqmi, Ozodbekning "Jigi-jigi" qoʻshigʻi matni ham Lutfiy qalamiga mansub.

Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidova, Jahongir Otajonov, Muhriddin Xoliqov, Alisher Fayzlarni ham soʻzga diqqat qiladigan qoʻshiqchilardan deb bilaman, lekin Ozoda va Yulduz bu fikrimdan qaytishga "majbur" qilishga ulgurishgan.

Aytmoqchi boʻlgan gapim shuki, estradamizda soʻzga eʼtibor juda ham tushib ketdi. Oʻzini hurmat qilgan sanʼatkor nima deyotganiga bir qur qarab qoʻygani maʼqul.

Bu holatga Ahad Qayumga oʻxshagan qoʻshiqboz shoirlarning ham koʻpaygani sabab boʻldi shekilli. Baribir aylanib kelib chiqadigan xulosa shuki, oqibat tinglovchilar, yaʼni bizning, saviyamiz tushib ketgan. Oʻsha saviyasiz qoʻshiqlarni tinglayotganlar koʻp. Artist esa oʻz nomi bilan artist, har koʻyga sola oladi oʻzini.

Nimayam derdim, nima boʻlsa ham aylanib hamma narsa xalqning umumiy saviyasiga taqalib turaverdi-ya

@birgap
👍20
Live stream scheduled for
Barchangizni ovozli chatimizga taklif etamiz!

Mavzu: “Ona tili va adabiyot” fani oʻqituvchisining vazifalari nimadan iborat?

Zulfiya Rashidova
• “Ona tili va adabiyot” fanining maqsadi;
• bu fanni oʻqitishda nimalarga diqqat qaratish lozimligi;
• fanga oʻquvchilarni qiziqtirish usullari
haqida oʻz qarashlari va tajribalarini oʻrtoqlashadilar.

Oʻzingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz uchun vaqt ajratiladi.

Barchani 25-iyul (dushanba) kuni soat 20:00 da Shokir Tursun qarashlari telegram kanalida kutamiz!

Ovozli chat manzili: https://t.me/birgap?livestream

P.S.: e'lonning dizayn konsepsiyasi "Freepik.com" saytiga tegishli

@birgap
👍6🔥3👏2
Samandardan oʻrnak oling

Bugun universitetimizdagi talabalarga nomdor stipendiyalarni tayinlash komissiyasi raisi sifatida ishladim. Juda ham qiziq hamda masʼuliyatli ish. Bosim ostida boʻlasan. Yaxshi tomoni esa yoshlar nima bilan shugʻullanayotganini yaqqol koʻra olasan.

Qiziq ishlar ham boʻldi, hammasini nizom va farmonlar doirasida hal qildik. Bir qizning onasi “sizni Xudoga soldim” degani koʻnglimga ogʻir botganini hisobga olmasak, hammasi yaxshi. Na chora, hammaga birdek yoqa olmaysan, agar hammaga birdek yoqsang yaxshi odam ekaningga shubha bor. Meni Xudoga solgan onani esa kechirdim, xafa emasman. Ular oʻz farzandi uchun kurashyapti, masalani oʻz qarichi bilan oʻlchab yechyapti. Buni tushunish kerak, menimcha.

Hujjatlarni soxtalashtirmoqchi boʻlganlarni chetlatishni oʻyladim, komissiya aʼzolariga shu taklifni ham berdim. Toʻgʻri, bu taklifni jahl ustida, komissiyani hurmat qilmaslikdan achchiqlanish asnosida berdim. Aslida, nizom boʻyicha chetlatish nazarda tutilmagan, komissiya shubhalangan hujjatlarini shunchaki qabul qilmaydi. Biz ham shu yoʻldan bordik oqibatda. Keyingi yil men rais boʻlamanmi, yoʻqmi bilmayman. Kim rais boʻlsa ham nizomga soxtalashtirilgan hujjat aniqlanganda oʻsha ishtirokchini chetlatish haqida band qoʻshib qoʻyishni aytib qoʻyaman, albatta.

Endi Samandar haqida

Koʻpchilikning OAK roʻyxatidagi hamda Impakt Faktori bor jurnallarda chiqargan 3-4 betli “maqola”larini koʻrib achindim, afsuslandim. Ular tanlagan mavzular va mavzuni yoritish uslubini koʻrib esa yana gʻazablandim (Astagʻfirulloh). Ukajonlarim, singiljonlarim, iltimos, oʻzingizni, ilmni hurmat qiling. Bir parcha qogʻoz va ozroq pul evaziga oʻz qadringizni sotmang. Maqolalar sifati borasida ahvolimiz ogʻir ekan. Shunday boʻlsa ham umidli yoshlar bor, masalan, Samandar Yusupov degan bola.

Ochigʻi, bugun shu bolani kashf etdim. Maqolalarini sinchiklab oʻqimadim, koʻz yugurtirganim oʻzidayoq boshqalardan yaqqol ajralib turganini sezdim. Mavzularni dolzarb deya olmayman, lekin aniq qoʻyilgan edi ular. Sahifalari ham ancha salmoqli, qolganlarinikidan 2-3 barobar koʻproq. Toʻgʻri, u ham qaroqchisifat jurnallarda maqola chop ettirgan, lekin shu maqolalarida ham yuk bor har holda. Kelajakda nomdor stipendiya olmoqchi boʻlganlar shu boladan oʻrgansa arziydi.

Samandarga kelajakda omad va sabr tilayman! Oʻylaymanki, yetuk mutaxassis boʻlib yetishadi.

P.S.: Samandarning ishlarini yoqtirib qolganim keyingi bosqichlarda adolatim va insofimga aslo taʼsir qilmaydi. Meni bilganlar buni yaxshi tushunadi, bilmaganlar uchun eslatib qoʻydim-da.

@birgap
👍28🔥5👏4
Ovozli chatimiz 20 daqiqadan soʻng boshlanadi. Soat 19:55 da kirishga ruxsat ochiladi.

Ovozli chatga quyidagi manzil orqali qoʻshilishingiz mumkin:
https://t.me/birgap?livestream

Bundan tashqari, kanal nomi ostidagi e'lonning ustiga bosish bilan ham ulansa boʻladi.

Birinchi navbatda Zulfiya Rashidova oʻz taqdimotlarini koʻrsatib, ma'ruza qiladilar, undan soʻng tinglovchilarga savol berish uchun vaqt ajratiladi.

Iltimos, ma'ruza vaqtida boʻlmay tursangiz, boshqalarga noqulaylik tugʻdirishi mumkin.

@birgap
👍14
Live stream started
Zulfiya Rashidovaga savollaringizni ovozli chatda berishga imkoningiz boʻlmasa mana shu bildirgining izohida qoldirishingiz mumkin, men oʻqib beraman.

@birgap
👍5
Live stream finished (1 hour)
Audio
Zulfiya Rashidova bilan boʻlgan suhbatning faqatgina ovozdan iborat nusxasi.

@birgap
👍73🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zulfiya Rashidova bilan boʻlgan suhbatning video koʻrinishda yozib olingan nusxasi. Bu yerda slaydlar ham koʻringan.

Zulfiya Rashidovaning shaxsiy kanaliga ushbu havola orqali oʻtish mumkin: @suvaydo

P.S.: oʻzlari ogohlantirganlaridek bu kanalda shunchaki qarashlar va fikrlar yoziladi. Pedagogik maslahatlar, metodik tavsiyalar berib borilmaydi.

@birgap
👍181
26 – 29-iyul kunlari Shahrisabzning Miroqi degan joyida boʻlaman. 27 – 29-kunlari 3-,6-,7-,10-sinflar Ona tili darsliklaridagi oʻzgarishlar haqida gaplashamiz. Zominda texnik sabab bilan oʻqituvchilarga toʻliq darslikni koʻrsata olmagan edik, bu safar toʻliq darslikni olib boryapmiz.

Mavzular davomida nimalarga diqqat qilish kerak, darslarni qanday tashkillash kerakligi borasida oʻz tavsiyalarimizni beramiz. Baholash ishlaridagi yangiliklar haqida ham aytadiganlarimiz bor.

Oʻylaymanki, seminarni imkon qadar yoritib borishga harakat qilaman, Zominda bu oʻxshamagan edi, chunki telefonda umuman antenna chiqmagan edi. Bu safar hammasi joyida boʻladi deb oʻylayman.

Seminarga borayotganlarga oq yoʻl! Koʻrishguncha.

@birgap
👍29
Uxlayotgan Qiz [Tarona.net]
Baxtiyor Rahmonov
Termularman atrofga baʼzan,
Tabiat-ku tuyular tengsiz.
Ammo goʻzal edi baridan
Uxlayotgan qiz...

@birgap
👍103😁2🔥1
Mirakidagi seminarlar tugadi. Internet juda yomon. Hech narsa yozolmadim ham. Bu yerdagi gaplarni sekin-sekin kanalga yozib borishga vaʼda beraman.

@birgap
👍20
Uyga yetib kelib oldim. Bu xizmat safari men uchun qiziq boʻldi. Oʻz sohasining yetuk mutaxassislari bilan dildan gurunglashdim. Taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha 10dan ortiq taklif aytvordig-ov.

Mayli, yaxshi dam olinglar. Yangiliklarni batafsil yozib boraman.

@birgap
👍29👎1🤔1🤮1
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
1-qism. Shartli belgilar

Yangi “Ona tili” darsliklarida (6 – 7-sinf) rasmdagi shartli belgilardan foydalaniladi.

Yozma mashqni bajaring – ushbu belgi topshiriq daftarda yozma bajarilishi kerakligini anglatadi.

Topshiriqni bajaring – ushbu belgi topshiriqni sinf vaziyatidan kelib chiqib turlicha (ogʻzaki, yozma, guruh boʻlib) bajarish mumkinligiga ishora qiladi.

Qiziqarli mashgʻulot – ushbu belgi ostidagi topshiriq, asosan, guruh boʻlib bajarish uchun tavsiya etiladi. Bunda oʻquvchilar biror nima yasashlari, chizishlari yoki loyiha sifatida taqdim etishlari mumkin.

Uyga vazifa – ushbu belgi topshiriq uyda bajarish uchun moʻljallangani hamda mana shu yerda bir soatlik dars yakuniga yetishini anglatadi.

@birgap
👍7
Odamlar! Sizlarga yuz martacha aytdim, darsliklarning elektron varianti tarqatilmaydi. Tarqatsa ham faqatgina vazirlik tarqatadi. Vazirlikning ruxsatisiz tarqatish qonunga xilof.

Iltimos, mendan darslikning elektronini soʻrayvermanglar, foydasi yoʻq.


Qoʻshimcha:
Darsliklar toʻliq chop etilib boʻlgach elektron nusxani Respublika taʼlim markazining rasmiy kanalidan olish mumkin boʻlar ekan.

@birgap
👍13😁10
Shokir Tursun qarashlari pinned «Odamlar! Sizlarga yuz martacha aytdim, darsliklarning elektron varianti tarqatilmaydi. Tarqatsa ham faqatgina vazirlik tarqatadi. Vazirlikning ruxsatisiz tarqatish qonunga xilof. Iltimos, mendan darslikning elektronini soʻrayvermanglar, foydasi yoʻq. Qoʻshimcha:…»
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
Poytaxtga qaytishda avtobusda yangragan fikrlardan:

“Xalqimiz hashamatli toʻylarga emas, bir uyum temirga emas, dangʻillama uyga emas, odamlarning koʻziga boy va chiroyli koʻrinishga emas, FARZANDINING TAʼLIMIGA bor eʼtiborini qaratsa, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Amerika bizga havas qilishni boshlaydi, bizdan kelib tajriba oʻrganadi”.
👍46🔥5🤔2
#yangi_darsliklarda_nima_gap

Yangi darsliklarda nima gap
2-qism. Bu mavzuda oʻrganamiz

6-7-sinf “Ona tili” darsliklariga “Bu mavzuda oʻrganamiz” rukni qoʻshilgan. Ushbu rukn har yangi mavzu boshlanganda keyingi 4 soatda nimalar oʻrganilishi haqida maʼlumot beradi.

Avvallari bunday maʼlumot faqat oʻqituvchilar uchun tayyorlangan qoʻllanmada boʻlar edi. Biz oʻquvchilar ham mavzu boshidanoq ularni nima kutib turganini bilishi foydali deb oʻyladik va shu ruknni kiritdik.

Aytish kerakki, har bir nutqiy mavzu doirasida kamida bitta grammatik qoida yoki imloviy savodxonlik boʻyicha koʻnikma oʻrganiladi. Diqqat qaratish lozim boʻlgan oʻrinlardan yana biri – endi qoidalar tilshunoslikdagi boʻlimlarga ajratilish tamoyili asosida joylashtirilmagan. Nutqiy mavzu doirasida qaysi qoidani oʻrganish qulay boʻlsa, shu qoida kiritilgan, albatta, oʻquvchilarning oʻzlashtira olish darajasi hisobga olingan holda.

@birgap
👍7😁1