Shokir Tursun qarashlari
5.87K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Assalomu alaykum!

“Beeline” jamoasi bir qator yangi taʼlim tashabbuslari uchun jamoaga quyidagi odamlarni izlamoqda (kerakli yoʻnalish roʻparasidagi havolaga bosib, arizani toʻldiring):

1. Koordinatorbit.ly/3a2cKEi
2. Loyiha boshqaruvchisibit.ly/3I5x7xd
3. Stajyorbit.ly/3R20GDA

Bu foydali tajribaga ega boʻlish, yangi sohalarda bilim olish va eng muhimi — yirik taʼlim loyihasining bir qismiga aylanish uchun zoʻr imkoniyat.

Yuqoridagi e'lonni tarqatgan jamoa bilan Khan akademiyasi loyihasi doirasida oozgina ishlaganmiz. ta'lim uchun qoʻshayotgan hissalarini hurmat qilaman. Siz ham ta'lim yoʻnalishida amalga oshirilishi reja qilinayotgan 4 - 5 loyihada ishlamoqchi boʻlsangiz koʻrsatilgan yoʻnaltmalar orqali murojaat qiling.

Orginal matn olingan manzil:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeD3kVKllHRO0bgssdjx3ViE8Qy6_z7sL4mH1iDXEqfQ3UHWQ/viewform

@birgap
👍7
Quyidagi hikoyani oʻqiganim zahoti koʻzimga yosh kelgandi. Muallifning oʻzidan soʻrab, kanalimda ulashishga qaror qildim. Voqea Hayit arafasida boʻlib oʻtgan, umuman Hayitga aloqador boʻlsa-da baribir ulashgim keldi.

https://shokiryuldash.medium.com/jannat-poyidagi-duo-a95a6988f381

@birgap
😢14👍61🤯1
Shunday qilib bugun insoniyat Alloh bergan aql nuri bilan koinotga koʻz tashladi. NASA tomonidan 30 yil davomida yasalgan Jeyms Veb kosmik teleskopi koinotning ilk tiniq suratlarini ulashdi. Aytishlaricha, u bunday rasmlarni ulashishda davom etadi.

Ushbu teleskop ulashgan suratlarning ahamiyati shundaki, u bizni koinot tarixiga yetaklaydi. Yaʼni biz koinotning uzoq nuqtalari bir necha milliard yil oldin qanday boʻlganini koʻra olamiz. Koinot tarixini koʻrish degani uning rivojlanib borishini ham koʻrish demakdir. Bu qanday boʻlishini qisqacha tushuntirishga harakat qilaman (mendan oʻqib tushunmaganlar, fiziklardan bir soʻrab olasizlar-da):

Biz yorugʻlik sabab koʻramiz, yaʼni koʻzlarimiz yorugʻlikni qabul qiladi va bizga narsalar koʻrinadi. Oʻsha yorugʻlikning tarqalish tezligi mavjud, soniyasiga 300 000 km. Masalan, siz Yerdan turib Quyoshga qarasangiz uning 8 daqiqa oldingi holatini koʻrasiz. Yaʼni mabodo Quyosh oʻchib qolsa, biz buni 8 daqiqadan keyin bilamiz. Chunki Quyosh bizdan 150 mln. km uzoqda.

Jeyms Veb kosmik teleskopi shunchalik olisni suratga oldiki, biz koinotning 13 mlrd. yil oldingi holatini koʻra oldik. Bu bizga koinot, olamning rivojlanib borishi haqida juda koʻp maʼlumotlarni beradi. Endi astronomiya fani ham oʻzgarsa kerak.

@birgap
👍6🔥2
Alloh bizga yana bir ilmni ochdi. Bundan faqatgina sevinish kerak.

SubahanAlloh!

Goʻzallikni ta’riflashga tilim ojiz!

Suratlarni @Sinchalak_blog kanalidan oldim.

@birgap
👍43
​​AQSHning Texas shtatida “Charter schools” mudirligi bor. Charter maktablari ham davlat maktabi boʻlib, oddiy maktablardan oʻquvchi soni kamligi, STEAMga asoslangani va istagan hududdan kelib oʻqish imkoniyati borligi bilan farq qiladi (AQSHda ham maktabga “propiska”ga qarab olishadi).

“Charter schools” mudirligi direktor oʻrinbosari oʻzbek olim ayoli, pedagogika fanlari doktori, Abdulla Oripovning qizlari Mavluda Oripova ekan. Yaqinda shu opa bilan dildan suhbatlashgan edik. Baholash borasida qilmoqchi boʻlgan oʻzgarishlarimiz haqidagi fikrlari, AQSHdagi holat haqida koʻp narsalarni soʻrab, bilib oldim.

Shu suhbatda koʻtarilgan, oʻsha kundan beri xayolimdan ketmayotgan bir holatni aytib bergim keldi.

Texas shtatida ham darsga xalal beradigan, oʻqituvchini hurmat qilmaydigan, gapga kirmaydigan oʻquvchilar juda koʻp ekan. Baʼzi maktablarda politsiya ham yurarkan. Yaʼni umuman tinchlanmagan oʻquvchini maktab hovlisida yurgan politsiya zobitiga topshirib qutulisharkan. Texas oʻqituvchilariga ham oʻquvchini urish, kaltaklash taqiqlangan ekan. Yaʼni oʻquvchi butkul tarbiyasiz boʻlsa ham uni oʻqitishga majbur ekanlar, chunki davlat maktabi.

Shunday boʻlsa ham oʻqituvchining qoʻlida ajoyib richag bor ekan. Yaʼni oʻquvchining tarbiyasiga qoʻyiladigan minus baholar. Masalan, oʻquvchi gap qaytarsa -5 ball ishlab oladi. Shunday ballar maʼlum davrda -40 ga yetganda oʻquvchining ota-onasiga rasmiy xat borarkan. Bu holat takrorlanaversa, oʻquvchining papkasi tayyorlanib tarbiyasizlar oʻqiydigan maxsus maktabga joʻnatilarkan.

Oʻzimizdagi holat haqida oʻylay ketdim. Bizda ham toʻpolonchilar koʻp, qoni buzilgan oʻquvchilar talaygina. Bizda ham oʻquvchini urish mumkin emas. Oʻqituvchining qoʻlidan kaltakni olib qoʻydik, lekin oʻrniga birorta ham richag bermadik. Yaʼni oʻqituvchida oʻquvchiga qarshi qoʻllay oladigan qurolning oʻzi qolmadi hisob. Bori ham oʻqituvchining ziyoniga ishlaydi, bir tashvishini oʻn qiladigan xilidan.

Texasdagi shu amaliyotni yaxshilab oʻrganib, sinov tariqasida qoʻllab koʻrish kerak ekan. Bu oʻzaro tiyib turish tamoyilini eslatib yuboradi. Ota-ona rasmiy xatni olgach bolasining tarbiyasi ustida ishlashi kerak, ishlamasa, marhamat, qattiq rejimdagi sifatsiz taʼlim uning farzandini kutib turadi. Davlat oʻz resurslarini foydasiz oʻquvchiga ishlatib oʻtirmaydi.

@birgap
👍28🔥31
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Kecha kanalimiz obunachilari Qobiljon Shermatovning ijodiga qiziqib qolganlarini aytishgan edi. Quyida uning samimiy she’rlaridan birini o‘qiysiz

BESHIKDAGILAR
Soʻskachamni olib qoʻyib
Yuragimni dogʻlashsa ham
Oyogʻimga qoʻshib hatto
Qoʻllarimni bogʻlashsa ham
Uxlayveraman, uxlayveraman!

Ayam menga aytsa alla,
Uyqim kelar oʻsha palla,
Uxlamay men qaysarkalla,
Yigʻlayveraman, yigʻlayveraman!

Goh betimni yuvishmaydi,
Tuvagimni suyishmaydi,
Burnim oqsa, kuyishmaydi,
Oʻylayveraman, oʻylayveraman!

Qornim ochib qolsa agar,
Yigʻlayman xoh kech xoh sahar,
Shu hiylamni men har safar
Qoʻllayveraman, qoʻllayverman!

Maqtashadi ishtaxamni,
Boʻshataman sut jomchamni,
Shu ketishda ishtonchamni
Hoʻllayveraman, hoʻllayveraman!
😁36👍9👎21🤔1🤯1
Tarbiya haqida keys

- Oyiii, saqich chaynagim kevotti.
- Saqich chaynasa nima boʻlishini bilasanmi?
- Yoʻq.
- Saqich chaynaganlarni ichidan ilon chiqib, tilini yarmini tishlab, uzib oladi. Keyin ular gapirolmaydigan boʻlib qoladi.

....

Doʻkonda turib ona-bolaning suhbatini eshityapman-u, dahshatga tushyapman. Non olish uchun chiqqan ayol saqich chaynagisi kelgan oʻgʻliga shunaqa gaplarni gapirib yotibdi. Dahshat, shunchaki, dahshat.

Nega biz doim bolakaylarni qoʻrqitish usuli bilan qaytargimiz keladi? Nega rostini aytmaymiz? Masalan, shu ayol, "bolam, saqichga pul olib chiqmabman, uyga kirganda beraman, oʻzing chiqib olib chaynaysan" yoki "bolam, hozir saqichga pulim yoʻq, boshqa safar olib beraman, xoʻpmi" yana ham boʻlmasa "oʻgʻlim, sening tishlaringda kasal bor, saqich chaynash mumkin emas, tishlaring tuzalsin, istagancha chaynaysan" kabi tushuntirishlar bersa osmon uzilib yerga tushadimi?

Odamlarimiz shifokorga bormasligining sabablaridan biri ham bolaligimizda doim "doʻxtir" bilan qoʻrqitganimiz emasmikin?

Bolaga rostini aytish, unga batafsil tushuntirish kerak deyman doim. Ha, u bola, tushunishga qiynaladi, lekin tushuna oladi. Yuqoridagiga oʻxshab uni qoʻrqitish yoʻlidan yursak, ertaga aslida bunaqa boʻlishi mumkin emasligini oʻz tafakkuri bilan anglagan bola onasini yolgʻonchilikda ayblab qoʻymaydimi (ich-ichidan boʻlsa ham)?

Bilmadim, meni hali oila qurmaganman, lekin farzandlarimga mana shunaqa gaplar gapirilishiga yoʻl qoʻymayman.

Sizlar nima deb oʻylaysizlar bu masalada?

@birgap
👍28
Darslik yozish jarayonida oʻzim uchun noma’lum boʻlgan koʻplab ensiklopedik bilimlarni egallab oldim deb bemalol ayta olaman. Masalan, 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligini yozayotganimizda pomidor va bodringni aralashtirib yeyish ular tarkibidagi foydali moddalarni oʻldirishi haqidagi ma’lumotga koʻzim tushdi. Fakt toʻgʻri ekan. Ikkalasini ketma-ket yoki bir vaqtda iste’mol qilish mumkin, , lekin aralashtirib yuborish zarar emas-u foydani yoʻqqa chiqarar ekan. Buni darslikka ham kiritib ketganmiz.

7-sinflar uchun “Ona tili” darsligini yozishda esa oʻz sohamga oid bilmagan narsalarimni ham oʻrgandim desam, xato boʻlmaydi. Masalan, mana shu rasmdagi ma’lumotni bilmas edim. 4 yil filologiya sohasida oʻqiganman deyishdan biroz uyala boshladim shundan keyin. Bu ma’lumot 7-sinf darsligiga kiritildi. Oʻquvchilar ayni chin ma’nodagi joʻra, oʻrtoq, doʻst orttiradigan paytda bu soʻzlarning ma’nosini ham bilib olgani yaxshi deb oʻyladik.

@birgap
👍18🔥3
- Bu yoz ham Londonga borib dam olishni istayapman.

- Oʻtgan yili Londonga borganmisiz?

- Yoʻq, oʻtgan yili ham istaganman.

P.S.: bir marta ham bormaganman, lekin Londonni sogʻinaman.

@birgap
😁2
Maktab oʻquvchilari uchun chiqarilgan yagona forma masalasida qarashim shunday:

Biz oʻzimizcha muhokama qilavermaylik. Formani kiyadigan, butun boshli tizim ular uchun xizmat qiladigan SHAXSlar - BOLALARDAN soʻrash kerak. Tamom.

Formani kiyadigan ular, shunday ekan, yagona forma kerakmi yoʻqmi? Forma boʻlsa qanday boʻlishi kerak? - hammasini bolalarning oʻzi hal etsin.

@birgap
👍12🤔3👎1
Yangi kiritilayotgan maktab formasi haqida bir-ikki fikr bildirmoqchiman.

Avval xalqaro tajribaga murojaat qilsak.

Finlyandiyada majburiy forma yoʻq. Finlyandiya taʼlim modelida forma bolalarni shaxsiyati rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi degan xulosaga kelingan.

Turkiyada majburiy forma yoʻq, majburiy formadan 2012-yilda voz kechilgan.

AQSHda maktablarning 10-15%da forma kiritilgan, asosan eng kambagʻal, jinoyatchilik oshib ketgan hududlarda, ammo davlat tarafidan emas maktablar oʻzi tomonidan, ota-onalar bilan kelishilgan holda. Asosiy maqsad – maktabga begona odam kirish holatlarini, bolalar oʻrtasida tabaqalanishni, jinoiy guruhlar rivojlanishini oldini olish maqsadida. Va bunday maktablarning qismida forma bepul beriladi.

Janubiy Koreyada boshlangʻich maktabda forma yoʻq, oʻrta va yuqori maktabda bor, har bir maktab ota-onalar qoʻmitasi/yigʻilishida oʻzi uchun formani oʻzi tasdiqlaydi. Forma koʻproq maktab gʻururi sifatida qaraladi, maktab oʻquvchilari boshqa maktab oʻquvchilaridan farq qilishi uchun.

Angliyada maktab formasi majburiy, ammo har bir maktab ota-onalar qoʻmitasi/yigʻilishida oʻzi uchun formani oʻzi tasdiqlaydi.

Umuman olib qaraganda, ekspertlar tomonidan koʻplab oʻrganishlar natijasida majburiy forma bolalarni oʻzlashtirish darajasiga hech qanday taʼsir qilmaydi degan xulosaga kelingan. Uni kiritishdan asosiy maqsad – tabaqalanishni (qimmat va koʻpchilik ololmaydigan kiyimlar kiyish orqali), maktablarda turli bandalar shakllanishini (oʻziga xos boshqacha kiyim orqali ifoda etuvchi) va maktab hududiga begonalar kirishini oldini olish boʻlgan.

Oʻzbekistonda bu omillar qanchalik muhim? Menimcha, deyarli muhim emas. Tabaqalanish choʻntagidagi pul, qimmat telefon, gadjetlar va avtomashinalar orqali kiyimidan-da koʻproq ifoda etmoqda. Agar tabaqalanishni oldini olmoqchi boʻlsak, unda maktablarda birinchi navbatda barcha uchun bepul ovqatlanishni tashkil qilish, maktab hududiga telefon olib kirmaslikni taʼminlashimiz lozim. Bandalar (jinoiy guruhlarga aʼzolik) bu umuman bizni muammo emas, xudoga shukur. Bu asosan AQSH kabi davlatlar muammosi. Maktab hududiga begonalar kirishi masalasida ham bizning maktablarga begonalar eshikdanoq kiritilmaydi, formada kelsa ham 😊.

Endi jiddiy muammoga eʼtibor qaratsak. Koʻp ota-onalar formani roʻmolni taqiqlash uchun kirityapti degan fikrda boʻlmoqda. Forma tasdiqlanganidan keyin, ming afsus, Xalq taʼlimi tuzukroq tushuntirish ham bermayapti. Bir yil avval, davlat rahbari va vazirlik maʼmuriyati tomonidan roʻmolga nisbatan eʼtiroz qilmaslik toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar puchga chiqadimi degan xavotir uygʻonmoqda, va albatta, tasdiqlansa, davlat hokimiyatiga, va shaxsan davlat rahbariga xalqning ishonchi soʻnishiga olib kelishi tabiiy.

Bugungi kunda vodiy viloyatlari, Toshkent shahri va viloyatida deyarli 50%ga yaqin qizlar roʻmolda. Bu mamlakatimizda 1,5-2 million qizlar va ularning 3-4 million ota-onalari roʻmolni yana taqiqlashga qarshi boʻladilar degani. Oqibati Qoraqalpogʻistonga oid konstitutsion oʻzgarishlardan ham ogʻir boʻlishi mumkinligini biron masʼul oʻylaganmikin? Xalqning noroziligini keskin koʻtaradigan masalalarni koʻpaytirish vaqtimikin? Formani kiritish shunga arzirmikin? — degan savollarga javob topolmadim.

Qolaversa, yana shaklga yopishyapmiz. Mohiyat esa oʻsha oʻsha. Taʼlim sifatini oshiruvchi masalalar qolib, formaga yopishish vazirlikdagilarni saviyasi haqida yaqqol gapiradi menimcha. Formani shakllari ham noqulay tanlangan, ammo buni muhokama qilmoqchi emasman.

Xulosam – formani bekor qilish kerak, kech boʻlmasdan. Uni oʻrniga dress-kod kiritish lozim, koʻplab mamlakatlar kabi. Roʻmol masalasini ham muhokama qilishni toʻxtatmoq lozim. Har qalay, 95% aholimiz musulmon boʻlsa, uyat endi.
👍201😁1
Davlatimiz rahbari boshlagan demokratik, ochiq, huquqiy davlat qurishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish qanchalik murakkab boʻlmasin, eski zamonni qoʻmsaganlar qanchalik bunga toʻsqinlik qilmasin, oxiriga yetkazmasak, qoloq davlatlar bilan bir safda qolib ketaveramiz. Masala qizlarimiz roʻmol oʻrashi yoki oʻramasligida emas, ular qanchalik bilimli, vatanparvar, ijtimoiy faol boʻlib voyaga yetishlaridadir. Eʼtiborni shunga qarataylik, iltimos.

Bahodir Gʻaniyev

@birgap
👍14😁1
Yana bir narsani hisobga olish kerak, yagona majburiy formani Xalq taʼlimi vazirligi emas, Vazirlar Mahkamasi kirityapti. XTV ijrochi, xolos.
😁2
Forwarded from Dorilfunun
#ertak

Kichkinaligimda Zumradni juda yaxshi ko'rardim. Nimagaligini bilmayman, hamma yaxshi ko'rardi uni. Endi-endi tushunayotgandekman, axir Zumrad zo'r qiz-da, kelin qilsa qilgulik.😏

•zulmga chidaydi;
•unga qarshilik ko'rsatmaydi;
•birovga aytib ham bermaydi;
•qoziga dodga bormaydi;
•men nimani xohlayman, deb emas, qo'ni-qo'shni, el-olam nima deydi, deb yashaydi;
•hamma haqoratlarga indamaaaay ketaveradi.

Dadasiyam shu ahvol.
Umuman, mazlum bo'lish fazilat.

Qimmat - yomon, chunki u ish qilmaydi, tetik, tambal va shartaki, kamiga himoyachisi ham bor. Himoyachisi - ayasi.

Bir kuni qayerdandir sehrgar kampir paydo bo'ladi, Zumradga uy tozalatib yaxshi qizligiga ishonch hosil qilgach, unga oq ot, sarpo-surug' va kuyov topib beradi.

Navbat Qimmatni sinovdan o'tkazishga kelganda unga uy supirtirib, idish yuvdirolmaydi,demak - u yomon qiz. Shunga Qimmat bilan ayasini sandiqqa qamab jazolaydi.

Hazil ham o'z yo'liga, zulm ko'rish va unga indamay ketishni fazilat deb singdirish - odam farzandiga qilingan zulmning kattalaridan. Bu qo'rqoqlikni hushyorlik, haqni aytishni fitnakashlik deb o'rgatish kabilarda ko'riladi.
"Zumrad va Qimmat" - shunchaki ertak, o'ziga ishonchi past qizlarni, haqiqat uchun kurashmaydiganlarni tarbiyalovchi ertak. Hayotda esa, Sehrgar kampir hech qachon kelmaydi. Odamlar ichida sizga yordam bera oladigan bir kishi bo'lsa,u ham Sizsiz.

Bizni O'zigagina qullik qilishimizni buyurgan Zot aziz kitobida nima deydi:
{....لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ}
"Zulm qilmassiz, va sizlarga ham zulm qilinmas"
Baqara surasi, 279-oyat.

Musulmonchilik va o'zbekchilikni ajratib olishga juda muhtojmiz.

©️Robiya Najmiddinova

↘️ @fakultetFilologiya
👍313🔥1
Yaxshi koʻrsam, koʻraman-u faqat zimdan,
Yaxshi koʻrsam nima qipti, yaxshi koʻrsam?

Million yilda bir tugʻildim zoʻrgʻa endi,
Kim bas kelar million yillik zoʻrga endi...
...
Yaxshi koʻrsam nima qipti, yaxshi koʻrsam?

P.S.: suygan odamingiz rasmini tasavvur qivorvoroʻrasizlar

@birgap
😁13👍3
Avvallari Ozodbek Nazarbekov har yilgi konsertida Mashrab gʻazalidan kamiga bitta qoʻshiq kuylardi. Meni Mashrabga mehr qoʻyishimga oʻsha qoʻshiqlarning ham taʼsiri bor. Mashrabning gʻazallari toʻplangan kitobni sotib olganman keyinchalik.

Keyin Bobur ijodidan olingan gʻazallar bilan butun boshli konsert berdi, keyin Lutfiy bilan ham shunday boʻldi. Bilasizmi yoʻqmi, Ozodbekning "Jigi-jigi" qoʻshigʻi matni ham Lutfiy qalamiga mansub.

Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidova, Jahongir Otajonov, Muhriddin Xoliqov, Alisher Fayzlarni ham soʻzga diqqat qiladigan qoʻshiqchilardan deb bilaman, lekin Ozoda va Yulduz bu fikrimdan qaytishga "majbur" qilishga ulgurishgan.

Aytmoqchi boʻlgan gapim shuki, estradamizda soʻzga eʼtibor juda ham tushib ketdi. Oʻzini hurmat qilgan sanʼatkor nima deyotganiga bir qur qarab qoʻygani maʼqul.

Bu holatga Ahad Qayumga oʻxshagan qoʻshiqboz shoirlarning ham koʻpaygani sabab boʻldi shekilli. Baribir aylanib kelib chiqadigan xulosa shuki, oqibat tinglovchilar, yaʼni bizning, saviyamiz tushib ketgan. Oʻsha saviyasiz qoʻshiqlarni tinglayotganlar koʻp. Artist esa oʻz nomi bilan artist, har koʻyga sola oladi oʻzini.

Nimayam derdim, nima boʻlsa ham aylanib hamma narsa xalqning umumiy saviyasiga taqalib turaverdi-ya

@birgap
👍20
Live stream scheduled for