Shokir Tursun qarashlari
5.85K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
ToshDOʻTAUda magistratura yopildimi?

Universitetimiz Kengashi ajoyib qaror chiqaribdi. Endi universitetimizda magistratura boʻlimi mavjud emas. Yaʼni magistrlar toʻgʻridan toʻgʻri kafedraga boʻysunadi va ularning oʻquv va ilmiy faoliyatlari uchun kafedra mudiri masʼul boʻladi.

Bu xabarni tarqatishda bir jihatni alohida taʼkidlash kerak:
boʻlim tugatildi degani magistratura mutaxassisliklari tugatildi degani emas. Avval bir magistr ikki tomonga hisob berar, ikkala frontni ham “rozi” qilishi kerak boʻlardi. Bundan buyon faqat kafedraning oʻzi bilan ish bitadi.

Menimcha, bu toʻgʻri qaror. Ortiqcha byurokratiya va yugur-yugurlarni oldini oladi. Magistrlik bu akademik daraja ekanini ham unutmaslik lozim.

Meni yana bir masala qiynayapti, boʻlim hujjatlarni qabul qilish, dars va imtihon jadvallarini ishlab chiqish, diplom yozib berish kabi “yugur-yugur” ishlarni bajarib turar edi. Agar bular ham kafedra boʻyniga oʻtgan boʻlsa, unda har bir kafedrada magistrlar uchun masʼul odam tayinlanishi kerak boʻladi. Oʻylashimcha, bu odamni kafedrada emas, dekanatda joylashtirishadi, lekin kafedraning oʻzida boʻlsa yaxshi.

Xullas, Yarkulov domlaning xabarini oʻqib, endi bizning taqdirimiz nima boʻladi deyotganlar, xavotir olmang. Hammasi yaxshi.

@birgap
👍11😁1
Yaxshi kitob. Inglizchasiga koʻz yugurtirganman. Taʼlimga aloqador barcha (ayniqsa taʼlim boshqaruvidagilar) oʻqib chiqishi kerak boʻlgan asarlardan biri. Ichi toʻla statistika, tahlil, xulosa. Taʼlimi rivojlangan davlatlarning taʼlimi qanday asoslarga qurilgani haqida ham soʻz boradi.

Oʻzbekchasini tarjimonning oʻzidan oldim. Koʻz yugurtirib anglaganlarimni oʻzbekchada toʻliq oʻqib chiqmoqchiman.

Asarning muallifi PISA xalqaro baholash dasturining asoschisi hisoblanadi.

Tarjimonning aytishicha, kitob sotuvda yoʻq. Xalq taʼlimi vazirligiga 4000 nusxa yuborilgan. XTV kim oʻqishi kerak boʻlsa oʻshalarga yuborsa kerak.

@birgap
👍9🔥1
📣📣DIQQAT,E'LON!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

▶️ Matematika (6-sinf)
▶️ Matematika (7-sinf)
▶️ Kimyo (7-sinf)
▶️Kimyo (8-sinf)

Qanday hujjatlar talab etiladi?

ishtirok etish uchun ariza;
qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha);
darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);
bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

❗️Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli kitob@piima.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil saytimizda o'qing.
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Klip gʻoyasi zoʻr ekan. Sizga ham ilindim.

@birgap
👍8👎1🤔1
Unut beni, unuttuğum gibi seni
Unut ki beni, yanındakini aldatma
Giden kaybedendir, gittim, kaybettim
Bir şehir yakınıma bile yaklaşma...

P.S.: juda yaxshi qoʻshiq, Bengu oʻzi doim yaxshi qoʻshiqlar aytgan, menimcha.

P.S.2: qoʻshiqda ajoyib oʻxshatish bor:

"Aytchi, jarlikka sakragan odam ortga qayta oladimi?
Qirq yeridan singan qanot bilan uchish mumkinmi?"


Sevgimiz ham shunday deyayotganday goʻyo.

Yuqoridagi toʻrtlikning ma'noviy tarjimasini izohlarga yozib qoʻyaman.

https://youtu.be/5QCP9vK0BF8

@birgap
👍72😢2
Magistratura uchun chet tilini bilish sertifikatlari soʻralishi haqidagi qarorga munosabat ekan.

Sizlarning fikringiz qanday? Ham qaror, ham ushbu munosabat haqida nima deya olasiz?

P.S.: ushbu munosabat meniki emas

@birgap
👍18🔥1
Shu oy oxirida uch kun Qashqadaryoning Shahrisabzida oʻquv-seminar boʻladi. 3-, 6-, 7-, 10-sinflardagi oʻzgarishlar haqida suhbatlashamiz.

Keladiganlarni qiziq mavzular kutib turibdi. Shaxsan oʻzim hozirdan tayyorlanishni boshladim. Men Ona tilidagi oʻzgarishlar hamda baholash borasidagi oʻquvlarda mashgʻulot olib boraman, Xudo xohlasa.

Keladiganlar xursand va rozi boʻlib ketishlariga harakat qilamiz.

Darsliklarning nashrga tayyorlangan nusxasi bilan ham tanishtiramiz, InshaAlloh!

@birgap
👍14
Assalomu alaykum!

“Beeline” jamoasi bir qator yangi taʼlim tashabbuslari uchun jamoaga quyidagi odamlarni izlamoqda (kerakli yoʻnalish roʻparasidagi havolaga bosib, arizani toʻldiring):

1. Koordinatorbit.ly/3a2cKEi
2. Loyiha boshqaruvchisibit.ly/3I5x7xd
3. Stajyorbit.ly/3R20GDA

Bu foydali tajribaga ega boʻlish, yangi sohalarda bilim olish va eng muhimi — yirik taʼlim loyihasining bir qismiga aylanish uchun zoʻr imkoniyat.

Yuqoridagi e'lonni tarqatgan jamoa bilan Khan akademiyasi loyihasi doirasida oozgina ishlaganmiz. ta'lim uchun qoʻshayotgan hissalarini hurmat qilaman. Siz ham ta'lim yoʻnalishida amalga oshirilishi reja qilinayotgan 4 - 5 loyihada ishlamoqchi boʻlsangiz koʻrsatilgan yoʻnaltmalar orqali murojaat qiling.

Orginal matn olingan manzil:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeD3kVKllHRO0bgssdjx3ViE8Qy6_z7sL4mH1iDXEqfQ3UHWQ/viewform

@birgap
👍7
Quyidagi hikoyani oʻqiganim zahoti koʻzimga yosh kelgandi. Muallifning oʻzidan soʻrab, kanalimda ulashishga qaror qildim. Voqea Hayit arafasida boʻlib oʻtgan, umuman Hayitga aloqador boʻlsa-da baribir ulashgim keldi.

https://shokiryuldash.medium.com/jannat-poyidagi-duo-a95a6988f381

@birgap
😢14👍61🤯1
Shunday qilib bugun insoniyat Alloh bergan aql nuri bilan koinotga koʻz tashladi. NASA tomonidan 30 yil davomida yasalgan Jeyms Veb kosmik teleskopi koinotning ilk tiniq suratlarini ulashdi. Aytishlaricha, u bunday rasmlarni ulashishda davom etadi.

Ushbu teleskop ulashgan suratlarning ahamiyati shundaki, u bizni koinot tarixiga yetaklaydi. Yaʼni biz koinotning uzoq nuqtalari bir necha milliard yil oldin qanday boʻlganini koʻra olamiz. Koinot tarixini koʻrish degani uning rivojlanib borishini ham koʻrish demakdir. Bu qanday boʻlishini qisqacha tushuntirishga harakat qilaman (mendan oʻqib tushunmaganlar, fiziklardan bir soʻrab olasizlar-da):

Biz yorugʻlik sabab koʻramiz, yaʼni koʻzlarimiz yorugʻlikni qabul qiladi va bizga narsalar koʻrinadi. Oʻsha yorugʻlikning tarqalish tezligi mavjud, soniyasiga 300 000 km. Masalan, siz Yerdan turib Quyoshga qarasangiz uning 8 daqiqa oldingi holatini koʻrasiz. Yaʼni mabodo Quyosh oʻchib qolsa, biz buni 8 daqiqadan keyin bilamiz. Chunki Quyosh bizdan 150 mln. km uzoqda.

Jeyms Veb kosmik teleskopi shunchalik olisni suratga oldiki, biz koinotning 13 mlrd. yil oldingi holatini koʻra oldik. Bu bizga koinot, olamning rivojlanib borishi haqida juda koʻp maʼlumotlarni beradi. Endi astronomiya fani ham oʻzgarsa kerak.

@birgap
👍6🔥2
Alloh bizga yana bir ilmni ochdi. Bundan faqatgina sevinish kerak.

SubahanAlloh!

Goʻzallikni ta’riflashga tilim ojiz!

Suratlarni @Sinchalak_blog kanalidan oldim.

@birgap
👍43
​​AQSHning Texas shtatida “Charter schools” mudirligi bor. Charter maktablari ham davlat maktabi boʻlib, oddiy maktablardan oʻquvchi soni kamligi, STEAMga asoslangani va istagan hududdan kelib oʻqish imkoniyati borligi bilan farq qiladi (AQSHda ham maktabga “propiska”ga qarab olishadi).

“Charter schools” mudirligi direktor oʻrinbosari oʻzbek olim ayoli, pedagogika fanlari doktori, Abdulla Oripovning qizlari Mavluda Oripova ekan. Yaqinda shu opa bilan dildan suhbatlashgan edik. Baholash borasida qilmoqchi boʻlgan oʻzgarishlarimiz haqidagi fikrlari, AQSHdagi holat haqida koʻp narsalarni soʻrab, bilib oldim.

Shu suhbatda koʻtarilgan, oʻsha kundan beri xayolimdan ketmayotgan bir holatni aytib bergim keldi.

Texas shtatida ham darsga xalal beradigan, oʻqituvchini hurmat qilmaydigan, gapga kirmaydigan oʻquvchilar juda koʻp ekan. Baʼzi maktablarda politsiya ham yurarkan. Yaʼni umuman tinchlanmagan oʻquvchini maktab hovlisida yurgan politsiya zobitiga topshirib qutulisharkan. Texas oʻqituvchilariga ham oʻquvchini urish, kaltaklash taqiqlangan ekan. Yaʼni oʻquvchi butkul tarbiyasiz boʻlsa ham uni oʻqitishga majbur ekanlar, chunki davlat maktabi.

Shunday boʻlsa ham oʻqituvchining qoʻlida ajoyib richag bor ekan. Yaʼni oʻquvchining tarbiyasiga qoʻyiladigan minus baholar. Masalan, oʻquvchi gap qaytarsa -5 ball ishlab oladi. Shunday ballar maʼlum davrda -40 ga yetganda oʻquvchining ota-onasiga rasmiy xat borarkan. Bu holat takrorlanaversa, oʻquvchining papkasi tayyorlanib tarbiyasizlar oʻqiydigan maxsus maktabga joʻnatilarkan.

Oʻzimizdagi holat haqida oʻylay ketdim. Bizda ham toʻpolonchilar koʻp, qoni buzilgan oʻquvchilar talaygina. Bizda ham oʻquvchini urish mumkin emas. Oʻqituvchining qoʻlidan kaltakni olib qoʻydik, lekin oʻrniga birorta ham richag bermadik. Yaʼni oʻqituvchida oʻquvchiga qarshi qoʻllay oladigan qurolning oʻzi qolmadi hisob. Bori ham oʻqituvchining ziyoniga ishlaydi, bir tashvishini oʻn qiladigan xilidan.

Texasdagi shu amaliyotni yaxshilab oʻrganib, sinov tariqasida qoʻllab koʻrish kerak ekan. Bu oʻzaro tiyib turish tamoyilini eslatib yuboradi. Ota-ona rasmiy xatni olgach bolasining tarbiyasi ustida ishlashi kerak, ishlamasa, marhamat, qattiq rejimdagi sifatsiz taʼlim uning farzandini kutib turadi. Davlat oʻz resurslarini foydasiz oʻquvchiga ishlatib oʻtirmaydi.

@birgap
👍28🔥31
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Kecha kanalimiz obunachilari Qobiljon Shermatovning ijodiga qiziqib qolganlarini aytishgan edi. Quyida uning samimiy she’rlaridan birini o‘qiysiz

BESHIKDAGILAR
Soʻskachamni olib qoʻyib
Yuragimni dogʻlashsa ham
Oyogʻimga qoʻshib hatto
Qoʻllarimni bogʻlashsa ham
Uxlayveraman, uxlayveraman!

Ayam menga aytsa alla,
Uyqim kelar oʻsha palla,
Uxlamay men qaysarkalla,
Yigʻlayveraman, yigʻlayveraman!

Goh betimni yuvishmaydi,
Tuvagimni suyishmaydi,
Burnim oqsa, kuyishmaydi,
Oʻylayveraman, oʻylayveraman!

Qornim ochib qolsa agar,
Yigʻlayman xoh kech xoh sahar,
Shu hiylamni men har safar
Qoʻllayveraman, qoʻllayverman!

Maqtashadi ishtaxamni,
Boʻshataman sut jomchamni,
Shu ketishda ishtonchamni
Hoʻllayveraman, hoʻllayveraman!
😁36👍9👎21🤔1🤯1
Tarbiya haqida keys

- Oyiii, saqich chaynagim kevotti.
- Saqich chaynasa nima boʻlishini bilasanmi?
- Yoʻq.
- Saqich chaynaganlarni ichidan ilon chiqib, tilini yarmini tishlab, uzib oladi. Keyin ular gapirolmaydigan boʻlib qoladi.

....

Doʻkonda turib ona-bolaning suhbatini eshityapman-u, dahshatga tushyapman. Non olish uchun chiqqan ayol saqich chaynagisi kelgan oʻgʻliga shunaqa gaplarni gapirib yotibdi. Dahshat, shunchaki, dahshat.

Nega biz doim bolakaylarni qoʻrqitish usuli bilan qaytargimiz keladi? Nega rostini aytmaymiz? Masalan, shu ayol, "bolam, saqichga pul olib chiqmabman, uyga kirganda beraman, oʻzing chiqib olib chaynaysan" yoki "bolam, hozir saqichga pulim yoʻq, boshqa safar olib beraman, xoʻpmi" yana ham boʻlmasa "oʻgʻlim, sening tishlaringda kasal bor, saqich chaynash mumkin emas, tishlaring tuzalsin, istagancha chaynaysan" kabi tushuntirishlar bersa osmon uzilib yerga tushadimi?

Odamlarimiz shifokorga bormasligining sabablaridan biri ham bolaligimizda doim "doʻxtir" bilan qoʻrqitganimiz emasmikin?

Bolaga rostini aytish, unga batafsil tushuntirish kerak deyman doim. Ha, u bola, tushunishga qiynaladi, lekin tushuna oladi. Yuqoridagiga oʻxshab uni qoʻrqitish yoʻlidan yursak, ertaga aslida bunaqa boʻlishi mumkin emasligini oʻz tafakkuri bilan anglagan bola onasini yolgʻonchilikda ayblab qoʻymaydimi (ich-ichidan boʻlsa ham)?

Bilmadim, meni hali oila qurmaganman, lekin farzandlarimga mana shunaqa gaplar gapirilishiga yoʻl qoʻymayman.

Sizlar nima deb oʻylaysizlar bu masalada?

@birgap
👍28
Darslik yozish jarayonida oʻzim uchun noma’lum boʻlgan koʻplab ensiklopedik bilimlarni egallab oldim deb bemalol ayta olaman. Masalan, 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligini yozayotganimizda pomidor va bodringni aralashtirib yeyish ular tarkibidagi foydali moddalarni oʻldirishi haqidagi ma’lumotga koʻzim tushdi. Fakt toʻgʻri ekan. Ikkalasini ketma-ket yoki bir vaqtda iste’mol qilish mumkin, , lekin aralashtirib yuborish zarar emas-u foydani yoʻqqa chiqarar ekan. Buni darslikka ham kiritib ketganmiz.

7-sinflar uchun “Ona tili” darsligini yozishda esa oʻz sohamga oid bilmagan narsalarimni ham oʻrgandim desam, xato boʻlmaydi. Masalan, mana shu rasmdagi ma’lumotni bilmas edim. 4 yil filologiya sohasida oʻqiganman deyishdan biroz uyala boshladim shundan keyin. Bu ma’lumot 7-sinf darsligiga kiritildi. Oʻquvchilar ayni chin ma’nodagi joʻra, oʻrtoq, doʻst orttiradigan paytda bu soʻzlarning ma’nosini ham bilib olgani yaxshi deb oʻyladik.

@birgap
👍18🔥3
- Bu yoz ham Londonga borib dam olishni istayapman.

- Oʻtgan yili Londonga borganmisiz?

- Yoʻq, oʻtgan yili ham istaganman.

P.S.: bir marta ham bormaganman, lekin Londonni sogʻinaman.

@birgap
😁2