Shokir Tursun qarashlari
5.84K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Bular Fitz va Simmons. Ularni ilm uchrashtirgan. Ikkisi ham olim. 7 fasldan va salkam 150 qismdan iborat serialda nimalarni boshidan oʻtkazmadi bu juftlik (serialni ancha oldin koʻrganman, hozir shu ikkisini eslab qoldim negadir).

1-faslda bir odam ularni ajratmoqchi boʻldi. Suvga otdi. Fitz oʻzidan kechib kislorod balonini Simmonsga tutqazi. Simmons ham uni tashlab ketmadi.

3-faslda koinot ularni ajratmoqchi boʻldi. Fitzning injiqligi sabab u ham taslim boʻldi.
4-faslda esa, oʻrtaga shayton tushdi, shaytoniy ilm tushdi. Bu safar Simmonsning injiqligi sabab shayton ham tan berishga majbur boʻldi.

Fantastik serialdagi fantastik muhabbat. Butun serial davomida barcha qahramonlar Yerni qutqarish uchun kurashadi, ikkisi esa bir-birini. Aynan ularning oʻzaro mehri dunyoni qutqarishda asos. Sevishni shulardan oʻrganish kerak.

Fitz va Simmonsning muhabbati haqida videorolikni koʻrish uchun yoʻnaltma:
https://www.youtube.com/watch?v=LZwyFPNB3CE

P.S.: serial nomi "Agents of shield".

@birgap
👍5
Mualliflik huquqlari buzilayotgan ikki holatni bartaraf etdim

RTM boshlangʻich sinf "Ona tili va oʻqish savodxonligi fani uchun qilingan ishlarni (ommalashtirish uchun yuborilgan) koʻrib chiqib, xulosa yozib berishni soʻrab turadi. Oʻtgan hafta shunday ishlardan toʻrttasini qoʻlimga tutqazishdi. Bir hafta davomida ishlar bilan sinchiklab tanishib chiqdim. Ishlardagi imloviy, ishoraviy va texnik muammolar boshqa masala. Bugun ular haqida gapirmoqchi emasman, ularni bir oʻtirishda, diqqatni oshirib bartaraf etish mumkin. Bugun qonimizga singib ketgan koʻchirmachilik haqida gapirmoqchiman.

Kelgan 4 ishning ikkitasini imloviy, ishoraviy va texnik xatolarini bartaraf etgandan soʻnggina ommalashtirishga tavsiya qilish mumkin degan xulosa berdim. Qolgan ikkitasini esa qat’iy rad etdim. Nega qat’iy deysizmi?

Birinchi ish toʻgarak mashq daftari boʻlib ichidagi 80% topshiriqlar oʻzimiz yozgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi hamda “Mashq daftari” (ona tili oʻqish savodxonligi)dan aynan koʻchirib oʻtkazilgan. Koʻchirilgan ushbu ishni har qanday bosqichda ommalashtirish mumkin emas deb yozdim xulosaga, koʻchirmachilarning ishi respublikagacha yetib kelgani meni yanada qiynadi. Qanday qilib tuman koʻchirilgan narsani ommalashtirishga tavsiya qilyapti, taqrizchilarning koʻzi qayerda edi?

Ikkinchi ish ssenariylar toʻplami boʻlib, ichida bir dunyo she’r bor. Birorta she’rning muallifi, manbasi koʻrsatilmagan. Bu qanaqasi endi dedim-da uni ham tavsiya etish xulosasiga rad javobini tirkab qoʻydim. Toʻgʻri, orqasida bir nechta kitobdan foydalanilgani yozib qoʻyilgan, lekin bu mualliflik huquqini ta’minlab qoʻymaydi. Har bir she’r ostiga muallifi yozilishi shart. Agar she’rlar muallifning oʻziniki boʻlsa buni ham toʻplamning kirish qismida eslatib ketishi kerak edi, lekin bunday qilmagan. Kimnidir yozgan narsalarini shunchaki bir joyga yigʻib ustama olish uchun yuborish qanchalik insofdan?!

Darsliklarda ham boshqa mualliflar yozganini toʻplab qoʻyasizlar-ku degan fikr xayolingizda yaraqlagan boʻlishi mumkin. Oʻsha fikrga javob: darslikda muallifning matnini olamiz, tagiga kimniki ekanini yozamiz va oʻsha matn (she’r, ertak, hikoya) asosida mashq va topshiriqlar ishlab chiqamiz. Shuning uchun uchun oʻshanaqa darsliklarga ham haq toʻlanishi adolatdan. Ya’ni ular birovlarning ijod mahsulini shunchaki toʻplab qoʻyish emas.

Shu oʻrinda respublika miqyosidagi Ona tili va oʻqish savodxonligi yuzasidan ommalashtiriladigan ishlarning 50-60 foizini shaxsan oʻzim koʻrishimni va men koʻchirmakashlikka qarshi urush e’lon qilganimni, koʻchirilgan ishlarni hech qachon ijobiy tavsiya bilan bermasligimni bilib olishlaringni istardim. Bundan tashqari koʻz yugurtirib, qoʻl uchida koʻrib beradi deb oʻylasangiz ham qattiq adashasiz. Hushyor boʻlinglar deb yozay dedim (koʻchirmakashlarning ishi respublikagacha yetib kelgani ham tutaqtirdi odamni).

P.S.: rad etilgan ikki ishga oʻsha viloyat XTB boshlangʻich ta'lim boʻlim boshligʻining ismi hammuallif sifatida tirkalgan ekan.

@birgap
🔥7🤔6👍3👏2😢2
Oʻzi bepul boʻlishi kerak boʻlgan, pulli boʻlishi mantiqqa zid boʻlgan narsani avval pulli qilib, keyin uni bepul (qisman) qilish xalqni oʻylash deb atalmaydi. Bunaqa "islohotlar"dan quvonish kerak emas. Xalq turmushini real oʻzgartira oladigan qarorlar kerak bizga.

@birgap
👍28🔥4👏4🤯3
Bir yil oldin oʻzim yozgan BMI ishini oʻqib chiqyapman. Meni faqatgina bir savol qiynayapti:

Shuni rostdan ham men yozganmanmi😳🙈

@birgap
😁16🤔2👍1
DIQQAT!

Shartnoma asosida malakali pedagog va mutaxassislar ishga taklif etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalq taʼlimi tizimida xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchi va o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan “STesting-2” loyihasida PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida shunga mos topshiriqlar tuzish va video mahsulotlarni yaratish bo‘yicha yuqori malakali taʼlim xodimlari va mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

👉TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

loyiha koordinatori;
PISA bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
PIRLS bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
TIMSS bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
Ekspert;
Metodist;
Muharrir (o‘zbek tili bo‘yicha);
Muharrir (rus tili bo‘yicha);
Muharrir (qoraqalpoq tili bo‘yicha);
Muharrir (ingliz tili bo‘yicha);
Tarjimon (rus tili);
Tarjimon (qoraqalpoq tili);
Tarjimon (ingliz tili);
Dizayner;
operator, montajchi;
elektron portalni takomillashtirish bo‘yicha IT mutaxassislar (IT bo‘yicha koordinator, texnik topshiriq yozuvchi, bask-end razrabotchik, front-end razrabotchik, devops, UI/UX dizayner, tizimni testlovchi)

❗️NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
Xorijiy tilda (ingliz tili) erkin muloqot qilish.

❗️NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

🔹VAZIFALAR:

xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida shunga mos topshiriqlar tuzish;
Elektron dasturiy vositani takomillashtirish;
Video mahsulotlar yaratish.

📌 Ishlash istagidagilar maʼlumotnoma (telefon raqami ko‘rsatilgan holda), Rezyume (СV), pasport nusxasini 2022 YIL 7 iyul sanasiga QADAR avloniy.loyiha@mail.ru (yoki quyidagi telegram orqali @avloniyloyiha) manziliga yuborishlari so‘raladi.

Rezyume namunasi 👇👇

https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/99

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy.

❗️Institutning rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
👍7🔥1
Byudjetdan moliyalashtiriladigan Prezident maktablari iqtisodiy xavf, lekin...

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tarkibidagi Prezident va maxsus maktablar haqida eshitmagan, bilmagan odam boʻlmasa kerak. Ularning meʼmorchilik yechimlari-yu, oʻqituvchilar tarkibi, oʻquv dasturlari haqida ham bilasiz. Sizni shuncha pul sarflab bitta maktab qurgandan 5 ta oʻrtacha maktab qursa yaxshimasmi? Nega maktablarni tabaqalashtirishyapti? degan savollar ham qiynagan boʻlsa kerak. Toʻgʻri, men ham bu maktablarga sarflanadigan xarajatni risk (kuzatilishi mumkin boʻlgan xavf) deb bilaman.

Bu xulosaga kelishimning sababi Prezident maktabini tamomlagan oʻquvchilarning 90 foizi chet elga ketib boʻlganidir. Yaʼni ularning Oʻzbekistonga qaytishi, Oʻzbekiston uchun ishlashlari dargumon. Shuni aniq ayta olamanki, Prezident maktabida oʻqiydigan oʻquvchilarning barchasi eng sara, oʻrganish potensiali yuqori oʻquvchilardir. Yaʼni biz eng zoʻr bolalarimizni yigʻib, zoʻr sharoitlarda oʻqitib, chet elda ham tan olinadigan sertifikatni berib chet elga kuzatib qoʻyyapmiz.

Toʻxtang, bunday “ahmoqona” qarorlari sabab siyosatdonlarning shaʼniga “xayrlar” yogʻdirmay turing.

Bu riskning “lekin”ini aytmadim hali, berdisini aytguncha boshni yormay turinglar.

Bu harakatlar bugun, ertaga, 5 yildan keyin foyda bermasligi mumkin, lekin kelajak 20 yilda chet elda oʻqigan, ishlagan minglab intellektlarimiz paydo boʻladi. Ular baribir Oʻzbekistonga foyda keltirishadi, Oʻzbekistonning manfaatlarini oʻylashadi. Tasavvur qiling, AQSh kongressida Oʻzbekistonlik shaxslar paydo boʻla boshlasa, yoki Britaniya bosh vaziri Oʻzbekistonlik boʻlsa. Gʻarbda buning imkoni bor.

Oʻylashimcha, hukumat chet ellarda (ayniqsa rivojlangan davlatlarda) intellekti yuqori oʻzbek diasporasini shakllantirishni koʻzlagan. Men shunday tushundim. Xulosa oʻzingizga havola.

@birgap
👍7👏3🤩1
Oʻzbekiston oliy taʼlimining “diskriminatsiya indeksi”

Diskriminatsiya indeksi bu testning bilimi yuqori va bilimi past boʻlganlarni ajrata olish xususiyatidir. Bu indeks -1 dan 1 gacha boʻlgan oraliqda oʻlchanadi. Agar testning diskriminatsiya indeksi 0.300 dan 1.0 oraligʻida boʻlsa demak u test bilimli va bilimsizni toʻgʻri ajratayotgan boʻladi.

Mana shu tushunchani Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi hamda u chiqaradigan qarorlarga tatbiq qilsak (aslida bunday qilinmaydi, lekin shunaqa qilib koʻrsak) aminmanki, natija -0.900 chiqadi. Oliy taʼlim tizimi qabuldan boshlab botqoqqa botib boʻlgan. Taʼlim jarayonini-ku aytmasa ham boʻladi. Tizimdagi fanlarning 80 foizi mavzu haqida gapirish bilan oʻtadi. Masalan, Ilmiy tadqiqot asoslari fanida ilmiy tadqiqot haqida gaplashiladi. Ilmiy tadqiqotlarning matni, kamchiliklari, mustaqil tadqiqot oʻtkazish bu fanning 10 foizini tashkil qilsa kerak. Boshqa koʻplab fanlarda ham shunday.

Eng asosiy bosqich – semestrlar yakunidagi imtihonlar esa yaxshi va yomon talabani umuman ajratib bera olmaydi.

Bir kinoda koʻrgandim, odamning qonini soʻrib olib, filtrlab yana qaytarib oʻziga quyishadi. Oʻzbekiston universitetlarini ham shunday qilish kerak, menimcha. Oʻzbekistondagi barcha universitetlarni bir yilga yopib mazmunan qayta koʻrib chiqib, keyin yana ochish kerak. Boshqa yechim aqlimga kelmayapti.

P.S.: yuqorida aytilgan fan shunchaki misol tariqasida aytildi, shu fan egalari koʻngliga olmasin.

@birgap
👍10🔥2
Ushbu xabar orqali sizga muhim bir narsani bildirmoqchiman:

2022-yilning 6 oyi oʻtib ketib boʻldi. Yillik rejangizga bir qarab qoʻying.

@birgap
😢7🥰5👍3
ToshDOʻTAUda magistratura yopildimi?

Universitetimiz Kengashi ajoyib qaror chiqaribdi. Endi universitetimizda magistratura boʻlimi mavjud emas. Yaʼni magistrlar toʻgʻridan toʻgʻri kafedraga boʻysunadi va ularning oʻquv va ilmiy faoliyatlari uchun kafedra mudiri masʼul boʻladi.

Bu xabarni tarqatishda bir jihatni alohida taʼkidlash kerak:
boʻlim tugatildi degani magistratura mutaxassisliklari tugatildi degani emas. Avval bir magistr ikki tomonga hisob berar, ikkala frontni ham “rozi” qilishi kerak boʻlardi. Bundan buyon faqat kafedraning oʻzi bilan ish bitadi.

Menimcha, bu toʻgʻri qaror. Ortiqcha byurokratiya va yugur-yugurlarni oldini oladi. Magistrlik bu akademik daraja ekanini ham unutmaslik lozim.

Meni yana bir masala qiynayapti, boʻlim hujjatlarni qabul qilish, dars va imtihon jadvallarini ishlab chiqish, diplom yozib berish kabi “yugur-yugur” ishlarni bajarib turar edi. Agar bular ham kafedra boʻyniga oʻtgan boʻlsa, unda har bir kafedrada magistrlar uchun masʼul odam tayinlanishi kerak boʻladi. Oʻylashimcha, bu odamni kafedrada emas, dekanatda joylashtirishadi, lekin kafedraning oʻzida boʻlsa yaxshi.

Xullas, Yarkulov domlaning xabarini oʻqib, endi bizning taqdirimiz nima boʻladi deyotganlar, xavotir olmang. Hammasi yaxshi.

@birgap
👍11😁1
Yaxshi kitob. Inglizchasiga koʻz yugurtirganman. Taʼlimga aloqador barcha (ayniqsa taʼlim boshqaruvidagilar) oʻqib chiqishi kerak boʻlgan asarlardan biri. Ichi toʻla statistika, tahlil, xulosa. Taʼlimi rivojlangan davlatlarning taʼlimi qanday asoslarga qurilgani haqida ham soʻz boradi.

Oʻzbekchasini tarjimonning oʻzidan oldim. Koʻz yugurtirib anglaganlarimni oʻzbekchada toʻliq oʻqib chiqmoqchiman.

Asarning muallifi PISA xalqaro baholash dasturining asoschisi hisoblanadi.

Tarjimonning aytishicha, kitob sotuvda yoʻq. Xalq taʼlimi vazirligiga 4000 nusxa yuborilgan. XTV kim oʻqishi kerak boʻlsa oʻshalarga yuborsa kerak.

@birgap
👍9🔥1
📣📣DIQQAT,E'LON!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

▶️ Matematika (6-sinf)
▶️ Matematika (7-sinf)
▶️ Kimyo (7-sinf)
▶️Kimyo (8-sinf)

Qanday hujjatlar talab etiladi?

ishtirok etish uchun ariza;
qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha);
darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);
bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

❗️Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli kitob@piima.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil saytimizda o'qing.
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Klip gʻoyasi zoʻr ekan. Sizga ham ilindim.

@birgap
👍8👎1🤔1
Unut beni, unuttuğum gibi seni
Unut ki beni, yanındakini aldatma
Giden kaybedendir, gittim, kaybettim
Bir şehir yakınıma bile yaklaşma...

P.S.: juda yaxshi qoʻshiq, Bengu oʻzi doim yaxshi qoʻshiqlar aytgan, menimcha.

P.S.2: qoʻshiqda ajoyib oʻxshatish bor:

"Aytchi, jarlikka sakragan odam ortga qayta oladimi?
Qirq yeridan singan qanot bilan uchish mumkinmi?"


Sevgimiz ham shunday deyayotganday goʻyo.

Yuqoridagi toʻrtlikning ma'noviy tarjimasini izohlarga yozib qoʻyaman.

https://youtu.be/5QCP9vK0BF8

@birgap
👍72😢2
Magistratura uchun chet tilini bilish sertifikatlari soʻralishi haqidagi qarorga munosabat ekan.

Sizlarning fikringiz qanday? Ham qaror, ham ushbu munosabat haqida nima deya olasiz?

P.S.: ushbu munosabat meniki emas

@birgap
👍18🔥1
Shu oy oxirida uch kun Qashqadaryoning Shahrisabzida oʻquv-seminar boʻladi. 3-, 6-, 7-, 10-sinflardagi oʻzgarishlar haqida suhbatlashamiz.

Keladiganlarni qiziq mavzular kutib turibdi. Shaxsan oʻzim hozirdan tayyorlanishni boshladim. Men Ona tilidagi oʻzgarishlar hamda baholash borasidagi oʻquvlarda mashgʻulot olib boraman, Xudo xohlasa.

Keladiganlar xursand va rozi boʻlib ketishlariga harakat qilamiz.

Darsliklarning nashrga tayyorlangan nusxasi bilan ham tanishtiramiz, InshaAlloh!

@birgap
👍14
Assalomu alaykum!

“Beeline” jamoasi bir qator yangi taʼlim tashabbuslari uchun jamoaga quyidagi odamlarni izlamoqda (kerakli yoʻnalish roʻparasidagi havolaga bosib, arizani toʻldiring):

1. Koordinatorbit.ly/3a2cKEi
2. Loyiha boshqaruvchisibit.ly/3I5x7xd
3. Stajyorbit.ly/3R20GDA

Bu foydali tajribaga ega boʻlish, yangi sohalarda bilim olish va eng muhimi — yirik taʼlim loyihasining bir qismiga aylanish uchun zoʻr imkoniyat.

Yuqoridagi e'lonni tarqatgan jamoa bilan Khan akademiyasi loyihasi doirasida oozgina ishlaganmiz. ta'lim uchun qoʻshayotgan hissalarini hurmat qilaman. Siz ham ta'lim yoʻnalishida amalga oshirilishi reja qilinayotgan 4 - 5 loyihada ishlamoqchi boʻlsangiz koʻrsatilgan yoʻnaltmalar orqali murojaat qiling.

Orginal matn olingan manzil:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeD3kVKllHRO0bgssdjx3ViE8Qy6_z7sL4mH1iDXEqfQ3UHWQ/viewform

@birgap
👍7
Quyidagi hikoyani oʻqiganim zahoti koʻzimga yosh kelgandi. Muallifning oʻzidan soʻrab, kanalimda ulashishga qaror qildim. Voqea Hayit arafasida boʻlib oʻtgan, umuman Hayitga aloqador boʻlsa-da baribir ulashgim keldi.

https://shokiryuldash.medium.com/jannat-poyidagi-duo-a95a6988f381

@birgap
😢14👍61🤯1
Shunday qilib bugun insoniyat Alloh bergan aql nuri bilan koinotga koʻz tashladi. NASA tomonidan 30 yil davomida yasalgan Jeyms Veb kosmik teleskopi koinotning ilk tiniq suratlarini ulashdi. Aytishlaricha, u bunday rasmlarni ulashishda davom etadi.

Ushbu teleskop ulashgan suratlarning ahamiyati shundaki, u bizni koinot tarixiga yetaklaydi. Yaʼni biz koinotning uzoq nuqtalari bir necha milliard yil oldin qanday boʻlganini koʻra olamiz. Koinot tarixini koʻrish degani uning rivojlanib borishini ham koʻrish demakdir. Bu qanday boʻlishini qisqacha tushuntirishga harakat qilaman (mendan oʻqib tushunmaganlar, fiziklardan bir soʻrab olasizlar-da):

Biz yorugʻlik sabab koʻramiz, yaʼni koʻzlarimiz yorugʻlikni qabul qiladi va bizga narsalar koʻrinadi. Oʻsha yorugʻlikning tarqalish tezligi mavjud, soniyasiga 300 000 km. Masalan, siz Yerdan turib Quyoshga qarasangiz uning 8 daqiqa oldingi holatini koʻrasiz. Yaʼni mabodo Quyosh oʻchib qolsa, biz buni 8 daqiqadan keyin bilamiz. Chunki Quyosh bizdan 150 mln. km uzoqda.

Jeyms Veb kosmik teleskopi shunchalik olisni suratga oldiki, biz koinotning 13 mlrd. yil oldingi holatini koʻra oldik. Bu bizga koinot, olamning rivojlanib borishi haqida juda koʻp maʼlumotlarni beradi. Endi astronomiya fani ham oʻzgarsa kerak.

@birgap
👍6🔥2
Alloh bizga yana bir ilmni ochdi. Bundan faqatgina sevinish kerak.

SubahanAlloh!

Goʻzallikni ta’riflashga tilim ojiz!

Suratlarni @Sinchalak_blog kanalidan oldim.

@birgap
👍43