Shokir Tursun qarashlari
5.82K subscribers
855 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Uzoq yillik turgʻunlikni oʻzgartirayotganingda juda ham diqqatli boʻlishing lozim. Sen yoʻl qoʻygan birgina juz'iy xato ham oʻsha turgʻunlikni yana uzoq yillar saqlanib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.

©️ Hoshimjon Ayoziy

@birgap
👍7
Bugun maktab direktorlariga murojaat qilmoqchiman.

Hurmatli maktab direktorlari! Iltimos, oʻz imkoniyatlaringizdan kelib chiqib ona tili va adabiyot fanlari uchun alohida xona ajratib bering. Bilaman, koʻp maktablarda buning imkoni bor, koʻplarida esa imkonsiz, lekin qalovini topsang qor ham yonadi deyishgan-ku! Hech yoʻq 6-7-sinflar kirishi uchun alohida xona ajratib bering.

Nega bunday deyapman?

1. Endi ona tili darslarida guruh boʻlib ishlash topshiriqlari anchagina koʻpaygan. Bu xonadagi partalar joylashuvini oʻzgatirishni talab etadi. Alohida xona boʻlmasa, guruh boʻlib ishlash oʻqituvchiga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Bunda darsdan koʻzlangan maqsadga erishilmay qolish ehtimoli ortib ketadi.

2. Endi 6-7-sinf ona tili darslarida audiomatnlardan keng foydalaniladi. Oʻqituvchi oʻzi uchun ovoz kuchaytirgich sotib olishi kerak (maktab fondidan olib bersangiz nur a'lo nur). Ovoz kuchaytirgichni hali u xonaga, hali bu xonaga koʻtatib yurish qiyin. Har xona almashganda elektr toki bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaqt sarflamasin shoʻrlik oʻqituvchi.

3. Endi ona tili va adabiyot oʻqituvchilari avvalgidan koʻra koʻproq daftar tekshirishga kirishadilar. Oʻquvchilar endi darslikdagi mashq va bir nechta gaplar yozilgan daftarni emas, toʻlaqonli matnlar, esselar yozilgan daftarni qoldirib ketadi. Bu, oʻz navbatida, oʻqituvchidan koʻproq vaqt sarflashni, tinchlikda ishlashni talab etadi. Alohida xona boʻlsa oʻqituvchiga ancha qulay boʻlar edi.

Bu buyruq emas, iltimos! (Sizga buyruq bera oladigan "kreslo"da emasman ham) Bolalarning barcha fanlarning onasi boʻlgan ona tili va adabiyotni yaxshi oʻzlashtirishlarini istab qilingan iltimos.

@birgap
👍23🔥2
Layoqatning 4 bosiqichi

1. Ongsiz layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglamaslik bosiqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmaydi yoki tushunmaydi. Bilmagani va tushunmagani yetmagandek, buni tan ham olmaydi. Undaylar yangilikning foydali ekanini rad etadilar. Bu bosqichda turgan odam oʻzining harakatlarini toʻgʻri deb hisoblaydi va shu harakatlariga zid kelgan hamma narsani xato bilaveradi. Layoqat bosqichlari orasida bu eng xavflisi boʻlib, undan tezroq chiqib ketish lozim. Aks holda odam zamondoshlaridan ancha ortda qoladi, qaysi vaziyatda qanday ish tutish toʻgʻri boʻlishini hech qachon oʻrgana olmaydi. Bundan chiqishning yagona yoʻli bor – oʻzining layoqatsizligini tan olish va yangiliklarga ochiqroq munosabatda boʻlish.

2. Ongli layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmasa, tushunmasa ham oʻzining layoqatsizligini tan oladi. Yangiliklarning qiymatini anglaydi. Bu bosqichdagi shaxs juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin, lekin doim oʻzining xatosini tan ola biladi. Aynan mana shu tan olish uni oʻrganishga, izlanishga chorlab turadi. Bu bosqichdagi odam oʻrganishni sevib qoladi. Bu esa doim yaxshi.

3. Ongli layoqatlilik
Nimani bilishini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni tushunadi va biladi. Bunda barcha harakatlar ongli amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi shaxs eng yaxshi kasbiy mahoratga ega xodim sifatida qabul qilinadi, chunki u nimani, qachon, qanday amalga oshirishni biladi.

4. Ongsiz layoqatlilik
Nimani bilishini anglamaslik bosqichi. Shaxs biror narsani toʻgʻri bajaradi, lekin uni ichki intuitsiya boshqaradi. Ya’ni nega bu harakat toʻgʻri ekanini anglamaydi. Bu xuddi insonning tabiati sifatida qabul qilinadi. Bu bosqichda koʻp turib qolish insonni yana 1-bosqichga qaytarib qoʻyishi mumkin. Ya’ni odam toʻgʻri bajarayotgan ishlarini uzoq vaqt anglamasa nimani bilmasligini ham anglamay qoladi.

Endi oʻzingizni taftish qilib koʻring-chi, siz qaysi bosqichdasiz?

@birgap
👍61
Google menga bir maqola tavsiya qilib qoldi. Unda qaroqchi ilmiy jurnallar (albatta, Yevropa va AQSHdagi, MDH davlatlarida ham bunday jurnal va konferensiyalar talaygina) roʻyxati keltirilgan ekan.

Kerak boʻlib qolar deb ulashib qoʻyyapman:

https://www.immunofrontiers.com/list-of-predatory-journals-and-trusted-resources-2022

P.S.: aniq aytishim mumkinki, bu roʻyxat toʻliq emas, bu roʻyxat juda ham kichkina.

P.S.: ha aytgancha, bu tibbiyot sohasiga oid jurnallar roʻyxati. Shu maqola bir nechta saytlarga havolalar bor. Ular orqali boshqa sohalarni ham koʻrish mumkin.

@birgap
👍3🔥1
Bugun hayotim davomida eng sovuq oʻtgan himoyada qatnashdim

Bugun Oʻzbek filologiyasi fakultetida bakalavr bosqichi bitiruvchilarining BMI himoyasi boshlandi. Birinchi kun boʻlganigami, juda sovuq oʻtdi.

Ishlarning mazmunini tahlil qilmoqchi emasman, shunchaki, muhit men bilgan himoyalarnikiga oʻxshamadi.

Meni eng hayron qoldirgani bitiruvchilarni qoʻllash, dalda berish uchun na doʻstlari, na yaqin qarindoshlari kelgan. Baʼzilarning ilmiy rahbari ham koʻrinmadi, menimcha. BMI himoya qilgan odam sifatida aytaman, kimningdir qoʻllab turishi, daldasi juda muhim. Nutq soʻzlayotganda, savollarga javob berayotganda odamga ishonch beradi, hayajonni yengishida koʻmaklashadi. Hech boʻlmaganda, qadrdon nigohga qarab gapirish imkonini beradi.

Bilishimcha, himoyalar hali davom etadi. Muhitni oʻzgartrishga harakat qilinsa zoʻr boʻlardi.

Himoyachi bechoraga koʻproq vaqt (12 daqiqa) berilsa yanada yaxshi. Oʻzi tomonidan qilingan ishlar salmogʻini yaxshiroq ochib bera olardi.

Bu postni tanqid oʻrnida, fakultet kengashini qoralash oʻrnida qabul qilmang. Men himoyachilarning ruhiyati, ishning yoyilishi, nihoyati, ilmiy muhitning ham yoqimli boʻlishi haqida qaygʻuryapman.

Himoyachilarga maslahat, baholar eʼlon qilingach soʻz olib ilmiy rahbaringiz, 4 yil oʻqitgan ustozlaringizga alohida rahmat aytib qoʻying. Ayni mana shunaqa vaziyatlar esda qoladi. Bahoni olgach indamay soʻppayib chiqib ketish kamida odobdan emas.

P.S.: Mohiya Uzoqovaga esa hurmatim yana bir karra oshdi. Ishning natijasi shunchalik muhimki, buni bitiruvchining oʻzi ham toʻliq anglamayotgan boʻlsa kerak. Manzura Abujalovani yaxshi shogird bilan qutlayman. Muhayyo Hakimova va Uzoq Joʻraqulov aytgandek, ishda imloviy xatoning yoʻqligi bugun yutuq boʻlib qoldi. Mohiyada shunaqa edi. Bu borada ham boʻlajak olimdan oʻrnak olishingiz mumkin.

@birgap
👍116👏5🔥3🤔1
"Hamma savolni yozayotganda men rasm tushib olay yoxud menga ruchka yetmay qoldi" degan rasm

P.S.: Zakovatda bir ball yetmay qolsa yomon alam qiladi-da

@birgap
😁12👍10🔥1🤣1
​​Zulfiya Rashidova haqida

Zulfiya opa bilan, adashmasam, 2018-yilning dekabrida CICT tashkiloti loyihasi doirasida tanishganmiz. Mana oxirgi 12 oy Avloniy ilmiy-tekshirish instituti qoshidagi loyihada birga ishladik. Bundan tashqari, Ijod maktablari uchun yozilayotgan 7-sinf “Ona tili” darsligining mualliflari jamoasida ham birgamiz. Bugun Zulfiya opa haqida soʻzlamoqchiman.

Zulfiya (Rashidova) opa deyarli 21 yillik ish tajribasiga ega ona tili adabiyot fani oʻqituvchisi. Nafis san’at litseyini tugatgani boismi, yoki tugʻma iqtidormi, soʻzga mahkam, asarlarni yaxshi tahlil qiladi va bolalarga juda yaxshi yetkazib bera oladi.

Ish tajribalari haqida gapirishni boshlaganda qulogʻimni ding qilib tinglayman, turli keyslarda qanday harakat qilganlarini oʻrganaman. Qaysidir ma’noda oʻgʻirlayman. Pedagogik masalalarda nazariy bilimlari qanday bilmayman-u, ularni tugʻma oʻqituvchi deb bilaman. Tarbiyasi ogʻir bolalar bilan qanday ishlaganlari, ularni ta’limga qanday qaytarganlari haqida koʻp gapiradi, qaniydi shu opa qolgan oʻqituvchilarga mana shunaqa mavzuda seminar oʻtib bersa deb oʻylayman doim.

Zulfiya opaga nisbatan simpatiyamni oshiradigan jihat – bolalarni oʻzbeklikka qaytarishga intilishlari. Mana Prezident maktablari ochilibdiki, Toshkent shahridagi maktabda ishlayaptilar. Ota-onasi oʻzbek boʻlaturib oʻzligini yoʻqotgan, oʻzbek desa past “sort” odamni tasavvur qiladigan bolalarni qayta “oʻzbeklashtir”yapti. Buni oʻquvchilari uchun tanlagan asarlari, koʻrish majburiy boʻlgan kinolar, dars oʻtish usullaridan bilish mumkin. Agar siz ham Toshkentda boʻlsangiz va bolangiz chulchit (Zulfiya opa ta’biri) boʻlsa, qoʻrqmay Prezident maktabiga olib boring, Zulfiya opa oʻzbek tilini suv qilib ichadigan, oʻzbekligidan faxrlanadigan qilib qaytarib berishiga ishonchim komil.

Oʻylaymanki, bu fidoyi ustoz bilan aloqalarimiz uzoq davom etadi. Birgalikda koʻp ishlarni amalga oshira olishimizga ishonaman. Balkim, kanalda shu ustoz bilan ovozli chat qilamiz, nasib qilgan kuni.

P.S.: hozir butun Oʻzbekiston boʻylab, Prezident ta’lim muassasalari tarkibiga oʻtgan IDUMlar uchun oʻqituvchilarni saralash suhbatida yuribdilar, Ona tili va adabiyoti oʻqituvchilarini saralayaptilar. Duo qilib qoʻying, Alloh safarlarini bexatar, ishlarini foydali qilsin.

P.S2.: Zulfiya opada yana bir men yoqtirgan jihat bor – darsliksiz dars oʻtishni hadisini olganlar.
👍25🔥1🙏1
Miyam boshim ichida arazlagan bolakayday oʻtirib olgan. "Ikki kundan beri tinim bermading, mikroprotsessor ham bunaqa rejimda ishlamaydi" deyapti.

Qand berib aldab boʻlsa ham turgʻazishim kerak shu miyajonni.

@birgap
😁14👍6🤯2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xullas, mana shunaqa odam boʻlmanglar.

Oʻquvchilaringizga ham uqtiring.

@birgap
🤮13👎4😁3👍2💩1
USAID tomonidan moliyalashtiriladigan RTI tashkiloti (Ona tili va oʻqish savodxonligi fanidan muqobil darsliklar yaratgan tashkilot) xodim qidirayotgan ekan. Mana bunaqa eʼlon berishibdi:

📣DIQQAT E'LON📣

O’zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi tomonidan "Ona tili va o‘qish savodxonligi bo’yicha mutaxassis" vakant lavozimiga ochiq e'lon berildi.

Jamoamizga qo‘shiling!🤗

Quyidagi link orqali batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin:👇🏼

https://uzjobs.uz/e/vakansy_view-27993.html

P.S.: bu yerda biz ishlatayotgan, biz tomonimizdan yozilgan darslik haqida gap ketmayapti.

Koʻrsatilgan yoʻnaltma orqali oʻtib, batafsil maʼlumot olsangiz boʻladi. Men faqat xodim qidirishayotganini bilaman, xolos.

@birgap
👍5🔥1
Bular Fitz va Simmons. Ularni ilm uchrashtirgan. Ikkisi ham olim. 7 fasldan va salkam 150 qismdan iborat serialda nimalarni boshidan oʻtkazmadi bu juftlik (serialni ancha oldin koʻrganman, hozir shu ikkisini eslab qoldim negadir).

1-faslda bir odam ularni ajratmoqchi boʻldi. Suvga otdi. Fitz oʻzidan kechib kislorod balonini Simmonsga tutqazi. Simmons ham uni tashlab ketmadi.

3-faslda koinot ularni ajratmoqchi boʻldi. Fitzning injiqligi sabab u ham taslim boʻldi.
4-faslda esa, oʻrtaga shayton tushdi, shaytoniy ilm tushdi. Bu safar Simmonsning injiqligi sabab shayton ham tan berishga majbur boʻldi.

Fantastik serialdagi fantastik muhabbat. Butun serial davomida barcha qahramonlar Yerni qutqarish uchun kurashadi, ikkisi esa bir-birini. Aynan ularning oʻzaro mehri dunyoni qutqarishda asos. Sevishni shulardan oʻrganish kerak.

Fitz va Simmonsning muhabbati haqida videorolikni koʻrish uchun yoʻnaltma:
https://www.youtube.com/watch?v=LZwyFPNB3CE

P.S.: serial nomi "Agents of shield".

@birgap
👍5
Mualliflik huquqlari buzilayotgan ikki holatni bartaraf etdim

RTM boshlangʻich sinf "Ona tili va oʻqish savodxonligi fani uchun qilingan ishlarni (ommalashtirish uchun yuborilgan) koʻrib chiqib, xulosa yozib berishni soʻrab turadi. Oʻtgan hafta shunday ishlardan toʻrttasini qoʻlimga tutqazishdi. Bir hafta davomida ishlar bilan sinchiklab tanishib chiqdim. Ishlardagi imloviy, ishoraviy va texnik muammolar boshqa masala. Bugun ular haqida gapirmoqchi emasman, ularni bir oʻtirishda, diqqatni oshirib bartaraf etish mumkin. Bugun qonimizga singib ketgan koʻchirmachilik haqida gapirmoqchiman.

Kelgan 4 ishning ikkitasini imloviy, ishoraviy va texnik xatolarini bartaraf etgandan soʻnggina ommalashtirishga tavsiya qilish mumkin degan xulosa berdim. Qolgan ikkitasini esa qat’iy rad etdim. Nega qat’iy deysizmi?

Birinchi ish toʻgarak mashq daftari boʻlib ichidagi 80% topshiriqlar oʻzimiz yozgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi hamda “Mashq daftari” (ona tili oʻqish savodxonligi)dan aynan koʻchirib oʻtkazilgan. Koʻchirilgan ushbu ishni har qanday bosqichda ommalashtirish mumkin emas deb yozdim xulosaga, koʻchirmachilarning ishi respublikagacha yetib kelgani meni yanada qiynadi. Qanday qilib tuman koʻchirilgan narsani ommalashtirishga tavsiya qilyapti, taqrizchilarning koʻzi qayerda edi?

Ikkinchi ish ssenariylar toʻplami boʻlib, ichida bir dunyo she’r bor. Birorta she’rning muallifi, manbasi koʻrsatilmagan. Bu qanaqasi endi dedim-da uni ham tavsiya etish xulosasiga rad javobini tirkab qoʻydim. Toʻgʻri, orqasida bir nechta kitobdan foydalanilgani yozib qoʻyilgan, lekin bu mualliflik huquqini ta’minlab qoʻymaydi. Har bir she’r ostiga muallifi yozilishi shart. Agar she’rlar muallifning oʻziniki boʻlsa buni ham toʻplamning kirish qismida eslatib ketishi kerak edi, lekin bunday qilmagan. Kimnidir yozgan narsalarini shunchaki bir joyga yigʻib ustama olish uchun yuborish qanchalik insofdan?!

Darsliklarda ham boshqa mualliflar yozganini toʻplab qoʻyasizlar-ku degan fikr xayolingizda yaraqlagan boʻlishi mumkin. Oʻsha fikrga javob: darslikda muallifning matnini olamiz, tagiga kimniki ekanini yozamiz va oʻsha matn (she’r, ertak, hikoya) asosida mashq va topshiriqlar ishlab chiqamiz. Shuning uchun uchun oʻshanaqa darsliklarga ham haq toʻlanishi adolatdan. Ya’ni ular birovlarning ijod mahsulini shunchaki toʻplab qoʻyish emas.

Shu oʻrinda respublika miqyosidagi Ona tili va oʻqish savodxonligi yuzasidan ommalashtiriladigan ishlarning 50-60 foizini shaxsan oʻzim koʻrishimni va men koʻchirmakashlikka qarshi urush e’lon qilganimni, koʻchirilgan ishlarni hech qachon ijobiy tavsiya bilan bermasligimni bilib olishlaringni istardim. Bundan tashqari koʻz yugurtirib, qoʻl uchida koʻrib beradi deb oʻylasangiz ham qattiq adashasiz. Hushyor boʻlinglar deb yozay dedim (koʻchirmakashlarning ishi respublikagacha yetib kelgani ham tutaqtirdi odamni).

P.S.: rad etilgan ikki ishga oʻsha viloyat XTB boshlangʻich ta'lim boʻlim boshligʻining ismi hammuallif sifatida tirkalgan ekan.

@birgap
🔥7🤔6👍3👏2😢2
Oʻzi bepul boʻlishi kerak boʻlgan, pulli boʻlishi mantiqqa zid boʻlgan narsani avval pulli qilib, keyin uni bepul (qisman) qilish xalqni oʻylash deb atalmaydi. Bunaqa "islohotlar"dan quvonish kerak emas. Xalq turmushini real oʻzgartira oladigan qarorlar kerak bizga.

@birgap
👍28🔥4👏4🤯3
Bir yil oldin oʻzim yozgan BMI ishini oʻqib chiqyapman. Meni faqatgina bir savol qiynayapti:

Shuni rostdan ham men yozganmanmi😳🙈

@birgap
😁16🤔2👍1
DIQQAT!

Shartnoma asosida malakali pedagog va mutaxassislar ishga taklif etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalq taʼlimi tizimida xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchi va o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan “STesting-2” loyihasida PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida shunga mos topshiriqlar tuzish va video mahsulotlarni yaratish bo‘yicha yuqori malakali taʼlim xodimlari va mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

👉TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

loyiha koordinatori;
PISA bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
PIRLS bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
TIMSS bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
Ekspert;
Metodist;
Muharrir (o‘zbek tili bo‘yicha);
Muharrir (rus tili bo‘yicha);
Muharrir (qoraqalpoq tili bo‘yicha);
Muharrir (ingliz tili bo‘yicha);
Tarjimon (rus tili);
Tarjimon (qoraqalpoq tili);
Tarjimon (ingliz tili);
Dizayner;
operator, montajchi;
elektron portalni takomillashtirish bo‘yicha IT mutaxassislar (IT bo‘yicha koordinator, texnik topshiriq yozuvchi, bask-end razrabotchik, front-end razrabotchik, devops, UI/UX dizayner, tizimni testlovchi)

❗️NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
Xorijiy tilda (ingliz tili) erkin muloqot qilish.

❗️NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

🔹VAZIFALAR:

xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida shunga mos topshiriqlar tuzish;
Elektron dasturiy vositani takomillashtirish;
Video mahsulotlar yaratish.

📌 Ishlash istagidagilar maʼlumotnoma (telefon raqami ko‘rsatilgan holda), Rezyume (СV), pasport nusxasini 2022 YIL 7 iyul sanasiga QADAR avloniy.loyiha@mail.ru (yoki quyidagi telegram orqali @avloniyloyiha) manziliga yuborishlari so‘raladi.

Rezyume namunasi 👇👇

https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/99

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy.

❗️Institutning rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
👍7🔥1
Byudjetdan moliyalashtiriladigan Prezident maktablari iqtisodiy xavf, lekin...

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tarkibidagi Prezident va maxsus maktablar haqida eshitmagan, bilmagan odam boʻlmasa kerak. Ularning meʼmorchilik yechimlari-yu, oʻqituvchilar tarkibi, oʻquv dasturlari haqida ham bilasiz. Sizni shuncha pul sarflab bitta maktab qurgandan 5 ta oʻrtacha maktab qursa yaxshimasmi? Nega maktablarni tabaqalashtirishyapti? degan savollar ham qiynagan boʻlsa kerak. Toʻgʻri, men ham bu maktablarga sarflanadigan xarajatni risk (kuzatilishi mumkin boʻlgan xavf) deb bilaman.

Bu xulosaga kelishimning sababi Prezident maktabini tamomlagan oʻquvchilarning 90 foizi chet elga ketib boʻlganidir. Yaʼni ularning Oʻzbekistonga qaytishi, Oʻzbekiston uchun ishlashlari dargumon. Shuni aniq ayta olamanki, Prezident maktabida oʻqiydigan oʻquvchilarning barchasi eng sara, oʻrganish potensiali yuqori oʻquvchilardir. Yaʼni biz eng zoʻr bolalarimizni yigʻib, zoʻr sharoitlarda oʻqitib, chet elda ham tan olinadigan sertifikatni berib chet elga kuzatib qoʻyyapmiz.

Toʻxtang, bunday “ahmoqona” qarorlari sabab siyosatdonlarning shaʼniga “xayrlar” yogʻdirmay turing.

Bu riskning “lekin”ini aytmadim hali, berdisini aytguncha boshni yormay turinglar.

Bu harakatlar bugun, ertaga, 5 yildan keyin foyda bermasligi mumkin, lekin kelajak 20 yilda chet elda oʻqigan, ishlagan minglab intellektlarimiz paydo boʻladi. Ular baribir Oʻzbekistonga foyda keltirishadi, Oʻzbekistonning manfaatlarini oʻylashadi. Tasavvur qiling, AQSh kongressida Oʻzbekistonlik shaxslar paydo boʻla boshlasa, yoki Britaniya bosh vaziri Oʻzbekistonlik boʻlsa. Gʻarbda buning imkoni bor.

Oʻylashimcha, hukumat chet ellarda (ayniqsa rivojlangan davlatlarda) intellekti yuqori oʻzbek diasporasini shakllantirishni koʻzlagan. Men shunday tushundim. Xulosa oʻzingizga havola.

@birgap
👍7👏3🤩1
Oʻzbekiston oliy taʼlimining “diskriminatsiya indeksi”

Diskriminatsiya indeksi bu testning bilimi yuqori va bilimi past boʻlganlarni ajrata olish xususiyatidir. Bu indeks -1 dan 1 gacha boʻlgan oraliqda oʻlchanadi. Agar testning diskriminatsiya indeksi 0.300 dan 1.0 oraligʻida boʻlsa demak u test bilimli va bilimsizni toʻgʻri ajratayotgan boʻladi.

Mana shu tushunchani Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi hamda u chiqaradigan qarorlarga tatbiq qilsak (aslida bunday qilinmaydi, lekin shunaqa qilib koʻrsak) aminmanki, natija -0.900 chiqadi. Oliy taʼlim tizimi qabuldan boshlab botqoqqa botib boʻlgan. Taʼlim jarayonini-ku aytmasa ham boʻladi. Tizimdagi fanlarning 80 foizi mavzu haqida gapirish bilan oʻtadi. Masalan, Ilmiy tadqiqot asoslari fanida ilmiy tadqiqot haqida gaplashiladi. Ilmiy tadqiqotlarning matni, kamchiliklari, mustaqil tadqiqot oʻtkazish bu fanning 10 foizini tashkil qilsa kerak. Boshqa koʻplab fanlarda ham shunday.

Eng asosiy bosqich – semestrlar yakunidagi imtihonlar esa yaxshi va yomon talabani umuman ajratib bera olmaydi.

Bir kinoda koʻrgandim, odamning qonini soʻrib olib, filtrlab yana qaytarib oʻziga quyishadi. Oʻzbekiston universitetlarini ham shunday qilish kerak, menimcha. Oʻzbekistondagi barcha universitetlarni bir yilga yopib mazmunan qayta koʻrib chiqib, keyin yana ochish kerak. Boshqa yechim aqlimga kelmayapti.

P.S.: yuqorida aytilgan fan shunchaki misol tariqasida aytildi, shu fan egalari koʻngliga olmasin.

@birgap
👍10🔥2
Ushbu xabar orqali sizga muhim bir narsani bildirmoqchiman:

2022-yilning 6 oyi oʻtib ketib boʻldi. Yillik rejangizga bir qarab qoʻying.

@birgap
😢7🥰5👍3
ToshDOʻTAUda magistratura yopildimi?

Universitetimiz Kengashi ajoyib qaror chiqaribdi. Endi universitetimizda magistratura boʻlimi mavjud emas. Yaʼni magistrlar toʻgʻridan toʻgʻri kafedraga boʻysunadi va ularning oʻquv va ilmiy faoliyatlari uchun kafedra mudiri masʼul boʻladi.

Bu xabarni tarqatishda bir jihatni alohida taʼkidlash kerak:
boʻlim tugatildi degani magistratura mutaxassisliklari tugatildi degani emas. Avval bir magistr ikki tomonga hisob berar, ikkala frontni ham “rozi” qilishi kerak boʻlardi. Bundan buyon faqat kafedraning oʻzi bilan ish bitadi.

Menimcha, bu toʻgʻri qaror. Ortiqcha byurokratiya va yugur-yugurlarni oldini oladi. Magistrlik bu akademik daraja ekanini ham unutmaslik lozim.

Meni yana bir masala qiynayapti, boʻlim hujjatlarni qabul qilish, dars va imtihon jadvallarini ishlab chiqish, diplom yozib berish kabi “yugur-yugur” ishlarni bajarib turar edi. Agar bular ham kafedra boʻyniga oʻtgan boʻlsa, unda har bir kafedrada magistrlar uchun masʼul odam tayinlanishi kerak boʻladi. Oʻylashimcha, bu odamni kafedrada emas, dekanatda joylashtirishadi, lekin kafedraning oʻzida boʻlsa yaxshi.

Xullas, Yarkulov domlaning xabarini oʻqib, endi bizning taqdirimiz nima boʻladi deyotganlar, xavotir olmang. Hammasi yaxshi.

@birgap
👍11😁1
Yaxshi kitob. Inglizchasiga koʻz yugurtirganman. Taʼlimga aloqador barcha (ayniqsa taʼlim boshqaruvidagilar) oʻqib chiqishi kerak boʻlgan asarlardan biri. Ichi toʻla statistika, tahlil, xulosa. Taʼlimi rivojlangan davlatlarning taʼlimi qanday asoslarga qurilgani haqida ham soʻz boradi.

Oʻzbekchasini tarjimonning oʻzidan oldim. Koʻz yugurtirib anglaganlarimni oʻzbekchada toʻliq oʻqib chiqmoqchiman.

Asarning muallifi PISA xalqaro baholash dasturining asoschisi hisoblanadi.

Tarjimonning aytishicha, kitob sotuvda yoʻq. Xalq taʼlimi vazirligiga 4000 nusxa yuborilgan. XTV kim oʻqishi kerak boʻlsa oʻshalarga yuborsa kerak.

@birgap
👍9🔥1
📣📣DIQQAT,E'LON!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

▶️ Matematika (6-sinf)
▶️ Matematika (7-sinf)
▶️ Kimyo (7-sinf)
▶️Kimyo (8-sinf)

Qanday hujjatlar talab etiladi?

ishtirok etish uchun ariza;
qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha);
darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);
bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

❗️Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli kitob@piima.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil saytimizda o'qing.
👍5