Imtihonlardagi islohotlar haqida bitta gap...
Biz oʻrganuvchiga qoʻyayotgan bahomiz adolatli, ishonchli va xolis deb oʻylaymiz. Bu taʼlimning hamma bosqichida shunday.
Shu bir yil ichida bahoning taʼsir kuchini belgilaydigan ikkita qaror chiqdi. Birinchisi, oʻquvchilarning maktabda olgan bahosi OTMga kirishda hisobga olinadi. Ikkinchisi, magistraturaga qabulda diplom bahosi muhim rol oʻynaydi, imtihon boʻlmaydi.
Shu ikki qaror qoʻyilayotgan bahoning qiymatini keskin oshiradi. Bu islohotlarni toʻgʻri va kerakli hisoblayman. Masalaning meni qiynaydigan tomoni boshqa.
Maktabda ham, OTMda ham qoʻyadigan bahomizni adolatli, xolis va ishonchli deya olmayman. Biz baholashning juda koʻp qoidalarini buzamiz. Obyektivlikni taʼminlay olmaymiz. Ayni mana shu omillar bahodan chiqadigan xulosani toʻgʻri boʻlmasligini taʼminlaydi. Biz toʻgʻri boʻlmagan baho bilan maktabni bitiramiz, shu baho bilan OTMga kiramiz. OTMda ham toʻgʻri boʻlmagan baholarni olamiz va shu baho bilan Magistraturaga kiramiz. Notoʻgʻri baholash zanjiri biror bosqichda uzilmaydi.
Baholashning toʻgʻri emasligi deganda 2 jihatni nazarda tutaman: shakliy nomaqbullik va mazmuniy nomuvofiqlik. Endi bu ikki jihatni kengroq tushuntirishga harakat qilaman.
Shakliy nomaqbullik. Bunda biz baholash uchun ishlatadigan usullar nazarda tutiladi. Masalan, maktabda ona tilidan diktant olib chorak chiqaradiganlar bor. Diktant ona tili darslarida shakllanishi kerak boʻlgan koʻnikmalardan faqat imlo va punktuatsiyani tekshirishi mumkin. Qolgan koʻplab koʻnikmalar esa baholanmay qolaveradi, mana shu choraklik baho yillik bahoga taʼsir qilishini hisobga olsak, bahoning adolatsiz ekanini bilib olish qiyin emas. OTMlarda yakuniy nazoratlarni muqobil javobli test usulida olish “moda”ga aylangan. Oʻta shaxsiy qarashlarim bilan aytamanki, bu usul OTM uchun yarashmaydi. Muqobil javobli testlar bilan OTM beradigan, berishi kerak boʻlgan koʻnikma va malakalarni baholash juda qiyin yoki amalda imkonsiz. Biz esa shu usulda qoʻyilgan bahoni magistratura qabulida hisobga olamiz (shu paytgacha ham hisobga olinar edi).
Mazmuniy nomuvofiqlik. Bunda imtihon shakli emas, uning mazmuni bosh rolni ijro etadi. Yaʼni baholash jarayonida qoʻllanadigan savollar mazmuni egallanishi va baholanishi zarur boʻlgan koʻnikmalarni tekshirishga yaroqsiz ekani nazarda tutiladi. Masalan, OTMda yakuniy nazorat savollari asosan xotirani sinash, atamani qanchalik eslab qolinganligini tekshirish, kim qaysi yilda nima kitob chiqarganini bilishni baholashga qaratilgan boʻladi (rad etib koʻring-chi, hammasini aytmadim, asosiy qismi shunday). Masalan, sizga A fan oʻtildi, u fan orqali siz B va C koʻnikmalarni egallashingiz kerak. Yakuniy nazoratda esa A fanning atamalari nimani anglatishi soʻraladi. Bu nazariy bilimni eslab qolishni baholash hisoblanadi. Aslida esa sizga B va C koʻnikmani qoʻllashingiz kerak boʻladigan amaliy topshiriqlar berilishi kerak. Sizning yutuq va kamchiliklaringiz asosida fanning asosiy maqsadiga qanchalik erishganingiz baholanishi lozim.
Xulosa qilib aytaman, oʻquvchilarning maktabda olgan bahosi OTMga kirishda hisobga olishi hamda magistraturaga qabulda bakalavrdagi diplom bahosi muhim rol oʻynashi juda ham kerakli, toʻgʻri islohotlardan biri. Endi bahoning oʻzini adolatli, xolis, ishonchli qilib olish qolgan, xolos.
@birgap

👍10
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligidagi topshiriqlarning oʻquvchilar yoshiga mos emasligi haqidagi tanqidga audio formatda munosabat bildiriladi
“Maʼrifat” gazetasi 22- sonida Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Madinaxon Nizomovaning “Topshiriqlar oʻquvchining imkoniyatiga mos emas” mavzusidagi maqolasi orqali 1-sinfi uchun “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligidagi topshiriqlarning oʻquvchilar yoshiga mos emasligi tanqid ostiga olingan.
Quyida har bir bildirilgan tanqidlarga darslik mualliflar jamoasi tomonidan bildirilgan fikrlarni to'liq yetkazish maqsadida mualliflardan biri Shokir Tursunning javobini audio shaklida taqdim etamiz.
Izoh: Rasmda tanqidiy maqola va 1-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligining O'qituvchi kitobidan audio javobda aytgan sahifalar keltirildi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

😁1
👍2
Bir yildan beri aytib charchadim.
Bugun Respublika taʼlim markazining rasmiy kanalida yuqoridagi post berildi. Tushlik qilib oʻtirganimda qiziqib izohlar bilan tanishib chiqdim. Tushlik yeb boʻlgach koʻrsam boʻlarkan, ishtaham boʻgʻildi. Odamlar haliyam Ona tili va Oʻqish fanlarini alohida oʻqitish kerak deb oʻylaydi, asosi esa yoʻq. Shunchaki, uzoq yillar shunday boʻlib kelgan, hamma shunga oʻrgangan. Bir narsani tushuninglar bu asos emas. Bu ilmiy xulosa emas.
Mana bir yildan beri Ona tili va Oʻqish fanlari nima uchun qoʻshib yuborilganini tushuntirishga, asoslashga harakat qilamiz. Haligacha bizni eshitmayotganlar, eshitsa ham oʻz dogmalaridan qayta olmayotganlar talaygina ekanligi odamni qiynaydi.
Qaranglar, Ona tili 2 kompetensiyani shakllantirishi kerak:
1. Nutqiy kompetensiya
2. Lingvistik kompetensiya
Nutqiy kompetensiya yana 4 koʻnikmaga ajraladi:
1. Oʻqib tushunish
2. Tinglab tushunish
3. Gapirish (ogʻzaki nutq)
4. Yozish (yozma nutq)
Oʻqish fani oʻquvchida oʻqib tushunish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan. Endi sizlarga savol: Oʻqish fani Ona tili shakllantirishi kerak boʻlgan bir kompetensiyaning tarkibida turuvchi bittagina koʻnikma bilan ishlar ekan u alohida fan boʻlishi qanchalik mantiqli? Ona tili Oʻqish fani boʻlsa ham, boʻlmasa ham oʻqib tushunish koʻnikmalarini shakllantirish bilan shugʻullanadi (masalan, yuqori sinflarda shunday boʻlmoqda, yaʼni Adabiyot fani alohida, lekin oʻqib tushunish koʻnikmalarini Ona tili oʻz boʻyiniga olgan). Xoʻsh, bir maqsadga xizmat qiladigan ikki fanni bizga nima keragi bor. Bundan tashqari, endi Tarbiya degan fan ham Oʻqish fani maqsadlarini qisman oʻz zimmasiga olgan.
Adabiyot va Ona tilining alohida boʻlishi mantiqqa zid emas. Chunki ikkalasining maqsadi boshqa-boshqa, lekin Ona tili va Oʻqishning maqsadlarida farqlilik yoʻq. Shuning uchun ham endi Ona tili, Oʻqish degan fanlar butkul bekor qilingan va Ona tili va oʻqish savodxonligi degan fan kiritilgan. Tushunyapsizlarmi! ENDI ONA TILI hamda OʻQISH degan FANLAR YOʻQ!
Nega qoʻshilganini tushunmagan boʻlsangiz va hamon bu ikki fan alohida boʻlishi kerak deb oʻylasangiz shu xabarni boshidan oʻqing. Har bir xatboshidagi fikrlarni tezis shaklida yozib chiqing. Qani muallif bu gapi bilan nima demoqchi? degan savol bering oʻzingizga.

👍15🔥4👎2
Menga va mualliflar jamoasiga oʻqituvchilar darsidan, bolalar yozgan matnlardan, sahna koʻrinishlaridan yuborib turishadi. Bolalarning quvnab dars qilayotganidan lavhalar yuborishadi. Bunday materiallar talaygina. Ba'zi oʻqituvchilar avval bitkazgan oʻquvchilar va yangi darslik asosida ta'lim olayotgan bolalarning umumiy koʻnikmalari haqida fikrlar yozishadi.
Men andisha qilib oʻsha materiallarni kanalga joylamayman. Maqtanyapti, buyurtma qilgan deb oʻylashmasin deyman.
Jamoamiz bilan darslikning umumiy ta'siri haqidagi har qanday fikrni tahlil qilamiz, kelajak uchun rejalar ishlab chiqamiz.
Ba'zan "Shokir, kel, shu materiallarni hammasini kanalingga joylab qoʻy, boshqalar ham koʻrsin" deyman-u yana fikrimdan qaytaman. Yuqorida sanagan sabablarim meni qaytaradi. Bugun shu ishni xato qilgan ekanman deb oʻylab qoldim. Balkim kelajakda ana shunday ijobiy fikrlarning hammasini kanalimda berib borarman. Bu haqda jiddiy oʻylashim kerak shekilli.
Kanalda, odatda, tanqidiy fikrlarga munosabat bildiraman. Balkim, endi iliq fikrlarni ham ommaga e'lon qilib turarman. Nima dedingiz?

👍16
Bu rasm ancha oldin qoʻlimga tushgan edi. Bu nechanchi sinf ekani, qayerda ekani, qaysi darslik asosidagi topshiriq ekanini aniq bilmayman. Kelinglar, bir tahlil qilamiz. Men savol qoʻyaman, taxminlarni izohlarda yozishingiz mumkin.
Savol: oʻquvchi nega shunaqa gaplar tuzgan? Bunga nima sabab boʻlgan?

👍9🤣2
Shokir Tursun qarashlari
Bu rasm ancha oldin qoʻlimga tushgan edi. Bu nechanchi sinf ekani, qayerda ekani, qaysi darslik asosidagi topshiriq ekanini aniq bilmayman. Kelinglar, bir tahlil qilamiz. Men savol qoʻyaman, taxminlarni izohlarda yozishingiz mumkin. Savol: oʻquvchi nega shunaqa…
Biz bakalavriatda Ona tilini oʻqitishning psixolingvistik asosi nomli fan oʻqiganmiz. Psixolingvistika insonning miyasida til qanday jarayonlarni bosib oʻtadi degan masalani oʻrganadi. Ya'ni til qayerda saqlanadi, odam tilni qanday oʻrganadi kabi savollarga javob beradigan soha. Bu fanni bizga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Iroda Azimova (Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari mualliflaridan biri) oʻtgan. Shu ustozimning yuqoridagi rasm boʻyicha xulosasi quyidagicha:
Bola hayvonlarni yaxshi ko‘radi, onasiga olaylik deb aytgan, onasi har doim bola tilga olgan sababni roʻkach qilib buni rad etgan.
Men ham shu fikrni qoʻllab-quvvatlayman. Bu eng toʻgʻri tashxis.
Bu gaplar yomon gaplar emas, bolaning bolalarcha fikrlashi mahsuli, xolos. Men shunchaki, bolaning yozganidan xulosa chiqarishga namuna koʻrsatmoqchi boʻlgandim, xolos.

👍13👎1
Uzoq yillik turgʻunlikni oʻzgartirayotganingda juda ham diqqatli boʻlishing lozim. Sen yoʻl qoʻygan birgina juz'iy xato ham oʻsha turgʻunlikni yana uzoq yillar saqlanib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.
©️ Hoshimjon Ayoziy
@birgap
©️ Hoshimjon Ayoziy
@birgap
👍7
Bugun maktab direktorlariga murojaat qilmoqchiman.
Hurmatli maktab direktorlari! Iltimos, oʻz imkoniyatlaringizdan kelib chiqib ona tili va adabiyot fanlari uchun alohida xona ajratib bering. Bilaman, koʻp maktablarda buning imkoni bor, koʻplarida esa imkonsiz, lekin qalovini topsang qor ham yonadi deyishgan-ku! Hech yoʻq 6-7-sinflar kirishi uchun alohida xona ajratib bering.
Nega bunday deyapman?
1. Endi ona tili darslarida guruh boʻlib ishlash topshiriqlari anchagina koʻpaygan. Bu xonadagi partalar joylashuvini oʻzgatirishni talab etadi. Alohida xona boʻlmasa, guruh boʻlib ishlash oʻqituvchiga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Bunda darsdan koʻzlangan maqsadga erishilmay qolish ehtimoli ortib ketadi.
2. Endi 6-7-sinf ona tili darslarida audiomatnlardan keng foydalaniladi. Oʻqituvchi oʻzi uchun ovoz kuchaytirgich sotib olishi kerak (maktab fondidan olib bersangiz nur a'lo nur). Ovoz kuchaytirgichni hali u xonaga, hali bu xonaga koʻtatib yurish qiyin. Har xona almashganda elektr toki bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaqt sarflamasin shoʻrlik oʻqituvchi.
3. Endi ona tili va adabiyot oʻqituvchilari avvalgidan koʻra koʻproq daftar tekshirishga kirishadilar. Oʻquvchilar endi darslikdagi mashq va bir nechta gaplar yozilgan daftarni emas, toʻlaqonli matnlar, esselar yozilgan daftarni qoldirib ketadi. Bu, oʻz navbatida, oʻqituvchidan koʻproq vaqt sarflashni, tinchlikda ishlashni talab etadi. Alohida xona boʻlsa oʻqituvchiga ancha qulay boʻlar edi.
Bu buyruq emas, iltimos! (Sizga buyruq bera oladigan "kreslo"da emasman ham) Bolalarning barcha fanlarning onasi boʻlgan ona tili va adabiyotni yaxshi oʻzlashtirishlarini istab qilingan iltimos.

👍23🔥2
Layoqatning 4 bosiqichi
1. Ongsiz layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglamaslik bosiqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmaydi yoki tushunmaydi. Bilmagani va tushunmagani yetmagandek, buni tan ham olmaydi. Undaylar yangilikning foydali ekanini rad etadilar. Bu bosqichda turgan odam oʻzining harakatlarini toʻgʻri deb hisoblaydi va shu harakatlariga zid kelgan hamma narsani xato bilaveradi. Layoqat bosqichlari orasida bu eng xavflisi boʻlib, undan tezroq chiqib ketish lozim. Aks holda odam zamondoshlaridan ancha ortda qoladi, qaysi vaziyatda qanday ish tutish toʻgʻri boʻlishini hech qachon oʻrgana olmaydi. Bundan chiqishning yagona yoʻli bor – oʻzining layoqatsizligini tan olish va yangiliklarga ochiqroq munosabatda boʻlish.
2. Ongli layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmasa, tushunmasa ham oʻzining layoqatsizligini tan oladi. Yangiliklarning qiymatini anglaydi. Bu bosqichdagi shaxs juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin, lekin doim oʻzining xatosini tan ola biladi. Aynan mana shu tan olish uni oʻrganishga, izlanishga chorlab turadi. Bu bosqichdagi odam oʻrganishni sevib qoladi. Bu esa doim yaxshi.
3. Ongli layoqatlilik
Nimani bilishini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni tushunadi va biladi. Bunda barcha harakatlar ongli amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi shaxs eng yaxshi kasbiy mahoratga ega xodim sifatida qabul qilinadi, chunki u nimani, qachon, qanday amalga oshirishni biladi.
4. Ongsiz layoqatlilik
Nimani bilishini anglamaslik bosqichi. Shaxs biror narsani toʻgʻri bajaradi, lekin uni ichki intuitsiya boshqaradi. Ya’ni nega bu harakat toʻgʻri ekanini anglamaydi. Bu xuddi insonning tabiati sifatida qabul qilinadi. Bu bosqichda koʻp turib qolish insonni yana 1-bosqichga qaytarib qoʻyishi mumkin. Ya’ni odam toʻgʻri bajarayotgan ishlarini uzoq vaqt anglamasa nimani bilmasligini ham anglamay qoladi.
Endi oʻzingizni taftish qilib koʻring-chi, siz qaysi bosqichdasiz?

👍6❤1