Shokir Tursun qarashlari
5.85K subscribers
855 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Siz-chi, navbatda turishni bilasizmi?

“Ona tili va oʻqish savodxonligi”
fanining bosh maqsadlaridan biri oʻquvchilarni hayotiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashdir. Masalan, “Navbatda turishni bilasizmi?” mavzusida navbatda turish madaniyati, bu vaziyatda ishlatiladigan til birliklari – murojaat shakllari yuzasidan taʼlim beriladi. Ha, bu borada jamiyatimizda muammolar borligini hech kim inkor etmasa kerak...

P.S.
Oʻqituvchilarga bu mavzu shunchalik yoqqanidan, ular darsni amaliy tarzda oʻtishayotgan ekan.
Qibray tumani, 3-maktab oʻqituvchisi Zebo Roʻzmetovadan.
🔥12👍4
Mana 1-, 2-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi bilan ancha muncha ishlab qoʻydingiz. Hozir sizlarga bir savol bermoqchiman, bu savol darslik metodikasi haqida emas.

Darsliklarning dizayni (illyutratsiya, rasm, grafik tasvirlari) haqida nima deya olasiz? Qanday yutuq va kamchiliklarni koʻrdingiz? Oʻquvchilarda ularga nisbatan qanday munosabatlar boʻldi?

Javob beruvchilarga oldindan rahmat!

P.S.: bu yerda yozilgan izohlarni dizaynerlar jamoasiga yetkazishga vaʼda beraman.

@birgap
👍7👎1
Mana 2 kundirki deyarli olamdan uzilib darslik yozish bilan bandman. Miyaga biroz dam berish maqsadida TV qoʻydim. Men turgan joydagi TV “Oʻzbekiston” kanalida turgan ekan. “Munosabat” koʻrsatuvi boʻlyapti. RTM xodimlari ham chiqishgan ekan. Darsliklarning yangilanayotgani, mazmunga oʻzgartirish kiritilayotgani haqida gapirgan bir kishiga minbarda turganlardan biri “Nimaga unda oʻquvchi OTMga kirishi uchun yana repititorga boryapti?”, — deya savol beryapti. Qayerdan ham qoʻydim shu TVni asabim buzilgani qoldi.

Birinchidan, taʼlim mazmuni oʻzgartirilganda, bu bir oy yoki bir yilda koʻrinmaydi. Kamida 8 yil kerak boʻladi. Qanday qilib bu yil oʻzgartirilgan mazmunning natijasini bugun soʻrash mumkin?

Ikkinchidan, repititorga boʻlgan ehtiyojning paydo boʻlishida asosiy aybdor bizdagi test tizimidir. OTMga kirish imtihoni koʻnikmani emas, xotirani sinashga qaratilgan ekan istalgan metodikani ishlatmaysizmi, baribir takrorlab, imtihonga tayyorlanish uchun repititorga muhtoj boʻlaverasiz. Yaʼni bu qanday ishlaydi, sizga 6-sinfda bir qoida oʻrgatilgan va oradan 5 yil oʻtib testda oʻsha qoidani soʻzma-soʻz soʻrashyapti. Xoʻsh, kimni esida boʻladi? Repititor esa pul evaziga 11 yil ichidagi barcha qoidalarni bir yil davomida YODLATADI.

Uchinchidan, bilim olish va imtihonga tayyorlanish boshqa-boshqa narsalar ekanini ham tushunishimiz kerak. Masalan, ingliz tilini bilgan har qanday odam IELTS imtihonini yaxshi ballga topshira olmaydi. Chunki ingliz tili boshqa, imtihon boshqa. IELTS oʻqituvchilar sizga ingliz tilini oʻrgatmaydi, balki imtihonga tayyorlaydi. Yuqorida savol bergan aka mana shunaqa masalalarni tushunmasa kerak.

Xulosam, biz OTMga kirish imtihonlarining mazmuni va shaklini oʻzgartirmas ekanmiz repititorlarga boʻlgan ehtiyoj hech qachon yoʻqolmaydi.

P.S.: koʻrsatuvni oxirigacha koʻrmadim, Oliy ta'lim vazirligidan kelgan kishi bizda kredit-modulga oʻtdik, talabalar endi oʻqituvchilarni tanlayapti, oʻqituvchilar semestr boshida taqdimot qilib beradi, keyin talabalar oʻsha taqdimot asosida oʻqituvchini tanlaydi, qaysidir oʻqituvchini hech kim tanlamasa unga dars berilmaydi degan ertak boshlagan edi, oʻchirib qoʻya qoldim. Uyalmay, jonli efirda, shuncha xalqni oldida yolgʻon gapirish uchun odamning vijdonsizlik darajasi qancha boʻlishi kerak?

@birgap
👍15👎1
Xoʻsh, baribir miyaga dam berish amalga oshdi. Respublika taʼlim markazi rasmiy kanalidagi mana bu postni koʻrib qoldim. YouTube kanalga oʻtib videoni koʻrdim. Yuqori sinf Ona tili darsliklaridan nimalarni kutish kerakligi haqida ham gapirishgan ekan. Videoda koʻtarilgan masalalar:

Ona tili fanini oʻqitishdan asl maqsad nima? Shuncha paytdan buyon biz maqsadni notoʻgʻri qoʻyib kelganmidik?

Ona tili darslarida grammatika oʻrgatilmasa nima oʻrgatiladi?

“Eskicha” testlarning tojdorlaridan biri boʻlgan Mansur Siddiqovga yangi yondashuvni qabul qilish qiyin boʻlmadimi? U bunga qanday qaraydi?

Yangi yondashuv asosida dars oʻtishlari uchun oʻqituvchilarga qanday metodik yordam koʻrsatiladi?

Dastur, darslik oʻzgarsa-yu kirish imtihoni testlari oʻzgarmasa bu yangilikdan nima foyda?

Oʻqituvchilarning fikrini oʻzgartirish qancha vaqt oladi? Yoki ular “taslim” boʻlmaydimi?

Videoga yoʻnaltma:
https://www.youtube.com/watch?v=Fga0_gvguqk

P.S.: ushbu suhbat men hurmat va havas qiladigan ikki inson – Saʼdullo Quronov hamda Mansur Siddiqovlar oʻrtasida boʻlgan ekan. Bu ikki akamni aqlli, keng dunyoqarashli hamda masalaga obyektiv baho bera oladigan odam deb bilaman. “Taʼlimdagi duv-duv gap” loyihasini doimiy kuzatib borishni tavsiya qilaman.

@birgap
6👍3
Birinchi sinf oʻquvchilariga umuman baho qoʻymasa nima boʻladi? Qanday muammolar boʻlishi mumkin? Byurokratik muammolar chiqishi mumkinmi?

@birgap
👍12
“Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard soʻm (2017-yildan 5 baravarga koʻp), shundan sport taʼlim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard soʻm ajratildi.”

Yuqoridagi maʼlumotni oʻqib yuragim bir uvishib oldi, ichimdan “dod” degan oʻkirik chiqib ketdi. Shuncha pulga qancha maktab, qancha shifoxona qurish mumkin edi-ya, qancha maktabga internet ulash, qanchasiga kompyuter olib berish mumkin edi🤦‍♂️😢😭. 5 milliard soʻmga 400 kishilik oʻrtacha maktab qursa boʻladi. 2 trillion 300 milliard soʻmda 5 milliarddan ! 460ta bor, adashmasam.

Men sportga ajratilgan har bir soʻm havoga uchib ketgan, qaytib kelmas qarz deb hisoblayman.

Toʻgʻri, Islom Karimov aytgan, hech narsa davlatni sportchalik tez tanitmaydi. Xoʻp, bizda falon, falon futbol jamoalari, falon, falon bokschilar bor deylik, xoʻsh, innankeyin-chi?

Oʻsha mashhurlik bizga nima beradi? Biror investor Oʻzbekistonda zoʻr bokschilar bor, oʻsha yerga pul tikaylik deydimi? Aslo! Investorlar aholining xarid qobiliyati va inson taraqqiyot indeksi, shuningdek, ishchi kuchining sifatiga qarab pul tikadi. Yirik investorlarni qiziqtiradigani baland binolar, shov-shuvli futbol jamoalari yoki mushaklariga ishlov bergan bokschilar emas. Ularni bular bilan jalb qila olmaymiz. Juda borsa sport vitaminlari hamda energetik ichimliklar ishlab chiqaradiganlarni qiziqtira olamiz.

Xoʻsh, nima demoqchiman, sport sohasiga pul ajratishni bas qilish vaqti kelgan. Sportni ochiq bozorga havola qilish kerak. Ishonaman, bir necha yillik jimlikdan keyin sport bozori paydo boʻla boshlaydi. Oʻshanda zavodlar oʻzini rivojlantirish uchun kerak boʻlgan pulni davlat talabi bilan qaysidir futbol jamoasining yashab qolishi uchun bermaydi. Maktablarida kompyuter boʻlmagan hokim borib futbolchilarga pul tarqatmaydi. Hammasini erkin bozor hal qiladi. Xalqimiz bekor aytmagan: otang bozor, onang bozor.

Yana bir narsaga eʼtibor qilishimiz kerak, agar sportga pul ajratmasak bolalarimiz sogʻlom boʻlmay qoladi deyish shunchaki gipoteza xolos. Bolalar sport toʻgaraklariga jalb qilinib sogʻlomlashtirilmaydi. Ularning ongiga sogʻlom turmush tarzi singdiriladi, ota-onalar, kattalar tomonidan namuna koʻrsatiladi. Boshqa har qanday chora ishlashi soʻroq ostida.

Iqtisodchi Behzod Hoshimovning quyidagi gapini hammamiz, har doim yodimizda saqlashimizni xohlardim: “futbolga, sportga ajratilgan har bir soʻm maktabdan yoki tibbiyotdan olib qoʻyilgan soʻmdir”.

P.S.: kamina sportga qarshi emas, sportning davlat yelkasiga oʻtirib olganiga qarshi.

@birgap
🔥17👍10
Forwarded from Nota bene!
​​Qurbonjon dodxoh 1811-yilda Osh shahri yaqinidagi Modi qishlog'ida tug'ilgan. U 18 yoshga yetganida ota-onasi Qurbonoyni o'zidan 3 barobar katta kishiga turmushga bermoqchi bo'lishadi. Biroq, u nikoh an'analarini buzib kuyovning uyidan qochib ketadi. 1832-yilda qizni Andijon hokimi Olimbek yoqtirib qoladi va unga uylanadi. Ular baxtli hayot kechirishadi. Olimbek xotiniga ot
choptirish, o‘q otish, qilichbozlik
ilmlarini mukammal o'rgatadi.

1863-yilda Olimbekning vafotidan keyin 5 o'g'il va 2 qizi bilan beva qolgan Qurbonjon turmush o'rtog'i o'rniga Andijon hokimi bo'ladi. Ammo saroydagi fitnalar sabab o'z ona qishlog'iga qaytadi. U 1865-yilda Qo'qon xonligi tarixida "dodxoh" unvonini olgan birinchi ayolga aylanadi. Xudoyorxon taxtni egallagach Qurbonoyni butun Oloyga hokim etib tayinlaydi.

Keyinchalik rus bosqiniga qarshi kurash vaqtida Qurbonjon dodxoh Po'latxon rahbarligidagi qo'zg'olon yetakchilaridan biriga aylanadi. General Skobelev jasur ayol bilan muzokara o'tkazishga shaxsan o'zi boradi va Qurbonoy dodxohga zarbof chopon kiygazib, uni rus qo'mondonligi generali sifatida tan oladi.

Qurbonoy dodxoh taqdiri bizga To'maris taqdirini eslatib yuboradi. Ularning ikkalasi ham turmush o'rtoqlaridan keyin yurtni munosib boshqargan. Hatto farzand dog'i ham bu ikki ayolni birdek chetlab o'tmagan — To'marisning o'g'li Sparangiz Kir tomonidan o'ldirilgan bo'lsa, Kaufman tomonidan asir olinib, dorga osilayotgan o'g'li Qamchibekni ko'rgan Qurbonoy "Xayr, o‘g‘lim, ota-bobolaring ham dushman qo‘lida halok bo‘ldi, shahid o‘lmoq bizga meros. Senga bergan sutim oq bo‘lsin" deya otini ters burib keta olgan.

Qurbonjon dodxoh 31 nevara, 57 chevara va 6 evara ko’rib, 1907-yilda O’shda vafot etgan.

Nota bene!📜
👍12🔥1
Bugun Amaliy tilshunoslik fani oʻqituvchimiz bir topshiriq berdi. Uni bajarishim uchun 1ta kitob, bitta BMI ishi hamda 1ta dissertatsiyaga koʻz yugurtirib chiqishim talab etildi. Ana shu manbalardan oʻqiganlarimni umumlashtirish asnosida topshiriqni bajardim.

Topshiriq shunday xususiyatga ega ediki, nazariy bilimlarni amalda qoʻllash va natija chiqarish talab etilardi. Hozir koʻplab oʻqituvchilar ana shunday topshiriqlar berishga oʻtgan. Bu narsa meni juda quvontiradi.

OTMlarda yakuniy va oraliq imtihonlariga ham ana shunday topshiriqlar berilsa juda soz ish boʻlardi. Ham nazariyani qanchalik bilishingni koʻrsatasan (yodlaganingni emas, bilishingni), ham oʻsha nazariyani amaliyotga qanday tatbiq qila olishingni. Masalan, Baholash asoslari fanidan biror fandagi qaysidir koʻnikmani baholash topshiriqlarini ishlab chiqish topshirigʻining berilishi talabaning fanni qanchalik yaxshi oʻzlashtirganini bilishda testdan koʻra kuchliroq, qulayroq, aniqroq va adolatliroq quroldir.

Albatta, bularning hammasi shaxsiy fikrlarim.

@birgap
👍18🔥1
Forwarded from IT taʼlim
Oʻzbekistonda ilk bor mualliflar maktabi shakllantirildi

Oʻtgan davr mobaynida tanlov asosida saralab olingan 154 nafar muallif ishtirokida 1-2-sinf darsliklari yaratildi. Yangi oʻquv yili uchun yaratilayotgan 3-6-7-10-sinf oʻquv majmualarini yaratish uchun esa 235 nafar muallif jalb qilingan. Quvonarlisi esa, bu mualliflarning 60% ga yaqinini amaliyotchi oʻqituvchilar tashkil qiladi.

Aytish mumkinki, Oʻzbekistonda ilk bor mualliflar maktabi shakllandi.

💡Endi darslik yarata olish koʻnikmasiga ega yosh muallif va mutaxassislar xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida malaka oshirishga joʻnatiladi

👉Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
🔥8👍7👏2
Ishonch

Qulflamay qo‘ydim darvozalarni,
Chiroqlar o‘chishni unutgan butkul.
Ishonib tinglamam ovozalarni,
Qaytib kelishingga ishonaman Gul.

Ko‘ksimda umidim uchquni yoniq,
Alanga oladi tun yorgan kunday.
Kechikib bo‘lsa ham kelishing aniq,
Axir tabiatning qonuni shunday.

Faqat shu ilinj-la borman dunyoda,
Ismingni aytishdan tolimaydi til.
Ko‘p marta ko‘rganamn hamma kinoda,
Jinoyat joyiga qaytadi qotil.

Qaytib kelishingga ishonaman Gul…

Shokir Yo‘ldosh

@birgap
👍21🔥2👏2
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” bilan bir yil

Ertaga 2-iyun kuni, soat 10:00 da “MFaktor” biznes markazida “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani bo'yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi ishtirokida "Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi taqdimoti o'tkaziladi.

📌Taqdimotni onlayn kuzatish uchun link: https://unicef.zoom.us/j/99482370819

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” bilan bir yil

“MFaktor” biznes markazida “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani bo'yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi ishtirokidagi "Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi taqdimoti Facebook orqali onlayn uzatilmoqda.

📌Kuzatib borish uchun link👇
https://www.facebook.com/edurtm.uz/videos/1182953575874098/

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Mo‘minjonni eslab (erkakning ishi ahlini ta’minlab qo‘yish emasmi?)

… bir kuni bozorda u meni “DADA” deab chaqirdi… bilmadim qulog‘imga nimadir kirdimi yoki birdan kar bo‘lib qoldimmi, atrof jim-jit bo‘lib qoldi. Mo‘minjonning keyin nima deganini eshitmadim…

Aqli noqisroq bir ayolning 3 yashar bolasi bilan ko‘chada “baklashka”, qog‘oz, paket yig‘ib yurganini ko‘rdim-u bir paytlar shisha sotib non olib kelishga majbur bo‘lganimiz, Mo‘minjon o‘g‘lim, erkaklikning ta’minlovchilik farzlari haqida o‘ylab ketdim. “Shuhrat” bekatidan uyga qanday yetib qolganimni bilmadim…

Haa, hozirgi ba’zi erkaklarda qaramog‘idagi ayollarni ta’minlamaslik (ta’minlashga urinmayotganlar, bolasini tashlab qo‘yayotganlar haqida aytyapman) biroz ko‘payib ketgandek. Yana ham dahshatlisi, jamiyatda bu oddiy holga aylanib qolgandek.

Xullas, biroz xotiralarim va shaxsiy qarashlarimni yozdim.

Hikoyani o‘qish

@birgap
😢16👍96🔥1
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉"Yashashni o'rgatadigan fan: Ona tili va o'qish savodxonligi darsliklari taqdim qilindi."


Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
🔥5
IT taʼlim
🎉"Yashashni o'rgatadigan fan: Ona tili va o'qish savodxonligi darsliklari taqdim qilindi." Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Mana shu uchrashuv haqida hech nima yozmadim. Agar orangizda qatnashganlar bo'lsa, fikrni ular bildirgani ma'qul deb o'yladim. Oramizda shundaylar bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

O'tgan bir o'quv yili uchun barcha o'qituvchilardan minnatdorman!

@birgap
👍4🔥3
Qirolicham ko'chaga chiq -
Qirollarning qiroli keldi.

Odam o'zini shunaqa yaxshi ko'rishi kerak - birovga xushomad qilayotganda ham o'zini maqtab keta oladigan darajada. Xuddi mana shu qo'shiq muallifiga o'xshab. Qo'shiq matniga ko'ra, qiz qirolicha, lekin uni ko'rgani kelgan yigit qirollarning qiroli va bu gapni yigitning o'zi aytyapti. Qoyilman!

Men buni maqtanchoqlik deb atamayman, menimcha o'zini sevishning bir ko'rinishi bu. Bundan tashqari bu misra yigit o'ziga ishonishini anglatadi. O'ziga ishonadiganlar esa qoqilishi mumkin, yiqilishi mumkin, lekin doim o'rnidan turadi va yurib ketaveradi.

https://www.youtube.com/watch?v=jJSlkDT2vm8

@birgap
👍123👎1
Shu kunlarda oʻzimni qandaydir agressiv, tutaquvchan boʻlib qolganimni his qilyapman. Balkim, oxirgi bir oy tinimsiz aqliy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanganim taʼsiridir.

Baʼzan bir gapni aytib qoʻygach, negayam shunaqa dedim deb afsuslanib oʻtiribman.

Yaqinlarim, ustozlarim, doʻstlarim meni toʻgʻri tushunadi deb oʻylayman.

@birgap
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
500 000 000 so‘mlik grant loyihasida qatnashishni istaysizmi?

🎉 Space Academy va Nisa Ladies' School ayol-qizlar uchun grant e‘lon qiladi! Uni qo‘lga kiritish orqali siz Space Academy SMM Bootcamp kursida 3 oy va Nisa Ladies' School Ingliz tili kursida 4 oy grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🤩 "Unicorn Grant" loyihasida ishtirok eting va bugungi kunning eng kerakli bilimlarini bepul egallang.

🚀 Unutmang, siz o‘ylaganingizdan ko‘prog‘iga qodirsiz!

🔗 Grant haqida to‘liq ma‘lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:👇
@ayollaruchungrant
👍1
Imtihonlardagi islohotlar haqida bitta gap...

Biz oʻrganuvchiga qoʻyayotgan bahomiz adolatli, ishonchli va xolis deb oʻylaymiz. Bu taʼlimning hamma bosqichida shunday.

Shu bir yil ichida bahoning taʼsir kuchini belgilaydigan ikkita qaror chiqdi. Birinchisi, oʻquvchilarning maktabda olgan bahosi OTMga kirishda hisobga olinadi. Ikkinchisi, magistraturaga qabulda diplom bahosi muhim rol oʻynaydi, imtihon boʻlmaydi.

Shu ikki qaror qoʻyilayotgan bahoning qiymatini keskin oshiradi. Bu islohotlarni toʻgʻri va kerakli hisoblayman. Masalaning meni qiynaydigan tomoni boshqa.

Maktabda ham, OTMda ham qoʻyadigan bahomizni adolatli, xolis va ishonchli deya olmayman. Biz baholashning juda koʻp qoidalarini buzamiz. Obyektivlikni taʼminlay olmaymiz. Ayni mana shu omillar bahodan chiqadigan xulosani toʻgʻri boʻlmasligini taʼminlaydi. Biz toʻgʻri boʻlmagan baho bilan maktabni bitiramiz, shu baho bilan OTMga kiramiz. OTMda ham toʻgʻri boʻlmagan baholarni olamiz va shu baho bilan Magistraturaga kiramiz. Notoʻgʻri baholash zanjiri biror bosqichda uzilmaydi.

Baholashning toʻgʻri emasligi deganda 2 jihatni nazarda tutaman: shakliy nomaqbullik va mazmuniy nomuvofiqlik. Endi bu ikki jihatni kengroq tushuntirishga harakat qilaman.

Shakliy nomaqbullik. Bunda biz baholash uchun ishlatadigan usullar nazarda tutiladi. Masalan, maktabda ona tilidan diktant olib chorak chiqaradiganlar bor. Diktant ona tili darslarida shakllanishi kerak boʻlgan koʻnikmalardan faqat imlo va punktuatsiyani tekshirishi mumkin. Qolgan koʻplab koʻnikmalar esa baholanmay qolaveradi, mana shu choraklik baho yillik bahoga taʼsir qilishini hisobga olsak, bahoning adolatsiz ekanini bilib olish qiyin emas. OTMlarda yakuniy nazoratlarni muqobil javobli test usulida olish “moda”ga aylangan. Oʻta shaxsiy qarashlarim bilan aytamanki, bu usul OTM uchun yarashmaydi. Muqobil javobli testlar bilan OTM beradigan, berishi kerak boʻlgan koʻnikma va malakalarni baholash juda qiyin yoki amalda imkonsiz. Biz esa shu usulda qoʻyilgan bahoni magistratura qabulida hisobga olamiz (shu paytgacha ham hisobga olinar edi).

Mazmuniy nomuvofiqlik. Bunda imtihon shakli emas, uning mazmuni bosh rolni ijro etadi. Yaʼni baholash jarayonida qoʻllanadigan savollar mazmuni egallanishi va baholanishi zarur boʻlgan koʻnikmalarni tekshirishga yaroqsiz ekani nazarda tutiladi. Masalan, OTMda yakuniy nazorat savollari asosan xotirani sinash, atamani qanchalik eslab qolinganligini tekshirish, kim qaysi yilda nima kitob chiqarganini bilishni baholashga qaratilgan boʻladi (rad etib koʻring-chi, hammasini aytmadim, asosiy qismi shunday). Masalan, sizga A fan oʻtildi, u fan orqali siz B va C koʻnikmalarni egallashingiz kerak. Yakuniy nazoratda esa A fanning atamalari nimani anglatishi soʻraladi. Bu nazariy bilimni eslab qolishni baholash hisoblanadi. Aslida esa sizga B va C koʻnikmani qoʻllashingiz kerak boʻladigan amaliy topshiriqlar berilishi kerak. Sizning yutuq va kamchiliklaringiz asosida fanning asosiy maqsadiga qanchalik erishganingiz baholanishi lozim.

Xulosa qilib aytaman, oʻquvchilarning maktabda olgan bahosi OTMga kirishda hisobga olishi hamda magistraturaga qabulda bakalavrdagi diplom bahosi muhim rol oʻynashi juda ham kerakli, toʻgʻri islohotlardan biri. Endi bahoning oʻzini adolatli, xolis, ishonchli qilib olish qolgan, xolos.

@birgap
👍10