TOʻYGACHA
Oʻqituvchi hamshirani sevib qoldi. Hamshiraning ham unda koʻngli bor...
Birinchi uchrashuvni ikkovlari ham uni-buni bahona qilib ikki oy choʻzishdi: oʻqituvchi durustroq poyabzal sotib olishga ulgurdi, hamshira - yangi koʻylak...
01.05.2018. Muhammadjon Yusupov
P.S.: ijtimoiy ahvolni naqadar yaxshi ochib bergan-a.
@birgap

👍22😢8❤6
Bunchayam qoʻshiqni yaxshi aytmasa-ya bu Maksimxon.
Eskirmaydiyam qoʻshiqlari, tovba, maktabda oʻqib yurganimda yodlaganman, oradan 10 yil oʻtib eshitsam-da esimda, hozir ham yoqimli.
Men odatda kishilarning didini tahlil qilmayman, lekin bugun gitarani quchoqlab olib, bir xil tingʻirlatib, xirillab yo chiyillab kuylayotgan yigitlarning tanlagan soʻzlari, mavzulari shunchalik boʻshki, kuzakka yetmayoq uchib ketadi.
Doʻstlik haqida yigʻlamsirab kuylayotganlarni esa umuman qabul qilolmayman.
Men ota-ona haqida kuylaganlarni ham qoʻllamayman, asosan, "klient" toʻplash uchun aytishadi deb oʻylayman (gumon yomon deydilar, lekin harakatlari shu gumonga yetaklab qoʻyadi).
Doʻstlik haqidagi qoʻshiqlar ham ota-ona haqidagi qoʻshiqlarga oʻxshab nozik insonning nozik tomoni hisoblanadi, koʻpchilik shu mavzuni tanlaganda oʻziga muxlis qidirayotgan boʻladi.
Xullas, Maksimni tavsiya qilaman. Tingʻir-tingʻirchilardan biroz uzoqlashasiz.
P.S.: hech yoʻq Billie Eilishni eshiting
Diqqat! Bular tavsiya, xolos

👍15
#savollar_berish
Samarali savollar berish haqida
Kirish
Taʼlim jarayonida eng koʻp vaqt oladigan va eng koʻp bilim beradigan narsa bu savollar hisoblanadi. Sal mubolagʻa bilan aytganda, savollarning qanday boʻlishi oʻquvchi tafakkurining qay darajagacha rivojlanishini belgilab beradi.
AQSHda oʻqituvchilarning savol berishiga oid koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. 1980-yilda Leven va Long ismli olimlar 1912-yilda AQSH oʻqituvchilari maktab kunining 80%izini savollar berish va ularga javob kutishga sarflashganini aniqlashgan. Vilenning 1991-yilda eʼlon qilgan tadqiqoti esa oʻquvchilarga beriladigan savollarning aksariyati quyi kognitiv darajadagi (oʻquvchidan quyi tafakkur darajasini talab qiladigan) savollardan iborat boʻlib, ular, asosan, maʼlumotni eslab qolganlik darajasini tekshirishga qaratilgan hamda yuqori kognitiv darajani qamrab olmaganligini koʻrsatadi.
Oʻqituvchining savol berishi va savollarni tanlashi darsning samarasini ham belgilab bera oladi. Savollarning samarali boʻlishi oʻquvchi tomonidan maʼlumotning samarali oʻzlashtirilishini ham taʼminlaydi. “Samarali savol berish haqida” nomli turkum postlarimizda sizlarga qanday qilib samarali savollar berish mumkinligi, Blum taksonomiyasini dars davomida qanday qoʻllash kerakligi haqida maʼlumotlar berib boramiz.

👍9🥰1
#savollar_berish
Samarali savollar berish haqida
(Davomi. Boshi bu yerda)
Savol turlarining tasnifi
Savollarni quyidagi turlarga ajratib tasniflash mumkin:
- quyida darajadagi;
- yuqori darajadagi;
- konvergent;
- divergent.
Quyi darajadagi savollar oʻquvchidan bitta fakt yoki maʼlumotni eslab qolishni talab etadi. Yuqori darajadagi savollar esa eslab qolishdan tashqari vaziyatni, mavzuni, qoʻyilgan muammoning yechimini tushunganligini ham koʻrsatib berishni soʻraydi. Bundan tashqari, yuqori darajadagi savollar oʻquvchidan faktlar va maʼlumotlar oʻrtasidagi aloqani hamda ana shu fakt va maʼlumotlarning vaziyatga aloqadorligini anglashni talab etadi.
Quyi va yuqori darajadagi savollarning qiyosi:
Quyi darajadagi savol. Ushbu tasvirdagi ayiqning rangi qanday?
Bu savol oʻquvchining rangni tanish va uning nomini bilishini aniqlashga qaratilgan. Javoblarning diapazoni juda ham tor (oq, qoʻngʻir, qora, jigarrang).
Yuqori darajadagi savol. Nima uchun ayiqni bunday rangda deb oʻylaysiz?
Bu savol oʻquvchidan rangni tanish va nomini bilishini talab qiladi, lekin bunda oʻquvchi ayiqning rangini boshqa narsalar bilan (yashaydigan muhit, boshqa ayiqlar, hayvonlarning boshqa turlari, oziq-ovqati) munosabatini (aloqasini) ham koʻrib chiqishi ham kerak boʻladi.

👍6
Forwarded from ToshDO'TAU/Ma'naviyat
Space Academy dan oliygoh talabalari uchun maxsus seminar
📌 Bu galgi seminarimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida bo'lib o‘tadi.
📎 "Zamonaviy kasblar" mavzusida bo‘lib o‘tadigan ushbu seminarda bugungi kunning eng talabgor kasblari, ularning ahamiyati va barcha nozik jihatlari haqida batafsil ma‘lumotlarga ega bo‘lasiz.
🎙 Spikerlar: Temur Alixanov, Azizbek Umaraliyev, Temur Abduraimov.
⏰ Seminar vaqti: 11-may, soat 12:00 da
Seminar 308-xonada bo'lib o'tadi.
🔥 Zamonaviy dunyoda o‘z o‘rningizni egallashga shoshiling! https://t.me/toshdotau_m

👍2🔥1
Bugun yarim kun tinmay chelaklab quygan yomgʻir sabab Toshkentda yoʻllar chetidagi ariqlarga suv yurdi va qanchalik isqirt ekanimizni koʻrsatib qoʻydi.
P.S.: yuqoridagi isqirt soʻzi sal nariyoqdagi maxsus chiqindi idishiga borishga erinib ariq ichiga axlat, baklajka, paket irgʻitgan molfahmlarga nisbatan ishlatildi.

👍21😢7😱1
Forwarded from Диёржон Турғунпўлатов | блог (Diyorbek Turg'unpo'latov)
#Ижтимоий_фикр
Уйимиздаги сув моторнинг шлангини кўчага олиб чиқиб, жумрагини очиб қўйдим.
Ҳеч бир кимса "Эй барака топгур, мана бу сувни ишлатмасанг жумрагини бураб қўй, исроф бўлади" демади.
Шомга яқин секин ўзим йиғиштириб кириб кетдим...
Сиз нима деб ўйлайсиз, танбеҳ берадиган ёши катта отахон-у онахонларимиз қолмаганми? Ёки жамиятимиз бефарқларга тўлиб кетдими?
Фикрингизни комментда қолдиринг.
@T_R_Diyorbek

👍5
Men uzoq kutgan qaror tasdiqlanibdi.
Oʻqituvchilarga belgilanadigan ustalamar ham koʻrsatib oʻtilgan ekan.
Malaka oshirish va pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi ham sezilarli oʻzgaradi endi.
Xullas, hammasini mana shu havoladan oʻqiysiz:
https://uza.uz/oz/posts/2022-2026-yillarda-xalq-talimini-rivojlantirish-boyicha-milliy-dasturni-tasdiqlash-togrisida_371770

Uza.uz
2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
👍5
Sarhisob
Roppa-rosa bir yillik mehnatimiz.
Bu yerda 2- hamda 3-sinf oʻqituvchi kitobi yoʻq. Ular qoʻlimizga yetib kelmadi hali.
Barchasi qoʻlimga kelmaguncha qanchalik ishlaganimizni toʻliq tasavvur qila olmagan ekanman. Hammasini yoygandim xontaxtamiz toʻlib qoldi😊
P.S.: maqtanish uchun emas, quvonib ketganimdan qoʻyyapman bu postni.

👍33🔥6
Bu dunyoda RTM degich bir tashkilot bor. 23-avgustdan beri men shu tashkilotda ishlayman. Bu tashkilotda oʻziga ohanrabodek tortadigan bir jihat borki bugun u haqida sizlarga aytib bergim kelib qoldi.
RTMda soʻz erkinligi rostdan mavjud. Bu yerda har bir xodim oʻz fikriga ega va shu fikrini erkin ifoda eta oladi. Rahbarning biror ishini maqtamagani uchun unga hech kim yomon koʻz bilan qaramaganidek, rahbarning biror fikriga qarshi chiqqani uchun ham jazo yoʻq.
Shu tashkilotning xodimlari toʻplangan telegram guruhda bemalol fikr bildira olasan, rahbarlar men direktorman, men direktor oʻrinbosariman, men boʻlim boshligʻiman demaydi.
Boshqa ishlagan joylarimda mana shu narsani his qila olmasdim. Qandaydir boshqacha edi ular. Rahbarning aytgani aytgan, degani degan. Tanqid qilish umuman mumkin emas. Har bir ishda rahbar eslanmasa boʻlmaydi (xuddi aruzdan qilingan dissertatsiyada ham Islom Karimovning fikridan iqtibos olish aytilmagan qonun boʻlganidek). Rahbariyat xodimlarini tanqid qilish umuman mumkin emas. Erkin fikr bildirsang birov yoningni olmagani yetmagandek, senga oʻsimta sifatida ham qarab qoʻyishadi. Xullas gʻalati hammasi, soʻz erkinligi yoʻq ularda.
Balkim, RTMni mana shu erkinlik uchun ham yaxshi koʻrarman. Ikki yilgina vaqt ichida nimalarni amalga oshirmadi-yu bu tashkilot. Bugun forumda sarhisobni koʻrib hayron qoldim. Tashkilotimizga koʻz tegmasin, duoda boʻlib turinglar, boshlangan xayrli ishlar nihoyasiga yetib olguncha hech kim sinib qolmasin!

👍33
Bugun “Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish" mavzusida 10 dan ortiq xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro seminar o'tkazildi. Oʻsha seminarda juda katta mavzu haqida 5 daqiqalik nutq soʻzladim. Shu nutqni matn koʻrinishida sizlarga havola qilyapman. Foydali boʻlsa xursand boʻlaman. Bu mavzuga yana batafsil qaytamiz, qaytishimiz shart!
Oʻqish uchun yoʻnaltma:👇
https://shokiryuldash.medium.com/talim-standartlari-nima-uchun-kerak-5213faa93789

👍12🔥1
Partadosh qizga...
Eslab turishingni yaxshi bilaman,
Maktab chog‘larini sen ham ko‘p marta.
O‘shanda bir qarich edi oramiz –
Birinchi zveno, ikkinchi parta.
She’r yozsam birinchi o‘qirding o‘zing,
Qo‘yarding qizlarni ismin o‘chirib.
Bilmasdim ne foyda topishligingni,
Qora she’rlarimni oqqa ko‘chirib.
"Progul" qilmasdik ikkimiz sira,
Bir kun kelmay qolsang balki o‘lardim.
Ta’tillarga sira hushim yo‘q edi,
O‘shanda men yozni yomon ko‘rardim.
Ko‘plar ko‘rolmasdi do‘stligimizni,
Qilni ham sig‘dirmas edi oramiz.
Ajrata olmadi bizlarni birov,
Toki kelmaguncha sevgi g‘alamis.
O‘shanda men yozni yomon ko‘rardim…
Shokir Yo‘ldosh
@birgap
Eslab turishingni yaxshi bilaman,
Maktab chog‘larini sen ham ko‘p marta.
O‘shanda bir qarich edi oramiz –
Birinchi zveno, ikkinchi parta.
She’r yozsam birinchi o‘qirding o‘zing,
Qo‘yarding qizlarni ismin o‘chirib.
Bilmasdim ne foyda topishligingni,
Qora she’rlarimni oqqa ko‘chirib.
"Progul" qilmasdik ikkimiz sira,
Bir kun kelmay qolsang balki o‘lardim.
Ta’tillarga sira hushim yo‘q edi,
O‘shanda men yozni yomon ko‘rardim.
Ko‘plar ko‘rolmasdi do‘stligimizni,
Qilni ham sig‘dirmas edi oramiz.
Ajrata olmadi bizlarni birov,
Toki kelmaguncha sevgi g‘alamis.
O‘shanda men yozni yomon ko‘rardim…
Shokir Yo‘ldosh
@birgap
👍29❤13👏1😢1
Hozirgi kunda urf boʻlgan biznes trenerlar, ezoteriklar, psixologlar, ong ostini "ochuvchi"lar haqida juda yaxshi kontent boʻlibdi. Tafakkurni yoqib olgan holda toʻliq koʻrib chiqishni maslahat beraman.
Videoni koʻrish uchun yoʻnaltma:
https://youtu.be/O9XTWHUW7qQ
@birgap
Videoni koʻrish uchun yoʻnaltma:
https://youtu.be/O9XTWHUW7qQ
@birgap
YouTube
Trening ortidan MILLION - SOXTA "BIZNES-TRENER"LAR | SUBYEKTIV
Ushbu ko‘rsatuv quyidagi hamkorlarimizsiz imkonsiz bo‘lar edi:
🏢 Oxygen Development – Baxtli hayot kaliti!
🔝 Cambridge Learning Centre — Impossible is Possible!
Bosh homiy: Kun.uz internet nashri
▪️ Reklama 👉 +99890 044-66-81
▪️ Aloqa 👉 https://t.me/Subyektivuzbot…

👍1
Bugun Surxondaryodagi oʻquvchini urgan oʻqituvchi haqida rosa gap urchidi. Prokuratura ham tayyor turgan ekan, darrov uni va maktab direktor oʻrinbosarini ishdan oldi.
Men oʻquvchini urish kerak demoqchi emasman, adolat boʻlishi kerakligini aytmoqchiman.
Nega oʻqituvchilar kaltaklanganda, har kuni sinfxonalarda oʻquvchilar tomonidan masxara qilinganda, hokimlar soʻkkanda (qaysidir hokim urgandi ham oʻqituvchilarni), ularni omma ichida izza qilganda mana shunaqa keskin va tezkor choralar koʻrilmaydi? Mana shu meni qiynayveradi. Oʻquvchining boshi tilla oʻqituvchiniki tuproqdan-da xormi?

👍23😢10❤4
Bir narsani oʻylab qoldim-da...
Ota-onalar farzandini eplab tarbiya qila olmayapti, keyin uni maktab tarbiyalasin deyapmiz. Maktabda oʻqituvchilar tarbiyaning bir qismi boʻlgan urish, soʻkish, qattiq tegishga qoʻl urganda esa ularni yo ishdan olyapmiz, yo el ichra sazoyi qilyapmiz.
Xoʻp, shunday ekan, bolani urish mumkin emas ekan, unda oʻz bolasini urgan ota-ona ham ota-onalik huquqidan mahrum qilinsin. Nima farq bor, axir oʻqituvchi "davay oʻgʻrilik qil, qiyshiq yur", - deb urmasa kerak.
Xullas, paradoks, tarbiya qil deymiz, tarbiya metodlarini qoʻllashiga esa yoʻl qoʻymaymiz.
Yana qaytaraman, men bolani kaltaklashga qarshiman, lekin oʻzidan ketib qolganlarni joyiga tushirib qoʻyish uchun ba'zan xivchin ishlatish zarar qilmaydi. Hozir oʻqituvchilar jonidan oʻtkazmasa urmaydi.
Hurmatli hukumat, maktabdan yo tarbiya yukini olib tashlang, yo mana bunaqa adolatsiz, shoshqaloqlik bilan hukm oʻqimang. Bolani koʻchada chivin chaqib olsa ham oʻqituvchini aybdor qilishda birinchisizlar, lekin bezori bolani tartibga chaqirganni mana bunaqa qilasizlar. Xullas, tushunmay qoldim, miyam portlab ketay deyapti.
Yana aytaman, kaltaklash doimiy metod boʻlmasligi kerak, bundan naf juda kam, lekin vaziyatni faqat bir tomondan turib baholash ham adolatdan boʻlmaydi.

👍43
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Siz-chi, navbatda turishni bilasizmi?
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanining bosh maqsadlaridan biri oʻquvchilarni hayotiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashdir. Masalan, “Navbatda turishni bilasizmi?” mavzusida navbatda turish madaniyati, bu vaziyatda ishlatiladigan til birliklari – murojaat shakllari yuzasidan taʼlim beriladi. Ha, bu borada jamiyatimizda muammolar borligini hech kim inkor etmasa kerak...
P.S.
Oʻqituvchilarga bu mavzu shunchalik yoqqanidan, ular darsni amaliy tarzda oʻtishayotgan ekan.
Qibray tumani, 3-maktab oʻqituvchisi Zebo Roʻzmetovadan.

🔥12👍4
Mana 1-, 2-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi bilan ancha muncha ishlab qoʻydingiz. Hozir sizlarga bir savol bermoqchiman, bu savol darslik metodikasi haqida emas.
Darsliklarning dizayni (illyutratsiya, rasm, grafik tasvirlari) haqida nima deya olasiz? Qanday yutuq va kamchiliklarni koʻrdingiz? Oʻquvchilarda ularga nisbatan qanday munosabatlar boʻldi?
Javob beruvchilarga oldindan rahmat!
P.S.: bu yerda yozilgan izohlarni dizaynerlar jamoasiga yetkazishga vaʼda beraman.

👍7👎1
Mana 2 kundirki deyarli olamdan uzilib darslik yozish bilan bandman. Miyaga biroz dam berish maqsadida TV qoʻydim. Men turgan joydagi TV “Oʻzbekiston” kanalida turgan ekan. “Munosabat” koʻrsatuvi boʻlyapti. RTM xodimlari ham chiqishgan ekan. Darsliklarning yangilanayotgani, mazmunga oʻzgartirish kiritilayotgani haqida gapirgan bir kishiga minbarda turganlardan biri “Nimaga unda oʻquvchi OTMga kirishi uchun yana repititorga boryapti?”, — deya savol beryapti. Qayerdan ham qoʻydim shu TVni asabim buzilgani qoldi.
Birinchidan, taʼlim mazmuni oʻzgartirilganda, bu bir oy yoki bir yilda koʻrinmaydi. Kamida 8 yil kerak boʻladi. Qanday qilib bu yil oʻzgartirilgan mazmunning natijasini bugun soʻrash mumkin?
Ikkinchidan, repititorga boʻlgan ehtiyojning paydo boʻlishida asosiy aybdor bizdagi test tizimidir. OTMga kirish imtihoni koʻnikmani emas, xotirani sinashga qaratilgan ekan istalgan metodikani ishlatmaysizmi, baribir takrorlab, imtihonga tayyorlanish uchun repititorga muhtoj boʻlaverasiz. Yaʼni bu qanday ishlaydi, sizga 6-sinfda bir qoida oʻrgatilgan va oradan 5 yil oʻtib testda oʻsha qoidani soʻzma-soʻz soʻrashyapti. Xoʻsh, kimni esida boʻladi? Repititor esa pul evaziga 11 yil ichidagi barcha qoidalarni bir yil davomida YODLATADI.
Uchinchidan, bilim olish va imtihonga tayyorlanish boshqa-boshqa narsalar ekanini ham tushunishimiz kerak. Masalan, ingliz tilini bilgan har qanday odam IELTS imtihonini yaxshi ballga topshira olmaydi. Chunki ingliz tili boshqa, imtihon boshqa. IELTS oʻqituvchilar sizga ingliz tilini oʻrgatmaydi, balki imtihonga tayyorlaydi. Yuqorida savol bergan aka mana shunaqa masalalarni tushunmasa kerak.
Xulosam, biz OTMga kirish imtihonlarining mazmuni va shaklini oʻzgartirmas ekanmiz repititorlarga boʻlgan ehtiyoj hech qachon yoʻqolmaydi.
P.S.: koʻrsatuvni oxirigacha koʻrmadim, Oliy ta'lim vazirligidan kelgan kishi bizda kredit-modulga oʻtdik, talabalar endi oʻqituvchilarni tanlayapti, oʻqituvchilar semestr boshida taqdimot qilib beradi, keyin talabalar oʻsha taqdimot asosida oʻqituvchini tanlaydi, qaysidir oʻqituvchini hech kim tanlamasa unga dars berilmaydi degan ertak boshlagan edi, oʻchirib qoʻya qoldim. Uyalmay, jonli efirda, shuncha xalqni oldida yolgʻon gapirish uchun odamning vijdonsizlik darajasi qancha boʻlishi kerak?

👍15👎1
Xoʻsh, baribir miyaga dam berish amalga oshdi. Respublika taʼlim markazi rasmiy kanalidagi mana bu postni koʻrib qoldim. YouTube kanalga oʻtib videoni koʻrdim. Yuqori sinf Ona tili darsliklaridan nimalarni kutish kerakligi haqida ham gapirishgan ekan. Videoda koʻtarilgan masalalar:
Ona tili fanini oʻqitishdan asl maqsad nima? Shuncha paytdan buyon biz maqsadni notoʻgʻri qoʻyib kelganmidik?
Ona tili darslarida grammatika oʻrgatilmasa nima oʻrgatiladi?
“Eskicha” testlarning tojdorlaridan biri boʻlgan Mansur Siddiqovga yangi yondashuvni qabul qilish qiyin boʻlmadimi? U bunga qanday qaraydi?
Yangi yondashuv asosida dars oʻtishlari uchun oʻqituvchilarga qanday metodik yordam koʻrsatiladi?
Dastur, darslik oʻzgarsa-yu kirish imtihoni testlari oʻzgarmasa bu yangilikdan nima foyda?
Oʻqituvchilarning fikrini oʻzgartirish qancha vaqt oladi? Yoki ular “taslim” boʻlmaydimi?
Videoga yoʻnaltma:
https://www.youtube.com/watch?v=Fga0_gvguqk
P.S.: ushbu suhbat men hurmat va havas qiladigan ikki inson – Saʼdullo Quronov hamda Mansur Siddiqovlar oʻrtasida boʻlgan ekan. Bu ikki akamni aqlli, keng dunyoqarashli hamda masalaga obyektiv baho bera oladigan odam deb bilaman. “Taʼlimdagi duv-duv gap” loyihasini doimiy kuzatib borishni tavsiya qilaman.

Telegram
Respublika ta'lim markazi |Rasmiy
Soat 19:00 da suhbatning to'liq videosi You Tube sahifasi orqali premyera qilinadi.
Darslik mualliflari yangi yondashuv bilan ona tilining ijtimoiy ahamiyatini koʻtara olamiz degan fikrda. Ular oʻquvchi tilni olamni bilish vositasi ekanini his qila boshlashiga…

❤6👍3
Birinchi sinf oʻquvchilariga umuman baho qoʻymasa nima boʻladi? Qanday muammolar boʻlishi mumkin? Byurokratik muammolar chiqishi mumkinmi?
@birgap
@birgap
👍12