Audio
"Orzular sari olg'a!" deb nomlangan vebinarning audio yozuvi.
— Almashinuv dasturi asosida 2-10 oy davomida xorijda o'qib kelishga qiziqasizmi?
— Magistratura yoki doktorantura bosqichini chet elda o'qimoqchidirsiz?
— Ishni nimadan va qay tartibda boshlashni bilmayapsizmi?
— IELTS sertifikatim yo'q-ku hali deb ikkilanyapsizmi?
Yuqoridagi savollarga vebinarning audio yozuvida javob berilgan.
Albatta tinglab ko'ring. Mohiyaga esa katta rahmat
🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya

👍4❤1
Forwarded from Dorilfunun
Webinar.pptx
2 MB
Vebinarning elektron taqdimot shakli. Audiosi bilan yaxshi ketadi.
Yoqimli ishtaha😊
🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya
Yoqimli ishtaha😊
🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya
❤2👍1
Hayotimiz davomida juda ko‘p yasama so‘zlarga duch kelamiz, xuddi shuningdek yasama yuzlarga ham.
. . .
Orzular biz bilan birga yashashi emas, Ular ushalishi kerak...
. . .
Men sevgi yo‘q, u faqat ertaklar-u kinolarda bo‘ladi deb yurardim. Keyin... Seni ko‘rib qoldim...
. . .
Biz, odamlar shunchalik parishonxotir bo‘lib ketganmizki, juda ko‘p hollarda OQIBAT yodimizdan chiqib qoladi...
. . .
URUSh deya atalmish "tansiq taom"ga necha ming yillardan buyon to‘ymaydi bu odamzot...
. . .
"Ayolini boshida ko‘tarib yurish" boshqa, "Ayolini boshiga chiqarib olish" boshqa...
. . .
Bu dunyoda faqat o‘lim hech qachon kechikmaydi va manzilni adashtirmaydi...
. . .
Sensizlikda aprel oyi ham oxirlab qoldi... Lekin hanuz hovlimdagi bodom gullamadi...
. . .
Bir parcha go‘shtdan nima farqi bor mehr-muhabbatsiz yurakning...
. . .
Kuchuk bolasining ko‘zi 7 kunda ochiladi, odam bolasining ko‘zi esa boshi devorga urilganda...
. . .
Ona tili darsida sinonim so‘zlarga misol yozish topshirig‘i berildi. Men birinchi bo‘lib YOLG‘IZLIK va SENSIZLIK so‘zlarini yozdim.
Shokir Yo‘ldosh

👍21❤4🔥3
Mavlon Marasulov akamiz “qoʻrqmoq” maʼnosini beruvchi 40 ta soʻz va iborani saralabdilar.
qoʻrqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
oʻtakasi yorildi
choʻchib ketdi
ichi oʻtib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka boʻldi
ishtonini hoʻllab qoʻydi
qoʻrquvdan qaltiradi
dagʻ-dagʻ titradi
koʻzi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga gʻulgʻula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyogʻiga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi
@birgap
qoʻrqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
oʻtakasi yorildi
choʻchib ketdi
ichi oʻtib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka boʻldi
ishtonini hoʻllab qoʻydi
qoʻrquvdan qaltiradi
dagʻ-dagʻ titradi
koʻzi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga gʻulgʻula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyogʻiga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi
@birgap
👍26👏4❤2
Muhokama uchun savol:
Harflarni bir-biriga ulab yozish bizga nima uchun kerak? Bu usulda yozish bizga nima beradi? Harflarni ulamasdan, bosma shaklga oʻxshatib yozaversak nima boʻladi, qanday muammolarga duch kelishimiz mumkin?
Oʻylaymanki, hamma oʻz tajribasidan kelib chiqib javob beradi. Javob beradiganlarga oldindan rahmat!
P.S.: diqqat, munozarada bir-biringizni hurmat qiling.

👍9
Bizda yangi rukn #olim_qizlar
Bugun yana bir (boʻlajak) olim qiz haqida gapirib bermoqchiman.
Mohiyaxon Uzoqova. Bu qizni necha yildan beri tanishimni, qachon tanishganimni eslolmayman, adashmasam, Yosh filolog olimlar jamiyatida kordinatorlik qilib yurgan paytlarim tanishgan boʻlsak kerak.
Eslashimcha, boshida etimologiya va til tarixiga qiziqib yurardi. Hozir yaxshigina kompyuter tilahunosi deya olaman.
Mohiyaga oʻxshagan tirishqoq qizlar koʻp, lekin ularning jamiyatga mahsulot sifatida yetib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan odatlarimiz ham koʻp.
Ayollardan ham yaxshi olimlar chiqishi mumkinligiga minglab misollar keltirish mumkin, nega biz ana shu keyslarni koʻrib turib ham olim ayollarga gʻalati qaraymiz, ularning ilmiy karyerasi uchun har doim ham imkon yaratib bermaymiz. Iloyim Mohiyaga mana shu toʻsiqlar duch kelmasin.
Bu qizning jamiyat muammolarini tahlil qilishi, ilmga yondashuvini hurmat qilaman. Jamiyatning intellektual shaxslaridan biri deb hisoblayman. Kelajagi bor. Havas qilaman. Mohiyani koʻrganimda oʻzbek olim ayolining siymosini koʻrgandek boʻlaman.
Oʻzi nega bu qiz haqida yozyapman? Odamlar ongida ayollar ham ilm qila olishi haqida maʼlumot hosil qilish. Avvalroq boshqa bir qiz haqida ham yozgandim.
Endi Mohiya haqidagi rasmiy ma'lumotlar bilan tanishing:
✅ 2018-2021-yillar oralig‘ida universitet, Respublika va xalqaro miqyosda tashkil etib kelinayotgan ilmiy konferensiyalarda maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shu kunga qadar 9 ta ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan
✅ 2020-yil ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirib, umumiy 7.0 ballni qo‘lga kiritgan.
✅ 2021-yilda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan bevosita hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro Tashkent Model of Unitetd Nations (TIMUN) konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
✅ 2021-yili “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.
✅ 2021-yil hammualiflikda yozilgan “Transport terminlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug‘ati” kitobi nashrdan chiqdi.
✅ 2021-yildan beri O.Abdullayeva rahbarligi ostida “O‘zbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari” ilmiy tadqiqoti doirasida bajarilayotgan Tug'ro nomli o'zbek tili axborot matnlari korpusi platformasi jamoasi a’zosi hisoblanadi.

👍19❤6👏4
Qizlar mavzusi ochilganda aytib ketay
Jamiyatimizda gʻalati qarash bor, agar qiz kambagʻal bolani emas, boy bolani tanlasa uni malomat qilishadi, ayniqsa kambagʻal bola "boylikka uchdi, baxt boylikda emas" degan qoʻshiqlar, sheʼrlar ijod qilib yuboradi.
Nega?
Nima u qiz oʻzi uchun stabil kelajakni taʼminlashga haqli emasmi? Unda tanlov huquqi yoʻqmi? Kambagʻal bola ham harakat qilib boyib ketsa boʻlmaydimi?
Menimcha, bir qiz bir bola bilan ahdlashgan boʻlsa-yu, lekin boyroq boladan sovchi kelsa unga tegib ketsa, normal qarash kerak. Bu uning tanlovi.
Nega yigitlar ahdlashganiga emas boshqasiga uylansa shunaqa dod-voylar boʻlmaydi (yoki men eshitmaymanmi)?
Menimcha, qiz boshqasini tanlaganda u bevafo, xiyonatkor boʻlmaydi, u tanlov qilgan boʻladi. Hurmatli yigitlar, qiz sizga xiyonat qilishi yoki sizga bevafolik qilishi uchun, avvalo u sizniki boʻlishi kerak. Oʻrtangizda nikoh yoʻqmi u sizniki emas, demak xiyonat ham, bevafolik ham mantiqan mumkin emas.
Suyganingiz boyroq odamni tanlasa "bevafo"dan olib, "boylikka oʻch"ga solguncha, harakat qilib siz ham boyib keting.
Maslou piramidasini esdan chiqarmaylik. Yogʻayotgan yomgʻir oyogʻida etigi bor odam uchun yoqimli romantika, lekin farzandingiz kiyib yurgan tuflining tagidan suv kirib tursa yomgʻirdan romantika izlab koʻring-chi, izlaganlarni ham tushunmasligingiz tabiiy. Toʻkis baxtning eng birinchi bosqichida moddiy jihatdan toʻqlik turadi (albatta, hammasi oʻz meʼyorida).

👍46🔥8❤4🤔3👎1💘1
Forwarded from Nota bene!
Odatda inglizlar tomonidan ishlatiladigan ushbu idioma hamma uchun ochiq bo'lsa-da, hech kim muhokama qilishni xohlamaydigan mavzu yoki muammoni anglatadi. U huddiki xonadagi fil kabi hammaga ko'rinib tursa-da, kimnidir noqulay holga tushirmaslik uchun e'tibordan chetda qoldiriladi
Krilov tomonidan 1814-yilda yozilgan "Qiziquvchan odam" masalida kuntskamerada bo'lgan odam do'stiga u yerda fildan boshqa hamma eksponatlarni ko'rganini ta'kidlaydi. Aslida hajm jihatidan olsak, uni ko'rmay qolish imkonsiz edi. Asardagi ushbu holat keyinchalik idiomaga aylangan.
1959-yil 20-iyundagi "The New York Times" gazetasida chiqqan maqolada shunday deyiladi: "Maktablarni moliyalashtirish xonadagi fil kabi katta muammoga aylandi. Uni e'tiborsiz qoldirish imkonsiz".
Nota bene!📜

👍8
Linguabarno degan blogni yuritadigan qiz 7 kunlik bepul IELTS maslahat marafonini boshlabdi. Barnoning aytishicha, roʻyxatdan oʻtib koʻrsatilgan ustozlardan bir nimalar oʻrgansangiz boʻlarkan.
Hammasi bepul, faqat, onlayn boʻlarkan.
Roʻyxatdan oʻtish uchun manzil:
https://linguabarno.com/show
@birgap
Hammasi bepul, faqat, onlayn boʻlarkan.
Roʻyxatdan oʻtish uchun manzil:
https://linguabarno.com/show
@birgap
❤6
TOʻYGACHA
Oʻqituvchi hamshirani sevib qoldi. Hamshiraning ham unda koʻngli bor...
Birinchi uchrashuvni ikkovlari ham uni-buni bahona qilib ikki oy choʻzishdi: oʻqituvchi durustroq poyabzal sotib olishga ulgurdi, hamshira - yangi koʻylak...
01.05.2018. Muhammadjon Yusupov
P.S.: ijtimoiy ahvolni naqadar yaxshi ochib bergan-a.

👍22😢8❤6
Bunchayam qoʻshiqni yaxshi aytmasa-ya bu Maksimxon.
Eskirmaydiyam qoʻshiqlari, tovba, maktabda oʻqib yurganimda yodlaganman, oradan 10 yil oʻtib eshitsam-da esimda, hozir ham yoqimli.
Men odatda kishilarning didini tahlil qilmayman, lekin bugun gitarani quchoqlab olib, bir xil tingʻirlatib, xirillab yo chiyillab kuylayotgan yigitlarning tanlagan soʻzlari, mavzulari shunchalik boʻshki, kuzakka yetmayoq uchib ketadi.
Doʻstlik haqida yigʻlamsirab kuylayotganlarni esa umuman qabul qilolmayman.
Men ota-ona haqida kuylaganlarni ham qoʻllamayman, asosan, "klient" toʻplash uchun aytishadi deb oʻylayman (gumon yomon deydilar, lekin harakatlari shu gumonga yetaklab qoʻyadi).
Doʻstlik haqidagi qoʻshiqlar ham ota-ona haqidagi qoʻshiqlarga oʻxshab nozik insonning nozik tomoni hisoblanadi, koʻpchilik shu mavzuni tanlaganda oʻziga muxlis qidirayotgan boʻladi.
Xullas, Maksimni tavsiya qilaman. Tingʻir-tingʻirchilardan biroz uzoqlashasiz.
P.S.: hech yoʻq Billie Eilishni eshiting
Diqqat! Bular tavsiya, xolos

👍15
#savollar_berish
Samarali savollar berish haqida
Kirish
Taʼlim jarayonida eng koʻp vaqt oladigan va eng koʻp bilim beradigan narsa bu savollar hisoblanadi. Sal mubolagʻa bilan aytganda, savollarning qanday boʻlishi oʻquvchi tafakkurining qay darajagacha rivojlanishini belgilab beradi.
AQSHda oʻqituvchilarning savol berishiga oid koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. 1980-yilda Leven va Long ismli olimlar 1912-yilda AQSH oʻqituvchilari maktab kunining 80%izini savollar berish va ularga javob kutishga sarflashganini aniqlashgan. Vilenning 1991-yilda eʼlon qilgan tadqiqoti esa oʻquvchilarga beriladigan savollarning aksariyati quyi kognitiv darajadagi (oʻquvchidan quyi tafakkur darajasini talab qiladigan) savollardan iborat boʻlib, ular, asosan, maʼlumotni eslab qolganlik darajasini tekshirishga qaratilgan hamda yuqori kognitiv darajani qamrab olmaganligini koʻrsatadi.
Oʻqituvchining savol berishi va savollarni tanlashi darsning samarasini ham belgilab bera oladi. Savollarning samarali boʻlishi oʻquvchi tomonidan maʼlumotning samarali oʻzlashtirilishini ham taʼminlaydi. “Samarali savol berish haqida” nomli turkum postlarimizda sizlarga qanday qilib samarali savollar berish mumkinligi, Blum taksonomiyasini dars davomida qanday qoʻllash kerakligi haqida maʼlumotlar berib boramiz.

👍9🥰1
#savollar_berish
Samarali savollar berish haqida
(Davomi. Boshi bu yerda)
Savol turlarining tasnifi
Savollarni quyidagi turlarga ajratib tasniflash mumkin:
- quyida darajadagi;
- yuqori darajadagi;
- konvergent;
- divergent.
Quyi darajadagi savollar oʻquvchidan bitta fakt yoki maʼlumotni eslab qolishni talab etadi. Yuqori darajadagi savollar esa eslab qolishdan tashqari vaziyatni, mavzuni, qoʻyilgan muammoning yechimini tushunganligini ham koʻrsatib berishni soʻraydi. Bundan tashqari, yuqori darajadagi savollar oʻquvchidan faktlar va maʼlumotlar oʻrtasidagi aloqani hamda ana shu fakt va maʼlumotlarning vaziyatga aloqadorligini anglashni talab etadi.
Quyi va yuqori darajadagi savollarning qiyosi:
Quyi darajadagi savol. Ushbu tasvirdagi ayiqning rangi qanday?
Bu savol oʻquvchining rangni tanish va uning nomini bilishini aniqlashga qaratilgan. Javoblarning diapazoni juda ham tor (oq, qoʻngʻir, qora, jigarrang).
Yuqori darajadagi savol. Nima uchun ayiqni bunday rangda deb oʻylaysiz?
Bu savol oʻquvchidan rangni tanish va nomini bilishini talab qiladi, lekin bunda oʻquvchi ayiqning rangini boshqa narsalar bilan (yashaydigan muhit, boshqa ayiqlar, hayvonlarning boshqa turlari, oziq-ovqati) munosabatini (aloqasini) ham koʻrib chiqishi ham kerak boʻladi.

👍6
Forwarded from ToshDO'TAU/Ma'naviyat
Space Academy dan oliygoh talabalari uchun maxsus seminar
📌 Bu galgi seminarimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida bo'lib o‘tadi.
📎 "Zamonaviy kasblar" mavzusida bo‘lib o‘tadigan ushbu seminarda bugungi kunning eng talabgor kasblari, ularning ahamiyati va barcha nozik jihatlari haqida batafsil ma‘lumotlarga ega bo‘lasiz.
🎙 Spikerlar: Temur Alixanov, Azizbek Umaraliyev, Temur Abduraimov.
⏰ Seminar vaqti: 11-may, soat 12:00 da
Seminar 308-xonada bo'lib o'tadi.
🔥 Zamonaviy dunyoda o‘z o‘rningizni egallashga shoshiling! https://t.me/toshdotau_m

👍2🔥1
Bugun yarim kun tinmay chelaklab quygan yomgʻir sabab Toshkentda yoʻllar chetidagi ariqlarga suv yurdi va qanchalik isqirt ekanimizni koʻrsatib qoʻydi.
P.S.: yuqoridagi isqirt soʻzi sal nariyoqdagi maxsus chiqindi idishiga borishga erinib ariq ichiga axlat, baklajka, paket irgʻitgan molfahmlarga nisbatan ishlatildi.

👍21😢7😱1
Forwarded from Диёржон Турғунпўлатов | блог (Diyorbek Turg'unpo'latov)
#Ижтимоий_фикр
Уйимиздаги сув моторнинг шлангини кўчага олиб чиқиб, жумрагини очиб қўйдим.
Ҳеч бир кимса "Эй барака топгур, мана бу сувни ишлатмасанг жумрагини бураб қўй, исроф бўлади" демади.
Шомга яқин секин ўзим йиғиштириб кириб кетдим...
Сиз нима деб ўйлайсиз, танбеҳ берадиган ёши катта отахон-у онахонларимиз қолмаганми? Ёки жамиятимиз бефарқларга тўлиб кетдими?
Фикрингизни комментда қолдиринг.
@T_R_Diyorbek

👍5
Men uzoq kutgan qaror tasdiqlanibdi.
Oʻqituvchilarga belgilanadigan ustalamar ham koʻrsatib oʻtilgan ekan.
Malaka oshirish va pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi ham sezilarli oʻzgaradi endi.
Xullas, hammasini mana shu havoladan oʻqiysiz:
https://uza.uz/oz/posts/2022-2026-yillarda-xalq-talimini-rivojlantirish-boyicha-milliy-dasturni-tasdiqlash-togrisida_371770

Uza.uz
2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
👍5
Sarhisob
Roppa-rosa bir yillik mehnatimiz.
Bu yerda 2- hamda 3-sinf oʻqituvchi kitobi yoʻq. Ular qoʻlimizga yetib kelmadi hali.
Barchasi qoʻlimga kelmaguncha qanchalik ishlaganimizni toʻliq tasavvur qila olmagan ekanman. Hammasini yoygandim xontaxtamiz toʻlib qoldi😊
P.S.: maqtanish uchun emas, quvonib ketganimdan qoʻyyapman bu postni.

👍33🔥6
Bu dunyoda RTM degich bir tashkilot bor. 23-avgustdan beri men shu tashkilotda ishlayman. Bu tashkilotda oʻziga ohanrabodek tortadigan bir jihat borki bugun u haqida sizlarga aytib bergim kelib qoldi.
RTMda soʻz erkinligi rostdan mavjud. Bu yerda har bir xodim oʻz fikriga ega va shu fikrini erkin ifoda eta oladi. Rahbarning biror ishini maqtamagani uchun unga hech kim yomon koʻz bilan qaramaganidek, rahbarning biror fikriga qarshi chiqqani uchun ham jazo yoʻq.
Shu tashkilotning xodimlari toʻplangan telegram guruhda bemalol fikr bildira olasan, rahbarlar men direktorman, men direktor oʻrinbosariman, men boʻlim boshligʻiman demaydi.
Boshqa ishlagan joylarimda mana shu narsani his qila olmasdim. Qandaydir boshqacha edi ular. Rahbarning aytgani aytgan, degani degan. Tanqid qilish umuman mumkin emas. Har bir ishda rahbar eslanmasa boʻlmaydi (xuddi aruzdan qilingan dissertatsiyada ham Islom Karimovning fikridan iqtibos olish aytilmagan qonun boʻlganidek). Rahbariyat xodimlarini tanqid qilish umuman mumkin emas. Erkin fikr bildirsang birov yoningni olmagani yetmagandek, senga oʻsimta sifatida ham qarab qoʻyishadi. Xullas gʻalati hammasi, soʻz erkinligi yoʻq ularda.
Balkim, RTMni mana shu erkinlik uchun ham yaxshi koʻrarman. Ikki yilgina vaqt ichida nimalarni amalga oshirmadi-yu bu tashkilot. Bugun forumda sarhisobni koʻrib hayron qoldim. Tashkilotimizga koʻz tegmasin, duoda boʻlib turinglar, boshlangan xayrli ishlar nihoyasiga yetib olguncha hech kim sinib qolmasin!

👍33