Shokir Tursun qarashlari
5.89K subscribers
857 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Baʼzan tilimning zaharlilik darajasi kobra ilonining zaharlilik darajasiga toʻgʻri proporsional boʻlib qoladi🤦‍♂

Bu kerak deb oʻylayman, ammo doim shunaqa boʻlmaslik kerak. Senga zahar sochishyaptimi har doim ham shakar tutish toʻgʻri boʻlmaydi, andishaning oti qoʻrqoq boʻlib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

P.S.: doim zahar boʻlish ham toʻgʻri emas

@birgap
👍141
Maktub bu matn turlaridan biri, bir janr, insho ham matn turlaridan biri, boshqa bir janr.

Ikkisini qoʻshish baliqni sut bilan yeyishday gap.

P.S.: yozma topshiriq berganda janrlar, matn turlarini bir-biriga asossiz aralashtirmanglar. Maslahat oʻrnida qabul qilasizlar endi.

@birgap
👍7
Universitetlar uchun Til oʻqitishga oid pedagogika masalasini yoritib beradigan fan boʻlishini istayman. Mana shu yoz shu ustida ishlamoqchiman, sizga shu masaladagi qaysi mavzular qiziq? Izohlarda qoldiring.

P.S.: mayli, bu fanni tasdiqlab, roʻyxatga qoʻshishsa ham, qoʻshishmasa ham yaratib qoʻyaveray, qachondir kerak boʻlib qolar. Hech boʻlmasa, metodika yoki umumiy pedagogikaning moduli sifatida ishlatilishi mumkin-ku.

@birgap
👍15
👉 Darsliklar yozish

👉 Malaka oshirishdagi treninglarni olib borish

👉 Avloniy institutidagi loyiha ishi

👉 RTI darsliklarini tahlil qilish

👉 Baholash boʻyicha qoʻllanma yozish

👉 Magistraturadagi darslar

Diqqat savol: men qanday qilib haliyam tirikman😁

@birgap
👍10🤯2
#paradoks

18-avtobus:
Oʻzim tengi bir qiz keling, amaki oʻtiring deb joy berdi.

13-avtobus:
Turishidan men 5-sinfni tugatganimda tugʻilgan qiz menga qarab qosh uchirib jilmayib qoʻydi.

P.S.: 13-avtobusda yuraverish kerak😊🙈

@birgap
😁23
Hozirgina Alisher Qodirov degich deputatning oʻqituvchilarni saralash, adashib kelib qolganlardan tizimni tozalash va bunda XTV Milliy tiklanish partiyasi bilan hamkorlik qilishi kerakligi toʻgʻrisidagi taklifini eshitib qoldim. Avval ham buni aytgan ekan, yana aytibdi.

Tozalash uchun avval kadr yetarli boʻlishi kerak. Baʼzi hududlarda kadr yetishmovchiligi borligidan xabardormikin Alisher Qodir?

Kadr yetarli boʻlishi uchun oʻsha kasbning hurmati, izzati boʻlishi kerak, oʻziga oʻxshagan deputatlarning chiqargan qarorlari, kamida vaziyatga koʻz yumishlari sabab oʻqituvchilar jamiyatda xor boʻlganini bilarmikin Alisher Qodir?

Oʻqituvchining oyligi qanchaligidan xabardormikin Alisher Qodir?

Bitta erkak oʻqituvchilik qilib oila boqolmayotganini bilarmikin Alisher Qodir?

Yana bu kishim adashib kelib qolganlarning maktabda ishlashi kelajakka xiyonat deganiga oʻlaymi. Vey, oʻsha sifatsiz ishchini sizga oʻxshagan deputatlar kengashi tayinlagan maktab direktori ishga oladi-ku! Shundan ham bexabarmi deyman-da bu Alisher Qodir.

XTV har yili ikki martadan oʻqituvchining oyligini oshirish haqida soʻrov kiritib, Moliya rad etganda XTVning yonida turib berarmikin shu Alisher Qodir?

P.S.: Senatga, Oliy Majlisga ham adashib kelib qolgan deputatlar talaygina, balkim tozalovni oʻsha yerdan boshlash kerakdir Alisher Qodir!

@birgap
👍38🔥3👏3
Audio
"Orzular sari olg'a!" deb nomlangan vebinarning audio yozuvi.

— Almashinuv dasturi asosida 2-10 oy davomida xorijda o'qib kelishga qiziqasizmi?
— Magistratura yoki doktorantura bosqichini chet elda o'qimoqchidirsiz?
— Ishni nimadan va qay tartibda boshlashni bilmayapsizmi?
— IELTS sertifikatim yo'q-ku hali deb ikkilanyapsizmi?

Yuqoridagi savollarga vebinarning audio yozuvida javob berilgan.

Albatta tinglab ko'ring. Mohiyaga esa katta rahmat

🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya
👍41
Forwarded from Dorilfunun
Webinar.pptx
2 MB
Vebinarning elektron taqdimot shakli. Audiosi bilan yaxshi ketadi.

Yoqimli ishtaha😊

🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya
2👍1
​​Hayotimiz davomida juda ko‘p yasama so‘zlarga duch kelamiz, xuddi shuningdek yasama yuzlarga ham.
. . .
Orzular biz bilan birga yashashi emas, Ular ushalishi kerak...
. . .
Men sevgi yo‘q, u faqat ertaklar-u kinolarda bo‘ladi deb yurardim. Keyin... Seni ko‘rib qoldim...
. . .
Biz, odamlar shunchalik parishonxotir bo‘lib ketganmizki, juda ko‘p hollarda OQIBAT yodimizdan chiqib qoladi...
. . .
URUSh deya atalmish "tansiq taom"ga necha ming yillardan buyon to‘ymaydi bu odamzot...
. . .
"Ayolini boshida ko‘tarib yurish" boshqa, "Ayolini boshiga chiqarib olish" boshqa...
. . .
Bu dunyoda faqat o‘lim hech qachon kechikmaydi va manzilni adashtirmaydi...
. . .
Sensizlikda aprel oyi ham oxirlab qoldi... Lekin hanuz hovlimdagi bodom gullamadi...
. . .
Bir parcha go‘shtdan nima farqi bor mehr-muhabbatsiz yurakning...
. . .
Kuchuk bolasining ko‘zi 7 kunda ochiladi, odam bolasining ko‘zi esa boshi devorga urilganda...
. . .
Ona tili darsida sinonim so‘zlarga misol yozish topshirig‘i berildi. Men birinchi bo‘lib YOLG‘IZLIK va SENSIZLIK so‘zlarini yozdim.

Shokir Yo‘ldosh
👍214🔥3
Mavlon Marasulov akamiz “qoʻrqmoq” maʼnosini beruvchi 40 ta soʻz va iborani saralabdilar.

qoʻrqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
oʻtakasi yorildi
choʻchib ketdi
ichi oʻtib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka boʻldi
ishtonini hoʻllab qoʻydi
qoʻrquvdan qaltiradi
dagʻ-dagʻ titradi
koʻzi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga gʻulgʻula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyogʻiga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi

@birgap
👍26👏42
Muhokama uchun savol:

Harflarni bir-biriga ulab yozish bizga nima uchun kerak? Bu usulda yozish bizga nima beradi? Harflarni ulamasdan, bosma shaklga oʻxshatib yozaversak nima boʻladi, qanday muammolarga duch kelishimiz mumkin?

Oʻylaymanki, hamma oʻz tajribasidan kelib chiqib javob beradi. Javob beradiganlarga oldindan rahmat!

P.S.: diqqat, munozarada bir-biringizni hurmat qiling.

@birgap
👍9
​​Bizda yangi rukn #olim_qizlar

Bugun yana bir (boʻlajak) olim qiz haqida gapirib bermoqchiman.

Mohiyaxon Uzoqova. Bu qizni necha yildan beri tanishimni, qachon tanishganimni eslolmayman, adashmasam, Yosh filolog olimlar jamiyatida kordinatorlik qilib yurgan paytlarim tanishgan boʻlsak kerak.

Eslashimcha, boshida etimologiya va til tarixiga qiziqib yurardi. Hozir yaxshigina kompyuter tilahunosi deya olaman.

Mohiyaga oʻxshagan tirishqoq qizlar koʻp, lekin ularning jamiyatga mahsulot sifatida yetib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan odatlarimiz ham koʻp.

Ayollardan ham yaxshi olimlar chiqishi mumkinligiga minglab misollar keltirish mumkin, nega biz ana shu keyslarni koʻrib turib ham olim ayollarga gʻalati qaraymiz, ularning ilmiy karyerasi uchun har doim ham imkon yaratib bermaymiz. Iloyim Mohiyaga mana shu toʻsiqlar duch kelmasin.

Bu qizning jamiyat muammolarini tahlil qilishi, ilmga yondashuvini hurmat qilaman. Jamiyatning intellektual shaxslaridan biri deb hisoblayman. Kelajagi bor. Havas qilaman. Mohiyani koʻrganimda oʻzbek olim ayolining siymosini koʻrgandek boʻlaman.

Oʻzi nega bu qiz haqida yozyapman? Odamlar ongida ayollar ham ilm qila olishi haqida maʼlumot hosil qilish. Avvalroq boshqa bir qiz haqida ham yozgandim.

Endi Mohiya haqidagi rasmiy ma'lumotlar bilan tanishing:

2018-2021-yillar oralig‘ida universitet, Respublika va xalqaro miqyosda tashkil etib kelinayotgan ilmiy konferensiyalarda maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shu kunga qadar 9 ta ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan

2020-yil ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirib, umumiy 7.0 ballni qo‘lga kiritgan.

2021-yilda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan bevosita hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro Tashkent Model of Unitetd Nations (TIMUN) konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

2021-yili “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.

2021-yil hammualiflikda yozilgan “Transport terminlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug‘ati” kitobi nashrdan chiqdi.

2021-yildan beri O.Abdullayeva rahbarligi ostida “O‘zbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari” ilmiy tadqiqoti doirasida bajarilayotgan Tug'ro nomli o'zbek tili axborot matnlari korpusi platformasi jamoasi a’zosi hisoblanadi.

@birgap
👍196👏4
Qizlar mavzusi ochilganda aytib ketay

Jamiyatimizda gʻalati qarash bor, agar qiz kambagʻal bolani emas, boy bolani tanlasa uni malomat qilishadi, ayniqsa kambagʻal bola "boylikka uchdi, baxt boylikda emas" degan qoʻshiqlar, sheʼrlar ijod qilib yuboradi.

Nega?

Nima u qiz oʻzi uchun stabil kelajakni taʼminlashga haqli emasmi? Unda tanlov huquqi yoʻqmi? Kambagʻal bola ham harakat qilib boyib ketsa boʻlmaydimi?

Menimcha, bir qiz bir bola bilan ahdlashgan boʻlsa-yu, lekin boyroq boladan sovchi kelsa unga tegib ketsa, normal qarash kerak. Bu uning tanlovi.

Nega yigitlar ahdlashganiga emas boshqasiga uylansa shunaqa dod-voylar boʻlmaydi (yoki men eshitmaymanmi)?

Menimcha, qiz boshqasini tanlaganda u bevafo, xiyonatkor boʻlmaydi, u tanlov qilgan boʻladi. Hurmatli yigitlar, qiz sizga xiyonat qilishi yoki sizga bevafolik qilishi uchun, avvalo u sizniki boʻlishi kerak. Oʻrtangizda nikoh yoʻqmi u sizniki emas, demak xiyonat ham, bevafolik ham mantiqan mumkin emas.

Suyganingiz boyroq odamni tanlasa "bevafo"dan olib, "boylikka oʻch"ga solguncha, harakat qilib siz ham boyib keting.

Maslou piramidasini esdan chiqarmaylik. Yogʻayotgan yomgʻir oyogʻida etigi bor odam uchun yoqimli romantika, lekin farzandingiz kiyib yurgan tuflining tagidan suv kirib tursa yomgʻirdan romantika izlab koʻring-chi, izlaganlarni ham tushunmasligingiz tabiiy. Toʻkis baxtning eng birinchi bosqichida moddiy jihatdan toʻqlik turadi (albatta, hammasi oʻz meʼyorida).

@birgap
👍46🔥84🤔3👎1💘1
Forwarded from Nota bene!
Odatda inglizlar tomonidan ishlatiladigan ushbu idioma hamma uchun ochiq bo'lsa-da, hech kim muhokama qilishni xohlamaydigan mavzu yoki muammoni anglatadi. U huddiki xonadagi fil kabi hammaga ko'rinib tursa-da, kimnidir noqulay holga tushirmaslik uchun e'tibordan chetda qoldiriladi

Krilov tomonidan 1814-yilda yozilgan "Qiziquvchan odam" masalida kuntskamerada bo'lgan odam do'stiga u yerda fildan boshqa hamma eksponatlarni ko'rganini ta'kidlaydi. Aslida hajm jihatidan olsak, uni ko'rmay qolish imkonsiz edi. Asardagi ushbu holat keyinchalik idiomaga aylangan.

1959-yil 20-iyundagi "The New York Times" gazetasida chiqqan maqolada shunday deyiladi: "Maktablarni moliyalashtirish xonadagi fil kabi katta muammoga aylandi. Uni e'tiborsiz qoldirish imkonsiz".

Nota bene!📜
👍8
Yurtimiz boʻylab Hayit namozining oʻqilish vaqtlari.

daryo.uz maʼlumotlariga asoslandim

@birgap
👍10
Linguabarno degan blogni yuritadigan qiz 7 kunlik bepul IELTS maslahat marafonini boshlabdi. Barnoning aytishicha, roʻyxatdan oʻtib koʻrsatilgan ustozlardan bir nimalar oʻrgansangiz boʻlarkan.

Hammasi bepul, faqat, onlayn boʻlarkan.

Roʻyxatdan oʻtish uchun manzil:
https://linguabarno.com/show

@birgap
6
TOʻYGACHA

Oʻqituvchi hamshirani sevib qoldi. Hamshiraning ham unda koʻngli bor...

Birinchi uchrashuvni ikkovlari ham uni-buni bahona qilib ikki oy choʻzishdi: oʻqituvchi durustroq poyabzal sotib olishga ulgurdi, hamshira - yangi koʻylak...

01.05.2018. Muhammadjon Yusupov

P.S.: ijtimoiy ahvolni naqadar yaxshi ochib bergan-a.

@birgap
👍22😢86
Bunchayam qoʻshiqni yaxshi aytmasa-ya bu Maksimxon.

Eskirmaydiyam qoʻshiqlari, tovba, maktabda oʻqib yurganimda yodlaganman, oradan 10 yil oʻtib eshitsam-da esimda, hozir ham yoqimli.

Men odatda kishilarning didini tahlil qilmayman, lekin bugun gitarani quchoqlab olib, bir xil tingʻirlatib, xirillab yo chiyillab kuylayotgan yigitlarning tanlagan soʻzlari, mavzulari shunchalik boʻshki, kuzakka yetmayoq uchib ketadi.

Doʻstlik haqida yigʻlamsirab kuylayotganlarni esa umuman qabul qilolmayman.

Men ota-ona haqida kuylaganlarni ham qoʻllamayman, asosan, "klient" toʻplash uchun aytishadi deb oʻylayman (gumon yomon deydilar, lekin harakatlari shu gumonga yetaklab qoʻyadi).

Doʻstlik haqidagi qoʻshiqlar ham ota-ona haqidagi qoʻshiqlarga oʻxshab nozik insonning nozik tomoni hisoblanadi, koʻpchilik shu mavzuni tanlaganda oʻziga muxlis qidirayotgan boʻladi.

Xullas, Maksimni tavsiya qilaman. Tingʻir-tingʻirchilardan biroz uzoqlashasiz.

P.S.: hech yoʻq Billie Eilishni eshiting

Diqqat! Bular tavsiya, xolos

@birgap
👍15
#savollar_berish

Samarali savollar berish haqida

Kirish

Taʼlim jarayonida eng koʻp vaqt oladigan va eng koʻp bilim beradigan narsa bu savollar hisoblanadi. Sal mubolagʻa bilan aytganda, savollarning qanday boʻlishi oʻquvchi tafakkurining qay darajagacha rivojlanishini belgilab beradi.

AQSHda oʻqituvchilarning savol berishiga oid koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. 1980-yilda Leven va Long ismli olimlar 1912-yilda AQSH oʻqituvchilari maktab kunining 80%izini savollar berish va ularga javob kutishga sarflashganini aniqlashgan. Vilenning 1991-yilda eʼlon qilgan tadqiqoti esa oʻquvchilarga beriladigan savollarning aksariyati quyi kognitiv darajadagi (oʻquvchidan quyi tafakkur darajasini talab qiladigan) savollardan iborat boʻlib, ular, asosan, maʼlumotni eslab qolganlik darajasini tekshirishga qaratilgan hamda yuqori kognitiv darajani qamrab olmaganligini koʻrsatadi.

Oʻqituvchining savol berishi va savollarni tanlashi darsning samarasini ham belgilab bera oladi. Savollarning samarali boʻlishi oʻquvchi tomonidan maʼlumotning samarali oʻzlashtirilishini ham taʼminlaydi. “Samarali savol berish haqida” nomli turkum postlarimizda sizlarga qanday qilib samarali savollar berish mumkinligi, Blum taksonomiyasini dars davomida qanday qoʻllash kerakligi haqida maʼlumotlar berib boramiz.

@birgap
👍9🥰1